https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
252
YO‘SINTOIFA O‘SIMLIKLAR BO‘LIMI TASNIFI
Olimova Gulbadanbegim ADPI,
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, biologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi
1
ADPI, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, biologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi
2
Annotatsiya: Ushbu maqolada yo‘sintoifa toifa(Bryophyta )o‘simliklar
vakillarining sistematikasi, tarqalishi, ahamiyatli tomoni, yashash muhiti va
ko‘payishi haqida bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Flora, qabila, spora, funariya, kakku zig‘iri, marshansiya.
O‘simliklar olamidan insonlar o‘zlarining ehtiyojlari uchun foydalanadi.
Tabiatning muhim tarkibiy qismi hisoblangan flora dunyosi vakillari atmosferani
kislorodga boyitish, organik moddalarni to‘plash va biologik moddalarni me'yoriy
aylanishini ta'minlaydi. Fotosintez natijasida karbanat angidridni yutadi va
kislorodni ajratadi, o‘zi ajratgan kislorodning bir qismidan o‘zlari ham foydalanadi.
Dorivor turlaridan tibbiyotda ham foydalanadi.Tabiatda foydali o‘simliklardan
tashqari zararli turlari ham bor. Yo‘sintoifa o‘simliklari flora dunyosida muhim
ahamiyatga molik tur o‘simliklar hisoblanadi.
Yo‘sintoifa-Bryophyta o‘simlikar bo‘limi yuksak o‘simliklar ichida eng
sodda tuzilishga ega bo‘lgan o‘simliklardir.
Bo‘limga 25 mingga yaqin tur kiradi. Ya‘ni tur soni jixatidan yuksak
o‘simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2-o‘rinda turadi. Ular sodda
tuzilishga ega o‘t o‘simliklar bo‘lib suv o‘tlariga ancha yaqin turadi.Chunki
vegetativ tanasi tallom shaklida, ildizi yo‘q, rizoidlar ildiz vazifasini bajaradi.
Rizoid poyaning tashqi qavat hujayralaridan hosil bo‘lgan ildiz vazifasini
bajaruvchi o‘simtalar bo‘lib bir xildagi hujayralardan tuzilgan va o‘tkazuvchi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
253
to‘qimalardan iborat bo‘lmasligi bilan ildizdan farq qiladi. Biroq ayrim
yo‘sinlarning tanasida mexanik va o‘tkazuvchi to‘qima rivojlangan.Barglari oddiy
o‘troq. Yo‘sinlar suvo‘tlarini quruqlikda yashashga moslashishi natijasida kelib
chiqqan sporali yuksak o‘simliklardir. Ular xilma-xil ekologik muxitda tarqalgan,
yer yuzining mo‘tadil iqlimli nam va salqin joylarida shuningdek tundra va tog‘
zonalarida tarqalgan. Ular lishayniklarga o‘xshab suvsizlikka chidamli bo‘lganligi
uchun uzoq vaqt suvsizlikdan keyin qulay sharoit kelishi bilan ya‘na rivojlana
boradi. Ular past bo‘yli ko‘pchiligi mikroskopik tuzilishga ega bo‘lib, tanasi qisqa
o‘t poya va juda oddiy tuzilgan barglardan iborat. Moxlarning ichki tuzilishi ham
oddiy. Tanasida assimilatsiyalovchi to‘qima hamda boshqa yuksak tuzilishli
o‘simliklarga solishtirilganda uncha rivojlanmagan o‘tkazuvchi, mustahkamlik
beruvchi g‘amlovchi va qoplovchi to‘qimalari mavjud.
Ularni ko‘payishi jinsiy va jinssiz bo‘g‘inlarni gallanishi bilan amalga oshadi.
Moxlarni rivojlanish jarayonida xosil bo‘lgan gametofitning fiziologik
xususiyatlarini boshqa yuksak tuzilishli o‘simliklarga nisbatan kengroq namoyon
bo‘ladi. Gametofit jinsiy ko‘payish bilangina qolmay, u fotosintez, suv
almashinuvi, moddalar almashinuvi kabilarni amalga oshiradi. Sporofit spora xosil
qiladi xolos. Bir hujayrali sporadan gametofit rivojlanib shoxlangan yashil ipsimon
o‘simta protonema va uning ba‘zi qismlaridan kurtaklar paydo bo‘ladi. Jinsiy
ko‘payishda qatnashadigan arxegoniy anteridiylar ham ko‘p xosil bo‘ladi.
