Авторы

  • Zingirov Saidolim Jo‘rayevich
  • Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii
  • Ro‘ziyev Barxayot Tojiboy o‘g‘Ii

Биографии авторов

  • Zingirov Saidolim Jo‘rayevich

    Andijon Davlat Texnika Instituti

    Transport logistikasi kafedrasi o‘qituvchisi

  • Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii

    Andijon Davlat Texnika Instituti

    Avtomobilsozlik va Transport

    kafedrasi o‘qituvchisi

     

  • Ro‘ziyev Barxayot Tojiboy o‘g‘Ii

    Andijon Davlat Texnika Instituti

    Yo‘l Harakatini Tashkil Etish

    yo‘nalishi 4-kurs talabasi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100139

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: transport vositasi tezlik piyoda yo‘l.

Аннотация

Annotatsiya: Yoʻl-transport hodisalari dunyo boʻylab millionlab odamlarning hayotiga taʼsir koʻrsatadigan jiddiy muammo hisoblanadi. Har yili millionlab odamlar yoʻl-transport hodisalari natijasida halok boʻladi yoki jarohatlanadi. Bu muammo nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy va iqtisodiy zararlarga ham olib keladi. Shu sababli, yoʻl-transport hodisalarini oldini olishning huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish yoʻllarini oʻrganish dolzarbligicha qolmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

61

YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING TAHLIL QILISH

Zingirov Saidolim Jo‘rayevich

Andijon Davlat Texnika Instituti

Transport logistikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii

Andijon Davlat Texnika Instituti

Avtomobilsozlik va Transport

kafedrasi o‘qituvchisi

Ro‘ziyev Barxayot Tojiboy o‘g‘Ii

Andijon Davlat Texnika Instituti

Yo‘l Harakatini Tashkil Etish

yo‘nalishi 4-kurs talabasi

Annotatsiya: Yoʻl-transport hodisalari dunyo boʻylab millionlab

odamlarning hayotiga taʼsir koʻrsatadigan jiddiy muammo hisoblanadi. Har yili

millionlab odamlar yoʻl-transport hodisalari natijasida halok boʻladi yoki

jarohatlanadi. Bu muammo nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy va iqtisodiy zararlarga

ham olib keladi. Shu sababli, yoʻl-transport hodisalarini oldini olishning huquqiy

asoslari va ularni takomillashtirish yoʻllarini oʻrganish dolzarbligicha qolmoqda.

Kalit so‘zlar: transport vositasi, tezlik, piyoda, yo‘l.

O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va aholi punktlarida transport

harakatining ruxsat berilgan eng yuqori tezlik 70 dan 60 km/soatgacha pasaytirildi.

Bunga sabab «Ommaviy axborot vositalarida deyarli har kuni O‘zbekistonning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

62

turli hududlarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqidagi xabarlar quloqqa

chalinadi, achinarlisi, ularning aksariyati o‘lim bilan yakun topmoqda. 2018-2022

yillarda O‘zbekiston Respublikasida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash

kontseptsiyasi qabul qilindi. U normativ˗huquqiy bazani takomillashtirish, yo‘l

harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishni maqsad qilgan.

Shunga asosan 2023 yilda, O‘zbekiston shaharlari va aholi yashash punktlarida

avtotransport harakat tezligini 70 dan 60 km/s.ga pasaytirish to‘g‘risidagi taklif

tasdiqlangan[1-2].

Xorij tajribasidan shuni aytish mumkinki, dunyoda ruxsat etilgan eng yuqori

harakat tezligi 70 km/s.ni tashkil etgan mamlakatlar ko‘p emas. MDHning qator

davlatlari, Armaniston, Gruziya,Ozarboyjon va O‘zbekiston Respublikasi da aholi

yashash punktlarida ruxsat etilgan eng yuqori harakat tezligi 60 km/s hisoblanadi.

Ukrainada 2019 yil 1 yanvaridan yo‘llarda o‘lim holatlari sonini kamaytirish

choralaridan biri sifatida maksimal harakat tezligi 60dan 50 km/s.ga kamaytirildi.

Yevropaning 29 ta mamlakatida harakatlanish tezligi 50 km/s, London shahrida 48

km/s.ni tashkil etadi.

Tadqiqotlarga qaraganda, tezlikni oshirish avariya ehtimoli va uning og‘ir

oqibatlari bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun, harakat tezligining bir foizga oshishi

yo‘l harakati ishtirokchilari o‘limi bilan tugaydigan YTH ehtimolini 4 foizga,

jiddiy avariya ehtimolini 3 foizga orttiradi. Transport vositasi urib ketishi natijasida

piyodalarning halok bo‘lishi ehtimoli ham keskin ortadi. (65 km/s tezlikda bunday

natija ehtimoli 50 km/s tezlikdagiga qaraganda 4,5 barobar yuqori).65 km/s

tezlikda harakatlanganda yondan berilgan zarba natijasida haydovchi va

yo‘lovchilarning halok bo‘lishi ehtimoli 85 foizni tashkil etadi[3-4].

