https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
104
HUQUQIY XULQ-ATVOR TUSHUNCHASINING O‘ZIGA HOS
HUSUSIYATLARI
Djumaboev Jaloliddin Zayniddinovich
O’zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Jangovar
tayyorgarlik sikli katta o’qituvchisi, podpolkovnik
Annotasiya: Mazkur maqolada
jamiyatdagi aksariyat faoliyat va xatti-
harakatlar huquqqa muvofiqligi, huquqiy xulq-atvor tushunchasining o‘ziga hos
hususiyati
ning ayrim jihatlariga ilmiy asoslangan ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Huquq, ijtimoiy munosabatlar, huquqiy xatti-harakat
, jamiyat,
subyekt
, obyekt,
subyektiv tomon
, obyektiv tomon.
Аннотация: В статье представлена научно обоснованная
информация о законности большинства видов деятельности и действий в
обществе, а также некоторые аспекты специфики понятия правового
поведения.
Ключевые слова: Право, общественные отношения, правовое
поведение, общество, субъект, объект, субъективная сторона, объективная
сторона
Abstract: This article provides scientifically based information on the
legality of most activities and actions in society, some aspects of the specific nature
of the concept of legal behavior.
Keywords: Law, social relations, legal behavior, society, subject, object,
subjective side, objective side
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
105
Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida kishilar xulq-
atvoriga ta’sir etadi va shu tariqa ularning xatti-harakatini huquqiy xulq-atvorga
aylantiradi. Ta’kidlash joizki, shu choqqacha yuridik adabiyotda asosiy diqqat
e’tibor kishilar xulq-atvorining huquqqa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka
qaratilib, huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi. Aslida jamiyatdagi
aksariyat faoliyat va xatti-harakatlar huquqqa muvofiq, ya’ni huquqiydir.
Huquqiy xatti-harakatlar
— shaxs xatti-harakatining yuridik normalarga
muvofiq bo‘lishidir. Bu qonunga mos, yuridik shaklda ifodalangan ijtimoiy xatti-
harakat bo‘lib, u tufayli huquq amalga oshadi. Huquqiy xatti-harakat doirasi va
chegarasi huquqiy normalaming dispozitsiyasi bilan belgilanadi. Aynan u huquqiy
tartibotning mohiyati hisoblanadi. Huquqiy xatti-harakat yo‘li bilan jamiyat
boshqariladi, uning me’yoriy hayot faoliyati tartibga solinadi, fuqarolaming huquq
va majburiyatlari amalga oshiriladi. Jamiyatda vujudga keladigan va amalda
bo‘ladigan huquqiy munosabatlarning asosiy qismi o‘z mazmuniga ko‘ra huquqiy
xatti-harakatlardir. Huquqiy xatti-harakat deganda, huquq subyektlarining qonunga
mos ijtimoiy — foydali harakati yoki harakatsizligi tushuniladi. Bunday xulqatvor
jamiyat va davlat tomonidan ijobiy baholanadi. Huquqiy xulq-atvor jamoalar va
yakka shaxslarning, umuman davlat, uning organlari va mansabdor shaxslarining
huquq normalari asosidagi faoliyati bo‘lib, bunda huquqiy taqiqlarga rioya etiladi,
yuridik majburiyatlar bajariladi, subyektiv huquqlardan foydalaniladi, shuningdek,
vakolatli subyektlar tomonidan huquq o‘matiladi va u amalga oshiriladi.
Keng ma’noda fikr yuritiladigan bo‘lsa, huquqiy xulq-atvor doirasiga ham
huquq ijodkorligi, ham huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan butun
“huquqiy makon” kiradi. Individ (shaxs) faoliyatining irodaviy xususiyati va
ijtimoiy belgilanganligini inobatga olgan holda, uning huquqiy xulq-atvoriga
quyidagicha ta’rif berish mumkin. Shaxsning huquqiy xulq-atvori deganda, inson
faoliyatining irodaviy faol va normativ-huquqiy jihati tushunilib, bunda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
106
subyektning huquqiy prinsiplar va normalarga ijobiy munosabati namoyon bo‘ladi
va u ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatda kishilaming xulq-atvori turli shakllarda namoyon bo‘lib, ulaming
ifodalanishi, samarasi, motivlari, maqsadlari va oqibatlariga qarab turlarga ajratish
mumkin. Huquqqa muvofiq xulq-atvor huquqiy norma bilan ushbu norma
ta’minlashi kutilayotgan ijtimpiy samara (natija) o‘rtasi bog‘lovchi bo‘g‘in
hisoblanadi. Mazkur xulq-atvor turmushda qonuniylik rejimi talablarini amalga
oshirish natijasidir, barcha huquqiy xulq-atvorlar yig‘indisi esa, mohiyat-e’tiboriga
ko‘ra jamiyatda huquqiy tartibotning tantana qilishidir.
