Авторы

  • To‘xtasinova Zarifaxon Muxammadjonovna
  • Jabborova Umida Bannobjonovna

Биографии авторов

  • To‘xtasinova Zarifaxon Muxammadjonovna

    FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY TARBIYA VA SPORT FAKULTET, UMUMKASBIY FANLARNI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI O`QITUVCHISI

  • Jabborova Umida Bannobjonovna

    2-MARG‘ILO ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI O`QITUVCHISI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100178

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim anatomiya ta’limi nogiron bolalar moslashtirilgan o‘quv materiallari ta’limda ijtimoiy integratsiya sifatli ta`lim imkoniyat tengligi Ключевые слова: инклюзивное образование обучение анатомии дети с ограниченными возможностями адаптированные учебные материалы социальная интеграция в образовании качественное образование равенство возможностей Key words: Inclusive education anatomy education children with disabilities adapted educational materials social integration in education quality education equal opportunities

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada nogiron bolalarga anatomiya fanini o‘qitishda inklyuziv ta’limning ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu yondashuv nogiron bolalarning bilim olish imkoniyatlarini oshiradi, ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi, jamoaga qo`shilish imkoniyatini oshiradi va ularda o‘z-o‘ziga bo`lgan ishonchni shakllantiradi.

Аннотация: В данной статье изучается роль инклюзивного образования в преподавании анатомии детям с ограниченными возможностями. Исследования показывают, что этот подход увеличивает их возможности обучения, способствует социальной интеграции и формированию уверенности в себе.

Abstract: This article explores the role of inclusive education in teaching anatomy to children with disabilities. Research shows that this approach enhances learning opportunities, promotes social integration, and fosters self-confidence among such students.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

367

NOGIRON BOLALARGA ANATOMIYA FANINI O‘QITISHDA

INKLYUZIV TA’LIMNING ROLI

To‘xtasinova Zarifaxon Muxammadjonovna

E-mail:

Zarifaxonim2021@gmail.com

+ 99891-397-89-09

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY TARBIYA VA SPORT

FAKULTET, UMUMKASBIY FANLARNI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI

O`QITUVCHISI

Jabborova Umida Bannobjonovna

umidajabborova485@gmail.com

+99890-406-49-77

2-MARG‘ILO ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI

TEXNIKUMI O`QITUVCHISI

Annotatsiya: Ushbu maqolada nogiron bolalarga anatomiya fanini

o‘qitishda inklyuziv ta’limning ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, bu yondashuv nogiron bolalarning bilim olish imkoniyatlarini

oshiradi, ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi, jamoaga qo`shilish imkoniyatini

oshiradi va ularda o‘z-o‘ziga bo`lgan ishonchni shakllantiradi.

Аннотация: В данной статье изучается роль инклюзивного

образования в преподавании анатомии детям с ограниченными

возможностями. Исследования показывают, что этот подход увеличивает

их возможности обучения, способствует социальной интеграции и

формированию уверенности в себе.

Abstract: This article explores the role of inclusive education in teaching

anatomy to children with disabilities. Research shows that this approach enhances


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

368

learning opportunities, promotes social integration, and fosters self-confidence

among such students.

Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, anatomiya ta’limi, nogiron bolalar,

moslashtirilgan o‘quv materiallari, ta’limda ijtimoiy integratsiya,sifatli ta`lim,

imkoniyat tengligi,

Ключевые слова: инклюзивное образование, обучение анатомии, дети с

ограниченными возможностями, адаптированные учебные материалы,

социальная интеграция в образовании, качественное образование, равенство

возможностей

Key words: Inclusive education, anatomy education, children with

disabilities, adapted educational materials, social integration in education, quality

education, equal opportunities

Kirish.

Inklyuziv ta’lim har bir bola, jumladan nogiron bolalarning ham sifatli

ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bunda teng imkoniyatlar

yaratish, ta’lim muhitini moslashtirish va ijtimoiy integratsiyaga ko‘maklashish

asosiy elementlar sifatida qaraladi. Bu yondashuv jamiyatda ijtimoiy tenglikni

shakllantiradi va barcha bolalar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi.

