Авторы

  • Egamberdiyeva Dilnura Xurshid qizi
  • G.Qurbonova

Биографии авторов

  • Egamberdiyeva Dilnura Xurshid qizi

     Jizzax davlat pedagogika universiteti

     O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi

  • G.Qurbonova

    Ilmiy rahbar: f.f.f.d. (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100043

Аннотация

Tilshunoslik yoki Lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi),   sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va  fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish kiradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

417

TILSHUNOSLIK FANINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI

Egamberdiyeva Dilnura Xurshid qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: f.f.f.d. (PhD) G.Qurbonova

Har bir millatning milliy tili uning boyligi, millatning jamiyatdagi mavqeyini

belgilovchi omillardan biridir. Shunday ekan tilimiz va uning rivojlanishi,

umuman, tilshunoslik haqidagi fan va qarashlar juda muhim.

Tilshunoslik yoki Lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning

amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi

(grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika —

morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga

va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida

oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda

oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy

tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish kiradi.

Bugungi kunda tilimiz anchayin rivojlanib bormoqda. Yurtimizda tilning

rivojlanishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlar tub zamirida xalqning erkin

yashashi, qulayliklarni yaratib olishi, dunyo hamjamiyatida oʼz oʼrnini topishi

yotadi. Prezident qarori asosida chet tillarini va milliy tilni rivojlantirish, ushbu

soha vakillarini qoʼllab quvvatlash ishlari ham oxirgi yillarda avj oldi.

O‘rganuvchilarning mustaqil ravishda chet tilini bilish va egallash darajasini

aniqlash uchun testga tayyorlanishlariga zarur ma’lumotlar tayyorlandi va Internet

tarmog‘iga joylashtirib qo‘yildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

418

Til – doimo rivojlanayotgan va dinamik hodisadir. Til rivojlanishi uchun

milliy adabiyot, kino, san’at, fan mutanosib rivojlanishi zarur. Mutanosiblik esa

milliy o‘zlikni tashkil topishiga ijobiy ta’sir etadi. Ya’ni faylasuflar, lingvistlar va

tarixchilar yordamida yaratiladigan yangi ma’nolar tilimizni boyitadi, kengaytiradi

hamda dunyoqarashni shakllantiradi.

Tilimizga kirib kelayotgan har bir soʼz filtrdan oʼtishi lozim. Yoʼqsa tilimiz

sofligini, aniqligini yoʻqotadi. Hozir biz uchun endi kirib kelgan baʼzi

neologizmlar bilan tanishtirib oʼtaman. Kompyuter xizmatlari va internet

tamog`iga xos bo‘lgan so‘zlarga quyidagilarni kiritsak bo‘ladi:

Kopirayting-

reklama matnlar bilan mijoz topish

Blog

lar matnga asoslangan bo‘lib, odatda yozma kontent uchun

mo‘ljallangan veb-saytlar yoki platformalarda taqdim etiladi.

Vlog

lar videoga asoslangan boʻlib, odatda TikTok, YouTube, Vimeo kabi

video almashish platformalarida yoki maxsus vlog-saytlarda joylashtiriladi.

Endi

esa jamiyatga, hayotimizga tegishli bo‘lgan neologizmlar bilan tanishib

chiqamiz. Bunday so‘zlar, asosan, jamiyat hayotiga oid kasb egalarining tilidan

bizning tilimizga o‘rnashib qolmoqda.

Dedlayn, demo, bulling, kognitiv,

layfhak, taym-menejment

shular jumlasidandir. Ularning o‘zbek tilida muqobili

bo‘lsada neologizmlarni ishlatishda davom etmoqdamiz. Taym –menejment

so‘zining o‘rnida vaqtni taqsimlash, vaqtni boshqarish birliklarini qo‘llasak

bo‘ladi, ammo ba`zi insonlar chet tilini o‘rganganini atrofdagilarga bildirish uchun

ham shu so‘zlarni qo‘llashmoqda. Bank xodimlari tomonidan ishlatilayotgan

embossing so‘zi esa qabartma degan ma`noni anglatadi. E`tibor beradigan bo‘lsak,

bank hisob kartalarida bo‘rtib turuvchi raqamlar bor. Ana shu

embossing

deyiladi.

Til rivojlanishi muhim, ammo o‘zga tillar aralashuvisiz rivoj topsa, ilmiy

izlanishlarda ham ruhiyat birmuncha aks etadi. Neologizmlarning tilimizga kirib

kelayotgani yaxshi, ammo tilda xuddi o‘sha ma`noni beradigan muqobili bo‘lsa-yu

biz faqat neologizmga murojaat etaversak tilning yo‘qolishiga sababchi bo‘lishimiz


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-21_ Март-2025

419

mumkin. Biz “aqlli telefon” demaymiz, “smartfon” deymiz. Chunki smartfon bizga

o‘z nomi bilan chetdan kirib kelgan birlikdir. Lekin “izoh” so‘zi bo‘la turib,

“komment” deb qo‘llash xato. Bunday misollar istaganimizcha keltirishimiz

mumkin. Shunday ekan, nafaqat, ziyoli qatlam, balki butun millat bo‘lib tilimizni

hurmat qilishga odatlanishimiz kerak. Ichki imkoniyatlardan til boyisa yanada

uning mavqeyi oshadi.

Xulosa qilib aytganda, til rivojlanish bosqichida turar ekan, o‘zining asl

ma’nolarini yo‘qotmagan holatda yangi so‘zlarni qabul qilishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.https://lex.uz/docs/-2126032

2.WikiPediya ma’lumotlari

3. https://cyberleninka.ru/article