https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
357
OILAVIY MUNOSABATLARDA AGRESSIV XULQ ATVORNING
YUZAGA KELTIRUVCHI OMILLAR
Nilufar Kirgizbayeva
Annotatsiya: Ushbu maqolada oiladagi munosabatlar va shaxslarni
shakllantirish bo‘yicha asosiy ma’lumotlar berilgan. Psixologiyada oilaga
individni jamiyat tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan manipulyativ
ta’sirotlardan himoya qilish bilan birga, uni mazkur jamiyatdagi turmush tarziga
moslab, unda normal faoliyat yuritishga imkoniyat yaratadigan vositalarni
beruvchi- shaxslararo interaksiyalar tizimi sifatida ta’rif berilgan.
Kalit so‘zlar: manipulatsiya, yetuklik, interaksiyalar, akkomodatsiya,
strukturalar.
Abstract: The three articles provide basic information on the observation of
family relationships and individuals. In psychology, the family is defined as a
system of interpersonal interactions that protects the individual from possible
manipulative influences from society, while also adapting him to the lifestyle of this
society and producing products that allow him to function normally in it.
Keywords: manipulation, maturity, interactions, accommodation, structures.
Аннотация: представлена основная информация о семейных
отношениях и наблюдениях за отдельными людьми в трех статьях. В
психологии
семья
определяется
как
система
межличностных
взаимодействий,
которая
защищает
индивида
от
возможных
манипулятивных влияний со стороны общества, а также адаптирует его к
образу жизни этого общества и производит продукты, позволяющие ему
нормально в нем функционировать.
Ключевые
слова:
манипуляция,
зрелость,
взаимодействие,
приспособление, структуры.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
358
Kirish:
Oiladagi ichki interaksiyalar psixologiyasi oilani tashkil etuvchi
alohida individlarning taraqqiyot muammolari bilan bevosita bog‘liqdir. Zero
inson hayot yo‘lining barcha bosqichlarini: nafaqat personallashgan bolalik, balki
personallashgan yetuklik, keksalikni ham o‘z ichiga olish bilan- oila bashariyatning
eng dolzarb ekzistensial muammolarini qamrab oladi. Vaxolanki oila har bir
odamzot individining ijtimoiy taraqqiyot vaziyatini muhim tarkibiy qismidir.
Shaxsga va ijtimoiyga doir barchasi bu nuqtada murakkab, ziddiyatli o‘zaro
munosabatlarda aks etgan.[1]
Oiladagi ichki shaxslararo interaksiyalar, bir tomondan, madaniy loyihalarni
shaxs strukturasiga assimilyatsiya qilishiga ko‘mak bersa, boshqa tomondan-
individning ichki (botiniy) olamini jamiyatning madaniy loyihalarida
akkomodatsiya qiladi. Bunday assimilyatsiya va akkomodatsiya ba’zan shaxsga
doir voqelikning turli jihatlarini uzuq-yuluqliligini bartaraf etishga yordam bersa,
ba’zan shaxsga doir komplekslarni, “soyalarni” yuzaga kelishiga sabab bo‘lib,
ularni keskinlashtiradi.
Adabiyotlar tahlili va metodlar.
Pozitivlik-negativlik tushunchasi nafaqat
an’anaviy, balki oila psixoterapiyasi va oiladagi shaxslararo munosabatlar
psixologiyasining zamonaviy konsepsiyalarida ham eng muhimi deb e’tirof
etilgan. Masalan, xulq atvorga yo‘naltirilgan nazariyalarda oiladagi ichki nizolar
pozitiv o‘zaro qo‘llab-quvvatlash quyi normasining funksiyasi sifatida ko‘zdan
kechirilsa, terapevtik harakatlar oila a’zolari o‘rtasidagi kommunikatsiyalar
negativligini pasaytirishga qaratilgan bo‘ladi.[2] An’anaviy psixoanalitik
yondashuv oiladagi nafaqat gorizontal, balki vertikal interaksiyalarni
murakkablashtiruvchi va siqib chiqarilgan hamda g‘ayrishuuriy kechinmalarda
namoyon bo‘luvchi ilk negativ hayotiy tajribani diqqat markaziga chiqaradi.
Oilaning tizimli psixoterapiyasini pirovard natijasi- bir butun yaxlitlik sifatidagi
oilani, oila a’zolari o‘rtasidagi negativ patologik kommunikatsiyalarni belgilovchi,
mohiyatan negativ o‘zarotobe’liklar va psixologik himoyalardan xalos etishdir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
359
Oilaning gumanistik psixoterapiyasi diqqat markazida esa oiladagi ichki
interaksiyalar pozitivi sifatida empatik shaxslararo o‘zaro munosabatlar yotadi.