Masalan, nogiron bolalar sog‘lom bolalar bilan bir sinfda tahsil olganida, ularda

o‘zaro hamkorlik qilish orqali tenglik va hamjihatlikni rivojlantiradi. Natijada,

jamiyatda inklyuziv muhit shakllanib, barcha bolalar teng huquqli a‘zo sifatida o‘z

hissalarini qo‘sha oladi. Mazkur maqola nogiron bolalarga anatomiya fanini

o‘qitishda inklyuziv ta’limning rolini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonning

ilmiy asoslari, amaliyoti va natijalari tahlil qilinadi.

Metodlar.

Maqola quyidagi metodologiyalar asosida amalga oshirilgan:

1.Adabiyot sharhi:

Inklyuziv ta’lim va nogiron bolalarning ta’lim olish

jarayonidagi ehtiyojlari haqidagi ilmiy maqolalar va ma’lumotlar o‘rganildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

369

Inklyuziv ta’lim va nogiron bolalarning ta’lim olish ehtiyojlarini chuqurroq

tushunish.

Elektron kutubxonalar (PubMed, Google Scholar, JSTOR va Springer) orqali

mavzuga oid ilmiy maqolalar va tadqiqot hisobotlari tahlil qilindi.

Inklyuziv ta’lim tamoyillari va yondashuvlari haqidagi xalqaro va mahalliy

manbalar solishtirildi.

Nogiron bolalar uchun ta’limda ishlatiladigan pedagogik texnologiyalarni

tasvirlaydigan tajribalar o‘rganildi.

Ushbu sharh davomida ta’limda inklyuzivlikni oshirishga qaratilgan ilg‘or

yondashuvlar va amaliyotlar aniqlanib, maqolaga asosiy yo‘nalish sifatida kiritildi.

2. Amaliy Kuzatishlar

Nogiron bolalar uchun dars o‘tish jarayonidagi mavjud tajribalarni o‘rganish

va samaradorligini baholash.Kuzatuvlar real sharoitda, anatomiya darslari

jarayonida amalga oshirildi. Kuzatuvlar davomida:

1.O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar;

2.Nogiron bolalarning dars jarayoniga jalb qilinishi va qatnashish darajasi;

3. Maxsus texnologiyalardan (masalan, interaktiv doskalar, 3D modellar)

foydalanish samaradorligi tahlil qilindi.

Kuzatuv jarayonida maxsus kuzatuv jadvali (kriteriyalar bilan) ishlab chiqilib,

kuzatishlar tizimli ravishda olib borildi.

Kuzatishlar asosida nogiron bolalar uchun maxsus metodlardan foydalanish

zarurati hamda mavjud dars usullaridagi kamchiliklar aniqlashtirildi.

3. So‘rovnoma va Intervyu

Nogiron bolalar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilarining ta’lim jarayoni

haqidagi qarashlarini o‘rganish.

1.O‘quvchilarning ta’lim olishda duch kelgan muammolari, individual

ehtiyojlari va o‘qishdagi qiziqishlari aniqlashga qaratilgan 15 ta savoldan iborat

so‘rovnoma o‘tkazildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

370

2.Ota-onalar va o‘qituvchilar uchun alohida savolnomalar ishlab chiqildi (20-

25 savol)

Har bir ishtirokchi bilan chuqurlashtirilgan suhbatlar o‘tkazildi. Savollar:

ta’lim sifati, mavjud pedagogik yondashuvlarning nogiron bolalarga mosligi,

qo‘shimcha resurslarga ehtiyojlar kabi mavzularni qamrab oldi.

Ishtirokchilar

:

Nogiron bolalar (10-18 yosh oralig‘ida): 50 nafar o‘quvchi.

Ularning ota-onalari: 35 kishi.

Ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi o‘qituvchilar: 25 nafar.

Tahlil usuli

: So‘rovnoma natijalari SPSS dasturi yordamida statistik jihatdan

tahlil qilindi. Intervyular esa mavzularga ajratilib, mazmunli tahlil qilingan.

Natija

: Tadqiqot davomida inklyuziv ta’lim bo‘yicha mavjud qarashlar va

ularni yaxshilashga oid takliflar aniqlab chiqildi.

Metodologiyaning yutuqlari

Mazkur metodologik yondashuv quyidagi imkoniyatlarni taqdim etdi:

1.

