Авторы

  • Narimova Shaxnoza Abdumajidovna

Биография автора

  • Narimova Shaxnoza Abdumajidovna

    Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100271

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim o’yin didaktik o’yin ijodiy fikrlash ishchanlik o’yini rolli o’yin integral dars.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqola yosh avlod tarbiyasining dolzarb muammolaridan biri – uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishning dolzarbligi, ta’lim jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish, o’quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda didaktik o’yin texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

15

BOSHLANG’ICH TA’LIM MAZMUNINI MODERNIZATSIYALASH

JARAYONIDA O’QUVCHILAR IJODIY FIKRLASH

KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Narimova Shaxnoza Abdumajidovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqola yosh avlod tarbiyasining dolzarb

muammolaridan biri – uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida

boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishning

dolzarbligi, ta’lim jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish, o’quvchilar ijodiy

fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda didaktik o’yin texnologiyalarining ahamiyati

yoritilgan.

Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim, o’yin, didaktik o’yin, ijodiy fikrlash,

ishchanlik o’yini, rolli o’yin, integral dars.

Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodni mustaqil, ijodiy fikrlashga

o’rgatish davlat darajasi masalasiga aylangan. Ta’lim jarayonida boshlang’ich sinf

o’quvchilarini ijodiy faoliyatga yo’naltirish muammosiga jahon pedagogika va

psixologiya ilmida alohida e’tibor qaratilib kelyapti. Uzluksiz ta’limni tashkil etish

va rivojlantirish jarayonida ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim va tarbiyaning

insonparvar, demokratik xususiyatga egaligi, bilimlilik, qobiliyatlilik va

iste’dodning rag’batlantirilishi, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni hosil qilish,

ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini

shakllantirish asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. Bunda pedagog xodimlarning

intellektual sifatlari hamda kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish, ta’lim va

tarbiya resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash ko’nikmalarini

shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti barqarorligini ta’minlash, aralash


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

16

ta’lim tamoyili asosida ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish, o’qitishning samarali usullarini ishlab chiqish muhim dolzarblik

kasb etadi. Dunyoda boshlang’ich ta’limning nazariy-metodologik jihatlarini

takomillashtirish, o’quvchilarda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish

jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari va ta’sir etuvchi omillarini

aniqlashtirish, ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishning metodik tizimini

takomillashtirish bo’yicha tadqiqotlar olib borish juda zarurdir.

Milliy ta’lim tizimimizda o’qitish va tarbiyalash jarayonining

samaradorligi hamda natijaviyligini ta’minlash eng muhim talabi hisoblanadi.

Bunda o’qituvchidan yuksak kasbiy bilim, pedagogik mahorat va o’qitish

jarayonida interfaol ta’lim usullaridan foydalanishga oid ko’nikmalar talab

qilinadi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan bilim va

tajribalarni o’zlashtirishida didaktik o’yinlar asosida o’quv jarayonini tashkil etish

juda muhim ahamiyatga ega. O’yin darslari – ijtimoiy tajribani o’zlashtirish va

qayta yaratishga yo’naltirilgan faoliyat turi hisoblanadi. Shuning bilan birga o’yin

bolaning faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shakli bo’lib, sof holdagi o’yin

faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo’lsa, uning manbai taqlid va

tajribadir. Bolalar narsalar bilan rolli qoidali, harakatli, didaktik mazmunli

o’yinlarni o’ynaydilar.

Didaktik o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda

aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy,

psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni

rivojlantirishga yordam beradi, Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda

ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini

oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan

foydalaniladi.Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va

boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

17

Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida o’ringa ega

bo’lib bormoqda. Didaktik o’yinlar o’quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy va ijodiy

fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o’lchash- yasash, sinash, kuzatish, solishtirish,

xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash,

axloq-odob ko’nikmalarini shakllantirish, nutq o’stirish, til o’rgatish, yangi

bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan

o’yinlarga ajratiladi. Demak, boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda didaktik

o’yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin

bo’lgan ta’limtarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv

fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish

maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha

o’yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport

va xarbiy o’yinlarga ajratiladi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tarbiya

vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega.

