https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
310
XORAZM VOHASI ANTIK DAVRINING ARXEOLOGIK JIHATDAN
O'RGANILISHI
Kadirova Gulhayo,
Urganch davlat universiteti, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti, Arxeologiya
yo‘nalishi magistranti,
Annotatsiya: Ushbu maqola Xorazm vohasining antik davr mil.avv IV-
milodiy IV asrlar tarixiga bag'ishlangan bo'lib, voha antik davrini 1990-
yillargacha va mustaqillik davrida o'rgangan olimlar faoliyati, ular yozgan
asarlar, shuningdek, Xorazm vohasining mazkur davrdagi shaharsozlik va
me'morchilik, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar haqida ham ma'lumotlar beriladi.
Kalit so'zlar: Xorazm arxeologik ekspeditsiyalari, S.P.Tolstov, Jonbosqal'a,
Ko'zaliqir, Oqshaxonqal'a, Qo'yqirilganqal'a, Qo'rg'oshinqal'a, Kichik qirqizqaľa,
Bozorqal'a, Qizil qal'a.
AN ARCHAEOLOGICAL STUDY OF THE ANTIQUE PERIOD OF
THE KHOREZM OASIS
Kadirova Gulhayo,
Urganch state university, Socio-economic sciences faculty, Department of
archeology Master`s degree student,
Annotation: This article is dedicated to the history of the Khorezm oasis in
antiquity, from the 4th century BC to the 4th century AD. It also provides
information on the activities of scholars who studied the antiquity of the oasis until
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
311
the 1990s and during the period of independence, the works they wrote, as well as
the urban planning and architecture of the Khorezm oasis during this period, and
socio-economic relations.
Key words: Khorezm archaeological expeditions, S.P. Tolstov, Jonboskala,
Kozalikyr, Okshakhankala, Koykirilgankala, Korgoshinkala, Kichik Kirgizkala,
Bazarkala, Kizilkala.
АРХЕОЛОГИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ДРЕВНЕГО ПЕРИОДА
ХОРАЗМСКОГО ОАЗИСА
Кадирова Гулхайо
Ургенчский государственный университет, Факультет социально-
экономических наук, Направление археология Магистрант,
Аннотация: Данная статья посвящена истории Хорезмского оазиса в
древний период IV-IV веков нашей эры, деятельности ученых, изучавших
древность оазиса до 1990-х годов и в период независимости, написанным ими
трудам, а также сведениям о градостроительстве и архитектуре
Хорезмского оазиса в этот период, а также социально-экономических
отношениях.
Ключевые слова: Археологические экспедиции Хорезма, С.П. Толстова,
Джонбоскала, Козаликир, Акшаханкала, Койкирилганкала, Коргошинкала,
Кичик кыркизкала, Базаркала, Кизил кала.
Xorazm yodgorliklarini arxeologik jihatdan o’rganish XX asrning 30-yillari
o’rtalaridan boshlanadi va bu ish hozirgacha davom etmoqda. Tadqiqotda Xorazm
vohasining qadimgi davri qal‘alarining arxeologik jihatdan o’rganilishi tarixi to’rt
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
312
bosqichga bo’lish mumkin: urish davrigacha (1936-1940) olib borilgan tadqiqotlar;
urishdan keyingi davrda (1945-1958) olib borilgan tadqiqotlar; 1959-1990-yillarda
olib borilgan tadqiqotlar va mustaqillik yillarida olib borilayotgan tadqiqotlar.
