https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
197
DINIY BAG‘RIKENGLIK MASALASI: HUQUQIY VA ISLOM
MANBAALARIDA
Sultonova Durdona Shuxratilla qizi
O
‘
zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” mutaxassisligi 2-kurs magistri
Po‘latova Dildora Aziz qizi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada diniy bagʻrikenglik masalasi huquqiy va islom
manbalarida qanday yoritilganligi tahlil qilinadi. Diniy bagʻrikenglik, jamiyatda
tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda muhim omillardan biri boʻlib, uning
huquqiy asoslari xalqaro va milliy qonunchilikda mustahkamlab qoʻyilgan.
BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va din erkinligiga oid
xalqaro konvensiyalar diniy bagʻrikenglik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat
qiladi. Maqolada islom manbalarida, xususan, Qurʼon oyatlari va Paygʻambar
Muhammad (s.a.v.)ning hadislarida diniy bagʻrikenglikka berilgan eʼtibor, islom
dinida boshqa din vakillari bilan totuvlikda yashash, ular bilan adolatli
munosabatda
boʻlish,
majburlashdan
voz
kechish
tamoyillari,
paygʻambarimizning Madina konstitutsiyasi misolida diniy bagʻrikenglik amaliy
jihatdan tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: diniy bagʻrikenglik, islom manbalari, Qurʼon, hadis, huquqiy
asoslar, din erkinligi, inson huquqlari, totuvlik.
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va
mazhabga e’tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni
o‘rnatish, ularning kuchi va iste’dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
198
xizmat qiladi. Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi
tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir
. Vijdon erkinligi masalasi ijtimoiy hayotda
har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida har
bir insonning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta
ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi
kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu
bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyat
muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat
va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon
erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yil 10- dekabrda qabul qilingan “Inson
Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”ga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va
din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish
erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda
amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki
odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ochiga oladi. Xususan, ushbu
normativ hujjatda: “Har bir inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini,
siyosiy qarashlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi
tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyada
e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo’lishi kerak”,- deyilgan.
Dinlararo totuvlik jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib
xizmat qiladi. Diniy bag’rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan
kishilarning bir zamin, bir Vatanda, g‘oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat
bo’lib yashashini anglatadi. XV asr boshlarida Temur saroyida bo’lgan Kastiliya
elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yigadi,
ularga iltifot ko’rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlarning turli
1
Российская соцсиологическая энциклопедия. –
М.
Наука 1998. –С.278.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
199
ehtiyojlarini bajarish uchun alohida mas’ul shaxs tayinlaydi. Ular bilan do’stona
aloqalami mustahkamlashni tayinlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida
“O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining
fuqarolari tashkil etadi”, deb aniq belgilab qo’yilgan.
Mustaqillik
sharofati
bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din,
millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib,
islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular
bilan birgalikda ulaming turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va
farovon hayot kechirib kelmoqda. Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din
sohasida olib borilayotgan izchil va qat’iy siyosat tufayli mamlakatimizda
millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Dinlararo totuvlik
jamiyatda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami
2276 ta
diniy tashkilot va
16
ta
diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan
2093
tasi musulmon
tashkiloti,
166 ta
xristian tashkiloti,
8 ta
yahudiy jamoasi,
6 ta
Baxoiylik
jamiyati,
1 ta
krishnachilar jamiyati va
1 ta
budda ibodatxonasi, shuningdek,
O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda
O’zbekistonda tom ma’noda diniy bag‘rikenglikning yuksak an’analariga
amal qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Tolerantlik,
millatlararo va dinlararo bag’rikenglikning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat
hayoti uchun zarur ekanligi, tolerantlikning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati
hamda ushbu g’oyani yosh avlodda shakllantirish masalalari haqidagi har
tomonlama ilmiy asoslangan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev ma’ruzalarida aks etgan
2
https://strategy.uz/index.php?news=1014&lang=uz
3
2017 yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida
“
Ijtimoiy barqarorlikni ta
’
minlash, muqaddas
dinimizning cofligini asrash
–
davr talabi
”
mavzusidagi anjumanda so
’
zlagan nutqi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
200
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bugun mana shunday xavfli -
tahlikali, o’ta notinch bir davrdajahon moliyaviy inqirozi hali-beri davom
etayotgan bir paytda el- yurtimiz nimaiki natijalarni qo’lga kiritmasin, bulaming
barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo’lib borayotgan tinchlik va osudalik,
millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir-birimizga hurmat va ehtirom
hisobidan desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi”.
Islomning bag‘rikengligini biz payg’ambar a.s.ning shaxsiy namunalarida
to'liq va ravshan korishimiz mumkin. Zero, umuman risolatning maqsadi, asosiy
vazifasi odamzotning bu dunyodagi hayotini yengillatib berish, oxiratda esa abadiy
rohat makonidan orin olishiga yordam berishdir. Shuning uchun Qur’oni
Karimning uslubiga qarasak, o،qiganimizda ba’zan mo'minlarning qalbini
junbushga keltiruvchi, ularning diqqatlarini muhim bir masalaga qaratuvchi xitob
bilan boshlangan oyati karimalarni ko،p uchratamiz. Bu oyatlarda “Ey iymon
keltirganlar!” degan buyuk xitob bilan boshlanadi Demak, bu xitob bilan boshlagan
oyatlarda aynan mo‘min-musulmonlargategishli masalalar kelgan boladi. Ammo
Qur’oni Karimning qolgan barcha oyatlari umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida
jamlaydi.