Anteridiylar kalta bandda joylashgan 1 qavat qopcha bilan qoplanib undan 2
xivchinli spermatozoid xosil boladi. Arxegoniy kolbachasimon uni kengaygan
pastki qismida tuxum xujayra joylashadi. Ular suv muhutida urug‘lanib
gametaning keyingi rivojlanishi arxegoniya ichida amalga oshadi. Ma‘lum
muddatdan so‘ng sporogon shakllanadi. Sporogon bitta sporofit va sporongiydan
iborat. Sporofiti mustaqil rivojlanmaydi. Yo‘sinlarni hayot tarzi sernam yerda
o‘tsada gametafitini rivojlanishi havo muhitida o‘tadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
254
Moxlar juda sekin yiliga 1-2mm dan bir necha sm gacha o‘sadi. Moxsimonlar
sistematik jihatdan 3 guruhga sinfga:
1.
Jigarsimon yo‘sinlar-Marchantiopsida
2.
Antoserotasimon-Anthocerotopsida
3.
Poya-bargli yo‘sinsimonlar-Bryopsida
Jigarsimon yo‘sinlar(Marchantiopsida)
Bu sinfga 300dan ortiq turkum va 6000dan ortiq tur kiradi. Ularni xarakterli
belgisi gametofitini xilma-xil bo‘lishi va sporofitini deyarli o‘xshashligidir. Bu sinf
vakillari vegetativ, jinsiy, jinsiz yo‘l bilan ko‘payadi.
Bu sinf 2 ta sinfchaga bo‘linadi:
1.
Marshansiyakabilar-Marchantiidae
2.
Yuntermaniyakabilar-Jungermanniidae
Marshansiyakabilar
(Marchantiidae)
Sinfchaga 3500dan ziyod tur kirib Shimoliy va Janubiy yarimsharda turli
ekologik hududlarda uchraydi.
Marshansiyanamolar (Marchanteales) qabilasi
Marshansiyadoshlar(Marchantiaceae) oilasi vakillaridan biri Marshansiyadir-
Marchantia polymorphadir. Marshansiyalar turkumiga mansub bu tur zax yerlarda
va o‘rmonlarda o‘sadi. Tallomini uzunligi 10smga yetadi. Dixatomik shoxlangan
to‘q yashil rangli. Ko‘payishi vegetativ jinsiy jinsiz usulda amalga oshadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
255
Yungermaniyakabilar(Jungermanniidae) sinfchasi
Bu sinfchaga 250 tutkum va 5 mingdan ziyod tur kirib tropik ,subtropik
zonalarda tarqalgan.
ANTOSEROTSIMONLAR(Anthocerotopsida) sinf
Bu sinfga 300 ta tur kirib mo‘tadil iqlimli mintaqalarda
uchraydi.Antotserotsimonlaryassi tanali balandligi 2-3sm , diametri 1-3sm.Tanasi
1 necha qavat yupqa hujayralardan iborat.
POYABARGLI YO‘SINSIMONLAR (BriopsidaMusci) sinfi
Bu sinfga 15000 tur 700 turkumni o‘z ichiga oladi. Jigarsimon yo‘sinlar
germofradit dorzoventral tuzilgan bo‘lib, poya-bargli yo‘sinlarda esa radial
tuzilishga ega. Barglari o‘troq, butun, tomirli yoki tomirsiz, poyada zich joylashadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
256
Poyabargli yo‘sinsimonlar sinfi: 3 ta sinfchaga bo‘linadi:
1.
Sfagnumkabilar-Sphagnidae
2.
Andreyakabilar-Andeidae
3.
Yashil yo‘sinkabilar-Bryidae Sfagnumkabilar(Sphagnidae) sinfchasi
Bu sinf 1 ta qabila (Sphagnales), oila(Sphagnaceae), turkum(Sphagnum) va
300 dan ortiq tur kiradi. Keng tarqalgan turlariga: S.cusbidatum, S.acutifolium, S.
Squarrosumlar kiradi. Ular ko‘p yillik o‘simliklar bo‘lib sporadan o‘sib chiqqan 1
yillik poyasini asosida ham rizoidi bo‘ladi. Shoxlangan poyali, barglari yupqa
,tomirsiz, 2xil: uzunchoq tirik xlorofilli assimilatsion hujayradan va rangsiz, o‘lik
halqasimon hujayradan iborat. Sfagnumlar o‘zi o‘sadigan muxitda asta-sekin torf
xosil bo‘lishiga olib keladi.1 metrli torf qariyib 1000yilda to‘planadi. U qishloq
xo‘jaligida organik o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Andreyakabilar(andreaidae) sinfchasi
Qabilani 1 ta Andreyadoshlar oilasi bo‘lib faqat 1 ta (Andrea) andreaea
turkumi mavjud. Bu turkum Shimoliy va Janubiy yarimsharda tosh qoyalar orasida
tarqalgan, 120 turni birlashtiradi.Kiyik va bug‘ular uchun shimoliy hududda asosiy
ozuqa sifatida ishlatiladi.
