Авторы

  • Jumaboyeva Zuxra Umidbek qizi

Биография автора

  • Jumaboyeva Zuxra Umidbek qizi

    SamAti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100123

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Ekologiya salomatlik tabiat chang zarar.

Аннотация

ANNOTATSIYA: Maqolada ekologiya, tabiat tushunchasi, u buzilishining inson salomatligiga ko`rsatadigan ta`siri, bugungi kundagi statistik ko`rsatkichlar, olib borilayotgan ishlar, rejalar xususida so`z boradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

165

EKOLOGIYA BUZILISHINING INSON SALOMATLIGIGA

TA’SIRI.

Jumaboyeva Zuxra Umidbek qizi

SamAti talabasi

ANNOTATSIYA: Maqolada ekologiya, tabiat tushunchasi, u buzilishining

inson salomatligiga ko`rsatadigan ta`siri, bugungi kundagi statistik ko`rsatkichlar,

olib borilayotgan ishlar, rejalar xususida so`z boradi.

Kalit so‘zlar: Ekologiya, salomatlik, tabiat, chang, zarar.

KIRISH

Inson hech qachon tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas

qismi hisoblanadi. Biz yashab turgan va bizni o’rab turgan olam xuddi onamiz kabi

mehribon va jonkuyar. Quyoshning har zarrasida, tuproqning har jismida

tabiatninng bizga bo’lgan onadek mehribon taftini his qilamiz. O’zining har bir

jabhasida inson uchun zarur bo’lgan minglab unsurlarni mujassam etgan. Ana

shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunga kelib qay ahvolga tushmoqda? Bunga

kimlar sababchi? Buni qanday oldini olish mumkin? Degan savollar bugungi

kunning dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Ming afsuski inson tabiatga misli

ko’rilmagan miqdorda tasir ko’rsatadi. Inson aql-zakovati orqali, mehnat faoliyati

tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Aniqroq aytadigan

bo’lsak mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa, shunday foydalanib, unga sezilarsiz

tasirini o’tkazadi. Insoniyat uni o’rab turgan barcha shart-sharoitlarga moslasha

oladi, moslasha olmas, uni o’zi istaklariga moslashtiradi, natijada tabiat

muvozanati buziladi, buzilgan muvozanat esa katta ta’lofatlarga olib keladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tirik mavjudotlarni

o’rab turgan ekologik muxit, asosan, insoniyat tomonidan salbiy tomonga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

166

o’zgartirib yuborildi, buning asosiy sababi zavod-fabrikalar, transportlar va ulardan

chiqayotgan chiqindilar. Bu o’zgarishlar atrof-muhitni shu darajada o’zgartirdiki,

barcha tirik mavjudotlar qatori inson salomatligiga ham o’z tasirini o’tkazdi. XXI

asr insoniyat faoliyatining har bir sohasida, ayniqsa, tibbiyotda buyuk kashfiyotlar

qilib, milliardlab mablag’lar sarflanishiga qaramay, insonlar arganizmiga

kasalliklar xavf solishi va hoyotda bevaqt ko’z yumushlar ko’p uchraydi. Biz atrof-

muhitga va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadigan atrofmuhitga ta'sirini

tavsiflash bilan boshlaymiz. Bu yerda biz nafaqat o'simliklar va hayvonlarga

yetkazilgan zarar haqida gapiramiz, balki bu ta'sirlar odamlarga ham ta'sir qiladi.

Odatda, qabul qilinadigan qarorlar atrof muhitga salbiy ta'sirlarni kamaytirish,

tabiiy muhitni himoya qilishdan ko'ra, inson salomatligini himoya qilish uchun

ko'proq ahamiyatga ega. Ushbu ta'sirlarning asosiy oqibatlari umuman

sayyoramizning ifloslanishidir. Biz suv, tuproq, havoning ifloslanishini,

ekotizimlarning yo'q qilinishini, yashash joylarining parchalanishini va boshqalarni

