Авторы

  • Nurmetov Xamza Madrimovich

Биография автора

  • Nurmetov Xamza Madrimovich

    Chirchiq Shahar Politexnikumi Yo’l harakat qoidalari fani o’qtuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100187

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: X-simon sariq ishora relssiz transpor

Аннотация

Annotatsiya:Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug‘lik ishoralari qo‘llaniladi.Svetofor ishoralari vazifasiga bog‘liq ravishda doirasimon, yo‘naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (ushbu Qoidalarga 1-ilova).Ishorasi doira shaklidagi svetoforlarda yashil ishoralar bilan bir sathda joylashgan ishoralari yashil yo‘naltirgich ko‘rinishidagi bitta yoki ikkita qo‘shimcha tarmoq bo‘lishi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

322

SVETOFOR VA TARTIBGA SOLUVCHINING ISHORALARI.

Chirchiq Shahar Politexnikumi Yo’l harakat qoidalari fani o’qtuvchisi

Nurmetov Xamza Madrimovich

Annotatsiya:Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug‘lik

ishoralari qo‘llaniladi.Svetofor ishoralari vazifasiga bog‘liq ravishda doirasimon,

yo‘naltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon ko‘rinishda bo‘lishi mumkin

(ushbu Qoidalarga

1-ilova

).Ishorasi doira shaklidagi svetoforlarda yashil

ishoralar bilan bir sathda joylashgan ishoralari yashil yo‘naltirgich ko‘rinishidagi

bitta yoki ikkita qo‘shimcha tarmoq bo‘lishi mumkin.

Kalit so’zlar:

X-simon, sariq ishora, relssiz transpor

Asosiy qism.

Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:yashil ishora

harakatlanishga ruxsat beradi;

miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga

ruxsat beradi va uning ta’sir vaqti tugayotganligi hamda ko‘p o‘tmay taqiqlovchi

ishora yonishi haqida axborot beradi;

yashil ishora o‘chishiga soniyalarda qancha

vaqt qolganligi haqida axborot berish uchun raqamli tablo qo‘llanilishi mumkin;

sariq ishora harakatni taqiqlaydi, ushbu Qoidalarning

42-bandida

ko‘zda

tutilgan holatlardan tashqari va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;

miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan

chorraha yoki piyodalar o‘tish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida

ogohlantiradi; qizil ishora, shuningdek miltillovchi qizil ishora harakatlanishni

taqiqlaydi; qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi

va ko‘p o‘tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi. Yo‘naltirgich


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

323

ko‘rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi

svetofor ishoralari bilan bir xil ma’noga ega bo‘ladi. Ular faqat ko‘rsatilgan

yo‘nalishga ta’sir etadi.

Agar tegishli yo‘l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo‘lsa, chapga

burilishga ruxsat beruvchi yo‘naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi.

Qo‘shimcha tarmoqdagi yashil yo‘naltirgich ham xuddi shu ma’noni

bildiradi.Qo‘shimcha tarmoqdagi ishora o‘chirilgan bo‘lsa, shu tarmoq tartibga

solayotgan yo‘nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.Svetoforning

asosiy yashil ishorasiga qora yo‘naltirgich (yo‘naltirgichlar)ning shakli tushirilgan

bo‘lsa, u haydovchilarga svetoforning qo‘shimcha tarmog‘i borligi haqida axborot

beradi va asosiy yashil ishora yonganda harakatlanishga ruxsat berilgan

yo‘nalishlarni ko‘rsatadi.Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko‘rinishida bo‘lsa,

u faqat piyodalarning harakatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda yashil ishora

piyodalarning harakatlanishiga ruxsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.

Ko‘zi ojiz piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishlari mumkinligini bildirish

uchun svetoforning yorug‘lik ishoralariga tovushli ishora ham qo‘shilishi mumkin.

Qatnov qismidagi harakat yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi

mumkin bo‘lgan bo‘laklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish

uchun X-simon qizil ishorali va pastga yo‘nalgan yo‘naltirgich ko‘rinishidagi

yashil ishorali reversiv svetoforlar qo‘llaniladi. Bu ishoralar qaysi bo‘lak ustiga

o‘rnatilgan bo‘lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruxsat beradi.

Ikki tomoni

1.9

chizig‘i bilan belgilangan bo‘lak ustiga o‘rnatilgan ishoralari

o‘chirilgan reversiv svetofor shu bo‘lakka kirishni taqiqlaydi.

Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan bo‘lak bo‘ylab harakatlanayotgan

yo‘nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” —


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

324

harfi ko‘rinishida joylashgan to‘rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar

qo‘llanilishi mumkin.

Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o‘zida yonganda,

harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o‘ngdagisi o‘ng

tomonga burilishga, o‘rtadagisi to‘g‘riga yurishga ruxsat beradi. Agar yuqoridagi

uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

Temir yo‘l kesishmalarida o‘rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi

ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi.

Ko‘rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina)

bo‘lmasa, o‘chirilgan oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga ruxsat beriladi.

Temir yo‘l kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir

vaqtda harakat qatnashchilarining kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi

to‘g‘risida qo‘shimcha axborot sifatida, tovushli ishora ham berilishi mumkin.

Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: qo‘llari yon

tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o‘ng yon tomonidan tramvayga

to‘g‘riga, relssiz transport vositalariga to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga,

piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi;old va orqa tomonidan

barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi; o‘ng qo‘li

oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga

barcha yo‘nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o‘ngga

harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport

vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa

tomonidan qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi; qo‘lini yuqoriga

ko‘targanda: ushbu Qoidalarning

42-bandida

ko‘rsatilganidan boshqa hollarda

transport vositalari va piyodalarning barcha yo‘nalishlarda harakatlanishi

taqiqlanadi; tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo‘lgan boshqa

ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko‘rinishi uchun tartibga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

325

soluvchi jezl yoki yorug‘lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo‘llashi

mumkin.

Xulosa:

Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida bo‘lgan piyodalar uni

bo‘shatishlari, agar buning iloji bo‘lmasa, qarama-qarshi yo‘nalishlardagi

transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to‘xtashlari kerak.

Tartibga soluvchining ishorasi va ko‘rsatmalari svetofor ishoralari, yo‘l

belgilari va chiziqlari talablariga zid kelgan hollarda haydovchi va piyodalar

tartibga soluvchining ishorasi va ko‘rsatmalariga amal qilishlari kerak.

Foydalanilgan adbiyotlar ro’yxati:

1.

yo‘l belgilari grafik chizmalari qismi O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli

qarori

tahririda — Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)

2.

41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 292-sonli

qarori

tahririda — Qonun

hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/292/2915-son)

.