Авторы

  • Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

Биография автора

  • Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88247

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: ta’lim zamonaviy pedagog ta’lim boshqaruvi kadrlar tayyorlash. tarbiya yaxshi xulq ma’rifatparvarlik milliy uyg‘onish uyg‘onish davri

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyondalaridan biri, taniqli pedagog va alloma, o‘zbek jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, asarlarining mohiyati, yozuvchining pedagogik qarashlari va u ilgari surgan fikrlarning yosh avlod va jamiyat hayotida tutgan o‘rni uning asarlari boshlang‘ich ta’lim jarayoni boshqaruvi va zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Ushbu bebaho asarlarning bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi sabablari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

368

ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARINING

ZAMONAVIY BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA TA’SIRI

Buriyeva Shaxnoza Inat qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim

fakulteti 3-bosqich talabasi

+998886784664

shaxnozam@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur

maqolada

o‘zbek adabiyotining zabardast

namoyondalaridan biri, taniqli pedagog va alloma, o‘zbek jadidchilik harakatining

yetuk vakili Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, asarlarining mohiyati,

yozuvchining pedagogik qarashlari va u ilgari surgan fikrlarning yosh avlod va

jamiyat hayotida tutgan o‘rni uning asarlari boshlang‘ich ta’lim jarayoni

boshqaruvi va zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati haqida so‘z

yuritiladi. Ushbu bebaho asarlarning bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini

yo‘qotmaganligi sabablari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi

Kalit so‘zlar: ta’lim, zamonaviy pedagog, ta’lim boshqaruvi, kadrlar

tayyorlash. tarbiya, yaxshi xulq, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish, uyg‘onish davri

Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga,

Vujudi tarbiyat topsa bo‘lur ul rahnamo sizga

Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim,

Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim.

ABDULLA AVLONIY

O‘zbek pedagogikasining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar olim, shoir va

jamoat arbobi Abdulla Avloniy o‘zining ilmiy-ijodiy merosi bilan zamonaviy ta’lim

tizimiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. U ta’limni inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti va

millat kelajagi garovi deb bilgan. Avloniy asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar bugungi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

369

kunda boshlang‘ich ta’lim mazmunini boyitishda, tarbiyaviy ishlarda, o‘quv

dasturlarini yangilashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Abdulla Avloniy u o‘qish va o‘qitish usuliga yangilik kiritib, yangi maktablar

tashkil etgan va maktab o‘quvchilarini savodini chiqarishning yangicha usullarini,

o‘zi ochgan maktablarda joriy etgan. U Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim

ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni bajarib, o‘zbek millati tarixida o‘chmas iz qoldirgan

yetuk pedagogdir. O‘zbek pedagogikasining “otasi” va yurtimizda birinchilardan

bo‘lib professor unvoniga sazovor bo‘lgan. Abdulla Avloniy ve u kabi millat

fidoyilari merosini o‘rganish bugungi kundagi eng dolzarb va muhim masalalardan

biridir. Zotan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-

yil 8-oktabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular

xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

Farmoyishida qayd etilganidek, “Dunyoda global xavfxatarlar kuchayib borayotgan

hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham

muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda mustabid tuzum tomonidan

shafqatsiz qatag‘on qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va

san’at, adabiyot namoyandalarining, oddiy kasb egasi bo‘lgan minglab

yurtdoshlarimizning nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va

matonati misolida yosh avlodimizni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat

ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda”.[1;2-3] Abdulla Avloniy

pedagog sifatida bola axloqiga, tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha,

bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va

bolaning atrofdagi kishilar katta ahamiyatga ega. Haqiqiy insoniy axloqni o‘zida

barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va ularning mehr-

shafqqatli, sofdil va maqbul bo‘lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi.

Prezidentimiz Yangi O‘zbekiston barpo etish bo‘yicha 2026-yilgacha

mo‘ljallagan ustivor vazifalarning dastlabki sifatida aynan ta’lim sohasini belgilab

berdi. Maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

370

qayta ko‘rib chiqilishi, yangilangan tizim, avvalo xorijiy ilg‘or mutaxassislar

ekspertizasidan o‘tkazilib, keyin hayotga tatbiq etishi zarurligi ta’kidlandi.