ko'rishimiz mumkin. Bularning barchasi kasalliklarning ko'payishiga, biologik

xilma-xillikning yo'qolishiga va o'simlik va hayvonot dunyosida ham, odamlarda

ham sog'liq muammolariga olib keladi. Buyuk mutafakir bobomiz Abu ali ibn

Sinoning hozirda ekologiya deb yuritilayotgan atrof-muhitning deyarli barcha

omillari, ularga insonning, jonizotlarning ta’siri va nihoyat, bu omillarning inson

va jonizotlarga aks ta’siri to’g’risidagi mashhur iboralarning krltirishning o’zi

kifoya. “Chang bo’lmaganda inson 1000 yil yashagan bo’lar edi”, yoki: “Havo toki

muvozanatlangan va toza bo’lsa, uning(pnevmaga) begona qo’shimchalar

qo’shilmasa, u salomatlik garovi bo’ladi, aks holda turli kasalliklarga sabab

bo’ladi”. Yashash joyi muhiti borasida esa “Tib qonunlari”da alohida ta’kidlab,

shunday deyilgan: “Turar joy tanaga turlicha ta’sir qilishi mumkin: balan yoki past

joyligi, tuproq tarkibi hamda xususiyati, suvning serobligi yoki kamyobligi,

darxtlarning mo’lligi, qabriston yoki konlarga yaqinligi va boshqalar yashash joyi

tanlanganda muhim ahamyatga ega”. Bu fikrlar muhit to’grisida bo’lib, tibbiy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

167

ekologiyada tegishli ekanligi guvohi bo’lamiz. Jahon statistik ma’lumotlarga ko’ra,

aholining 10% qarilikdan, 20% baxtsiz hodisalar va janglardan, 70% esa

kasalliklardan o’lmoqda. Shuningdek, bizning sog’lig’imizning atigi 10%i

tibbiyotga, qolgan 90% asa o’zimizga va atrof muhit hodisalarga bog’liq.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunga kelib ekologik muammolar

inson salomatligiga jiddiy tahdid tug‘dirayotir. Global gumanitar forum

ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramizda ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishi yiliga uch yuz

ming insonning umriga zomin bo‘lmoqda. Uch yuz million aholi uning salbiy

ta’siri ostida hayot kechirmoqda. Bundan iqtisodiyotga ham jiddiy zarar yetayotir.

Bunday global muammolar Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga ham o‘z salbiy

ta’sirini o‘tkazmoqda. Orol bo‘yidagi noxush ekologik vaziyat, buning ta’sirida

kelib chiqayotgan tabiiy tangliklar, cho‘llanish muammosi bunga misoldir. Bundan

tashqari yer yuzini ifloslanishning eng mudhish omillaridan biri bu nurlanishdir.

Uni na ko’rib, na eshtib bo’ladi, na ta’mi, na hidi bor. Biroq uning ta’sirida inson

organizimdagi sistrmalarning o’zaro bog’liqligi buzilib, tanani aqil va idrok bilan

boshqaruvchi generator-miya esa so’z bilan tushuntirib bo’lmaydigan

o’zgarishlarga duch kelmoqda. Natijada bu kichik miqdordagi nurlanishdan

aholining ma’lum guruhlari va ayniqsa homilador ayollar homilasiga, o’sish va

rivojlanish jarayoni kechayotgan bolalar, immunizim susaygan qariyalar va

sog’lig’i zaif insonlar aziyat chekmoqda. Nurlanish bizning organizimizga qon va

suyaklarga turli yo’llar (ovqat, suv va havo) bilan kirib butun inson organizmini

shikaslantirib, uni bevaqt o’limiga sabab bo’lmoqda. Nurlanishdan tashqari sanoat

korxonalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar, nitratlar va qishloq xo’jaligida

ko’plab ishlatiladigan har xil zaharli qottilar (pestitsid) va mineral o’g’itlardi. Bu

zarali moddalar ozuqa mahsulotlari orqali odam organizmiga tushib har xil

kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ma’lumki bir mintaqada kasaliklarning

tarqalishi shu joyda yashovchi aholi bilan atrof-muhit o’rtasidagi munosabatlarga

