Авторы

  • Shavkatova Sevinch Shoyadbek qizi,
  • Qodirjonova Dilnura Oybek qizi
  • F.F.Usmonov

Биографии авторов

  • Shavkatova Sevinch Shoyadbek qizi,

    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

  • Qodirjonova Dilnura Oybek qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

  • F.F.Usmonov

    Ilmiy rahbar:  f.f.d.,dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88249

Ключевые слова:

Kalit so’zlar:fonetik uslub alliteratsiya assons intonatsiya emotsional-ekspressivlik ozbek tilshunosligi fonetik uslubiyat morfologik uslubiyati. Keywords: phonetic style alliteration assonance intonation emotional expressiveness Uzbek linguistics phonetic stylistics morphological stylistics. Ключевые слова: фонетический стиль аллитерация ассонанс интонация эмоционально-экспрессивность узбекское языкознание фонетическая стилистика морфологическая стилистика.

Аннотация

 Annotatsiya: Mazkur ishda fonetik uslub masalasi tahlil qilinadi. Tilshunoslikda uslubiy qatlamlar ichida fonetik vositalarning roli va ahamiyati alohida o‘rin egallaydi. Tadqiqotda fonetik uslubning asosiy jihatlari – tovushlarning emosional-ekspressiv imkoniyatlari, urg‘u, intonatsiya, pauza kabi elementlarning uslubiy qiymati o‘rganiladi. Ayniqsa, badiiy matnlarda fonetik vositalarning muallif niyatini ifodalashdagi ahamiyati, obraz yaratishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, zamonaviy lingvistikadagi fonetik stilistika yo‘nalishlari, olimlarning qarashlari tahlil qilinib, fonetik uslub vositalarining uslubiy funksiyalari misollar asosida yoritiladi.

    Аннотация: В данной работе анализируется проблема фонетического стиля. В языкознании роль и значение фонетических средств занимают особое место среди стилистических пластов. В исследовании рассматриваются основные аспекты фонетического стиля — эмоционально-выразительный потенциал звуков, стилистическое значение таких элементов, как ударение, интонация и пауза. Особенно в художественных текстах показано значение фонетических средств в выражении авторского замысла и их роль в создании образа. Также анализируются тенденции фонетической стилистики в современной лингвистике, взгляды ученых, на примерах иллюстрируются стилистические функции фонетических стилистических приемов.

    Annotation: This work analyzes the issue of phonetic style. The role and significance of phonetic means among the stylistic layers in linguistics occupies a special place. The study studies the main aspects of phonetic style - the emotional-expressive capabilities of sounds, the stylistic value of elements such as stress, intonation, pause. In particular, the importance of phonetic means in expressing the author's intention in literary texts, their role in creating an image are shown. Also, the directions of phonetic stylistics in modern linguistics, the views of scientists are analyzed, and the stylistic functions of phonetic means are highlighted on the basis of examples.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

350

FONETIK USLUB:NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY QIYMATI

PHONETIC METHOD: THEORETICAL FOUNDATIONS AND

PRACTICAL VALUE

ФОНЕТИЧЕСКИЙ МЕТОД: ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ И

ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ

Shavkatova Sevinch Shoyadbek qizi,

Qodirjonova Dilnura Oybek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti talabalari

Ilmiy rahbar:F.F.Usmonov f.f.d.,dotsent

Annotatsiya: Mazkur ishda fonetik uslub masalasi tahlil qilinadi.

Tilshunoslikda uslubiy qatlamlar ichida fonetik vositalarning roli va ahamiyati

alohida o‘rin egallaydi. Tadqiqotda fonetik uslubning asosiy jihatlari –

tovushlarning emosional-ekspressiv imkoniyatlari, urg‘u, intonatsiya, pauza kabi

elementlarning uslubiy qiymati o‘rganiladi. Ayniqsa, badiiy matnlarda fonetik

vositalarning muallif niyatini ifodalashdagi ahamiyati, obraz yaratishdagi o‘rni

ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, zamonaviy lingvistikadagi fonetik stilistika

yo‘nalishlari, olimlarning qarashlari tahlil qilinib, fonetik uslub vositalarining

uslubiy funksiyalari misollar asosida yoritiladi.

