https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
300
CAPSICUM ANNUUM L.NING URUG’LARINING UNIB CHIQISH
KO’RSATKICHLARI VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
M.F.Usmonova
1
, S.X. O’roqov
2
Sh. Rashidov nomidagi SamDU
1
tayanch doktoranti,
2
professor
mohigul3305gmail.com, +998941853305
Annotatsiya:Bugungi kunda aholini sifatli oziq ovqat mahsulotlari jumladan
sabzavotlar bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Shunday sabzavotlar
qatorida Capsicum annuum L. (shirin qalampir) yetishtirishga bo’lgan talab ham
ortib bormoqada. Capsicum annuum L.ni fiziologiyasi o’rganib, eng sifatli va
hosildor navlarini ishlab chiqarishga tavsiya etish muhim hisoblanadi.
Kalit so’z: Capsicum annuum L., urug’, ko’chat, fiziologik, sifat, hosildorlik.
Аннотация: Обеспечение населения качественными продуктами
питания, в том числе овощами, является одной из актуальных проблем на
сегодняшний день. Среди таких овощей растет спрос на выращивание
Capsicum annuum L. (сладкого перца). Важно изучить физиологию Capsicum
annuum L. и рекомендовать выращивание наиболее качественных и
продуктивных сортов.
Ключевые слова: Capsicum annuum L., семена, рассада, физиология,
качество, урожайность.
Abstract: Today, providing the population with quality food products,
including vegetables, is one of the urgent issues. Among such vegetables, the
demand for growing Capsicum annuum L. (sweet pepper) is also increasing. It is
important to study the physiology of Capsicum annuum L. and recommend the
production of the most high-quality and productive varieties.
Keywords: Capsicum annuum L., seed, seedling, physiological, quality,
productivity.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
301
Kirish.
Hozirgi vaqtda dunyo bo'yicha eng ommabop va talabgir sabzavot
ekinlaridan biri bo'lgan shirin qalampir yig'ilib olinadigan maydonlar 2-2,3 mln
gektarni tashkil etadi. Bir necha yillardan buyon Xitoy (17,4 mln t), Meksika (2,3
mln t), Turkiya (2,2 mln t), Indoneziya
(1,8 mln t) davlatlari shirin qalampir
yetishtirish bo’yicha yetakchilik qilmoqda.
O’zbekistonda ochiq maydonlarda ko’p miqdorda shirin qalampirlar ekib
parvarishlanmoqda. Mamlakatimiz barcha viloyatlarda shirin qalampirning 47 ta
navi ekilib kelinmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan shirin qalampir mahsulotini asosan
Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Qozog'iston, Qirg'iziston, BAA, Polsha,
Rossiya, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
Taqdqiqot natijalari.
Ushbu tajribamizni capsicum annuum L. ning hozirgi
kunda davlat reeysterida bo’lgan “Sabo” F
1
navida sinovdan o’tkazdik.
O’simlikning yaxshi o’sib rivojlanishi uchun o’simlik urug’larining unuvchanligi
va o’sish kuchi muhim omillar hisoblanadi. Shuning uchun biz dastlab urug’larni
undirish uchun xar xil suyuqliklarda ivitish usullarini amalda sinab ko’rdik.
O'simliklar fiziologiyasi uchun muhim bo'lgan K+2 va Ca+2 minerallarini o'z
ichiga olgan turli xil eritmalardan foydalanish ham muhimdir (Rubio va boshq.
2003). Umuman olganda, Ca+2 o'simlik ichida hujayra shakllanishi va lipid
tuzilishini shakllantirishda samarali. Xususan, oddiy mitoz jarayoni sodir bo'lishi
uchun oz miqdorda Ca+2 kerak bo'ladi. K+2 nafas olish, fotosintez, xlorofill hosil
bo'lishi, barglardagi suv miqdori va o'simlikda sodir bo'ladigan boshqa ko'plab
fiziologik jarayonlarda muhim rol o'ynaydi. Biroq, K+2 ning eng muhim xususiyati
shundaki, u peptid bog'lanish hosil bo'lishida ishtirok etuvchi fermentlarning
faollashtiruvchisi hisoblanadi yuqoridagilarni hisobga olgan holda tajribamizda
urug’larni ivitish uchun oddiy suv, 100 va 200 mlM KNO
3
li eritmalar va 50 va
100 mlM Ca(NO
3
)
2
eritmalaridan foydalandik.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
302
Urug’lar har bir eritmalarda ivitilgandan so’ng, urug'lar ikki guruhga bo'lindi.
Birinchi guruh darhol unib chiqish sinoviga olib borildi va shu zahoti urug’lar
ekildi, ikkinchi guruh esa eritmalarda eritilgandan so’ng 25 ° C da 24 soat
davomida dastlabki urug'lik namligiga qadar suvsizlantirildi.
Suv va ishqorlar bilan ishlov berish bilan bir qatorda, suvsizlanish sharoitida
ham, nazorat qilish bilan solishtirganda shiein qalampir urug'larining normal o'sish
foizi va unib chiqish kuchining oshishiga olib keldi.
Xulosa.
Natijalar shuni ko'rsatdiki, KNO
3
bilan ishlov berilgan urug'larda tuz
kontsentratsiyasining ortishi urug'larning hayotiyligi, shuningdek, keyingi
suvsizlanish bilan ishlov berishda quvvatning pasayishiga olib keldi. Yani 200
mlM KNO
3
eritmasi bilan ishlov berilganda unib chiqish kuchi kamayishi kuzatildi.
Biroq, Ca(NO
3
)
2
bilan ishlov berilganda urug'larda suvsizlanish bilan amalga
oshirilganda yashovchanlik va quvvat ortdi. Hayotiylik va quvvat parametrlari
bo'yicha eng yaxshi natijalar 100 mlM KNO
3
bilan ishlov berilgandan so'ng
suvsizlantirish bilan va 100 mlM Ca(NO
3
)
2
bilan astarlashdan keyin
suvsizlantirishdan olingan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Rasulov F.F, Yunusov S.A "Shirin qalampir yetishtirish" 100 kitob
to'plamidan 23kitob Toshkent 2021- y.
2.
Xo’jayev J.X., O’roqov S.X., Avutxonov B.S., O’simliklar fiziologiyasi
fanidan laboratoriya mashg’ulotlari. SamDU 2019
3.
Xaitov M.A, Mashrabov M.I “Sabzavotchilikda ekologik toza, yiqori sifatli
mahsulot olish davr talabi”. Ekologiya xabarnomasi. Toshkent 2017-y.