https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
46
O‘QUVCHILARNING ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI
DARSLARIDA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI
TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti (PhD)
R.Lutfetdinova
Namangan davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti
M.Usmonjonova
O‘quvchilarning kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirish ona tili
ta’limining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, u tilning o’ziga xos xususiyatlari,
ma’no tovlanishlari va badiiy ifodaliligi bilan ajralib turadi. Og‘zaki nutq adabiy
tilning orfoepik; yozma shakli esa orfografiya va uslub kabi me’yorlariga mos
holda shakllantirishni taqozo etadi. Nutq madaniyatini tarkib toptirishda adabiy til
me’yorlariga amal qilinishi, xususan, muayyan tildagi so‘zlar, ularning qurilishi,
yasalishi va o‘zgartirish modellari, so‘z birikmalari hamda gapni nutqda to‘g‘ri
qo‘llash qoidalarini o‘zlashtirish tushuniladi.
Ona tili ta’limida tinglab tushunish, o‘qish, gapirish va yozish kabi nutqiy
faoliyat turlari bo‘yicha o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikma hosil qilish maqsadi orqali
tegishli mashqlarni og‘zaki va yozma shaklda o‘tkazish nazarda tutiladi. Bunday
mashqlar amaliyot bilan bog‘liq materiallar asosida olib borilishi zarur. Amalda sof
grammatik mashqlarga nisbatan nutqiy mashqlarga ko‘proq e’tibor qaratish, ya’ni
bolalarga fikrini ravon, izchil, aniq, tushunarli va xatosiz ifodalash yo‘l-yo‘riqlarini
o‘rgatish orqali mavjud ko‘nikmalar malakaga aylanishiga erishilishi belgilangan.
Nutqning ravon va aniq tarkib topishi uchun bolalarni kichikligidan
atrofidagilar nutqini diqqat bilan tinglashga, shu asosda nutqiy tajriba hosil
qilishga, matn yaratish yoki yozma ishlarni didaktik o‘yinlar shaklida tashkil etib,
o‘zaro tekshirish yo‘llarini qiziqarli tarzda uyushtirish, “o‘qituvchi”lik vazifasini
ularning o‘ziga yuklash to‘g‘ri nutqiy muhit yaratishda alohida o‘rin tutishini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
47
ta’kidlash joiz. Shuningdek, yozma nutqni shakllantirishda o‘qituvchining kasbiy
sifatlari, o’zining nutqi, topshiriqlarning aniq va tushunarli bo’lishi, didaktik
o‘yinlardan o‘rganilayotgan mavzuga mosining qo‘llanilishi, o‘quv materialining
muayyan maqsad asosida va jiddiy o‘rganilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish
va ularning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish muhim masalalardan biri
hisoblanadi. O‘quvchilarning o‘z fikrini aniq va mantiqiy ifodalash qobiliyatini
shakllantirish nafaqat ularning akademik yutuqlariga, balki ijtimoiy hayotdagi
muvaffaqiyatlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
O‘qish
savodxonligi
darslari
orqali
o‘quvchilarning
nutqiy
kompetensiyalarini takomillashtirishning samarali usullari va metodlarini tahlil
qilamiz.
Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish zarurati
. Nutqiy kompetensiya
o‘quvchilarning fikrlarini mantiqiy tarzda bayon eta olish, og‘zaki va yozma nutqni
rivojlantirish hamda matnni to‘g‘ri tushunish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Ushbu
kompetensiyani rivojlantirish quyidagi jihatlarga bog‘liq:
•
O‘qish texnikasi – o‘quvchining matnni aniq, ravon va tushunarli o‘qish
qobiliyati.
•
Tushunish va talqin qilish – o‘qilgan matnni chuqur anglash va tahlil qilish
malakasi.
•
Muloqot ko‘nikmalari – o‘z fikrlarini ifodalash, bahslashish va mustaqil
xulosa chiqarish qobiliyati.
•
Ijodiy yondashuv – o‘qilgan material asosida yangi fikrlar yaratish va
muhokama qilish ko‘nikmasi.
O‘qish savodxonligi darslarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish usullari:
1.