Аннотация:

В

данной

работе

анализируется

проблема

фонетического стиля. В языкознании роль и значение фонетических средств

занимают особое место среди стилистических пластов. В исследовании

рассматриваются

основные

аспекты

фонетического

стиля

эмоционально-выразительный потенциал звуков, стилистическое значение

таких элементов, как ударение, интонация и пауза. Особенно в


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

351

художественных текстах показано значение фонетических средств в

выражении авторского замысла и их роль в создании образа. Также

анализируются тенденции фонетической стилистики в современной

лингвистике, взгляды ученых, на примерах иллюстрируются стилистические

функции фонетических стилистических приемов.

Annotation: This work analyzes the issue of phonetic style. The role and

significance of phonetic means among the stylistic layers in linguistics occupies a

special place. The study studies the main aspects of phonetic style - the emotional-

expressive capabilities of sounds, the stylistic value of elements such as stress,

intonation, pause. In particular, the importance of phonetic means in expressing

the author's intention in literary texts, their role in creating an image are shown.

Also, the directions of phonetic stylistics in modern linguistics, the views of

scientists are analyzed, and the stylistic functions of phonetic means are

highlighted on the basis of examples.

Kalit so’zlar:fonetik uslub,alliteratsiya,assons,intonatsiya,emotsional-

ekspressivlik,ozbek tilshunosligi,fonetik uslubiyat,morfologik uslubiyati.

Keywords: phonetic style, alliteration, assonance, intonation, emotional

expressiveness, Uzbek linguistics, phonetic stylistics, morphological stylistics.

Ключевые слова: фонетический стиль, аллитерация, ассонанс,

интонация,

эмоционально-экспрессивность,

узбекское

языкознание,

фонетическая стилистика, морфологическая стилистика.

Tilshunoslikda uslubiyat (stilistika) tili ifodalash vositalarining estetik va

kommunikativ imkoniyatlarini o‘rganuvchi muhim sohaga aylangan. Ayniqsa,

so‘zning tovush jihatlari, ya’ni fonetik darajadagi uslubiylik, badiiy ifoda vositalari

tizimida muhim rol o‘ynaydi. Fonetik uslub tilning emotsional, obrazli va

ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qiladi. Ushbu maqolada fonetik uslubning nazariy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

352

asoslari, uslubiy vositalari hamda ularning adabiy va og‘zaki nutqdagi ahamiyati

tahlil qilinadi.

Fonetik uslubiyat tilshunoslikning fonetika, fonologiya va morfonologiya

sohalarining tekshirish obyekti bo'lgan nutq hodisalaridan qanday maqsadlarda,

uslubiy-ekspressiv jihatdan nimalarni ko'zlab foydalanish yuzasidan bahs

yuritadi.

1

Mohiyat va vazifa e'tibori bilan intonatsiya va to'xtam fonetik vosita

emas, balki uslubiy vositadir. Lekin ular nutq hodisasi" sifatida talaffuz bilan,

tilning

tovush

tomoni

bilan

zich

bog'langanligi

tufayli

fonetikada

o'rganiladi.Uslubiy ekspressiya nuqtai nazaridan til fonetik vosita matcriallaridan

adabiy orfografik normalardan «clietga chiqib» foydalanish muhimdir. Adabiy

orfoepik normalar doirasida yoziladigan so'zlar talaffuzidagi o'zgalik va, umuman,

tovushlarning kombinator rapozision o'zgarishlari ekspressiya hosil qilmaydi. Ular

faqat io'zlashuv-og'zaki nutq uslubiga xosligi bilan ajralib turadi, xolos. ular

normativ grammatika oddiy uslubiyatning o'rganish va tadqiq obyektidir. ; Fonetik

ekspressiya hosil qiluvchi vositalar, asosan. Quyidagilardan iborat unlini cho'zish.

Ma'lum bir so'zdagi unlini cho'zish (kvan- itativ urg'u) orqali so'zlovchi mazkur

unli ishtirok etgan so'zning na'nosini bo'rttiradi, diqqatni shunga jalb qiladi, nutq

paytida shu so'zga qo'shimcha ma'no yuklaydi va shu bilan ekspressiya hosil qiladi:

bosiq tovush bilan dedi:Ko'p yaxshi, keng xona, shirin tabasum kabi;b / unlini

kuchli talaffuz qilish (unliga zarb urg’usi berish) bilan. Bunda so'zlovchi o'z

nutqida keskinlik tusini beradi, fikr­ning qat’iy va ishonchli ekaniga ishora qiladi,

aniqlanuvchining boshqa shu turdan ajralib turishini ta'kidlaydi va shunday qilib,

butun gapga qo'shimcha vazifa yuklaydi: sizni ancha kutdim, tez kel, darrov jo'na

kab; v / undoshni ikkilantirish bilan so'zlovchi fikr obyektiga nis­batan o’zining

munosabatlarini, his-tuyg'ularini ifoda etadi, ma'no kuchaytirishga intiladi, undoshi

1

Xusanboyeva Q. (2021). Stilistik vositalar va ularning nutqdagi funksiyasi. Toshkent: Fan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

353

ikkilangan so'zga diqqatni jalb etadi: ...hammasiga sen muttaham aybdor.

