https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
242
JINOYATCHILIK TUSHUNCHASINING KRIMINOLOGIK
XUSUSIYATLARI.
Otayev O‘tkirbek Matyoqubovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti
Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli katta o‘qituvchisi
Podpolkovnik
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
jinoyatchilik
tushunchasi
kriminologiyaning eng muhim va ayni vaqtda eng qamrovli tushunchasi
ekanligining
jinoyatni, jinoyatchi shaxsini, jinoyatning sabablari va shartlarini,
uning oldini olish usullari va vositalarini
nazariy va amaliy jihatlariga ilmiy
asoslangan tavsiflar berilgan.
Tayanch so‘zlar:
jinoyat, jinoyatchi shaxs,
jinoiy xulq-atvor, jinoyatchilik
sabab, sharoit, jinoyatning oldini olish
.
Аннотация: В статье дается научно обоснованное описание
теоретических и практических аспектов преступности, личности
преступника, причин и условий совершения преступлений, методов и средств
их предупреждения, поскольку понятие преступности является важнейшим
и в то же время наиболее всеобъемлющим понятием в криминологии.
Ключевые слова: преступление, преступник, преступное поведение,
преступные причины, обстоятельства, профилактика преступлений.
Abstract: This article provides scientifically based descriptions of the
theoretical and practical aspects of crime, the criminal, the causes and conditions
of crime, methods and means of its prevention, as the concept of crime is the most
important and at the same time the most comprehensive concept in criminology.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
243
Keywords: crime, criminal, criminal behavior, causes of crime, conditions,
crime prevention.
Kriminologiya
(«jinoyat haqidagi fan»,lotincha
krimina
- jinoyat va qadimgi
yunoncha lós- ta'limot) -jinoyatni, jinoyatchi shaxsini, jinoyatning sabablari va
shartlarini, uning oldini olish usullari va vositalarini o'rganadigan sotsiologik va
huquqiy fan. «Kriminologiya» atamasi birinchi marta 1879 yilda frantsuz
antropologi Pol Topinard tomonidan ishlatilgan deb ishoniladi. Kriminologiya
sohasida ixtisoslashgan olim kriminolog deb ataladi
Demak, «Kriminologiya» so‘zi ikki o‘zakdan iborat: srimen (lotincha) –
jinoyat, jinoiy xulq-atvor, logos (yunoncha) – fan, ta’limot, bilim. Binobarin,
«kriminologiya» - bu jinoyat yoki jinoiy xulq-atvor haqidagi fan.
Kriminologiyaning paydo bo‘lish tarixi diqqatga sazovor. Ayrim tadqiqotchilar
fikriga ko‘ra, kriminologiyaning vujudga kelishi 1764 yilda italiyalik 26 yoshli
insonparvar, publisist va yurist Chezare Bekkariyaning «Jinoyatlar va jazolar
haqida» degan kichkina, biroq sermazmun kitobi nashr etilishi bilan bog’liq.
Oradan 120 yil o‘tgach, 1884 yilda Turin shahri (Shimoliy Italiya) sudyasi
R.Garofalo «Kriminologiya» yoki «Jinoyatchilik tabiati hamda jazo nazariyasi»
deb nomlangan kitobni chop etdi. Bu kitob uch qismdan iborat bo‘lib, unda
«Jinoyatchilik», «Jinoyatchi» va «Jazo» masalalari ko‘rilgan. Shunday qilib,
kriminologiya fanining paydo bo‘lishida italyanlar o‘z peshqadamligi bilan
faxrlanishlari mumkin. Fikrimizcha, kriminologiyaning mazkur dastlabki talqini
amaliyotga mosdir, chunki «jinoyat huquqi» fani amalda asosan jinoyat hamda
jinoiy jazo tushunchalari, ularning belgilari va ro‘yobga chiqarish omillarini
ta’riflash bilan shug’ullanishi lozim. Amerikalik kriminolog professor Veron Foks
dunyoni to‘liq bilib bo‘lmasligini qayd etib, kinoya bilan shunday deb yozadi:
1
Қаранг
:
https://ru.wikipedia.org/wiki/%
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
244
«Inson xulq-atvorini biron-bir fan nuqtai nazaridan tushunib yetishga harakat qilish
besh nafar ko‘rning filni tavsiflashga urinishini eslatadi»
Kriminologiya predmeti – har qanday va oddiy xulq-atvor emas, balki
alohida xulq-atvor. Bu xulq-atvor jinoiy xususiyatga ega, shu bois u jinoiy xulq-
atvor deb ataladi, ya’ni xulq-atvor avvalo jinoyat qonunini, uning normalarini
buzish bilan bog’lanadi. Kriminologiya inson xulq-atvorini o‘rganuvchi boshqa
tabiiy va ijtimoiy fanlardan asosan shu jihati bilan farq qiladi. Ayni shu sababli
jinoiy xulq-atvor jinoyat bilan bevosita bog’liq, chunki muayyan jinoiy qilmish
sodir etilganligi tufayligina xulq-atvor jinoiy deb e’tirof etiladi. Biroq hozirgi
talqindagi kriminologiya ayrim jinoyatni emas, balki ularning majmui –
«jinoyatchilik»ni o‘rganadi. Kriminologiya uchun jinoyat – bu jinoyatchilikning
individuallashtirilgan (muayyanlashtirilgan) ko‘rinishi. Shu bois jinoyatchilik
jinoyatlarning oddiy yig’indisi emas, balki ayrim jinoyatlardan farq qiladigan,
yangi, yaxlit va uzviy hodisadir.