Didaktik o’yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy dars

shakllariga to’xtalib o’tamiz: Ishchanlik o’yini darsi - dars mavzusi bo’yicha

masalalarni hal etish jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash

orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish mashqi. Rolli o’yin darsi - dars mavzusi

bo’yicha masalalarni o’rganishda o’quvchilarga oldindan ma’lum rollarni

taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida

bilimlarni mustahkamlash darsi. Teatrlashtirilgan dars - dars mavzusi bilan bog’liq

sahna ko’rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo’yicha chuqur, aniq

ma’lumotlar berish darsi. Kompyuter darsi - tegishli o’quv fani bo’yicha dars

mavzusiga doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o’quv kursi va shu

kabilar) asosida o’tiladigan dars. Bunday darslar o’quvchilarga fanlararo

bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda olam tuzilishining ilmiy asoslarini to’liq idrok

etish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga

xizmat qiladi. “Mo’jizalar maydoni” darsi — o’quvchilar bilan o’tkaziladigan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

18

qiziqarli o’yin bo’lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to’g’ri javoblar

topish va g’oliblarni rag’batlantirish orqali o’quvchilarda fikrlash, topqirlik,

ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi. Boshlang’ich

sinf o’quvchilarini o’qitish jarayonida didaktik o’yinlarni amalda qo’llash shart-

sharoitlarini quyidagicha belgilashimiz mumkin: - didaktik o’yinlarni tanlashda

ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi; - har

bir didaktik o’yin mashg’ulotlariga o’ziga xos xavfsizlik talablari qo’yiladi. Bu

xavfsizlik talablariga to’liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida

bo’lishi lozim. Bundan tashqari o’qituvchilar bir didaktik o’yin uchun

sarflanadigan vaqt miqdorini to’g’ri belgilash va unga rioya qilishning o’ziga xos

asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo’llash talab qilinadi. Didaktik

o’yin turlarini tanlash mezonlari: - ishtirokchilar tarkibi bo’yicha-o’g’il bolalar, qiz

bolalar, o’smirlar, katta yoshdagilar uchun o’yinlar; - ishtirokchilar soni bo’yicha-

yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar,

sinflararo va ommaviy o’yinlar; - o’yin jarayoni bo’yicha - fikrlash, o’ylash,

topag’onlik, harakatlar, musobaqa va boshqalarga yo’naltirilgan o’yinlar; vaqt

me’yori bo’yicha-dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin

maqsadiga erishguncha, g’olib yoki g’oliblar aniqlanmaguncha davom etadigan va

boshqa o’yinlar. Shuni ta’kidlash lozimki, o’qituvchi dars jarayonida didaktik

o’yinlardan foydalanar ekan, buning uchun albatta o’yin mazmun-mohiyatidan

kelib chiqib eng zarur vositalarni tanlay bilishi kerak. O’qituvchilar didaktik

o’yinlarni tashkillashtirishda ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan

ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni

ta’minlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. Chunki

didaktik vositalarning sifati, ko’zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va

ulardan to’g’ri foydalanish mashg’ulotlar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir

ko’rsatadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

19

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun»

talablarini amalga oshirish jarayonida yuqori malakali pedagog kadrlarni

tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilgan. Shunday ekan, ushbu

talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi,

yuqori malakali, madaniyatli, turli soha egalarini tayyorlash dolzarb

muammolardan biridir.

Qonunda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur

bilimlar sohibi bo‘lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shartsharoitlar

orasida o‘qituvchi kasbiy-metodik kompetentligini ta’lim va tarbiya jarayonlariga

tatbiq etishda psixologiyaning o‘z uslub va qoidalari bor. Shunga ko‘ra yosh avlod

ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, yangicha o‘qitish

texnologiyalarini ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi va undagi aqliy hamda

intellektual qobiliyatlarga nechog‘lik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish hamda

psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg‘unlashtirishni zamon talab

etmoqda. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchidan metodik kompetentlik, ayniqsa,

turli xil sharoitlarda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi psixologiyasini to‘g‘ri

baholay olish bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik kompetentlikning yuqori darajada

bo‘lishi talab qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.

(23.09.2020) // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020.,
03/20/637/1313-son.

2. Abdullaeva SH.SH. Pedagogicheskie texnologii razvitiya poznavatelnы

tvorcheskix sposobnostey mladshix shkolnikov. Avtoref. Diss…k.ped. n. – T.,
2005. - 23 s.

3. Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy

asoslari. Ped. f. d…diss. – T., 2003. –280 b.

4. Otajonova, O.A., Islomova, F.S., Fayazova, F.S., & Nematov, BS

(2022). O'smirning gender o'ziga xosligiga ota-ona munosabatlarining ta'siri.
Pozitiv maktab psixologiyasi jurnali, 6 (10), 2393-2399.