bog’liq. Masalan, ko’lmak suvlar to’planib qolgan joylarda bezgak chivinining


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

168

yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shu shu joylarda bezgak kasalligining

paydo bo’lish ehtimoli yuzaga krladi. Afrika uyqu kasaligining paydo bo’lishi

uchun esa o’tloqzorlar bo’lishi kerak. Opistroxoz kasalligi daryo yoqalarida

yashovchi kishilarda ko’p uchraydi, chunki bu kasallikni keltirib chiqaradigan

chuvalchangning oraliq xo’jayini baliq bo’lib, kasallik odamga baliq go’shti orqali

yuqadi. Bundan tashqari aholi orasida ko’p uchraydigan allrgik kasalliklarni ham

misol qilib olishimiz mumkin. Ko'plab epidemiologik kuzatuvlar atrof-muhitning

kimyoviy ifloslanishi va aholining reproduktiv funktsiyasining buzilishi o'rtasidagi

bevosita sabab-oqibat bog'liqligini ko'rsatadi. Bu mehnat sharoitida ham -

metallurgiya zavodlari ishchilarida, to'qimachilik sanoati, gaz va neftni qayta

ishlash korxonalarida, laborantlar va jarroh ayollarda ham, atmosferasi, suv

manbalari va tuprog'i bilan ifloslangan aholi punktlarida ham aniqlandi. kimyoviy

birikmalar. Birinchi va ikkinchi holatda reproduktiv funktsiyaning buzilishi

homiladorlikni to'xtatish, o'zo'zidan tushish, homiladorlik va tug'ish paytida

asoratlar, tug'ma deformatsiyalar xavfining ortishi bilan namoyon bo'ldi. Bir qator

hollarda oltingugurt dioksidi, fosforik angidrid, qo'rg'oshin, nikel, temir va

boshqalarning ko'payishi bilan homiladorlik patologiyasi o'rtasida ishonchli

bog'liqlik o'rnatildi. atmosfera havosida. Hozirgi kunda yurtimizda sanitariya-

epidemiologiya muhitini barqarorlashtirish, tabiatga salbiy ta’sirlarni kamaytirish,

ekologiya va gigiyena tadbirlarini uzviy ravishda tashkil etish tizimi shakllangani

inson salomatligini asrash va yuqumli kasalliklar bo‘yicha barqarorlikni

ta’minlashga xizmat qilmoqda. Yangi ekologik sharoitlarning mavjudligi inson

organizmida millonlab moslanish jaroyonlarni keltirib chiqarmoqda, demak inson

organizmi har qanday tabiiy sharoitda o’zini tiklash sog’aytirishi va moslashish

qobilyatiga ega. Bizning vazifamiz esa o’zini o’zi sozlovchi va tiklovchi

biosistemaga turli kasalliklardan o’zini himoya qilish uchun shar-sharoit yaratib

berishdir. Aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

169

sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, ba’zi ekologik vaziyat o’ta tang

ahvolda bo’lgan hududlarda tabbiy nazoratni yanada kuchaytirishimiz zarur.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,sanoat korxonalari chiqindilarini

kamaytirish uchun avvalambor hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilg'or

texnologiyalardan foydalanilgan holda chiqindisiz texnologiyadan foydalanishni

keng yo`lga qo`yishimiz lozim.. Zero,chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim

muammolardan biri bo’lib, ularni qayta ishlash yoki gigiyenik talablar bo’yicha

ishlov berilsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko’ramiz, balki yerni, havoni suvni,

oziq – ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinardi, kishilar sog’lig’ini

muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo’ladi va kelajak avlod uchun ham

tabiatimizni o`z musaffoligini saqlagan holda yetkazib bergan bo`lamiz.

REFERENCES

1. Biology (textbook for academic lyceums and professional colleges)

2. Zhumaeva, Sh., B. (2022). Эколого-флористический анализ альгофлоры

водных объектов бухарской области. Международный междисциплинарный

исследовательский журнал Galaxy (431-435ст).

3. Nazarov, A. (2021). Challenges to uzbekistan’s secure and stable political

development in the context of globalization. Journal on International Social

Science, 1(1), 26-31.