O‘z davrining buyuk insoni bo‘lgan Amir
Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini to‘g‘ri idrok etgan. Sharafiddin
Ali Yazdiy Sohibqironni haqli ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi.
Eng muhimi, Amir Temur “Ahli sunna val-jamoa” e’tiqodiga sodiq, diniy
http://uza.uz/oz/politics/vatanimiz-taqdiri-va- kelazhagi-yo
’
lida-yanada-amzhi-at-b-lib--15-06-
2017
; O
’
zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi.
http://uza.uz/oz/documents/uzbekiston-respublikasi- prezidenti-
shavkat-mirziyoyevning-oliy-22-12-2017
; ; O
’
zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning
Afg’oniston bo’yicha “Tinchlik jarayoni,xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik”
mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi; .
http://uza.uz/oz/documents/uzbekiston-
respublikasi-prezidenti-shavkat- mirziyoyevning-af-o-27-03-2018&month02&year-2018&clear-
cache-Y&ELEMENT-CODE-politics
.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. http://uza.uz/oz/documents/uzbekiston-respublikasi-
prezidenti-shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
201
aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo،Igan, islom dinini mutaassiblikdan holi, erkin
tushungan
. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo‘lmagan va
shu jihatdan ham, u nafaqat o‘z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham
namunadir. Diniy bag‘rikenglik turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud aqidaviy
farqlardan qat’iy nazar, ularning yonma-yon, o،zaro tinch-totuv yashashini
anglatadi. Har kim o‘z e’tiqodiga amal qilishda erkin bo‘lgani holda bu huquqqa
boshqalar ham ega ekanini e’tirof etmog‘i lozim. O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik
va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna
bolmoqda. Bu haqda dunyo miqyosida katta obro‘ va nufuzga ega insonlar ham
yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab otmoqdalar. Albatta, xalqimizga xos bu
xislat bir zumda paydo bolgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga egadir.
Barcha rivojlangan davlatlar demokratiya, insonparvarlik va dunyoviylik
tamoyillariga amal qiladi. Ularda vijdon erkinligi huquqiy kafolatlangan bo‘lib,
tolerantlik (bag‘rikenglik) hal qiluvchi tamoyil sifatida e’tirof etiladi.
Hozirda muqaddas dinimiz nomidan o‘zlarining turli g‘arazli maqsadlarini
amalga oshirmoqchi bo‘layotganlarning asosiy maqsadi jamiyatda parokandalik,
xalqlar va millatlar o‘rtasida nizo keltirib chiqarish, tinchlik va osoyishtalikka
rahna solish va shunga o‘xshash ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keluvchi
harakatlardan iborat. Bu orqali ular turli tabiiy boyliklar zahiralariga
ega bo‘lgan davlatlarni qaram qilib olishni niyat qilgani hech kimga sir emas.
Hayotning o‘zi buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun muqaddas
dinimizning pokiza nomini pok holda saqlash, uning tinchlikparvar va
ma’rifatparvar mohiyatini ochib berish har bir musulmonning muqaddas burchi
ekanini unutmasligimiz lozim. Dinlararo totuvlik turli din vakillariga umumiy
ravnaq va farovonlik yo‘lida birlashish imkonini beradi. Bu holat axloqiy tarbiyada
ham bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, jamiyatning ma’naviy holatiga ijobiy ta’sir
4
SH.A.Yazdiy.Zafarnoma-.:Sharq nashriyot matbaa konsern bosh tahririyati,.-Toshkent. 1997.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-21_ Март-2025
202
ko‘rsatadi hamda keng ommaning o‘z-o‘zini anglashini oshirishga qaratilgan faol
tarbiyaviy jarayonni rivojlantiradi
Shuni xulosa qilish mumkinki, din zamonaviy jamiyatda ma’naviyatning
shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Yuksak axloq va ma’naviyatli jamiyat
insoniyatni botiniy o‘zligini takomillashtirish va borliq kamolotiga, ilmiy
taraqqiyot sari yetaklaydi. Shuning uchun ham har bir sivilizatsiyalashgan davlatda
bo‘lgani kabi ochiq fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat barpo etish
yo‘lidan borayotgan respublikamizda ham dinlararo totuvlikni ta’minlashning
ishonchli mexanizmi bo‘lib xizmat qilayotgan e’tiqod erkinligini himoya
qilishning mustahkam huquqiy asoslari yaratildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOT RO‘YXATI
1.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining
72-sessiyasidagi nutqi. http://uza.uz/oz/documents/uzbekiston-respublikasi-
prezidenti-shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017.
2.
I.Hosilmurodov.Tolerantlik g‘oyasi va uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni. –
Jizzax, 2019– B. 63
3.
Российская соцсиологическая энциклопедия. – М. Наука 1998. –С.278
4.
https://moturidiy.uz/oz/news/518
5.
https://strategy.uz/index.php?news=1014&lang=uz
5