Huquqiy xulq-atvoming о ‘ziga xos belgilari:
Ijtimoiy foydaliligi
— bunda huquqiy xatti-harakatlar jamiyat, shaxs va
davlat uchun foydali bo‘ladi va biror-bir shaxsga zarar keltirmaydi;
Ixtiyoriyligi va ongliligi
- bunda jamiyat a’zolarining asosiy qismi huquqiy
harakatlami jazo choralaridan qo‘rqishdan emas, balki o‘z ixtiyorlari bilan huquqni
hurmat qilish asosida amalga oshiradi;
Huquq normalariga muvofiqligi
— shaxslaming xatti-harakatlari amaldagi
huquq normalariga mos kelishi va o‘matilgan talablarga javob berishi, shuningdek,
huquq normalari bilan ruxsat etilgan chegaralarda bo‘lishi talab qilinadi.
Huquq qoidalariga amal qilish, yuridik majburiyatlami bajarish, berilgan
huquqlardan foydalanish, maxsus subyektlar tomonidan huquqni qo‘llash bularing
barchasi birgalikda huquqiy xulqning mohiyatini ifodalaydi.
Huquq nazariyasida qaror topgan talqinga ko‘ra xulq-atvor — huquqqa
muvofiq, yuridik betaraf va huquqqa zid keluvchi xulq-atvor bo‘lishi mumkin.
Huquqiy xulq-atvor tuzilishiga ko‘ra quyidagi to‘rt elementning birligidan
iborat: subyekt, obyekt, subyektiv tomon va obyektiv tomon.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
107
Subyektlar
sifatida qonunda belgilangan tartibda tan olingan jismoniy va
yuridik shaxslar hisoblanadi.
Obyektlar
bo‘lib moddiy dunyoning ne’matlari, ijodiy faoliyat natijasi va
subyektlaming xulqi hisoblanadi.
Obyektiv tomon
huquqiy xulqning harakat yoki harakatsizlik shakllarida
namoyon bo‘lishidir.
Subyektiv tomon
huquqiy xulq-atvoming ichki tomonlarini ifodalab, u
huquq subyektlarining harakatlari motivlari, ruhiy holati, ichki kechinmalari
hamda mas’uliyatlilik darajasi bilan tavsiflanadi.
Huquqiy xatti-harakat juda keng ma’noga ega, U o‘z xususiyatiga ko‘ra bir
xil emas. Shaxsning huquqiy tartibga solish jarayoniga jalb etilish darajasiga ko‘ra
huquqiy xatti-harakat quyidagi to‘rt turga ajratiladi:
Faol huquqiy xatti-harakat
. Bu fuqarolar va yuridik shaxslarning
tashabbusi, aqliy salohiyati va moddiy imkoniyatlariga tayangan holda huquqiy
normalami amalga oshirishga qaratilgan faol huquqiy faoliyatidir. Shaxsning
huquqiy faolligi davr talabi. Huquqiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari
turlicha. Bu jamiyatga sidqidildan faol xizmat qilish, siyosiy va ijtimoiy hayotda
qatnashish, qonun loyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning har
xil tuzilmalari bilan hamkorlik qilish va hokazo.
Odatdagi huquqiy xatti-harakat
. U faollikdan farq qilgan holda, ortiqcha
xarajat va harakat bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu kishining doimiy xizmat va boshqa
hayotiy faoliyatidan kelib chiqadi va u, odatda, huquqiy normalar talabiga mos
keladi. Fuqarolar ushbu xatti-harakat doirasida o‘zlarining yuridik ahamiyatga
molik u yoki bu harakatlarini amalga oshiradilar. Lekin bu ulaming faolligini
huquqiy talab darajasidan oshirishga olib kelmaydi. Shaxsning amaliy hayotdagi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
108
faoliyati oddiy va zaruriy hoi hisoblanadi. Aynan shunga muvofiq shaxsning
moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qanoatlantiriladi.
