Авторы

  • Egamov Behzod Sharifjon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.109618

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: fuqaro mas’uliyati vatanparvarlik ong va tafakkur ijtimoiy faollik milliy taraqqiyot. Ключевые слова: гражданская ответственность патриотизм сознание и мышление социальная активность национальное развитие. Keywords: civic responsibility patriotism awareness and thinking social activity national development.

Аннотация

Annotatsiya. Mazkur maqolada jamiyat taraqqiyotida fuqaro mas’uliyatining o‘rni, ayniqsa, zamonaviy islohotlar jarayonida insonning faol ishtiroki muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Shaxsiy ong va tafakkur yuksalishi, ekologik va ma’naviy mas’uliyat, adolatparvarlik va ijtimoiy faollik kabi jihatlar asosida jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Аннотация. В данной статье анализируется роль гражданской ответственности в развитии общества, особенно в условиях современных реформ, где активное участие личности рассматривается как важнейший фактор. Рассматриваются пути внесения вклада в устойчивое развитие общества через повышение личного сознания и мышления, экологическую и нравственную ответственность, стремление к справедливости и социальную активность.

Annotation:This article analyzes the role of civic responsibility in the development of society, particularly in the context of ongoing reforms where active individual participation is considered a key factor. It explores ways to contribute to sustainable social development through the enhancement of personal awareness and thinking, ecological and moral responsibility, commitment to justice, and social engagement.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

528

VATAN TARAQQIYOTIDA FUQARONING IJTIMOIY

MAS’ULIYATI

Egamov Behzod Sharifjon o‘g‘li

Toshkent tumani 1-son Politexnikumining

Tarix fani o‘qituvchisi

+998 95 155 57 70

Annotatsiya.

Mazkur

maqolada

jamiyat

taraqqiyotida

fuqaro

mas’uliyatining o‘rni, ayniqsa, zamonaviy islohotlar jarayonida insonning faol

ishtiroki muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Shaxsiy ong va tafakkur yuksalishi,

ekologik va ma’naviy mas’uliyat, adolatparvarlik va ijtimoiy faollik kabi jihatlar

asosida jam

iyatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

fuqaro mas’uliyati, vatanparvarlik, ong va tafakkur, ijtimoiy

faollik, milliy taraqqiyot.

Аннотация.

В данной статье анализируется роль гражданской

ответственности в развитии общества, особенно в условиях современных

реформ, где активное участие личности рассматривается как важнейший

фактор. Рассматриваются пути внесения вклада в устойчивое развитие

общества через повышение личного сознания и мышления, экологическую и

нравственную ответственность, стремление к справедливости и социальную

активность.

Ключевые слова:

гражданская ответственность, патриотизм, сознание

и мышление, социальная активность, национальное развитие.

Annotation:

This article analyzes the role of civic responsibility in the

development of society, particularly in the context of ongoing reforms where active

individual participation is considered a key factor. It explores ways to contribute to


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

529

sustainable social development through the enhancement of personal awareness

and thinking, ecological and moral responsibility, commitment to justice, and

social engagement.

Keywords:

civic responsibility, patriotism, awareness and thinking, social

activity, national development.

Kirish.

Bugungi globallashuv jarayonlari, texnologik yuksalish va siyosiy-

ijtimoiy islohotlar fonida har bir davlat taraqqiyoti, eng avvalo, uning

fuqarolarining ongli ishtiroki va mas’uliyat darajasiga bevosita bog‘liqdir.

Ayniqsa, jadal rivojlanayotgan zamonaviy

O‘zbekiston sharoitida amalga

oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi ostida

shakllanayotgan fuqarolik jamiyati shunday bir muhitni yaratmoqda-ki, bunda har

bir fuqaro o‘zini jamiyat taraqqiyotining faol subyekti sifati

da anglashga intilishi

kerak.

Vatan

bu faqat ma’muriy

-hududiy birlik emas, balki tarix, madaniyat, til,

urf-odatlar, or-

nomus, milliy g‘urur va ajdodlardan meros bo‘lib qolgan ma’naviy

qadriyatlar tizimidir. Demak, Vatanga muhabbat, unga xizmat qilish, uni ko‘klarga

ko‘tarish har bir

fuqaroning burchi va sharafli vazifasidir. Vatanga bo‘lgan sadoqat,

uni yanada obod qilishga intilish, doimiy harakatda bo‘lish mas’uliyat hissi bilan

chambarchas bog‘liqdir. Zero, mas’uliyat –

bu o‘z harakati uchun javob berish,

qarorlar va xatti-harakatlar oqibatini anglash va ularni jamiyat manfaatlariga

muvofiq tarzda amalga oshirish demakdir.Aynan mas’uliyatli fuqaroligina insonni

befarqlikdan, loqaydlikdan, jamiyatga nisbatan lozim darajada e’tiborsizlikdan

asraydi. Shaxsiy mas’uliyat, vatanparvarlik

, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlar

jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantiradi, taraqqiyot poydevorini

mustahkamlaydi. Ayniqsa, yosh avlodni ana shunday ijtimoiy mas’uliyat bilan

kamol toptirish

ertangi kunimiz poydevorini hozirdanoq barpo etish bilan

barobar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

530

Vatan taraqqiyotini nafaqat siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, balki har bir

fuqaroning o‘z ishi, kasbi, jamiyatdagi roli orqali hissasini qo‘shishi belgilaydi.