Muammoli savollar va bahslar – O‘quvchilarga o‘qilgan matn bo‘yicha
muammoli savollar berish va ular orasida bahs tashkil etish orqali ularning mustaqil
fikrlashini rivojlantirish mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
48
2.
Roliy o‘yinlar va dialoglar – Dars jarayonida o‘quvchilar turli rollarni ijro
etishlari, hikoya yoki asarlardan parchalarga tayangan holda sahna ko‘rinishlari
yaratishlari tavsiya etiladi.
3.
Matnni qayta hikoya qilish – O‘quvchilar o‘qilgan matn mazmunini o‘z
so‘zlari bilan qayta bayon qilish orqali ularning tahlil qilish qobiliyatlari
shakllanadi.
4.
Tahliliy yozma ishlar – Insho, esselar yozish orqali o‘quvchilar nafaqat o‘z
fikrlarini mantiqiy bayon etishni, balki yozma nutq ko‘nikmalarini ham
rivojlantiradilar.
5.
Audio va video materiallar bilan ishlash – O‘quvchilarga audiokitoblar
tinglash va videoroliklarni tomosha qilish orqali tinglab tushunish va so‘z boyligini
oshirish imkoniyati yaratiladi.
O‘quvchilarning
kommunikativ
kompetentsiyasini
shakllantirish
ikki
yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin: nutqni rivojlantirish; muloqot odobini
takomillashtirish.
“Kommunikativ
kompetentsiya”ni
o‘rganish
jarayonida
sinergetik
yondashuvning o‘ziga xosligi shundaki, unda o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlik
asosida masalaga munosabat bildiriladi. Chunki bu tushuncha bugungi kunga kelib
turlicha qarashlar, qarama–qarshi fikrlar, g‘oyalar ta’sirida qolayotganini guvohi
bo‘lib turibmiz. Tartibga kelish uchun esa, albatta, bu bosqichlarni bosib o‘tish
tabiiy holat hisoblanadi. Bu jarayonda sinergetik metolologiyaga xos bo‘lgan
nochiziqli tafakkur tarzi samarali natijaga olib keladi.
Nutqni rivojlantirish uchun 1-sinf o‘quvchilariga gap tuzish ustida ishlashga
doir topshiriqlar taklif etildi: “Nuqtalarni qo’ying”, “Tushirib qoldirilgan so‘zlarni
qo‘shing”, “Nima haqida o‘qiganingizni aytib bering”, “So‘zlar to‘plamidan
mavzuga doir gaplar tuzing”, “Rasmlardan jumlalar tuzing”.
Nutqni rivojlantirish bo‘yicha ishlar nafaqat darslar, balki sinfdan tashqari
mashg‘ulotlar (“Men va mening oilam” sinf soatlari, “Bu notanish so‘zlar” va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
49
boshqalar) orqali ham amalga oshiriladi. O‘qituvchining darsdagi asosiy vazifasi
og‘zaki va yozma nutqning savodxonligi, uning to‘g‘riligi ustida ishlash bilan bir
qatorda o‘quvchilarda o‘z fikrini erkin, to‘liq, mantiqiy, o‘z fikrini ko‘rsatishdan
qo‘rqmasdan ifoda faoliyat turlarinig asosidir. Kommunikativ kompetentsiya
bugungi kunda ta’lim va axborotni idrok etish qobiliyatlari bilan chambarchas
bog‘liq holda shakllanishi va rivojlanishi kerak. Og‘zaki va yozma nutqda muloqot
qobiliyatlarini rivojlantirish nafaqat maqsad, balki har qanday fan bo‘yicha bilim
va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish vositasi sifatida qaralishi kerak.
Olima O.Musurmonova “Kompetentlik deganda, ko‘pincha shaxsning faoliyat
yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyogarligiga namoyon bo‘luvchi
bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlar nazarda tutiladi. Demak,
kompetentsiya va kompetentlik tushunchalari bilim, ko‘nikma va malaka
tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammoni his
qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
“Kompetentlik” tushunchasi nafaqat aniq bilim va ko‘nikmalar, balki aniq
strategiya, mos hissiyot va munosabat, shuningdek, butun bir tizimni boshqarish
mexanizmi mavjud ekanligi talab etiladigan murakkab amaliy masalalarni hal etish
bilan bog‘liq”
, –deb ta’kidlaydi.