«Jinoyatchilik» tushunchasi kriminologiyaning eng muhim va ayni vaqtda
eng qamrovli tushunchasidir. Unga kamida ikki nuqtai nazardan: formal miqdoriy
(statistik) va sifat (sosiologik) tomonlardan yondashish mumkin. Miqdoriy
(statistik) nuqtai nazardan jinoyatchilik bir emas, ko‘plab jinoyatlar, ularning
muayyan yig‘indisi, ya’ni g‘ayriijtimoiy va xavfli qilmishlarning qandaydir
majmui mavjudligini anglatadi. Gap shundaki, hodisalar harakatining har qanday
ichki qonuni muayyan hodisalar keng miqyosda ro‘y bergan holdagina muayyan
tarzda namoyon bo‘ladi. Ayrim g‘ayriijtimoiy qilmishlar jinoyatchilik hodisasini
vujudga keltirishi mumkin emas. Jinoyatchilikning miqdor jihati muhim
ahamiyatga ega. Lekin unga ortiqcha ahamiyat yuklash ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Masalan, professor V.M.Kogan jinoyatchilikning ijtimoiy xossalarini o‘rganib
chiqib, unga: «Muayyan joyda muayyan vaqtda sodir etilgan barcha jinoyatlar
2
Қаранг
:
Введение
в криминологию. –
М.: «Прогресс», 1985. –
17-
б.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
245
majmui hamda ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor barcha jinoyatchilar
majmui»
, deb ta’rif beradi. Shu bilan birga, «jinoyatchilik» tushunchasini uning
sifati va mazmuni nuqtai nazaridan o‘rganish muhimroqdir. Bu kriminologiya
predmeti bilan uzviy bog‘liq. Jinoyat huquqi, jinoyat prosessi va umuman
kriminalistika jinoyat shakllarini o‘rganish bilan cheklanadi va shu boisdan
muayyan qilmishni davlat tomonidan tartibga solish va uni jinoyat-huquqiy,
jinoyat-prosessual va kriminalistika mezonlariga ko‘ra baholash muammolarini
ishlab chiqadi.
Kriminologiya esa, asosan jinoyatchilik mazmunini (mohiyatini) o‘rganadi.
Shu nuqtai nazardan «jinoyatchilik» tushunchasi uning jamiyat taraqqiyoti, eng
avvalo uning ishlab chiqarish va taqsimlash munosabatlari holati bilan bog‘liq
obyektivligini aks ettiradi. Jinoyatchilik tushunchasi jamiyat taraqqiyotining
muayyan bosqichida, nafaqat ayrim ijtimoiy xavfli qilmishlar, balki ularning
muayyan majmui mavjudligi va u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog‘liqligi
tushunib yetilganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Binobarin, jinoyatchilik tushunchasining
mazmuni u nafaqat obyektiv, balki ijtimoiy hodisa, ya’ni kishilik jamiyati va uning
qonunlari bilan bog‘liq ekanligini anglatadi. Shuning uchun ham jinoyatchilik
tushunchasiga ta’rif bergan ko‘pgina mualliflar unga eng avvalo ijtimoiy hodisa
sifatida qaraydi. Jinoyatchilik nafaqat nisbatan ommaviy, obyektiv va ijtimoiy,
balki tarixan o‘zgaruvchan hodisa hamdir. Turli tarixiy sharoitda va turli
jamiyatlarda kishilarning ayni bir g‘ayriijtimoiy qilmishlari har xil baholangan.