Ayyorlikda uchchiga chiqqan. Mazza qiiib o'tirdik; CJnsin yumm-yumm yig'ladi.

Nima haqqing bor! g / ohang orqali gap mazmuni (darak, so'roq, uaaov)

o'zgarishidan tashqari piching, kesatiq, jerkish, achinish, koyish, shodlik, sevinch-

quvonch kabilami ifoda etadi. Demak, intonatsiya ma’noni kuchaytirish,

bo'rttirishga xizmat qiladi.

M O R F O L O G I K U S L U B I Y A T

Til morfologik vositalarning uslubiy .xususiyatlarini belgilashda, asosan,

ekspressiya bilan bog'liq bo'lgan tomonlarni nazarda tutmoq lozim, chunki so'z

turkumlarining asosiy shakllari, masalan, atoqli ot, turdosh ot, qo'shma ot, sifat,

asliy, nisbiy sifat, son, son turlari, fe'l, fe'l shakllarining bir qismi kabilar ekspres-

siya jihatdan uslubiy xususiyat kasb etmasligi mumkin. Masalan, ionlarning

hamma nutq janrlarida ishlatilishi mumkinligini alohida ta'kidlash uchun zarurat

yo’q, negaki bu izoh talab qilmaydigan iksiomadir.

2

Ot formalarining uslubiy xususiyatlari dastlab ko'plik ko'rsatkichlari,

turlovchilar va subyektiv baho ifodalovchi affikslar misolida zarur etadi. Til va

tafakkur taraqqiyotining bugungi bosqichida insonlar obyektiv olam va uning

hodisalaridagi eng olis, ko'z ilg'amas nuqtalaridagi nozik tomonlarm, eng nafis

ottenkalarni ilg'ab olmoqdalar va uni tilda mumkin qadar aniqroq, batafsilroq

bayon etishga intilmoqdalar. Ana shu zarurat, intilish oqibatida bir shaklni ikkinchi

bir mazmun ifodasi uchun qo'llasli hodisasi ko'payib bormoqda. Demak,

formalarning mazmun taraqqiyoti, obyekti real borliq va real voqelikdir.

O'zbek tilida «ko'plik» degan tushuncha kategoriya sifatida muxsus

affikslar orqali ifodalanadi. Bu formaning asosiy vazifasi predmetning birdan ortiq

2

Maxmatqulova M. (2024). Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent: Ilm Ziyo.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

354

ekanligini ko'rsatishdir. Ilg'or fermerlar qisqa muddatda o'z majbunyatlarini

bajardilar.Hozirgi o'zbek adabiy tilida egalik affikslarining variantlari juda kam: -

ngiz, -ingiz, -nglar, -inglar, ba'zan -laring.-ingiz formasi adabiy va so'zlashuv

uslubida bir xil mazmun uchun xizmat qiladi. Qolganlari so'zlashuv dialektal

nutqiga xosdir.

Sifatlar barcha nutq uslublarida keng qo'llanadigan uslubiy vosita bo'lib,

nutq jarayonida fikr yuritilayotgan predmetlarni alohida ajratib ko'rsatishga,

obyektiv olam narsa-hodislarini aniq ifodalashga yordam beradi. Ular poetik vosita

sifatida badiiy ijod- da sifatlashlar -epitetlar hosil qilishda qo'llanadi va kishi-

o'quvchi va tinglovchida badiiy-estetik zavq uyg'otishga, ta'rif va tavsifni

kuchaytirishga, bo'rttirishga omil bo'ladi. Masalan: Quyosh g'uborsiz ko'kda

taltayib porlaydi. Bu gapda «g'uborsiz» sifati qo'llanish bilan kishining ko'z

o'ngida ko'm-ko'k va bepoyon osmon kengligi gavdalanadi.