O‘rtacha tezlikni atigi 5 foizga kamaytirish orqali o‘lim bilan yakun

topadigan yo‘l˗transport hodisalarini deyarli 30 foizga kamaytirish mumkin. Boisi,

tezlik qancha yuqori bo‘lsa, mashina to‘xtashi uchun shuncha katta masofa kerak


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

63

bo‘ladi, bu esa yo‘l˗transport hodisasi ehtimolini oshiradi. Oldinlari quruq yo‘lda

70 km/s tezlikda kelayotgan haydovchi, u yoki bu holatga javoban manyovr qilishi

uchun 18-20 m yo‘l bosib o‘tadi, avtomobilni butunlay to‘xtatish uchun esa u 47

m yo‘l bosib o‘tish talab etiladi.Tezlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa

omillar ham bor, ular – alkogol, yo‘l trassasi, harakat zichligi va ob˗havo

sharoitlari.Tezlikni cheklovchi qonunchilik normalarining qabul qilinishi bilan bir

qatorda ularning amalda ishlashini ham ta’minlash, yo‘llarni loyihalash va

avtomobil texnologiyalarini tatbiq qilish ham muhim ahamiyatga ega[5-6].

Jahonda yo‘l harakati xavfsizligi holati to‘g‘risidagi Hisobotda 2015 yil

180ta ishtirokchi˗davlatdan 97tasi qonunchiligida shahar hududlarida tezlikni 50

km/s qilib cheklash ko‘zlangan, shunday bo‘lsada, faqat 27 davlat (15 foiz) tezlikni

cheklash to‘g‘risidagi qonunlar amalda ishlashi nazorat qilinishiga ijobiy baho

berdi (10 ballik tizimda 8 va undan yuqori).Umuman olganda, yo‘llarda xavfsizlik

muammosi global xarakterga ega. 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror

rivojlanish sohasi kun tartibida keng ko‘lamli vazifa belgilangan. Jahon Sog‘liqni

saqlash tashkilotining so‘nggi hisobotida dunyoda yo‘l harakati xavfsizligi holati

(2018 yil) to‘g‘risida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, YTH natijasida o‘lim

holatlari soni ortib bormoqda va bu ko‘rsatkich yiliga 1,35 million o‘lim holatlarini

tashkil etadi. Hisobotda YTH oqibatidagi jarohatlar 5˗29 yoshdagi bolalar va

ayolarning o‘limiga asosiy sabab deb qayd etildi. Yo‘llarda halok

bo‘layotganlarning yarmidan ko‘pi «yo‘llarning ojiz foydalanuvchilari»dir

Misol uchun, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqish

haydovchi va old o‘rindiqlarda o‘tirgan yo‘lovchilar o‘rtasida o‘lim ehtimolini

45˗50 foizga va orqa o‘rindiqlarda ketayotgan yo‘lovchilarning o‘lish va og‘ir

jarohat olish ehtimolini 25 foizga kamaytirar ekan. Bolalarni olib yurish

uskunalaridan foydalanish esa o‘lim ehtimolini 60 foizga kamaytirishi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

64

Shuning uchun yo‘l harakati ishtirokchilarining, jumladan, YHQni buzish

oqibatlari to‘g‘risida keng xabardor qilish orqali shaxsiy mas’uliyatni oshirish

muhim[7-8].

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziѐev tomonidan 2022 yilning 4

aprel kunidagi “Avtomobil' yo‘lllarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash

va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora tadbirlari to‘g‘risda”gi PQ-190-

sonli qarori.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-

sonli qarori.

3.

Taxirjanovich I. S., Jo’rayevich Z. S. AVTOMOBILLARNING

TORMOZLANISH

XUSUSIYATLARINI

NAZARIY

VA

EKSPERIMENTAL TADQIQOTLASH //Mexatronika va robototexnika:

muammolar va rivojlantirish istiqbollari. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 268-271.

4.

Zingirov S., Ikromov N., Mamasoliyeva O. ENSURING SAFE MOVEMENT

BY DESIGNING THE OPERATING MODE OF DRIVERS WITH THE

HELP OF A CAR KEY IN THE ORGANIZATION OF INTERNATIONAL

TRANSPORT //IMRAS. – 2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 55-60.

5.

Jorayevich Z. S. ANDIJON VILOYATI PIYODALAR ISHTIROKIDAGI YO

‘L TRANSPORT HODISALARINI ORGANISH VA TAHLIL QILISH

(ANDIJON TUMANI MISOLIDA) //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2025. – Т. 4.

– №. 46. – С. 13-17.

6.

Ikromov N. et al. Analysis of transport and its cargo processes //E3S Web of

Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 548. – С. 03021.

7.

Abdusamat Y., Nigora A., Javohir X. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ

ЗНАНИЙ

СТУДЕНТА

ОБЪЕКТИВНО

С

НАУЧНЫМИ

ИССЛЕДОВАНИЯМИ INCREASING ASSESSMENT CRITERIA OF THE


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025

65

STUDENT

KNOWLEDGE

OBJECTIVELY

WITH

SCIENTIFIC

RESEARCH //Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по

естественным наукам. Подробнее на www. t. – Т. 2. – С. 118.

8.

Asliddin P. et al. PORSHEN HALQASINING ISHIGA TA’SIR QILUVCHI

OMILLAR //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 1. – №. 11. – С. 611-620.

9.

Xusniddin o’g’li P. A. PORSHEN HALQANING UZOQ ISHLASHINI

BELGILOVCHI ASOSIY KATTALIKLAR //Научный Фокус. – 2023. – Т. 1.

– №. 2. – С. 680-685.