Ilmiy adabiyot va amaliy kuzatishlar asosida inklyuziv ta’limning

dolzarb masalalarini tahlil qilish imkoniyati yaratildi.

2.

Nogiron bolalarning ta’lim jarayoniga jalb qilinishini oshirish uchun

pedagogik va texnologik yondashuvlarni moslashtirish taklif etildi.

3.

So‘rovnoma

va

intervyular

orqali

ta’lim

jarayonidagi

ishtirokchilarning ehtiyojlari aniqlandi.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, anatomiya fanini nogiron bolalarga

o‘qitishda inklyuziv ta’lim yondashuvi bilim olishda teng imkoniyatlar yaratib,

jamiyatga integratsiya va o‘z-o‘ziga bo`lgan ishonchni oshirishga olib keladi.

Quyida ushbu yondashuvning asosiy natijalarini keltiraman:

1.

Bilim olishda teng imkoniyatlar: Nogiron bolalar uchun maxsus

moslashtirilgan o‘quv materiallari yordamida ularning bilim olish ko‘rsatkichlari

oshadi. Masalan, ular uchun katta shriftli zamonaviy darsliklar, interaktiv video


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

371

qo‘llanmalar yoki braille alifbosida yozilgan materiallar, elektron ko`rgazmalar

tayyorlash orqali ta’lim samaradorligini oshirish orqali bolada aniq tushunchani

xosil qilish mumkin.

2.

Jamiyatga integratsiya: Inklyuziv ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar va

nogiron bolalar birgalikda tahsil olishadi, o`zaro muloqotga kirishishadi, bu esa

ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi.

3.

O‘z-o‘ziga ishonchning ortishi: Anatomiya fanini o`rganish davomida

erishilgan muvaffaqiyatlar nogiron bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Muhokama

Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarning ta’limga bo‘lgan

qiziqishini oshiradi va ularni jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantiradi.

Anatomiya fanini o‘qitishda quyidagi yondashuvlar samarali deb topildi:

1.

Multimedia vositalaridan foydalanish: Nogiron bolalar uchun

darslarda vizual va audio materiallardan foydalanish ularning anatomiya faniga oid

ma`lumotlarni tushunishini osonlashtiradi.

2.

Individual yondashuv: Har bir bolaning ehtiyojlarini inobatga olib,

maxsus o‘quv rejalar tuzish ta`limda natijadorlikni oshiradi.

3.

Hamkorlik va muhit: Sog‘lom va nogiron bolalar birgalikda ishlashi

orqali bir-birini tushunib qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, bunday hamkorlik

bolalarda empatiya va jamoaviy muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini

shakillantirib asta sekin rivojlanishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,

inklyuziv guruhlarda ishlagan o‘quvchilar ijtimoiy aloqalarni yaxshiroq o‘rnatadi

va bir-biriga nisbatan ko‘proq tushunuvchanlikni namoyon qiladi.

Xulosa

Nogiron bolalarga anatomiya fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim

sifatini oshirish, balki kengroq ijtimoiy integratsiya va tenglikni ta’minlashga

xizmat qiladi. Inklyuziv yondashuv barcha bolalar uchun adolatli ta’lim muhitini

yaratadi, shu bilan birga, nogiron bolalarning jamiyatda faol va mustaqil shaxs

bo‘lib shakllanishiga yordam beradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

372

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’lim muhitida o‘qigan bolalar

ijtimoiy jihatdan yanada moslashuvchan bo‘lib, boshqa guruhlar bilan samarali

aloqa o‘rnatishga moyil bo‘ladi. Masalan, AQShda olib borilgan izlanishlarda,

nogiron bolalar bilan bir sinfda o‘qigan sog‘lom bolalarda ham empatiya va

ijtimoiy mas’uliyat hislari rivojlanishi kuzatilgan. Bu esa jamiyatda inklyuzivlik

tamoyillarini yanada mustahkamlaydi.

Yevropa tajribasi esa nogiron bolalarning ta’lim jarayonida maxsus

moslashtirilgan usullardan foydalanishi ularda o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchni

oshirishi va ijtimoiy ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatmoqda.

