Авторы

  • Dildora XAKIMOVA

Биография автора

  • Dildora XAKIMOVA

    IIV Farg‘ona akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100033

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: ijodkor she’r obraz tasvir voqelik ruhiyat. Keywords: creator poem image reality psyche. Ключевые слова: творец стихотворение образ действительность дух.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq shoiri Xurshid Davron she’riyati, badiiy mahorati va ijodkor yaratgan ayol obrazi haqida fikr yuritiladi.

Abstract: This article discusses the poetry, artistic skills and the image of a woman created by the Uzbek people's poet Khurshid Davron.

Аннотация: В данной статье рассматривается поэзия, художественное мастерство и образ женщины, созданный художником Хуршидом Давроном.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

12

XURSHID DAVRON SHE’RIYATIDA AYOL TASVIRI

Dildora XAKIMOVA

IIV Farg‘ona akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq shoiri Xurshid Davron she’riyati,

badiiy mahorati va ijodkor yaratgan ayol obrazi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar: ijodkor, she’r, obraz, tasvir, voqelik, ruhiyat.

Abstract: This article discusses the poetry, artistic skills and the image of a

woman created by the Uzbek people's poet Khurshid Davron.

Keywords: creator, poem, image, image, reality, psyche.

Аннотация:

В

данной

статье

рассматривается

поэзия,

художественное мастерство и образ женщины, созданный художником

Хуршидом Давроном.

Ключевые

слова:

творец,

стихотворение,

образ,

образ,

действительность, дух.

O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli yozuvchi, mohir dramaturg Xurshid Davron

zamonaviy o‘zbek adabiy muhitini yana bir pog‘onaga ko‘targan ijodkorlardan

hisoblanadi.

Ustoz ijodkor Erkin Vohidov ta’biri bilan aytganda: “Xurshidning shoirona

nazarida ham behalovat kechinmalar ruhi va to‘lqini sezilib turadi.

Uning satrlarida yoshlikka xos otash bor, nur bor”.

1

1

X.Davron. Bahordan bir kun oldin. Toshkent: Sharq, 1997. 3-bet


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

13

Xurshid Davronning shoir sifatida, har qanday yashirin mohiyatga ega tasvir,

voqelik yoki obrazni ham sodda poetik talqin etadi. Jumladan, goh sadoqatli va

mehribon ona (“Onam qarib qolgan…”, “Shoirning onasi”, “XX asr onasi); gohida

sevimli va go‘zal malak (“Daraxtzor qoshiga kelar bir ayol”, “Meni quvontirar bu

kun bu yomg‘ir”, “Gul haqida qo‘shiq”, “Tabassuming…”, “Daryo yo‘qdir

sochingdan boshqa” va boshq.); gohida baxtli rafiqa ( “Muhabbat”), ba‘zan esa

umri zavol bo‘lgan baxtsiz mushtipar (“Ayol”, “Ishonch”, “Bu qishloqlar”,

“Kampir haqida she’r”) obrazlarida gavdalanadigan Ayol hilqatining nozik

hislatlari sirli jilvalarda talqin qilinishida ham ko‘rish mumkin. Masalan:

Tunda silkitarkan daraxtni shamol,

Daraxtlar titrarkan mahzun, bukchayib.

Daraxtzor qoshiga kelar bir ayol,

Nozik oyoqlarin shabnamga chayib.

U gullar sochadi hovuch-hovuchlab

Hayratga to‘ladi armonli bog‘lar.

U kuylay boshlasa gullarni tishlab,

Uyg‘ona boshlaydi qurigan shoxlar.

Ushbu satrlarda Ayol vujudida jo‘sh urgan navqiron nazokat “armonli

bog‘lar”ni hayratga soladi. U qo‘shiq kuylaganda esa “qurigan shoxlar” ham

hayotga qaytib uyg‘ona boshlaydi. Ayoldagi bunday jonbaxsh qudratni ifodalash

uchun shoir misralarda zimdan “bukchayib” qolgan daraxtlarni Ayolning “nozik

oyoqlar”iga, “gullar”ni esa “qurigan shoxlar”ga kontrast qilib qo’yadi. Bu o‘z

navbatida o‘quvchi bir qarashda ilg‘amaydigan, lekin uning shuurida betakror

ifoda kasb etadigan badiiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

14

U ayolning qo‘llari dag‘al,

U ayolning ko‘ylagi dag‘al.

Uni har kun kaltaklar eri,

Har kun yuzda ko‘karar dog‘lar.

Qiziq! Birinchi keltirilgan she’rda shoir har bir harakatidagi nazokatni

ifodalab, nega endi keyingi she’rda biz nozik hilqat deya tushungan Ayolning har

bir tasviriga “dag‘al” ifoda bermoqda? Qo‘llari ham, ko‘ylagi ham “dag‘al”

bo‘lgan, yuzlarida kaltak izlaridan dog‘lar qolgan Ayolning nazokati qayerda

qoldi? Buni muallif bevosita keyingi misralarda bir voqelik orqali juda hayotiy

izohlaydi:

Kecha nogoh yo‘lning chetida

Ko‘rib qoldim o‘sha ayolni.

U hidlardi men sezmay o‘tgan

Mittigina marvarid gulni.

Ayolning tashqi omillar natijasida zohirida ya’ni tashqi qiyofasi “dag‘al”likka

yuz tutgan bo‘lsada, qalbida hech kimsa sezmagan go‘zallikni ham his qila

oladigan nozik did yashiringan. Bu didni his qilish uchun shoir aynan “marvarid

gul” detalidan foydalanyapti, chunki ushbu gul juda ham kichik bo’lib, uni har kim

ham bir qarashda ilg‘ayvermaydi, huddi ayol qalbidagi yashirin nazokatni

ilg‘amaganlari kabi.

