https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
264
O'ZBEKISTON TOG'LARIDA TARQALGAN JUNIPERUS L TURKUMI,
BOTANIK TAVSIFI, VAKILLARI VA AHAMIYATI
Andijon Davlat Pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi
Ismoiljonova Mohinsa Umidjon qizi
Anatatsiya. Ushbu tezisda ochig’ urug’lilar bo’limining archadoshlar
oilasiga mansub bo’lgan juniperus turkumi tuzilishi, yashash muhiti, rivojlanishi,
turlari, vakillari haqida ma’lumotlar berilgan. Bu turkum oilasi haqida hamda
ushbu turkumni o’ziga xos xususiyatlari hamda ko’payish jarayonlari, ko’payishda
sodir bo’ladigan hujayralarni hosil bo’lishi va ushbu jarayonlar haqida batafsil
aytib o’tilgan.
Kalit so’zlar: juniperus, daraxt, buta, bir jinsli, ikki uyli, changdon,
urug’kurtak, qubba, nutselus, sporofil, anteridiy.
Annotation. This thesis provides information about the structure, habitat,
development, species, representatives of the genus juniperus, which belongs to the
archadosh family of the plant-bearing section. It is mentioned in detail about the
family of the order as well as the specific characteristics of this order as well as
the processes of reproduction, the formation of cells that occur in reproduction and
these processes.
Keywords: juniperus, tree, shrub, monoecious, dioecious, powdery,
seedcurtle, nutselus, sporophilic, antheridium.
Анатация. В данной дипломной работе даны сведения о строении,
среде обитания, развитии, видах, представителях рода можжевельник,
относящегося к подсемейству архозавров секции открытых семенных
растений. В нем подробно рассказывается о семействе этого рода, а также
об особенностях этого рода, а также о процессах размножения,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
265
образовании клеток, которые происходят при размножении, и об этих
процессах.
Ключевые слова: можжевельник, дерево, кустарник, однодомный,
двудомный, мучнистый, семенная коробочка, куполообразный, орешник,
спорофильный, антеридий.
Archa (lotincha: Juniperus) — Archadoshlar oilasiga mansub doim yashil
daraxt va butalardan iborat turkum. Archaning 70 ga yaqin turlari mavjud. U bir
jinsli, bir yoki ikki uyli boʻlib, shamol yordamida changlanadigan ignabargli
oʻsimlik hisoblanadi. Erkak archalar sargʻish rangda, 3–6 changdonli qipiqsimon
changchilardan iborat, urgʻochi archalar esa yashil boʻlib, urugʻchibarg va
urugʻkurtaklardan tashkil topgan. Archaning qubba mevalari dumaloq (diametri 5–
20 mm) shaklda boʻlib, ichida 1–10 dona urugʻ saqlaydi. Archa mart–may oylarida
gullaydi, mevasi esa ikkinchi yil (sentabr–noyabrda) pishib, qish yoki bahorda
toʻkiladi.
Archalar bo’yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil daraxtlardir. Tog’larning
3500-4500 m balandlikdagi yonbag’irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida
archaning yer bag’irlab o’sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Archalarning
barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon yoki ignasimon. Zarafshon
archasi ikki uyli o’simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh
novdalarida mayda qubbachalar hosil bo’lib, ularda juda ko’p miqdorda chang
yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbalar deb ataladi. Shu vaqtda archaning
boshqa tuplarida uzunligi 0.5 -1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo’ladi.Bu
qubbalar urug’kurtakli qubbalar deb ataladi. Urug’chi qubbaning tangachalarida
urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra
yetishadi. Changchi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Urug’kurtakka
tushgan chang donasining vegetativ hujayrasi o’sib chang nayini hosil qiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
266
Generativ hujayradan hosil bo’ladigan hosil bo’ladigan spermiylardan biri
arxegoniydagi tuxum hujayradan murtak, urug’kurtakdan urug’ rivojlanadi.
O’rta Osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o’sadi, bulardan 3 tasi O’zbekiston
tog’larida o’sadi (Zarafshon archasi, Turkiston archasi va Saur archa ). Bundan
tashqari, shahar ko’chalarida, manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi.
Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika. Manzarali o’simlik sifatida yana
Sharq sauri ham ekiladi. U tana va bargaining tuzilishi bilan archaga o’xshaydi,
lekin yosh novdalarining o’ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis
ochilishi bilan archalardan farq qiladi.
Sporafill erkak va urg`ochi qubbada hosil bo`ladi. Qubbalar bitta o`simlikda
joylashadi. Uzunligi 4-5 sm, diametri 3-4 sm bo`lib, unda spiral ravishda
mikrosporofill joylashgan bo`lib, chang hosil qilishga xizmat qiladi.
Mikrosporofill tuximsimon shaklda bo`lib, unda ko`p miqdorda mikrospora hosil
bo`ladi. Mikrospora bir yadroli, tashqi tomondan intina va ekzina qavati bilan
o`ralgan bo`lib, yonida 2 ta to`rsimon havo pufakchasini hosil qiladi.
