Авторы

  • Egamberdiyeva Nasiba Shavkat qizi

Биография автора

  • Egamberdiyeva Nasiba Shavkat qizi

    Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi “Informatika” fani o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100179

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: raqamli texnologiyalar raqamli savodxonlik integratsiyalashgan grafik dizayn 3D modellashtirish animatsiya video montaj sun’iy intellect kompyuter grafikasi digital art media axborot madaniyati multimedia vositalari.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada ixtisoslashgan san’at maktablarida informatika fanini o‘qitishning ahamiyati yoritilgan bo’lib, informatika fanini o’qitish asosida o’quvchilarning raqamli savodxonligi va axborot madaniyatini rivojlantirish, o’quv kursi mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar tahlili muhokama qilingan. Shuningdek, maqolada informatika o’quv kursi mazmunining umumiy modeli tavsiflangan hamda o’qitishning asosiy tarkibiy yo‘nalishlari bayon etilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

361

IXTISOSLASGAN SAN’AT MAKTABLARIDA INFORMATIKA FANINI

O’QITISH ASOSIDA O’QUVCHILARNING RAQAMLI

SAVODXONLIGI VA AXBOROT MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

Egamberdiyeva Nasiba Shavkat qizi

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi “Informatika” fani o‘qituvchisi,

mustaqil tadqiqotchi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada ixtisoslashgan san’at maktablarida

informatika fanini o‘qitishning ahamiyati yoritilgan bo’lib, informatika fanini

o’qitish asosida o’quvchilarning raqamli savodxonligi va axborot madaniyatini

rivojlantirish, o’quv kursi mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar tahlili

muhokama qilingan. Shuningdek, maqolada informatika o’quv kursi mazmunining

umumiy modeli tavsiflangan hamda o’qitishning asosiy tarkibiy yo‘nalishlari

bayon etilgan.

Kalit

so’zlar:

raqamli

texnologiyalar,

raqamli

savodxonlik,

integratsiyalashgan, grafik dizayn, 3D modellashtirish, animatsiya, video montaj,

sun’iy intellect, kompyuter grafikasi, digital art, media, axborot madaniyati,

multimedia vositalari.

Ixtisoslashgan san’at maktablarida informatika fanini o‘qitish zamonaviy

ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, o‘quvchilarning raqamli texnologiyalar

bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu fan san’at

sohasi bilan integratsiyalashgan holda o‘qitilganda, ijodiy va texnologik tafakkurni

shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ixtisoslashgan san’at maktablarida informatika fanini o‘qitish orqali

o’quvchilar raqamli texnologiyalarni faol o‘zlashtiradilar, bu esa ularga grafik

dizayn, 3D modellashtirish va raqamli san’at dasturlarini o‘rganish imkoniyatini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

362

yaratadi. Animatsiya va video montaj kabi san’at yo‘nalishida qo‘llaniladigan

dasturlarni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, ijodiy va

innovatsion tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi ya’ni, kompyuter grafikasi,

dasturlash va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yangi san’at

asarlarini yaratish, zamonaviy media va interfaol san’at (digital art) yo‘nalishlarida

ijod qilish uchun mustahkam asos yaratadi. Undan tashqari raqamli savodxonlik va

axborot madaniyatini rivojlantirishda internet xavfsizligi, kiberxavfsizlik va

ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirishda yordam beradi hamda

o‘quvchilarning ma’lumotni tahlil qilish va innovatsion yechimlar topish

qobiliyatlarini rivojlantiradi [2].

Informatika kursining asosiy konseptual negizi bo‘lib qolayotgan “axborot”

tushunchasi uning yaxlitligi, rivojlanish dinamikasi (adaptivligi) va zamonaviy

o‘zgarishlarga moslashuvchanligini ta’minlaydi [3].

Soha mutaxassislarining fikriga ko‘ra, “kibernetik yo‘nalish juda istiqbolli

bo‘lib, informatika kursining tarkibida uning ulushi muntazam ravishda oshib

boradi”[5]. Shu sababli, informatika kursining chuqurlashtirilgan darajadagi asosiy

tushunchalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: axborot; axborot modeli; axborot

tizimi; axborotni boshqarish; axborot texnologiyalari.

Ushbu tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligi va informatika kursining

mazmunini umumiy model shaklida tasvirlash mumkin (1-rasm). Informatika

kursining mazmuni o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga yo‘naltirilgan

bo‘lib, u uchta asosiy tarkibiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

1.

Axborot jarayonlari va tizimlari yo‘nalishi

– axborotning jamiyatdagi

o‘rni, uning qayta ishlanishi va saqlanishi bilan bog‘liq fundamental bilimlarni

qamrab oladi.

2.

Axborot modellashtirish yo‘nalishi

– turli real jarayonlar va tizimlarni

modellashtirish, algoritmlash va sun’iy intellekt elementlarini o‘rganishga

asoslanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

363

3.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi

– zamonaviy

tarmoq texnologiyalari, dasturiy ta’minot va multimedia vositalari bilan ishlash

ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Shu asosda, ixtisoslasgan san’at maktablarida informatika kursi

mazmunining konseptual sxemasi quyidagi tarkibiy bo‘limlardan iborat bo‘lishi

mumkin:

1-rasm. Informatika o’quv kursi mazmunining umumiy modeli

1. Axborot jarayonlari

1-semestr: axborot turlari va tasnifi, axborot jarayonlari va ularning

jamiyatdagi o‘rni, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, axborotni o‘lchash

va kodlash.