Sonlar predmet yoki ish-harakatning noma'lum, umumiy miqdoriga aniqlik

kiritib, obyektiv voqelik yuzasidan aniq tushuncha, tasavvur hosil qilishga xizmat

etadi. Bu jihatdan ular sifatga o'xshaydi, lekin sifatlar predmetni belgiga ko'ra

ajratadi,sonlar esa miqdorga ko'ra: qirmizak olma oldim-tur ajratilgan, to'rt kilo

olma oldim - tur ahamiyatsiz nomalum miqdorda aniqlik. Ma'lum bir sharoitda

miqdor haqida tinglovchi aniq tasavvurga ega bo'lishi nazarda tutilganda, vaziyat

shuni taqozo etganda, so'zlovchi aniq miqdor bildiruvchi, miqdorning aniqligi

muhim bo'lmay, umuman, predmet, harakat-holatning biror mo'ljaldaligi yoki

takrori nazarda tutilganda, taxminiy sonlar qo'llanadi. Masalan: O'n besh kundan

keyin traktorchi nomini oldim. Keyinchalik Haydar ikkovi oshno bo'lib qoldi. А .

Х . To'rt yuz-besh yuz qo'yni ovozidan taniydiya.(P.Qodirov) Aka-singil ikki-uch

mushtidan oshiqlar yerga sochilib ketdi. (P.Qodirov) .Miqdor va dona sonlar

hamma nutq uslublariga xos bo'lib, nutq paytidagi aniq miqdor haqida ma’lumot

beradi. Bunday sonlar maxsus fonetik vositalar G«urg'u berish» cho’zish) siz


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

355

ekspressiv xususiyat kasb etmaydi; Chama sonlar og'zaki va badiiy nutq uslubiga

xos bo'lib, ilmiy va rasmiy ish uslubida juda kam ishlatiladi. Ular muayyan nutq

jarayonida miqdor predmet, harakatning birdan ortiqligini, lekin tinglovchi uchun

bu miqdorning aniq emas, umumiy doirasigina ahamiyatli ekanligini ifodalashga

xizmat qiladi.

Olmoshlarning bir qisml predmet, belgi yoki miqdor tushun-chasini

bildirsa, ko'pchiligi o'sha predmetga nisbatan ishora qiladi. Belgi yoki miqdorda

ishora tushunchasi nisbatan kam ishlatiladi. Masalan: Shuncha daftarni nima

qilasan, gapidagi «shuncha» olmoshi miqdor s o n o'rnida emas, balki miqdorga

ishoradir olmoshlar yozma va og'zaki nutqda ortiqcha takrorlarga, nutqiy

noqulaylikka, g'alizlikka chek qo’yadi. Demak, nutqiy ifodalilik va ravonlik,

ixchamlikka xizmat qiladi

Obyektiv olamni voqea-hodisasi yuzasidan axborot berish va olish, inson

his-tuyg'ulari va borliqqa munosabatlari fe'l formalari orqali ifoda etiladi. Shuning

uchun ham fe'l formalarining qo'lla- nishidagi oziga xoslikiar uslubiy jihatdan

goyat muhimdir.

3

Nutqda fe'l formalarining grammatik jihatdan to'g'ri qo'llanishi

oddiy uslubiyatga xos bo'lib, fikrni to'g'ri va aniq bayon etishda asosiy vosita,

mezon hisobianadi. Fe'l mayllarining har biri nutq vaziyatiga ko'ra turlicha modal

munosabatlarini ifodalashi mumkin. Masalan, hamma ishla- yapti, sen dam olib

o'tiribsan gapida «dam olib o'tiribsan» fe'li axborot emas, balki koyish, norozilik,

afsus ottenkasini beradi. Bu yerdan hoziroq het gapida «ket» fe'li oddiy buyruq

ma'nosiga qistash /a c h in ish /, qat'iy buyruq, do'q urish kabi ottenkani qo’shadi

va hakozo.

Nutq jarayonida ish-harakat bilan bog'liq bo'lgan holat, o'rin, payt, sabab,

maqsad va miqdor tushunchalari yuzasidan ma'lumot berish ko'zda tutilganda,

3

Husanboyeva Q., Niyozmetova R. (2022). “Fonetik vositalarning stilistik yuklamasi”. // O‘zbek tili va

adabiyoti jurnali,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

356

ravishni u yoki bu turidan foydalaniladi. Holat ravishlari, ayniqsa, -ona, -Iarcha, -

day, -dek formalari orqali hosil qilingan ko'rinishlari og'zaki va badiiy uslubga xos

bo'lib, nutqqa ko'tarinkilik, joziba baxsh etadi, voqelikni bo’rttirib ifodalaydi

dushmanga qarshi mardona kurashdi.Choqqilar osmon bilan tutashgandek

ko’rinadi. Jangovar topshiriq mardlarcha bajarildi kabi.