Jinoyatchilik o‘z ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra ham, namoyon bo‘lgan joyiga ko‘ra
ham o‘zgaruvchandir. Masalan, jinoyatlar doirasi nafaqat turli ijtimoiy-iqtisodiy
tuzumlarda, balki hatto ayni bir tuzumga mansub davlatlarda ham bir xil emas. Boz
ustiga, jinoyatlar doirasi ayni bir tuzumga mansub bir davlat tarixida ham o‘zgarib
3
Қаранг
:
Коган В.М. Социальные свойства преступности. –
М., 1977. –
3-
б
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
246
turadi. Ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, juda katta hududda kam aholi
yashashi ibtidoiy odamni o‘z xulq-atvorini urug‘ va qabila manfaatlariga
moslashtirishga majbur etardi. Urug‘doshlik jamiyati sharoitida yashagan
odamlarning ko‘p sonli avlodlari kollektivizm, o‘zaro yordam, tenglik, erkinlik,
halollik, qariyalar, bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘ulariga asoslangan urf-odatlarni
shakllantirdilar. Ammo vaqt o‘tishi bilan yangi ishlab chiqarish shakllarining
vujudga kelishi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi iqtisodiy, psixologik va
ijtimoiy hodisalarning o‘zaro ta’siri shunga olib keldiki, ayrim g‘ayriijtimoiy
qilmishlar nisbatan ommaviy hodisaga aylanib qoldi.
Jinoyatchilik – shubhasiz, g‘ayriijtimoiy salbiy hodisa. Holbuki,
kriminologiya tarixida uni ijtimoiy ijobiy hodisa sifatida baholashga urinishlar ham
bo‘lgan. Masalan, XIX asrda yashagan taniqli sosiolog Emil Dyurkgeym
«jinoyatchilik taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch, u jamiyatda muhim foydali
funksiyani bajaradi»
degan fikrni ilgari surgan. Amerikalik sosiolog R.Merton
fikriga ko‘ra, «jinoyatchilik – ijtimoiy hayot sur’atlari jadallashuvi hisobiga
jamiyat to‘lashi lozim bo‘lgan haqdir». Boshqa bir amerikalik kriminolog
Tannenbaum
1944-yilda Barnz va Titerzning «Kriminologiyaning yangi ufqlari» nomli kitobiga
yozgan so‘zboshisida: «Jinoyatchilik – jamiyat kabi abadiydir. Jinoyatchilikka
barham berish mumkin emas. Jinoyatchilik – kasallik, o‘lim kabi abadiy
hodisadir»
deb ta’kidlagan edi. Nemis kriminologi Armand Morgen 1961-
yildayoq «jinoyat - qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lgan va toki jamiyat
mavjud ekan, hyech qachon yo‘qolmaydigan hodisadir», deb yozgan edi. Ayrim
kriminologlar jinoyatchilik nafaqat normal, balki foydali hodisadir, chunki u
jamiyat a’zolarida hamjihatlik tuyg‘ulari mustahkamlanishiga ko‘maklashadi,
degan fikrni ilgari suradi.
4
Қаранг
:
Дюркгейм Э. Норма и патология // Социология преступности. –
М., 1966. –
39-
б.
5
Қаранг
:
Преступление как социально патологическое явление. –
СПб., 1900. –
7-
б.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
247
Tabiiyki, bu fikrga qo‘shilish qiyin, chunki jinoyatchi eng avvalo o‘zini
boshqa shaxslarga qarama-qarshi qo‘yadi, ularning manfaatlarini muayyan jinoiy
qilmish bilan buzadi. Nihoyat, jinoyatchilik – jinoyat-huquqiy hodisadir, chunki
uning tarkibidan o‘rin olgan jinoyatlar doirasi amaldagi jinoyat qonunchiligida
belgilab qo‘yiladi. Biz jinoyatchilik to‘g‘risida so‘z yuritganimizda, davlat
tomonidan tan olingan ijtimoiy-xavfli va g‘ayrihuquqiy qilmishlar (harakatlar yoki
harakatsizlik) majmuidan kelib chiqamiz. Jinoyatchilik o‘zining huquqiy belgisi
bilan boshqa ijtimoiy hodisalar (axloqiy normalar)dan, jinoyat-huquqiy belgisi
bilan esa – boshqa, jinoyat hisoblanmaydigan jinoiy (intizomiy, ma’muriy,
fuqarolik-huquqiy va b.) huquqbuzarliklardan farq qiladi. Shunday qilib,
jinoyatchilik bir qancha o‘ziga xos belgilarga egadir. Bular: nisbatan ommaviylik,
tarixiy o‘zgaruvchanlik, obyektivlik, ijtimoiylik, jinoyat-huquqiylik, u yoki bu
davlatda muayyan davrda sodir etilgan barcha jinoyatlarning umumiy miqdori va
h.k. Boshqacha aytganda, jinoyatchilik – muayyan makon, mintaqada ma’lum davr
ichida sodir etilgan barcha jinoyatlar majmui ko‘rinishidagi tarixan o‘zgaruvchan,
salbiy, obyektiv va ijtimoiy hodisadir.