Anglashimiz kerakki, mamlakatimiz ta’lim tizimi yangi bosqichga, butunlay yangi

davrga qadam qo‘ymoqda.[8;102-104] Jahon ta’lim tizimini milliy ta’lim tarbiya

bilan bog‘lab ta’lim tizimimizni rivojlantirmoqdamiz Bu yo‘lda Avloniyning

pedagogik mahorati shuningdek, milliy tarbiya va ta’lim tizimidan foydalanish

maqsadga muvofiqdir. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida

tarbiya va ta’limni bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan tushunchalar deb ta’riflagan.

Uning fikricha, ilm berish bilan birga insonni axloqan komil etib tarbiyalash zarur.

Avloniy quyidagi tamoyillarni ilgari surgan:

1. Ilm va tarbiyaning uyg‘unligi – faqat bilim emas, balki tarbiyaviy jihatdan

yetuk shaxs tarbiyalash zarur.

2. Milliy g‘urur va Vatanga muhabbat – yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar,

Vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalari mustahkam o‘rnatilishi kerak.

3. Shaxs kamoloti – har bir inson o‘z ustida ishlashi, jismoniy, ma’naviy va

aqliy jihatdan rivojlanib borishi kerak.

4. Zamonaviylik va taraqqiyotga ochiqlik – ilm-fanni egallash,

texnologiyalarni o‘rganish, dunyoqarashni kengaytirish ta’limning asosiy

maqsadlaridan biri bo‘lishi lozim.

Hozirgi boshlang‘ich ta’limda Avloniy qarashlari o‘z ifodasini topmoqda:

Darslik va metodikalarda axloqiy tarbiya

– Boshlang‘ich sinflarda axloqiy-

etik tarbiya berish Avloniy asarlaridagi g‘oyalarga tayanadi. Masalan, “Men va

mening fazilatlarim”, “Do‘stlik”, “Vatanparvarlik” kabi mavzular orqali Avloniy

qarashlari o‘quvchilarga yetkazilmoqda.

Kompetensiyaviy yondashuv – Avloniy ta’limni faqat bilim berish emas,

balki hayotga tayyorlash deb bilgan. Bugungi kunda kompetensiyaviy yondashuv

asosida o‘quvchilarda muammoli vaziyatlarni hal qilish, mustaqil fikrlash,

jamiyatda faol ishtirok etish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

371

Faol ta’lim metodlari – Avloniy o‘quvchilarni faollikka, mustaqil fikrlashga

undash tarafdori bo‘lgan. Hozirgi boshlang‘ich maktablarda interfaol metodlar, rolli

o‘yinlar, jamoaviy ishlar keng qo‘llanilib, aynan shu g‘oyalar asosida darslar olib

borilmoqda.

Vatanparvarlik tarbiyasi – Avloniy “Vatan yo‘lida jon berish – eng oliy

saodatdir” deya ta’kidlagan. Bugungi ta’limda o‘quvchilarga milliy g‘urur, tarixiy

xotira, o‘zlikni anglash tuyg‘ulari singdirilmoqda.

Abdulla Avloniy birinchi o‘zbek teatri tashkilotchilaridan edi. Teatr uchun bir

necha drama yaratdi, ularni rejissyor sifatida sahnalashtirdi. Uning bu faoliyati o‘z

maktabida xor, ifodali o‘qish, musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim

ahamiyat kasb etdi. Abdulla Avloniyning badiiy asarlarni ifodali o‘qish sohasidagi

bunday faoliyati tezda Toshkentning usuli qadim va usuli jadid maktablariga ham

kirib bordi. Abdulla Avloniy asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan,

birinchi o‘rinda o‘quvchilarni ko‘zda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga

singdirish vazifasini muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o‘quvchilardan

ko‘ra ko‘proq muallimlar uchun yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu

nuqtayi nazardan, Abdulla Avloniyning muallimlarga qarata aytgan quyidagi

so‘zlari “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining maqsadini to‘la ifodalaydi: “Fikr

tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning

diqqatiga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning

sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya muallimlarning

yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi

muallimning tarbiyasiga bog‘lidur. Ta’lim ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa

ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan

kabidur”. Avloniy yaratgan asarlar hali-hanuz o‘z ahamiyati saqlagan holda, hozirgi

zamon darsliklari uchun dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.[7;90-92] U asarlar

yuksak tarixiypedagogik mazmunga ega bo‘lgan ta’limiy, qomusiy manbalardir.