Fonetik uslub – bu nutqning tovush qatlamiga oid uslubiy xususiyatlarini

ifoda etuvchi til qatlamidir. U tovushlar, urg‘u, intonatsiya, pauza, tovush

takrorlari, ohang va nutq tempiga oid elementlarni o‘z ichiga oladi. Bu vositalar

orqali matnga badiiylik, emotsionallik, obrazlilik va ta’sirchanlik baxsh etiladi.

Fonetik vositalar nafaqat poetik matnlarda, balki siyosiy nutqlar, teatr san’ati,

ommaviy axborot vositalari hamda kundalik muloqotda ham keng qo‘llaniladi.

Alliteratsiya

– bir xil yoki o‘xshash undosh tovushlarning

takrorlanishi:"Ko‘ksimda to‘lg‘ondi to‘lqinlar, to‘xtamay"Bu misolda “t”

tovushining takrorlanishi ritmik, obrazli va hissiy tus beradi.Assonans – bir xil yoki

o‘xshash unli tovushlarning takrorlanishi:"Oy sayr qiladi soyada, hayol hayolga

hayron."Onomatopoeiya – tovushlarni tabiatdagi tovushlarga taqlid shaklida

ifodalash:"Shuvilladi shamol, g‘uvilladi daraxtlar."Urg‘u va intonatsiya – gapdagi

ma’no urg‘usini ta’kidlash, ohang orqali hissiy yuklama berish.Pauza – dramatik

nutqda yoki poetik matnda emotsional pauzalar yordamida diqqatni jamlash.

O‘zbek tilshunosligida fonetik uslub masalasi bo‘yicha bir qancha olimlar

tadqiqot olib borgan. M. Jo‘rayev fonetik stilistika tushunchasini keng talqin qilib,

tovushlarning estetik funktsiyasini yoritgan. G‘. Rahmatullayev fonetik

vositalarning badiiy matndagi obrazlilikka xizmat qilishini ta’kidlagan. T.

Hojimurodov esa fonetik uslub vositalarining teatr nutqidagi ifoda kuchini alohida

o‘rgangan.Zamonaviy stilistikada fonetik vositalar lingvopoetik tahlilda muhim

ahamiyat kasb etadi. Xorijiy tilshunoslikda, xususan, R. Jakobson, S. Levin kabi

olimlar fonetik ekspressivlikni poetik tilning asosiy komponentlaridan biri deb


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

357

baholashgan. Fonetik uslubning amaliy ahamiyatiFonetik uslub faqat badiiy nutqda

emas, balki teatrda, radio va televideniye chiqishlarida, siyosiy va notiqlik

nutqlarida, pedagogik nutqda keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlar

sahnalashtirilganda intonatsiya, pauza va urg‘ular orqali obrazlarning ruhiy holati

ifodalanadi.Shuningdek, fonetik uslub vositalari tarjima ishlarida, nutq

madaniyatini o‘rgatishda, til o‘rgatish metodikasida ham muhim rol o‘ynaydi.

4

Inson tili tovush tili bo‘lganligi uchun tildagi so‘zlar, iboralar, gaplar nutq

tovushlari vositasida namoyon bo‘ladi. Adabiy asarlarning badiiyligini

ta’minlovchi fonostilistik asoslardan biri — tovushdir.

Tovushlar, shuningdek, urg‘u va intonatsiya poetik asarlar ohangdorligini,

emotsional ta’sirchanligini oshirishda muhim stilistik vosita bo‘ladi. So‘z, ibora va

so‘z shakllarda bo‘lgani kabi, tovushlarda ham ma’lum uslubiy bo‘yoq

ifodalanadi.Nutq

tovushlaridagi

emotsionallik, ta’sirchanlik, talaffuzdagi

jarangdorlik, eshitishdagi yoqimlilik, ularning badiiy qo‘llanish qoidalari, estetik

roli fonetik stilistikaning o‘rganish obyektidir.Shu jihatdan olganda, fonetik

vositalar ham emotsionallik, ta’sirchanlik, talaffuzdagi jarangdorlikni ta’minlashda

alohida o‘rin tutadi. Tabiiyki, nutqda emotsional-ekspressiv vazifa fonetik vositalar

yordamida amalga oshiriladi. Ya’ni, nutq tovushlarini cho‘zib talaffuz qilish yoki

birdan ortiq yozish, fonetik jarayondagi turli hodisalar so‘zlovchining nutq

jarayoniga, voqelikka turli munosabatini ifodalaydi: kinoya, kesatiq, g‘azab,

quvonch, taajjub va hokazo.