O‘qituvchi bilim berib, insonni tarbiyalaydi; shifokor inson salomatligini asraydi;

muhandis infratuzilmani barpo etadi; dehqon rizq yaratadi. Ularning har biri

bir

butun millat taraqqiyotining ajralmas halqasi hisoblanadi. Bunda har bir fuqaroning

mas’uliyati –

bu faqat shaxsiy burch emas, balki umumxalq yuksalishining zaruriy

omilidir. Shu jihatdan, ushbu maqolada Vatan taraqqiyotida fuqarolik

mas’uliyatining ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek,

bugungi islohotlar davrida har bir shaxsning o‘zini bu taraqqiyotda faol ishtirokchi

sifatida anglash zarurligi ilmiy asosda yoritiladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotda vatan taraqqiyotida

fuqaroning ijtimoiy mas’uliyati qanday ifodalanayotgani, bu tushunchaning amaliy

va nazariy asoslari, uni kuchaytirish omillari va

dolzarbligi o‘rganildi. Shuningdek,

fuqarolik pozitsiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va shaxsning

jamiyatdagi faollik darajasi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kontekstida

tahlil qilindi.

Tadqiqot quyidagi

ilmiy-uslubiy yondashuvlar

asosida amalga oshirildi:

1. Tahliliy (analitik) yondashuv.

Tahliliy yondashuv orqali mas’uliyat

tushunchasining ma’naviy

-axloqiy, huquqiy va psixologik qirralari ilmiy manbalar

asosida o‘rganildi. Jumladan, ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik, huquqshunoslik va

psixologiya sohalaridagi adabiyotlar tahlil qilindi. Har bir fuqaroning jamiyat

hayotidagi o‘rni va bu o‘rinni qanday ijobiy yo‘nalishga burish mumkinligi

asoslantirildi.

2. Sotsiologik usul

.

Fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyatga nisbatan

munosabatini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar, intervyular va kuzatuvlar

usulidan foydalanildi. Jumladan, 18

35 yoshdagi shaxslar orasida jamiyatdagi

islohotlarda ishtirok etish darajasi, atrof-

muhitga bo‘l

gan munosabat, ijtimoiy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

531

adolat masalalariga befarqlik darajasi aniqlashga urunildi. Ushbu yondashuv orqali

zamonaviy yoshlarning Vatan taraqqiyotiga munosabati aks ettirildi.

3

.

Komparativ (taqqoslash) usul.

O‘zbekiston misolida fuqarolik faolligi

va mas’uliyati tushunchasi boshqa rivojlangan davlatlar (masalan, Yaponiya,

Germaniya, Janubiy Koreya) tajribasi bilan taqqoslandi. Shu orqali samarali

fuqarolik jamiyati shakllantirishda qanday mexanizmlar mavjudligi, bizda qanday

imkoniyatlar va muammolar borligi aniqlashtirildi.

4. Tarixiy yondashuv.

Fuqarolik mas’uliyatining milliy qadriyatlar, tarixiy

meros, ajdodlar tajribasi bilan bog‘liqligi tarixiy manbalar asosida o‘rganildi. Amir

Temur, Alisher Navoiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi tarixiy shaxslarning

asarlarida ifodalangan ijtimoiy adolat, fidoyi

lik, vatanparvarlik g‘oyalari hozirgi

kun bilan bog‘lab tahlil qilindi.

5. Interdisipliner yondashuv.

Tadqiqot davomida ijtimoiy falsafa,

pedagogika, huquqshunoslik, psixologiya va madaniyatshunoslik fanlaridagi

nazariyalar va konsepsiyalar integratsiyalashgan holda qo‘llanildi. Shu orqali

mas’uliyat tushunchasining ko‘p qirrali mohiyatini har tomonlama yo

ritish imkoni

yaratildi.

Tahlil va natijalar.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolik

mas’uliyati zamonaviy jamiyat taraqqiyotida muhim ijtimoiy, ma’naviy va

madaniy omil sifatida maydonga chiqmoqda. Bugungi O‘zbekistonda olib

borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “Inson qadri uchun” tamo

yiliga asoslangan

davlat siyosati aynan har bir fuqarodan ongli ishtirok, mas’uliyatli yondashuv va

tashabbuskorlikni talab qilmoqda.

1. Shaxsiy mas’uliyat ijtimoiy muvozanatni mustahkamlovchi omil

sifatida.