Xorazm yodgorliklarini tadqiq qilishning birinchi va keyingi bosqichlari akademik
Y.G’.G’ulomov, S.P.Tolstov va yana ko’plab arxeologlarning nomi, hamda
Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi faoliyati bilan bog’liq.Xorazm vohasidagi
tarixiy obidalarni har tomonlama chuqur ilmiy asosda o’rganish 1936 yilda Xorazm
arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi munosabati jonlanib
ketdi.1936-1937-yillari Xorazm vahosida birinchi o’zbek arxeologlari Yahyo
G’ulomov va T.Mirg’iyosovlarning ekspeditsiyasi Mang’it qishlog’i yaqinida
Qubatov tepaligidan milodiy I ming yilligi o’rtalariga mansub bo’lgan zardushtiy
qabristonini topib, birinchi marta qadimiy islomga qadar Xorazm yodgorligiga
duch keladilar, Geolog Arxangelskiy Xorazmning qadimgi sug’oriladigan
hududida Jonbosqa‘la, Tuproqqal‘a, Qizilqal‘a, Bozorqqal‘a, Guldursin qal‘alari
to’g’risida ma‘lumot berib, ularni xaritaga joylashtirgan, lekin arxeologik
tadqiqiqotlar olib borilmagan. 1937- yildan boshlab Xorazm vohasida professor
S.P.Tolstov boshchiligida Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi xodimlari
Guldursin qal‘ada dastlabki qazish ishlarini olib bordi[4]. Shu ekspeditsiyaning
ilmiy xodimi A.Terenojkin 1937-yili Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy va
To’rtkul tumanlarida arxeologik tekshiruv ishlarini olib bordi. Uning fikricha, Kat
qal‘asining qadimgi bo’lagi bo’lgan Pilqal‘a o’ziga xos qurilishga ega bo’lib,
milodiy III-IV asrlarda vujudga kelgan[5. Ekspeditsiya 1940-yilda o’zining asosiy
ish hududida – Amudaryoning o’ng sohilidagi qadimgi sug’orma erlarida qazish va
qidirish ishlarini olib bordi. 1938- yilda Tuproqqal‘a shahristoni tekshirildi, u erda
so’nggi antik Xorazm qal‘asi ilk bbo aniqlandi.[3] Shu yili ekspeditsiyaning
qidiruv bo’limi tomonidan Tuproq, Pil qal‘a qo’rg’onlarida arxeologik kuzatuv
ishlari olib borildi, sopol idish qoldiqlari asosida taxminiy sanalari belgilandi.
Antik
yodgorliklardan
Qo’yqirilganqal‘a,
Qo’rg’oshinqal‘a,
Bozorqal‘a,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
313
Jonbosqal‘a, Qizilqal‘a, Tuproqqal‘a, Katta va Kichik Qirqqiz, Anqaqal‘a,
Qo’ziqirilganqal‘a.
S.P.Tolstov miloddan avvalgi VIII-VII asrlar va antik davrda Xorazmdagi
yirik suvg’orish kanallarning mavjudligini, qudratli markaziy davlat siyosati bilan
bog’lab, shu hududda davlat tashkiloti bo’lmaganda bunday yirik va uzun
kanallarni qazib va ularni saqlab bo’lmasdi deb to’g’ri xulosaga kelganligini qayd
qilishimiz lozim.
Urushgacha bo’lgan davrda olib borilgan ishlar yakuni S.P. Tolstovning
―Qadimgi Xorazm monagrafiyasida berildi (M.,1948). Hozirgi mezonlarga
ko’ra juda kam bo’lgan arxeologik material asosida Xorazm tarixi eng qadimgi
zamonlardan o’rta asrlargacha davrlashtirib berildi. Antik Xorazm yodgorliklari
tarixiga ayni shu kitobda birinchi darajali ahamiyat qaratildi va mudofaa
inshootlarining tarixiy sharhi hamda tasnifi keltirildi. Antik Xorazm
yodgorliklarini o’rganish to’rt davrga bo’linadi:[2]
1) uy-joy devorlari bo’lgan shahriston madaniyati (mil.avv.VI-IV asrlar).
2)Qanxa madaniyati (mil.avv.IV asr -mil.I asr).
3) kushonlar madaniyati (mil.II-III asrlar).
4) kushon-afrig’ o’tish madaniyati (mil.III-V asrlar).
Yuqorida keltirilgan yodgorliklarni arxeologik o’rganish bosqichlari yildan-
yilga ko’lami kengayib boradi. Olimlarimiz tomonidan antik davrning o’zi ham
alohida davrlashtirilishi, bu albatta o’rganishda bir qancha qulayliklarni yaratdi.