Konformistik (sust) huquqiy xatti-harakat
. Fuqarolar o‘rnatilgan huquq
normalariga ijtimoiy muhit ta’sirida, ya’ni o‘z safdoshlarining, kasbdoshlari,
rahbarlarining ko‘z o‘ngida rioya qiladilar. Bunda fuqaro o‘zining tashabbusi va
mustaqil fikri bilan emas, balki hamma shu harakatni amalga oshirganligi uchun
ham shunday qilishga majbur bo‘ladi. Konformistik xulq-atvor ijtimoiy foydali
xulq-atvoming eng quyi darajasidir. Shuningdek, fuqaro o‘ziga tegishli huquq va
erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmasligi namoyon bo‘ladi. Masalan,
fuqaro nikohdan o‘tishda, mulkka egalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda
sustkashlikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday paytda shaxs o‘z manfaatini
qanoatlantirish imkoniyatidan foydalanmaganligi natijasida salbiy oqibatlar kelib
chiqadi. Fuqaroning sustligi sababli siyosiy va huquqiy sohada loqaydlik yuzaga
keladi. Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati pasayadi va hokazo.
Marginal huquqiy xatti-harakat.
Marginallik lotincha “marginalis”
so‘zidan olingan bo‘lib, chekkada, chegarada turish ma’nosini anglatadi. Bunda
shaxs davlat tomonidan o‘rnatilgan jazo tizimidan qo‘rqishi oqibatida huquq
talabiga bo‘ysunadi. Bu toifa shaxslar ijtimoiy faol yoki odatiy huquqiy xatti-
harakatni amalga oshirmaydilar. Marginallik xulqatvoming shunday shakliki,
bunda individ g‘ayriijtimoiy kayfiyatda, o‘rnatilgan huquqiy tartibotni buzish
chegarasida bo‘ladi, ammo muayyan hadik va qo‘rquv ta’sirida salbiy oqibat yuz
bermaydi. Ushbu vaqt oralig‘ida shaxsning xatti-harakatlarining motiviga jazoga
tortilishdan xavotirlanish, huquqqa rioya qilishdan manfaat qidirish, yaqinlari va
jamoaning dashnomlaridan, noroziliklaridan cho‘chish kabi omillar ta’sir
ko‘rsatadi. Umuman olganda, marginal xulq-atvor huquqqa muvofiq xulq-atvor
hisoblanadi. Chunki, shaxs o‘z e’tiqodi jihatdan huquqiy talablarga xayrixoh
bo‘lmasa-da, biroq ularga rioya etadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
109
Huquqqa muvofiq xatti-harakatlaming bir qancha turlariga boMinadi. Ularni
turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqqa mos xatti-
harakatlarning tashqi namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra faol harakat yoki
aksincha, passiv xulq-atvor — harakatsizlik turlariga ajratiladi.
Ma’lumki, huquqqa muvofiq xatti-harakat muayyan huquq sohalariga
tegishli bo‘lgan normalar asosida amalga oshadi. Shunga ko‘ra, huquqiy xatti-
harakatlami fuqaroviy-huquqiy, та 'типу-huquqiy, mehnathuquqiy, oilaviy-
huquqiy kabi turga ajratiladi. Huquqiy qoidalami amalga oshirish shakliga ko‘ra,
huquqqa muvofiq xatti-harakatlami huquqqa rioya etish, bajarish, foydalanish yoki
uni qo ‘llash bilan bog‘liq xulq-atvor sifatida guruhlashtirish mumkin.
Hulosa qilib aytganda, huquqiy faoliyat va xatti-harakatlami amalga
oshirilish sohasiga qarab siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa turlarga tasniflash
mumkin. Harakat yoki faoliyatni amalga oshiruvchi subyektga qarab fuqaro,
yuridik shaxs, mansabdor shaxs, davlat yoki jamoat tashkilotini farqlash mumkin.
Shunday qilib huquq muvofiq xatti-harakatlarni turlarga ajratib o‘rganish ulaming
tabiatini, xususiyatlarini, ahamiyatini, siyosiy va huquqiy hayotdagi rolini teranroq
tushunish imkonin; beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Davlat va huquq nazariyasi: Darslik / X.T.Odilqoriyev, I.T.Tulteyev va
boshq.; prof. X.T.Odilqoriyev tahriri ostida. — Toshkent.: “Sharq”, 2009.
2. Davlat va huquq nazariyasi. Ikki jildli. 1-jild. — Т., 2001.
3. Проблемы общ ей теории права и государства. Под
общ.ред.академика В.С.Нерсесянца. — М.: «Норма», 20084. Islomov Z.M.
Davlat va huquq nazariyasi. — T. 2007
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
110
4. Davlat va huquq nazariyasi / / professorlar Q. Boboyev va Q.
Odilqoriyevlaming umumiy tahriri ostida. — Т., 2000.
5.
https://library-tsul.uz/davlat-va-u-u-nazariyasi-sajdullaev-sh-a-2018/
6.
https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/huquqshunoslik/davlat-va-
hukuk-nazariyasi-umumnazariy-hukukiy-fan