Shu boisdan ham bu qo‘llanmalarga bo‘lgan qiziqish hamda talab so‘nggi besh


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

372

yillikda yanada kuchaydi. Darhaqiqat, Abdulla Avloniy asarlarining tub mohiyatiga

nazar tashlar ekanmiz, ularda o‘z aksini topgan mehnatsevarlik, vatanparvarllik,

adolat, diyonat, insonprvarlik tushunchalariga oid fikrlarning bugungi zamon uchun

ham nechog’lik katta ahamiyat kasb etishini ilg’ash mumkin.

Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning axloqini yaxshi

va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U

yaxshi xulqlarga matonat, nazokat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi

fazilatlarni kiritsa, g‘azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning

belgilari deb biladi. Biz pedagog sifatida o‘quvchilarni shu ruhda tarbiyalasak

albatta vatanni sevuvchi komil inson bo‘lib chiqadi. Avloniyning ma’rifatparvarlik

va milliy uyg‘onish g‘oyalarini kuylagan dastlabki she’rlari o‘zbek milliy uyg‘onish

davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo‘lib qoladi.[9;237] U bu turkumga

mansub she’rlarida o‘zbek mumtoz adabiyotidagi she’riy shakllarni katta ijtimoiy

mazmun, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.

Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she’r va masallar yozgan. Shoir bu

asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab

va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat ta’rifini boshlab,

“Tog‘laridan konlar chiqar, Yerlaridan donlar chiqar…

Havosi o‘ta yoqumlik, Cho‘llari bor toshlik, qumlik,

Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona

diyorga katta mehr uyg‘otishga erishadi.

Abdulla Avloniy pedagogik merosi bugungi boshlang‘ich ta’lim tizimining

tamal toshi sifatida xizmat qilmoqda. Uning g‘oyalari nafaqat tarixiy ahamiyatga

ega, balki amaliy qiymat kasb etadi. Shu boisdan, zamonaviy boshlang‘ich ta’limda

Avloniy qarashlarini chuqur o‘rganish va ularni yangicha yondashuv bilan tatbiq

etish dolzarb vazifadir. U ta’lim orqali jamiyatni isloh qilish mumkinligini isbotlab

bergan buyuk ma’rifatchidir.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

373

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini

abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida /O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoyishi, 08.10.2020 yildagi F-5598-son// Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 08/20/5598/1377-son.

2.

Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq”. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2016.

3.

Abdulla Avloniy(Jadid adabiyoti namoyondalari) - yurt qayg‘usi haqida

bebaho asarlar. – Toshkent: “Zabarjad media”, 2023.

4.

Zunnunov, A. Pedagogika tarixi. – Toshkent, 2004.

5.

Dolimov U. Milliy uyg’onish pedagogikasi. – T.: NOSHIR, 2012

6.

Mukhammadiyev, J. Mamanazarov, S. The issue of spiritual and moral

education in the works of Abdullah Avlani and its role in youth education Galaxy
international interdisciplinary research journal January, 2024. 117-121-p.

7.

Muxammadiyev.J, Mamanazarov.S, Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida

tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari maqolasi ERUS jurnali 31-dekabr 2023-
yil 18-son 90-92-b.

8.

Muxammadiyev.J, Mamanazarov.S, Ta’lim jarayonida shaxsni tarbiyalash

imkoniyatlari maqolasi ERUS jurnali 31-dekabr 2023-yil 18-son 102-104-b.

9.

Muxammadiyev.J, Mamanazarov.S, Uzluksiz ta’lim tizimidagi shaxs

ma’naviyatining shakllanganlik darajasi maqolasi ERUS jurnali 31-dekabr 2023-
yil 18-son 237-239-b.

10.

Muxammadiyev.J,

Mamanazarov.S,

Shaxs

ma’naviyatini

tarbiyalashda ta’lim muassasalari, oila va jamoatchilik hamkorligi yo‘nalishlari
maqolasi ERUS jurnali 31-dekabr 2023-yil 18- son 240-242-b

11.

Muxammadiyev.J.I Abdulla Avloniy ijodidda ma’naviy-ma’rifiy

pedagogik tarbiya masalalari ERUS jurnali 2023-yil 17-maxsus son 225-228-b.

12.

Mamanazarov.S.Sh Yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash

mexanizmlari, uslublari, shakl va vositalari ERUS jurnali 2023-yil 17-maxsus son
229-232-b