https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
425
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQLAR VA YIGʻIMLAR
TIZIMI
Mualliflar: Nuraliyeva Osiyo
Mirzajanova Durdona
Farg’ona davlat unversiteti Iqtisodiyot fakulteti
talabalari
Ilmiy rahbari: G’oziyev Murodjon
Farg’ona davlat unversiteti Iqtisodiyot fakulteti o’qituvchisi
Anotatsiya:
Mazkur tezisda Oʻzbekiston Respublikasida soliqlar va yigʻimlar
tizimining huquqiy asoslari, tarkibiy tuzilishi va mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
keng yoritilgan. Soliqlarning davlat byudjetini shakllantirishdagi oʻrni,
tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun yaratilgan soliq yengilliklari, shuningdek,
soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek,
Oʻzbekiston soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar, jumladan, soliq
ma’murchiligining raqamlashtirilishi, shaffoflikni ta’minlash va xalqaro
tajribalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar oʻrganilgan. Soliq
tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha mavjud muammolar va ularning
yechimlari yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar berilgan. Tadqiqot natijalariga
asoslanib, Oʻzbekiston soliq tizimini takomillashtirish yoʻnalishlari, tadbirkorlik
faoliyatiga ta’sir etuvchi soliq yuki masalalari hamda soliqlarning byudjet
barqarorligidagi roli yuzasidan xulosa va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit soʻzlar: soliq tizimi, yigʻimlar, soliq siyosati, soliq islohotlari, soliq
ma’murchiligi, davlat byudjeti, Oʻzbekiston iqtisodiyoti.
Аннотация: В данной диссертации широко освещены правовые основы,
структура и влияние системы налогов и сборов в Республике Узбекистан на
экономику страны. Проанализированы роль налогов в формировании
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
426
государственного бюджета, налоговые льготы, созданные для субъектов
предпринимательства и населения, а также влияние налогов на социально-
экономическое развитие. Также изучены проводимые реформы в налоговой
системе Узбекистана, в том числе цифровизация налогового
администрирования,
обеспечение
прозрачности
и
внедрение
международного опыта. Даны научно-практические предложения по
существующим проблемам повышения эффективности налоговой системы
и их решениям. По результатам исследования были выдвинуты выводы и
рекомендации по направлениям совершенствования налоговой системы
Узбекистана,
вопросам
налогового
бремени,
влияющего
на
предпринимательскую деятельность, и роли налогов в стабильности
бюджета.
Ключевые слова: налоговая система, сборы, налоговая политика,
налоговая реформа, налоговое администрирование, государственный
бюджет, экономика Узбекистана.
Kirish.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va
majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining
yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda
tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil
mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig’im,
boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi soliq tizimi deb tushuniladi. Soliq
tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini
ta’kidlash o’rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig’imlar yagona mohiyat, ya’ni
“majburiy xarakterga ega bo’lgan munosabat” va ularning bir-biri bilan bog’liqligi
va nihoyat byudjetga tushishligini ko’rsatadi.
Bu O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu
yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
427
(pensiya, ijtimoiy sug’urta, bandlik, yo’l fondlari va boshqalar) to’lovlarni ham
majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. Soliqlar
bo’yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi
boshqacha. Soliq tizimiga xususan soliqlar yoki ularga tengashtirilgan to’lovlar
tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-
sharoitlariga quyidagilar kiradi:soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi ,
soliqlarning turlari, ularni byudjet larajalari o’rtasida taqsimlash tartibi, soliq
nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari , soliq to’lovchilarning huquqlari,
majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari
ishtirokchilarining javobgarligi javobgarligi va shu bilan birga ushbu elementlar
soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta’kidlaydi va soliq tizimi deganda
ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo’lgan va ular o’rtasidagi
munosabatlar majmuasidan kelib chiqib ifodalash mumkin.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq
siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu
elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab
beradi.
Soliqlarga doir moliyaviy munosabatlarni yoritishda ularni tasniflash barcha
turdagi soliqlarni guruhlarga ajratish orqali o’rganishni osonlashtiradi. Hozirgi
paytda soliqlarning u yoki bu belgilari, xususiyatlariga qarab tasniflash tartibi amal
qilib, soliqlarni tasniflash soliq to’lovchi va davlat o’rtasida soliqlarga doir bo’lgan
moliyaviy munosabatlarga turli nuqtai-nazardan yondashishni talab etadi. Soliqlar
xilma-xilligi sharoitida ularning farqli va o’xshash jihatlarini yoritgan holda to’g’ri
tasniflash nafaqat nazariya uchun, balki amaliyot uchun ham zarurdir. Shunga
asosan aytishimiz mumkinki, respublikamiz soliq tizimini o’rganishdagi
yo’nalishlardan biri ularni to’g’ri tasniflash hisoblanadi. Soliq tizimining asosi
bo’lgan soliqlar o’ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko’ra guruhlanadi.