Axborot

Manbalar bazasi

sifatida

Turli tizimlarda axborot

jarayoni

Ma’lumotlarni qayta

ishlash sifatida

Axborotni qayta

ishlash

Raqamli

texnologiyalar

Natijalarni tahlili

bo‘yicha axborotli

model

Dinamik tizim;

Kodlash va

shifrlash;

algoritmlash;

Ko’p funksional

muhitda dasturlash

Algoritmlar va

metodlar;

Integrativ muhitlar

uchun kompleks

yechimlar

Immitatsion

modellashtirish;
Sun’iy intellekt;

Virtuallik

Axborot tizimlari

Apparat ta’minot, dasturiy ta’minot, tashkiliy va kadrlar ta’minoti


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

364

2-semestr: zamonaviy ontologik tizimlar, axborotni kodlash va siqish

algoritmlari, ma’lumotlarni shifrlash asoslari.

2. Ma’lumotlar tuzilmalari va ularning himoyasi

1-semestr: raqamli axborotni qayta ishlash, tasvir va matnlarni saqlash,

ma’lumotlarni vizuallashtirish.

2-semestr: ma’lumotlar xavfsizligi, axborotni shifrlash va kodlash, video

va multimedia ma’lumotlarini qayta ishlash.

3. Axborot modellashtirish va algoritmlar

1-semestr: algoritm va uning turlari, qidirish va saralash algoritmlari,

algoritmik murakkablik tushunchasi, hisoblash nazariyasi.

2-semetr: sun’iy intellekt modellari, neyron tarmoqlar, genetika

algoritmlari, avtomatlashtirilgan tahlil tizimlari.

4. Axborot tizimlari va boshqaruv

1-semestr: tizimlar va tizimli yondashuv, dinamik modellashtirish, axborot

tizimlarining turlari va ularning hayotiy sikli.

2-semestr: axborot tizimlarining arxitekturasi, ma’lumotlar bazasi tuzilishi,

ekspert tizimlari va mashinaviy o‘rganish elementlari.

5. Kompyuter arxitekturasi va dasturiy ta’minot

1-semestr: kompyuter qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari,

mikroprotsessor va xotira tizimlari, dasturiy ta’minot turlari.

2-semestr:

dasturiy

ta’minotni

boshqarish,

operatsion

tizimlar,

superkompyuter texnologiyalari, zamonaviy dasturiy platformalar.

6. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

1-semestr: kompyuter tarmoqlari, internet va uning imkoniyatlari, tarmoq

xavfsizligi.

2-semestr: bulutli texnologiyalar, Internet of Things (IoT), sun’iy intellekt

asosida ishlovchi axborot tizimlari.

7. Axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

365

1-semestr: shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, elektron raqamli imzo,

kibertahdidlar.

2-semestr: kiberxavfsizlik asoslari, global tarmoq xavfsizligi, davlat

axborot siyosati va raqamli iqtisodiyot.

Ushbu mazmuniy tuzilma o‘quvchilarga fundamental informatika

bilimlarini chuqur o‘rganish, ularni amaliyotga tatbiq etish va zamonaviy raqamli

texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha keng qamrovli ko‘nikmalarni shakllantirish

imkonini beradi. Shu bilan birga, kurs tarkibiy tuzilishi o‘zaro bog‘liq bo‘lib,

axborot jarayonlari, modellashtirish, dasturlash va tarmoqlar kabi fanlararo

yo‘nalishlarni integratsiyalashga asoslangan[7]. Bu yondashuv informatika

ta’limining uzluksiz rivojlanishiga, kasbiy yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatlarining

kengayishiga hamda san’at sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat

qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ixtisoslashgan san’at maktablarida

informatika fanining o‘qitilishi o‘quvchilarning texnologik savodxonligini oshirish

bilan birga, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi. Raqamli san’at va

innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali san’atning yangi yo‘nalishlari

rivojlantiriladi, bu esa o‘quvchilarga zamonaviy kasblarga tayyorlanish va raqamli

dunyoda muvaffaqiyatga erishish imkonini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-

sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta

maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi

Qarori. https://lex.uz/docs/-3546734.

2.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim

fanlari bo‘yicha malaka talablari. «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari

to‘plami», 2017 yil 10 aprel, 14-son, 230-modda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

366

3.

Aripov M.M., Haydarov A. Informatika asoslari. Kollej va liseylar

uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent “O‘qituvchi”, 2002. - 432 b.

4.

Boymurodov A.X. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida Informatika va

axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning innovasion klaster modeli: ped. fan. …

fals. dok. (PhD) diss. avtoref. –T., 2021. –49 b.

5.

Jo‘rayev V.T. Elektron ta’lim muhitida pedagogik dasturiy

vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish // Pedagogika fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2021. – 27

b

6.

Ismoilov T.J., Majidova X.Ye. STEAM va SMART ta'lim

texnologiyasi. Uslubiy qo'llanma. Jizzax-2022 yil, 54 bet.

7.

Muslimov N. A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B.

Innovasion ta’lim texnologiyalari. –T.: Sano standart, 2015. –81 b.