Moslashtirilgan ta’lim vositalari va metodlari, masalan, vizual materiallar,

interaktiv texnologiyalar va moslashtirilgan baholash tizimlari nogiron bolalarga

o‘z bilim va ko‘nikmalarini chuqurroq egallash imkonini beradi.

Shuningdek, inklyuziv ta’lim nogiron bolalar va sog‘lom bolalar o‘rtasida

hamkorlikni rivojlantirish orqali jamiyatda inklyuzivlik tamoyillarining

kuchayishiga xizmat qiladi. Bu yondashuv orqali nogiron bolalar faqat bilim

oluvchi emas, balki jamiyatning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanadi. Natijada, ular

nafaqat bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirib, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topib,

mustaqil hayot kechirishga tayyor bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, anatomiya fanini o‘qitishda inklyuziv ta’limni joriy

etish nogiron bolalarning nafaqat o‘quv jarayonidagi ishtirokini, balki ijtimoiy

moslashuvchanligini ham sezilarli darajada oshiradi. Bu esa ta’lim tizimining

ijtimoiy integratsiya va tenglikka bo‘lgan hissasini oshiradi va yanada adolatli

jamiyat qurishda muhim rol o‘ynaydi.

Amaliy tavsiyalar:

Maxsus o‘quv materiallarini ishlab chiqish: Nogiron bolalar uchun katta

shriftli kitoblar, ovozli materiallar yoki braille alifbosida yozilgan qo‘llanmalar

yaratish. Bu ularning bilim olish jarayonini sezilarli darajada va samarali tarzda

osonlashtiradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

373

O‘qituvchilarni malakali tayyorlash: O‘qituvchilarni inklyuziv ta’lim

usullari, jumladan, differensial yondashuv va moslashtirilgan dars metodlari

bo‘yicha o‘qitish muhimdir.

Qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarni joriy qilish: Masalan, psixologik maslahat

xizmatlari, logopedlar va maxsus yordamchi xodimlarni jalb etish orqali nogiron

bolalarning ehtiyojlariga mos shart-sharoitlar tashkil etish.

Inklyuziv muhitni rivojlantirish: Sog‘lom va nogiron bolalarning birgalikda

tahsil olishi uchun hamkorlikka asoslangan muhit yaratish. Bu jamiyatda o`zaro

ijtimoiy tenglikni kuchaytiradi.

Tajriba almashish va monitoring: Inklyuziv ta’lim bo‘yicha tajriba almashish

uchun seminar va treninglar tashkil qilish hamda natijalarni doimiy kuzatib borish.

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun maxsus o‘quv materiallari ishlab

chiqish.

O‘qituvchilarni inklyuziv ta’lim metodlari bo‘yicha o‘qitish.

Nogiron bolalar uchun qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash tizimlarini joriy etish.

Anatomiya fani inson organizmini o‘rganish orqali nogiron bolalarda o‘z

tanasini tushunish, unga nisbatan hurmat va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga

yordam beradi. Bu jarayon ta’limning nafaqat bilim berish, balki shaxsiy va

ijtimoiy rivojlanish vositasi ekanini ham ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Tojiboyeva N., Usmonova Z. “Inklyuziv ta’limning nazariy va amaliy

asoslari”. Toshkent: Fan, 2020

2.Qurbonova, Z. (2020).

Inklyuziv ta'lim o'quv qo'llanma.

3.Saidov, F. (2022).

Inklyuziv ta'limda teng imkoniyatlar yaratish.

4.Mitchell, D. (2014).

Inclusive Education: A Universal Design for

Learning Approach.

5. Florian, L. (Tahr.). (2014).

SAGE maxsus ta'lim qo'llanmasi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

374

6.Ainscow, M. (2005).

Inklyuziv ta'lim tizimlarini rivojlantirish: o'zgarishlar

uchun qanday dastaklar bor?

Jurnal

7. YuNESKO (2017).

Ta'limda inklyuziya va tenglikni ta'minlash bo'yicha

qo'llanma.

Pa

8.Mittler, P. (2000).

Inklyuziv ta'lim yo'lida ishlash: ijtimoiy kontekst.

Da

9. But, T. va Ainscow, M. (2002).

Inklyuzivlik indeksi: maktablarda ta'lim

va ishtirokni rivojlantirish.

CSIE.