Yashil moxkabilar yoki Briumkabilar (Bryidae) sinfchasi
Mazkur sinfchaga 13 ta qabila, 85ta oila 700dan ortiq turkum va 14minga
yaqin turni o‘z ichiga oladi. Ular 1yillik ,ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib kattaligi
1mmdan 50 smgacha bo‘lgan yashil o‘simlik. Bu oila vakillari yakka xolda va to‘p
bo‘lib chim hosil qiladi. Ular tuproqda, daraxt po‘stlog‘ida, tog‘ jinslarida
rivojlanadi. Poyasi monopodia va simpodial shoxlanadi.Tanasida to‘qimasi
birmuncha shaklangan bo‘lsada floema va ksileman elementlari taraqiy etmagan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
257
Oddiy kakku zig‘iri-nina bargli o‘rmonlar, o‘troq va botqoqliklarda uchraydi.
Balandligi 20smdan ortiq bo‘lib tanasi poyadan va unda zich joylashgan yashil
barglardan iborat. Poyaning yer ostki qismidan ko‘p hujayrali rizoidlar joylashgan.
Funariya yo‘sini-1-3sm balandlikdagi yashil o‘simlik bo‘lib ariqlar bo‘yida ,
tarnovlar tushib turadigan yerlarda chim xosil qilib o‘sadi. Tanasi kalta poyachadan
va unda zich joylashgan bargchalardan iborat. Funariya 2 jinsli 1 uyli o‘simlik
erkaklik va urg‘ochilik organi 1 ta gametofitda joylashgan. Ko‘payishi kakku
zig‘iriga o‘xshash bo‘ladi.
Xulosa
Biz ushbu maqolada yo‘sintoifa o‘simliklarning tuzilishi amaliy axamiyati va
klasifikatsiyasi haqida ma‘lumotga ega bo‘ldik. Yo‘sintoifa o‘simliklar xilma-xil
ekologik muhitda rivojlanadi. Yo‘sinlarning taraqqiyot siklidagi xarakterli
belgilaridan yana bittasi pishib yetilgan spora tarqalgandan so‘ng undan
protonemani o‘sishidir. U ipsimon tuzilishga ega. Yashil rangli protonema
xloronema deyiladi. Xo`jalikdagi ahamiyati: yo`sinlar tabiatda keng tarqalgan
bo`lsa ham xo`jalik nuqtai-nazaridan ma`lum bir qiymatga ega. eng qadimgi, sodda
tuzilgan jigarsimon yo`sinlardan qadimda jigar kasalliklarini davolash uchun
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
258
ishlatilgan. Tundrada o`suvchi kakku zigiri bug`ular uchun ozuqa sifatida
foydalaniladi. Botqoqliklarda o`sadigan sfagnumlardan esa torf hosil bo`ladi. 1
metr torf hosil bo`lishi uchun 100 yil vaqt sarflanadi. Torf yo`sinlaridan yoqilg`i
sifatida foydalaniladi. Undan parfin, fenollar, spirt olinadi. Izolyatsiya uchun
muzlatkichlarda ishlatiladi. Qog`oz karton tayorlaniladi.
References
:
1.
A. Matkarimova, T.Mahkamov, M. Maxmudova, Hamidjon Azizov,
G. Vaisova " Botanika" Toshkent-2019.
2.
E.T.Berdiyev , M.H.Hakimova G.B.Maxmudova "O‘rmon dorivor
o‘simliklari" Tosh. 2016 - yil.
3.
M.A. Jo‘rayeva "Dorivor o‘simliklar atlasi" Tosh. 2019-yil.
4.
Ahmedov O., Ergashev A., Abzalov A.va boshq. Dorivor osimliklar
yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakku-boston. 2018.
5.
Maxmedov A, Tog‘aev I.U. Yuksak o‘simliklar bo‘yicha amaliy
mashg‘ulot
1.
Toshkent 1994y
6.
O‘.Pratov Yuksak o‘simliklar sistematikasi.
7.
arxiv.uz