Demak, kompetentsiya va kompetentlik o‘rtasida sezilarli darajada aniq farq bor
va bu biz uchun muhim, “kompetentlik” tushunchasi “kompetentsiya”
tushunchasiga qaraganda subyektiv-shaxsiy omilning yuqori darajada namoyon
bo‘lishidan darak beradi.
“Boshlang‘ich sinflarning “Ona tili” va “O‘qish” darsliklaridagi ko‘pchilik
badiiy matnlardagi emotsionallik, tasviriylik yetishmasligi, matnlar tahlilida
ularning mazmunini boyituvchi birliklar, iboralar, birikmalar, tasviriy vositalar
ustida ishlanmasligi natijasida o‘quvchilar mazkur matnlarning leksik tarkibi va
1
Musurmonova O. Pedagogik texnologiya
–ta’lim
samaradorligi omili: Monografiya.
–
T; 2020.
–
B.45-46.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
50
grammatik qurilishini quruq yodlab olishi va aynan qayta tiklashining sababi,
avvalo, lug‘at zaxirasining cheklanganligi bilan izohlanadi”. Shu nuqtai nazardan
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, turli didaktik
o‘yinlardan foydalanish ko‘proq samara beradi. Jumladan, “Mosini top” grafik
organayzerini qo‘llashda dastlab o‘quvchilarga har bir bandda mavjud tasviriy-
ifodaviy vositalar bo’yicha ta’riflar yozilgan jadvallar tarqatiladi. O‘quvchilar
ta’riflarni o‘qib, ularning qaysi tasviriy vositaga tegishli ekanligini aniqlaydilar.
So‘ngra jadvaldagi bo’sh qoldirilgan katakchalarga she’rdagi tasviriy vositalar va
ularning turini qayd etadilar. Masalan, mayin shamollar, yelpib-elpib anhor yuzini,
soyabon tollar va h.k. Bunda, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi ijodiy
hamkorlikka tayaniladi.
O‘qish darslarida olib boriladigan badiiy asar matni ustidagi ishlar nutq
o’stirishga qaratilgan omillardan biridir. Binobarin, matn mazmuni, qahramonlar
xatti-haraktlariga munosabat bildirish, murakkab vaziyatlar yechimini topish
tafakkur mahsuli bo’lib, nutq orqali yuzaga chiqadi. Matnning badiiy-estetik
ahamiyati, g‘oyaviy-badiiy mukammalligi, muallif mahoratini tushunish,
qahramonlar xarakter xususiyatlarini baholay olish bevosita mazkur bilish
jarayonlari rivoji bilan uyg’unlikda amalga oshadi.
Xulosa
qilib
aytganda,
o‘qish
savodxonligi darslarida
nutqiy
kompetensiyalarni rivojlantirish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy va
ijodiy yondashuvi hamda muloqot qobiliyatining shakllanishiga xizmat qiladi.
Zamonaviy ta’lim metodlari va innovatsion yondashuvlar orqali ushbu jarayonni
yanada samarali tashkil etish mumkin. Shu sababli, o‘qituvchilar dars jarayonida
interfaol usullardan foydalanishlari hamda o‘quvchilarning faolligini oshirishga
qaratilgan metodlarni joriy etishlari lozim. Bu esa o‘quvchilarning nafaqat ta’lim
jarayonidagi, balki kelajakdagi muvaffaqiyatlarida ham muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
51
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Nurmanov A.T. Talabalarni samarali muloqot texnologiyasi va texnikasiga
tayyorlashning
pedagogik
imkoniyatlari
(auditoriyadan
tashqari
mashg‘ulotlar misolida). 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi.
Ta’limda menejment (pedagogika fanlari). doktorlik dissertatsiya
avtoreferati. – T; 2017. – B.16.
2.
Bulbekbaeva Sh.B. Ona tilini davlat tili bilan kommunikativ kognitiv asosda
qiyosiy o’rgatish (ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablar misolida)
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qozoq tili)
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
avtoreferati. – Samarqand; 2019. – B.11.
3.
Musurmonova O. Pedagogik texnologiya–ta’lim samaradorligi omili:
Monografiya. – T; 2020. – B.45-46.