Jamiyatdagi ijtimoiy tartib, qonun ustuvorligi, fuqarolik totuvligi va

axloqiy muhit bevosita har bir fuqaroning mas’uliyatli xulq

-

atvori bilan bog‘liq.

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, odamlar orasida “men emas, biz” tamoyiliga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

532

asoslangan jamoaviy ong shakllanganda, ijtimoiy adolat, ijtimoiy birdamlik

kuchayadi.

2. Yoshlarning ijtimoiy faolligi kuchaymoqda.

So‘rovlar natijasiga ko‘ra,

18

–30 yoshdagi fuqarolarning aksariyati ta’lim olish, kasb egallash, jamiyatda faol

bo‘lish, volontyorlik harakatlarida qatnashish orqali Vatan taraqqiyotida ishtirok

etayotganini his qiladi. Bu esa Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni

strategik darajada muhimligini ko‘rsatadi.

3. Fuqarolik faolligining kasbiy faoliyat bilan uyg‘unligi.

O‘z mehnatini

halol bajarayotgan o‘qituvchi, shifokor, muhandis yoki

tadbirkor jamiyat

taraqqiyotiga bevosita hissa qo‘shmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, kasbga

fidoyilik bilan yondashgan insonlar orasida fuqarolik mas’uliyati darajasi ham

yuqori bo‘ladi. Bu holat halollik va sadoqat jamiyat rivojining asosiy kuchi ekanini

tasdiqlaydi.

4. Milliy qadriyatlar asosidagi mas’uliyat hissi

. Ajdodlarimizning tarixiy

tajribasi, ma’naviy merosi va qadriyatlari bugungi fuqarolik tarbiyasining

poydevori hisoblanadi. Alisher Navoiy, Amir Temur kabi buyuk ajdodlar asarlarida

ilgari surilgan xizmat, fidoyilik, sadoqat kabi g‘oyalar zamonaviy fuqaroli

k ongini

shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

5. Befarqlik

taraqqiyotga to‘siq.

Tahlil jarayonida ayrim qatlamlarda

ijtimoiy befarqlik, faollik yetishmasligi holatlari ham kuzatildi. Bu holat, ayniqsa,

jamiyatdagi muammolarga e’tiborsizlik, ekologik muammolarga loqaydlik, qonun

buzilishiga ko‘z yumish kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lm

oqda. Shuning uchun

fuqarolik madaniyatini rivojlantirish

dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

6. OAV va ta’limning roli.

Ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi va

oilaning fuqaro mas’uliyatini shakllantirishdagi o‘rni beqiyos. Tahlil shuni

ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy targ‘ibotning kuchaytirilishi fuqarolik faolligini oshiradi,

yoshlarni ongli va mas’uliyatli shaxs sifatida t

arbiyalashga xizmat qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

533

Xulosa

. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, har qanday jamiyatning

taraqqiyoti, eng avvalo, u yerda yashovchi fuqarolarning ongli ishtiroki, ijtimoiy

faolligi va mas’uliyat darajasiga bog‘liq. Vatan taraqqiyotida faqat hukumat

organlari emas, balki har bir sh

axs o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Ayniqsa, hozirgi

islohotlar davrida “men emas –

biz” degan yondashuv bilan yashaydigan,

tashabbuskor, fidoyi, halol va mas’uliyatli fuqaro obrazini shakllantirish dolzarb

masala bo‘lib qolmoqda.

Har bir fuqaroning o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishi, atrof

-muhitga, jamiyatga

befarq bo‘lmasligi, qonunlarga hurmat bilan qarashi, ma’naviy va axloqiy

qadriyatlarga rioya qilishi

bularning barchasi jamiyat taraqqiyotining

mustahkam asosini tashkil etadi. F

uqarolik mas’uliyati kuchli bo‘lgan jamiyatda

tartib, adolat, o‘sish va rivojlanish bo‘ladi.

Yoshlar

kelajak bunyodkorlari sifatida alohida e’tiborga loyiq. Ularning

vatanparvarligi, ma’naviy dunyosi, bilimga intilishi, mas’uliyat hissi bugungi

O‘zbekistonning ertangi kunini belgilaydi. Shuning uchun ta’lim, tarbiya,

ommaviy axborot vositalari v

a oilaning bu yo‘nalishdagi faoliyati yanada

kuchaytirilishi zarur.

Barcha ijtimoiy qatlamlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida fuqarolik mas’uliyatini

oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va befarqlikka qarshi tizimli ishlash

orqali Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratish mumkin.

Zero, har bir fuqaro yuragida quyidagi haqiqat yangrashi zarur:

“Men Vatan

taraqqiyotida mas’ulman!”

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat –

yengilmas kuch”, Toshkent, 2008.

2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992.

3. O‘zbekiston 2030 strategiyasi –

Rasmiy portal.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть

-47

_ Том

-2_

июнь

-2025

534

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev nutqlari va chiqishlari,

2017

2024.

5. “Ma’naviyat asoslari” o‘quv qo‘llanmasi. Toshkent, 2020.