Mikrosporaning unishidan erkak gametofit - chang hosil bo`ladi. Mikrospora
ikkiga bo`linib, undan ikkita xujayra hosil bo`ladi. (anteridiyli va vegetativ).
Anteridiyli xujayra sperma hosil qiladi, vegetativ xujayra spermani tuxum
xujayraga yetkazib beriishga xizmat qiladi. Urg`ochi qubbalar yosh novdaning
uchida joylashadi. Qubbaning asosiy o`qida tangachalar joylashgan bo`lib, unda
ikkitadan urug`kurtak hosil bo`ladi. Urug`kurtak nutselus va integumentdan
tuzilgan bo`ladi.
Nutselus tuxumsimon bo`lib, ustidan integument o`rab turadi. Nutselusning
qubba o`qiga qaragan qismida chang kirishi uchun yo`l - mikropill joylashgan
bo`ladi. Nutselus markazida dastlab bitta xujayra joylashib, unnig bo`linishidan 4
ta megospora hosil bo`lsa, undan 3 tasi xalak bo`ladi yoki undan endosperm hosil
bo`ladi. Erkak qubbadagi chang urug`kutrakka tushib una boshlaydi. Dastlab
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
267
changning ekzina qavati yorilib vegetativ xujayra chang nayini hosil qiladi.
Ikkinchi xujayra anteridial xujayra 2 ga bo`linib, spermagenli xujayrani hosil
qiladi. Spermagenli xujayraning bo`linishidan 2 ta sperma hosil bo`ladi. Bu sperma
tuxum
xujayrasini
otalantiradi.
Ochiq
urug`lilarning
changlanishidan
otalanishigacha 13 oy vaqt o`tadi. Undan murtak (2n) rivojlanadi. Murtakni
rivojlanishi endospermdagi zapas oziq moddalar xiosbiga ro`y beradi. Murtakda
ilidzcha, poyacha va barga joylashgan bo`ladi. Murtakni tashqi tomonidan
endosperma o`rab turadi. Urug`kurtak rivojlanib urug` hosil qiladi. Changlanish
jarayoni o`tgandan keyin ikkinchi yil urug` yetiladi. Bu vaqtda qubbalar 4-6 sm
uzunlikka ega bo`ladi. Shunday qilib, ochiq urug`lilar poporotniklarga nisbatan bir
qancha belgilari bilan xarakterlanadi. Jumladan gametofit umuman mustakilligini
yo`qotgandir, ular sporafitdan hosil bo`ladi. Otalanish suvsiz muhitda ro`y beradi.
Urug’lanishdan so’ng urug’chi qubbani tashkil qilgan tangachalar texda o’sadi,
yo’g’onlashadi va o’zlartidan ajralib chiqqan mum (smola) orqali bir-birlari bilan
qo’shiliob, qubbani o’rab turuvchi etdor, yumshoq po’stga aylanadi. Archaning
urug’chi qubbalari urug’langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi.
O’rta Osiyo xususan O’zbekistonda
davlat oʻrmon fondi hisobida 190
mingga yaqin archazor bor (1999). Oʻzbekistonda asosan Chotqol va Hisor
tog’larida katta-katta archazorlar mavjud. Ular siyrak va mahsuldorligi kam
archazorga kiradi (qalinligi 0,3 – 0,5), ammo shunga qaramay juda katta tabiiy va
iqtisodiy ahamiyatga ega archazor 800 – 3100 m balandlikda togʻ yon bagʻirlarida
joylashgan va uch mintaqaga boʻlinadi: togʻlarning pastki qismida (800-2000 m
balandlikda) qora archa yoki Zarafshon archasi, oʻrta qismida (1400-2500 m) sovur
archa, yuqori qismida (2500- 3100 m) oʻrik archa yoki Turkiston archasi oʻsadi.
Togʻlarning eng yuqori qismidagi archalar siyrak, boʻyi past, tanasi qiyshiq,
sershox boʻlib, koʻpincha yer bagʻirlab oʻsadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
268
Shunday qilib, Juniperus haqida hamda archadoshlar haqida ularni qayerda
o’sishi, rivojlanishi haqida bilib oldik. Eng yaxshi archazor unumdor, sernam,
tuproqli, yassi togʻyon bagʻirlarida uchraydi va ularning yillik fitomahsuldorligi
220 t/ga ni tashkil etadi. Ilgari archazor muhofaza qilinmaganligi va ulardan
qurilish materiali hamda oʻtin sifatida ayovsiz foydalanish natijasida archazor
maydonlari kamayib, archalari siyraklashib ketgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Zaxarov V.B.Mamatov S, Обшая биология. M, 2002;
2. Chyen-sov Yu.S,Обшая ситология , M1984;
3. Grin N, Staut U, Teylor D, Biologiya, t. 1—3. M, 1990;
4. Mavlonov O, Biologiya (Maʼlumotnoma), T, 2003;
5. N.Grin va boshq. Biologiya.