Jinoyatchilikning holati ya’ni uch asosiy ko‘rsatkichi (darajasi), tarkibi va
dinamikasi bilan o‘lchanadi. Bundan tashqari, jinoyatchilikning yetkazilgan zarar
hajmi yoki miqdori va xususiyati kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ham farqlanadi.
Ba’zan jinoyatchilikka qarshi kurash xarajatlari ham jinoyatchilik ko‘rsatkichlari
qatoriga kiritiladi. Jinoyatchilikning holati tushunchasiga ikki: tor va keng nuqtai
nazardan yondashish mumkin. Keng ma’nodagi jinoyatchilikning holati
tushunchasi nafaqat uning darajasini, balki tarkibi va dinamikasini ham qamrab
oladi. Tor ma’nodagi jinoyatchilikning holati tushunchasi muayyan davrda, tarixiy
bosqichda jinoyatchilik darajasini aks ettiradi.
Xo‘sh, jinoyatchilikning holatiga nima kiradi? Jinoyatlar majmuimi yoki
barcha jinoyatchilar majmuimi? I.I.Karpes: «Jinoyatchilikning holati – sodir
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
248
etilgan jinoyatlar va ularni sodir etgan shaxslar miqdoridir»
, deb yozgan edi.
Jinoyatchilikning holati tushunchasiga umumiy ta’rif berilgan holda ushbu
yondashuvga qo‘shilish mumkin. Lekin adabiyotlarda jinoyatchilikning holati
tushunchasini muayyanlashtirishga urinishlar (shu jumladan jinoyatchilik
darajasini aniqlash yo‘li bilan) kuzatiladi. Professor G.A.Avanesov shunday deb
yozadi: «Jinoyatchilik darajasi muayyan hududda sodir etilgan jinoyatlar
miqdoridan kelib chiqib, shu hududda yashaydigan aholi soniga nisbatan
hisoblanadi». Daraja ko‘rsatkichlari faqat nisbiy raqamlarda ifodalanadi.
Jinoyatchilik darajasini yanada aniqroq aniqlash uchun butun aholini emas, balki
vakillari amaldagi jinoyat qonunchiligiga muvofiq jinoyat uchun javobgarlikka
tortilishi mumkin bo‘lgan yosh guruhlarinigina hisobga olish zarur
. Ayrim
mualliflar jinoyatchilikning holati va darajasini aniqlashda muayyan hududda
ma’lum vaqt davomida sodir etilgan jinoyatlar va ularni sodir etgan shaxslar
to‘g‘risida so‘z yuritadilar. Jinoyatchilikning holatini aniqlashda muayyan davr
ichida (falon yilning falon oyidan falon yilning falon oyigacha) sodir etilgan
jinoyatlar emas, balki muayyan sanaga (davrga) qadar sodir etilgan jinoyatlar
ko‘rsatkichi olinsa, o‘rinliroq bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Bu nafaqat jinoyatchilikning
muayyan sanaga qadar bo‘lgan holati to‘g‘risidagi masalani yechish, balki
jinoyatchilikning muayyan sanaga qadar bo‘lgan holatini jinoyatchilikning
muayyan davrdagi dinamikasidan farqlash uchun ham zarurdir. Jinoyatchilikning
holati sodir etilgan barcha jinoyatlar va ularni sodir etishda aybdor shaxslar miqdori
bilan belgilanadi. Jinoyatchilikning holatini mutlaq miqdorda ham, koeffisiyent
miqdorida ham aniqlash mumkin.
Jinoyatlar miqdorini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
a) sud hukmi bilan yuritish tugallangan jinoyatlar;
6
Қаранг
:
Карпец И.И. Проблема преступности. –
М., 1969. –
109-
б.