“XX asr onasi” she’rida bo‘lajak onaning ko‘nglida kechgan tuyg‘ular

qalamga olingan. She’rda ona baxtdan emas, yuragi g‘amga to‘lganidan

shivirlaydi:

...


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

15

Go‘yo so‘ramoq bo‘ldi:

-

Ona, ayt, tinchmi olam?!

Yuragim g‘amga to’ldi,

Shivirladim: - Jim, bolam!

Davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol, uning odamlar ongida uyg‘otgan qo‘rquv,

g‘am-alam, nafrati hatto hali ona qornida bo‘lgan bolaning ham oromini buzgani,

uni o‘zi hali ko‘rmagan “olam”ga nisbatan havotir bilan qiziqishi, onaning esa

g’amga to’lib norasidani ham “jimlik”ka chorlashi o‘tgan asrimizning eng og‘riqli

va qorong‘u nuqtalaridan biri edi. Yana shunday chizgilar shoirning “Bu

qishloqlar” she’rida tasvirlangan Ayollar orqali ham yaqqol namoyon bo‘ladi.

She’rda atrofini paxta dalasi “o‘rab”, “qurshab” olgan, “og‘u bilan sarmast

shamollar” uchib yuradigan qishloqlar tasvirlanar ekan shu qishloq aholisining

ayanchli taqdiri va zavol bo‘lgan hayoti ko‘z oldimizda gavdalanadi:

…Elligida chol bo‘lgan erlar,

Qirq yoshida so‘lgan ayollar;

…Paxtazorga chiqib ketadi

Qodiriyni bilmagan qizlar;

…Tug‘ilmagan o‘gliga atab

Bunda ko‘ylak tikar onalar,

Ammo bola tug‘ilar…Uni

Qabristonga eltar otalar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

16

…Yovga taslim bo‘lgan ayollar

O‘zin yoqar oqshom pallasi.

Erkaklar va ayollar tengligi, ayollarning baxtli hayoti haqida o‘sha davrdagi

tuzum bergan lekin og‘izdan nariga o‘tmaydigan o‘tli va shonli va’dalar qay

darajada amalga oshirilganini, bu qanday samara berganligini yuqoridagi

qishloqlarda yuz bergan fojeali taqdirlar vositasida shoirning o‘tkir qalami tasvir

obyektiga olgan. Yana o‘sha tuzumdagi chirkinliklar qoralangan “Ishonch”

she’rida “yuzidan qon qochgan, kasalmand, hasta kampirdek bukchaygan” qizlar,

“Tug‘olmay jon berar” kelinlar, “Paxta deb umrining o‘tganin bilmay”, “Umrida

bir bora shodlanib kulmay Gulning nimaligin tamom unutgan”, “Alvon shiorlardan

topolmay najot” o‘zini yondirib “tirik bayroq” bo‘lgan “O‘zbek ayollarin kim aylar

ozod kim berar ularga baxt, muhabbatni?” kabi ayanchli savollar shoirnigina emas,

bu satrlarni o‘qigan har bir o‘quvchini ko‘ksini zirqiratadi. She’rning keyingi

misralarida shoir ayollarga ishonchni, umidni, orzuni qaytarib berish kerak,

qafaslarini sindiring uchsinlar, soqov dillariga til ato qiling, iymonni qaytaring,

buning uchun dillarida ishonchni barqaror etingki ozodlikka chiqsinlar, qaddini

tiklasinlar, deb da’vat qiladi.

Xurshid Davron she‘rlarida sevikli Ayolining sochlarini shamol “o‘ynaydi”,

“sochadi”, u sochlar misoli daryodek, undan o‘zga daryoni tan olmaydi, uning ifori

uxlab yotgan qorong‘u kechani uyg‘otadi (darvoqe, yana “uyg‘otish”, bu safar

Ayol sochlari vositasida); Ko‘zlari esa “yulduz”, “oy nuridek toza”, bir she’rda

“mungli ko‘zlar”i cho‘gdek yonib tursa, boshqasida “ko‘zlari handon urgan qiz”

ning tasviri beriladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

17

Shoir she’rlarida Ayol tasvirining ifoda xususiyatidagi o‘zgachalik shunda

ham ko‘rinadiki, detal sifatida Ayolning sirg‘alarini she’riga olib kirar ekan, ba’zan

ularga mehr bilan qarab quvonsa, ba’zida esa ulardan mahbubasini qizg’onadi:

…Meni quvontirar yomg‘irlar ilgan

Qulog‘ingda porlab turgan sirg‘alar.

yoki

…Qizg‘onaman sizni qanchalar

Chiroyingiz ochar sirg‘alar

Xulosa qilib aytganda, Xurshid Davron bashar shoirlari qalamining erka

mavzusi bo‘lgan ayol obrazini o‘z she’riyatiga yuksak mehr bilan olib kirgan.

Bunda cheksiz lirik tuyg‘ulari badiiy ifodasidagi nafosat tarannumi o‘zgacha talqin

topadi. Bu talqinlarning zohirida goh malak, gohida mushtipar, ba’zan beva, gohida

yolg‘iz bo‘lib ko‘z oldimizda gavdalansa-da, ayol hilqatining botinida bo‘lgani

kabi cheksiz nazokat, sadoqat, muhabbatning badiiy sayqallangan ko‘rinishi

yashiringan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. X.Davron. Bahordan bir kun oldin. – Toshkent: Sharq, 1997.

2. Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Тошкент: Зарқалам, 2006.

3. Йўлдош Қ. Йўлдош М. Бадиий асар таҳлили. – Тошкент: Камалак,

2016.

4. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати.

– Тошкент: Академнашр, 2010.