Soliqlarning guruhlanishi ularning ob’ektiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
428
moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo’lishiga
(sub’ektiga), byudjetga yo’naltirilishiga va boshqa belgilariga ko’ra ularning
tasniflanishidir.
Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash
tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funksiya va vazifalarini qay darajada
bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat byudjetini doimiy ravishda
va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek, xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlar-ning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo’ymasdan faoliyat ko’rsatishi
uchun soliqlarni har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o’rganish, tahlil qilishdan
iborat.
Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib
aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to’g’ri va bilvosita soliqlar
guruhlariga bo’linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag’ni
tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o’tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat
va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Shuningdek, soliqlar paydo bo’lish manbaiga
ko’ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo’linadi. Soliqlarning
qayd etilgan guruhlarga ajratib o’rganishni alohida savol sifatida kengroq
yoritishga harakat qilamiz.
Shu o’rinda soliqlarni guruxlashning ayrim turlarini ko’rib chiqamiz.
Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va
salbiy ta’sir ko’rsatishni o’rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo’linadi:
1.Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo’shilgan qiymat solig’i,
aksiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va
suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig’imlari va
boshqalar kiradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
429
2.Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to’lovchi
sub’ektlar tasarrufida mavjud bo’lgan mol-mulkka, yerga va boshqalarga nisbatan
belgilanadigan soliqlardan iborat.
3.Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i,
jismoniy shaxslarning daromad solig’i va boshqalar kiradi.
Mamlakatimizda
amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari korxonalar
ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat
soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan
mahsulot tannarxiga qo’shiladi (yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqalar). Shu
o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz
mumkin:
1. Tovar (ish, xizmat)lar oborotidan to’lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga
asosan bilvosita soliqlar kiradi, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i,
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga
ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.
3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig’i, yer solig’i, suv
resruslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik
uchun soliq va boshqalar.
4. Korxonalar foydasidan to’lanadigan soliqlar: foyda solig’i,
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.
Oʻzbekiston Respublikasida soliqlar va yigʻimlar tizimi davlat byudjetining
asosiy daromad manbai bo‘lib, mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqlar iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
430
tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va davlat ijtimoiy majburiyatlarini
bajarishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Mamlakatda so‘nggi yillarda soliq tizimini isloh qilish, uni soddalashtirish va
raqamlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, soliq
yukining optimallashtirilishi, soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida
elektron xizmatlarning joriy etilishi, shaffoflikni oshirish va byurokratik to‘siqlarni
kamaytirishga qaratilgan islohotlar salmoqli natijalar bermoqda. Soliq
ma’murchiligining takomillashtirilishi natijasida davlat byudjetining daromad
qismi ortib, iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, soliq
tizimining yanada samarali ishlashini ta’minlash uchun ba’zi muammolarni
bartaraf etish talab etiladi. Jumladan, ayrim soliq turlari bo‘yicha tushuntirish
ishlarini kuchaytirish, soliq yuki bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun yanada
qulay sharoitlar yaratish, korrupsiya va sohadagi suiiste’molliklarning oldini olish
muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Oʻzbekiston soliq tizimini yanada rivojlantirish uchun xalqaro tajribalardan
foydalanish, soliq yukini maqbullashtirish, kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish
hamda soliqlarning byudjetga tushum hajmini oshirish yo‘nalishlarida qo‘shimcha
chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni
keng joriy qilish orqali soliqlarning yig‘ilish samaradorligini oshirish va soliqqa
tortish jarayonlarini avtomatlashtirishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
Kelgusida soliq tizimini yanada takomillashtirish orqali mamlakat iqtisodiyotini
yanada barqaror rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va fuqarolarning
ijtimoiy farovonligini oshirishga erishish mumkin. Shu boisdan, soliq siyosatini
izchil rivojlantirish va islohotlarni chuqurlashtirish dolzarb masala bo‘lib
qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar .
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – Toshkent: Adolat
nashriyoti, 2023.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
431
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining **"Soliq ma’murchiligini
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"**gi farmoni. – 2022-yil.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rasmiy sayti:
www.soliq.uz
4.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotlari – Toshkent, 2023-yil.
5.
Karimov U.X., Xalilov M.M. "Soliq siyosati va iqtisodiy rivojlanish".
– Toshkent: Iqtisodiyot, 2022.
6.
Abdullayev A.A. "Davlat byudjeti va soliq tizimi". – Toshkent: Fan
va texnologiya, 2021.