7
Қаранг
:
Криминология и социальная профилактика. –
60-
б.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
249
b) aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan
(amnistiya bo‘yicha yoki jinoiy jazo tarbiyaviy yo‘sindagi majburlov choralari yoki
tarbiyaviy yo‘sindagi choralar yoxud ma’muriy ta’sir choralari bilan almashtirilishi
munosabati bilan) jinoyatlar;
v) ochilmagan, lekin mavjud ma’lumotlarga ko‘ra sodir etilgan jinoyatlar.
Jinoyatchilarning umumiy miqdorini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
a) mahkumlar haqidagi ma’lumotlar;
b) jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan shaxslar haqidagi
ma’lumotlar.
Yig‘ma tushuncha bo‘lgan jinoyatchilikning holati nafaqat miqdoriy
belgilar, balki sifat belgilari, chunonchi: tarkibiy xususiyatlari, jinoyatlardan
ko‘rilgan zarar, iqtisodiy, uyushgan, takroriy yoki boshqa jinoyatchilik darajasi
bilan ham tavsiflanishi mumkinki, bu jinoyatchilik tarkibini tahlil qilishda
mufassalroq o‘rganiladi. Jinoyatchilikning darajasi bir qancha koeffisiyentlar bilan
aniqlanadi. Koeffisiyentlar har xil bo‘lishi mumkin, lekin ular orasida jinoyatchilik,
aniqrog‘i – jinoyatlar koeffisiyenti va aholining kriminogen zararlanganlik
(kriminogenlik) koeffisiyenti muhim o‘rin egallaydi. Jinoyatchilik koeffisiyenti
hisobga olingan barcha jinoyatlar umumiy miqdori va tanlangan mintaqa
aholisining muayyan massa (miqyos)ga bo‘lingan umumiy miqdori nisbati sifatida
aniqlanadi. Massa yoki miqyos – koeffisiyent hisoblanayotgan aholining asosiy
miqdori. Odatda jahon kriminologiya amaliyotida u 100 ming kishiga teng deb
olinadi. Ammo massa (miqyos) harakatchan kategoriya bo‘lib, muayyan ma’muriy
yoki boshqa hudud (muayyan kontingent, mintaqa, respublika, o‘lka, viloyat,
tuman, shahar)da yashovchi aholining umumiy miqdoriga qarab o‘zgarishi
mumkin. Masalan, Toshkent shahrida 2024 yilda mingta jinoyat ro‘yxatga olingan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
250
deylik. Shahar aholisi 3 million kishidan iborat deb xisoblasak. Jinoyatchilik
koeffisiyenti (har 100 ming aholiga) taxminan 333 ni tashkil etadi.
Jinoyatchilik koeffisiyentini hisoblash formulasi:
Jinoyatlar miqdori
100 ming (massa)
K
j
=
Butun aholi miqdori
Butun aholi miqdori Aholining kriminogen jihatdan zararlanganlik
(kriminogenlik) koeffisiyenti jinoyatchilar (muayyan davrda jinoyat sodir etgan
shaxslar) umumiy miqdori va tanlangan massa (miqyos)ga bo‘lingan ushbu
hududda yashovchi jinoiy javobgarlik yoshiga (O’zbekiston Respublikasi JK
bo‘yicha – 14 yoshga) to‘lgan barcha shaxslarning nisbati sifatida aniqlanadi
Hulosa qilib aytganda, jinoyatchilik tarkibi, ayniqsa, jinoyatchining shaxsiga
nisbatan, ijtimoiy-demografik belgilar (jinsi, yoshi, kasbi, oilaviy ahvoli va h.k.)ga
ko‘ra ham taqsimlanadi. Kriminologiya fanida jinoyatchilikning to‘liq tarkibi va
noto‘liq tarkibi farqlanadi. Jinoyatchilikning to‘liq tarkibida uning majmui
(massasi) mumkin bo‘lgan barcha guruhlash belgilari bo‘yicha taqsimlanadi.
Jinoyatchilikning noto‘liq tarkibi esa ayrim zarur guruhlash belgilari nuqtai
nazaridan tahlil qilishni nazarda tutadi
Foydalanikgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.
Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
251
2.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son.
3.
O‘zbekiston
Respublikasining
Jinoyat-prosessual
kodeksi.
01.04.1995-yil. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi,
1995-y., 2-son.
4.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Normativ-huquqiy
hujjatlar
to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y.,
03/21/682/0354-son.
5.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi
O‘RQ-518 son qonuni. 06.02.2019-yil.
6.
Q.R.Abdurasulova Kriminologiya. Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.d.,
prof. M.H. Rustamboyev. –T.: TDYuI nashriѐti, 2008. 305 bet.
7.
ttps://ru.wikipedia.org/