Shu o’rinda bu hududda tadqiqot ishlari olib borib Xorazm tarixining yoritilishiga
o’z hissasini qo’shgan olimlar va ularning xizmatlari haqida ham to’xtaladigan
bo’lsak. A.I.Terenojkin Quyi Amudaryo havzasida arxeologik qidiruv ishlarini olib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
314
borib,qadimgi davrga mansub Jonbosqal‘a, Tuproqqal‘a, Qo’yqirilganqal‘a
yodgorliklari to’g’risida ma‘lumotlar beradi’.
S.P. Tolstov o’zining tadqiqotlari natijasini bir qator ilmiy adabiyotlarda nashr
qilish bilan Xorazm tarixini yoritishda alohida o’rin egalladi.
Y.G’ulomov tadqiqotlari qadimgi Xorazmda sug’orilish madaniyati, Xorazm
qishloq va shaharlarini,etnik jarayonlar, davlatchilik masalalari arxeologik
ashyolar va yozma manbalardagi ma‘lumotlar asosida keng ko’lamli tarzda
yoritgan. Xorazmning sug’orilish tarixi bilan bog’liq keyingi tadqiqotlar
B.V. Andrianov ishlarida chuqur o’z aksini topdi. Yu.A. Rapoport Xorazm
ekspeditsiyasi o’z faoliyatini to’xtatgach, e‘lon qilinmagan materiallar asosida quyi
Amudaryo havzasida ilk davlatchilik va urbanistik jarayonlarga oid qator ishlarni
e‘lon qildi. Amudaryoning o’ng sohillari yodgorliklaridan biri Tuproqqal‘ada
E.E.Nerazik ham tadqiqot ishlarini olib borib, milodiy III-asrga oid yangi
ashyolarni topib o’rgandi. B.I. Vaynberg qadimgi Xorazm tangalari haqida asar
yaratdi. Ushbu monografiyada Xorazmning mil. avv. II asrdan milodiy IX
asrlargacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi numizmatik materiallar asosida
yangicha talqin qilindi[1].
Xulosa
Xulosa o'rnida shuni takidlash joizki, ilk sivilizatsiya o'choqlaridan biri
bo'lgan Xorazm vohasi turli tarixiy davrlarga oid moddiy madaniy yodgorliklarga
boyligi bilan ajralib turadi. Xalqmizning uzoq o'tmishidan, tarixidan ma'lumotlar
beruvchi (jumladan antik davri) ko'plab yodgorliklarni o'rganish XIX asrning
so'nggi choragidan boshlandi. Sho'rolar davrida Xorazm vohasida ko'plab
arxeologik tadqiqotlar amalga oshrilgan bo'lsada, lekin arxeologik tadqiqotlar va
moddiy madaniy yodgorliklarni ilmiy asosda chuqur tadqiq va tahlil qilish
mustaqillik davriga to'g'ri keladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-1_ Апрель-2025
315
Keng ko'lamda olib borilgan arxeologok, ilmiy tadqiqot ishlari, qadimgi
madaniyat markazlaridan bir hisoblangan Xorazm vohasi hududidagi antik
davridagi ko'plab madaniy yodgorliklarni topib tekshirilishiga sabab bo'ldi.
Yuqoridagi arxeologik ma'lumotlarga tayangan holda, Xorazm vohasi tarixi
naqadar uzoq o'tmishga borib taqalishiga guvoh bo'lishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
[1]. Сабиров К.С. Оборонительнме сооружение древних поселений и городов
Средней Азии (У1-тмс. до н. э.-ГУ в н. э.). //АКД. М., «Наука» 1979 г
[2]. Толстов, 1939-Толстов С.П. Древнехорезмийские памятники в
Каракалпакии (Предварительние итоги археологических работа ИИМК АН
СССР и ККАССР в 1938 г.). //ВДИ. № 3
[3]. Толстов С.П. Хорезмийская экспедиция 1939 г. //КСИИМК. VI. М. 1940
г
[4]. Толстов С.П. Древний Хорезм. Опьт историко-археологического
исследования. М., Изд-во МГУ 1948 г
[5]. Толстов с.п. Кой-крылган-кала памятник культуры древного Хорезма IѴв
до н.э.-IѴвн.э. М., 1967 г.
[6]. Толстов С.П., Итина М.А., Виноградов А.В. Хорезмская археолого-
этнографическая экспедиция. //АО 1966 г. М., «Наука» 1967 г.