Italyan psixologi A.Menegetti tomonidan ishlab chiqilayotgan ontopsixologiya va
oilaning ontopsixoterapiyasi nazariyasiga binoan negativ psixologiya deb
nomlanadigan qator fenomenlar mavjuddir[3]. Bunda oilaning bir a’zosi oilang
boshqa bir a’zosi hayotiga g‘ayrishuuriy tarzda kirib boradi va uning botiniy
pozitiv yadrosini, uning haqiqiy voqeligini soyada qoldiradi.
Muhokama va natijalar
: Oiladagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi
inson tirik mavjudot ekanini va u o‘z urug‘lari shajarasi- ajdodlar va avlodlar-
silsilasining bir uzviy qismi ekanini inkor etolmaydi. V.Satir ta’kidlaganidek:
“Bizning har birimiz ma’naviyatning umumjahon daraxtida vujudga kelamiz.
Mazkur daraxt ildizlari barcha tirik mavjudotlari bilan bog‘liqdir. Har birmiz
hayotni asrab-avaylovchi, uni sevguvchi va unga g‘amxo‘rlik qilguvchi oqil
ustozga aylanishimiz mumkin... Bizlarni hayotning ma’naviy jihatlariga bo‘lgan
munosabatimiz bizlar hayotni qay darajada qadrlashimiz nishonasidir. Mening
ma’naviyatim Yer yuzidagi barcha tiriklikni birday hurmat qilishimda namoyon
bo‘ladi”[4].
Shu bilan birga shuni ham alohida e’tirof etishimiz kerakki, psixologiyaga
individ tashqi muhit bilan muttasil o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayoniga jalb
etilgan tirik organizmdir degan an’anaviy qarash xosdir. Muhit bilan o‘zaro ta’sirga
kirishar ekan organizm o‘zining fiziologik mexanizmlari yordamida moslashib
boradi. Ya’ni optimal reaksiyalarni saralash asnosida o‘zining aktual xolatini
o‘zgartirib ularning eng adekvatlarini saqlab qolishga urinadi. Ch.Darvin ta’limoti
psixik aks ettirishni organik olam evolyusiyasining yagona tizimining uzviy
bo‘g‘ini sifatida e’tirof etgan. Mazkur g‘oya esa keyinchalik biologiyadan
psixologiyaga kirib kelgan. Shu bilan birga barcha jonli tabiatga xos, universal
hamda organizmning muhitga moslashuvi adaptatsiyasi qonuniyatlariga
qiyoslaganda umumiyroq bo‘lgan- genetik tamoyillar- nazariy-psixologik jihatdan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
360
tahlil qilinmay qolgan[5]. Zamonaviy evolyusion biologiya nuqtai-nazariga ko‘ra
individning o‘ziga o‘xshaganlarni muayyan organizm strukturasiga xos genetik
dastur bo‘yicha qayta tiklashi va qo‘llab-quvvatlashi tiriklikning umumiy mezoni
sanaladi.
Xulosa, bizlar oiladagi shaxsni qoniqtirmayotgan o‘zaro munosabatlarga
javoban yuzaga keladigan mazkur murakkab reaksiyalar ba’zan muayyan darajada
anglangan bo‘lsa, ba’zan g‘ayrishuuriy tarzda amalga oshib, bir-biri bilan uzviy
bog‘liq deb hisoblaymiz. Zotan har qanday noadekvat, nevrotik xulq-atvor ma’lum
sabablarga ko‘ra qondirish imkoniyatini bermayotgan insonning anglanmagan
ehtiyojini u yoki bu tarzda qondirgani bois manfaatlidir.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI (REFERENCES
)
1. Маерс Д. Изучаем социальную психологию. — М.: 2009.
2. Мокчанцев Р., Мокчанцева А. Социальная психология. Издательства:
Сибирское соглашение, Инфра. — М.: 2001.
3. Семечкин Н.И. Социальная психология на рубеже: история, теория,
исследования. — М.: 2001
4. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi
ijtimoiysiyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1.
2020 468- 474 P.
5. Po‘latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma’rifatga qo‘shgan
хissasi.// “SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special
issue 2020 136-144 P.
6. Po‘latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning rivojlanish bosqichlari.
//“SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020
21-27 P.
7. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi
// Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
8. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san’atiga qo‘shgan hissasi. //
“Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences”
Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.