5

“Ekspressiv fonetika” atamasi ilk bor tilshunos olim

Sh. Balli tomonidan qo‘llangan bo‘lib, u o‘z asarida fonetik uslubiy vositalarni

keng tahlil etgan. Rus tilshunosligida R.I. Avanesov, V.V. Vinogradov, N.S.

4

Saidova G. (2024). She’riy nutq va fonetik ifoda. Buxoro: Adabiyot nashriyoti.

5

Ro‘zmetova M. (2023). “Fonetik ifodaning badiiy uslubdagi o‘rni”. // Filologiya masalalari,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

358

Trubetskoy, L.V. Shcherba va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini

topgan.

O‘zbek tilshunosligida ham muayyan tovushlarning nutq uchun xoslanishi,

tovushlarning poetik salmog‘i, ularning turli assotsiatsiyalar bilan bog‘lanishi, nutq

tovushlari sistemasida ekspressivlikni ifodalash jihatidan unli tovushlarning

imkoniyati kengligi, shuningdek, ta’sirchanlikni oshirishda undosh tovushlar

asosida yuzaga keladigan alliteratsiyaning o‘rni xususida bir qancha tadqiqotlar

maydonga kelgan.

Talaffuz stillari. Ma’lumki, kishilar kundalik aloqa jarayonida so‘z va so‘z

shakllarni turlicha talaffuz qiladilar. Bu e’tiborsizlik, tez gapirish, toliqish yoki

hayajonlanish, charchash natijasida yuz beradi. Tildagi so‘z va iboralar talaffuz

qilinish xarakteriga ko‘ra to‘liq va noto‘liq talaffuz stillariga bo‘linadi.

To‘liq talaffuzda so‘z va iboralardagi barcha tovushlar, bo‘g‘in va urg‘uga

e’tibor beriladi. Noto‘liq talaffuzda esa bunga e’tibor berilmaydi. Nutqning vazifa

uslubi bilan bog‘liq holda talaffuzning ham uch uslubi farqlanadi: neytral talaffuz

stili, kitobiy talaffuz stili, so‘zlashuv talaffuz stili.

Neytral talaffuz uslubiga emotsional bo‘yoqi bilan farqlanmaydigan, aloqa

jarayonining asosini tashkil etadigan kundalik nutqiy talaffuz kiradi.Kitobiy

(tantanali) talaffuz usulidan ommaviy nutqlarda, muhim axborotlarda, badiiy

o‘qishlarda foydalaniladi. Bunda tekis ritm, urg‘ularni to‘g‘ri qo‘yish, intonatsion

ko‘tarilish asosiy o‘rinda turadi.

So‘zlashuv talaffuz usuli jonli nutqda, dialoglarda, badiiy asarlardagi

personajlar nutqiga xosdir. Bunda unlilarni cho‘zish, tovushlarning o‘rin

almashtirishi, undoshlarni ikki lantirish, singarmonizm mavjud bo‘ladi. Qo‘shma

so‘zlarning ham talaffuzi aniq bo‘lmaydi (masalan: "oltmish" – "olmish", "olib

bor" – "obbor", "mening" – "mani", "o‘n uch" – "o‘nuch", "uzib olmoq" – "ussam").


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

359

Badiiy adabiyotda personajlar nutqi talaffuzi muhim uslubiy ahamiyatga

ega. Chunki talaffuz orqali yozuvchi u yoki bu personajning bilimi, ijtimoiy holati,

madaniyati va boshqa jihatlari bilan bog‘liq xususiyatlarini ko‘rsatishga harakat

qiladi.

6

Intonatsiya – tovushning baland yoki past ohang bilan aytilishidir.

Intonatsiya so‘zlovchining o‘zgalarga qanday munosabatda ekanini, suhbatdoshiga

bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. Intonatsiya orqali nutq emotsional

ekspressivlikka ega bo‘ladi. Og‘zaki nutqda ovozning ko‘tarilishi yoki pasayishi

orqali ro‘yobga chiqadi, yozma nutqda esa turli tinish belgilar, kursiv yozuv bilan

belgilanadi.

Badiiy asarlarda intonatsiyaning savol, xitob, darak, kinoya, g‘azab, ta’kid,

o‘ksinish, qo‘rqinç, hayratlanish va boshqa ko‘rinishlari uchraydi. Intonatsion

vositalardan: temp, tembr va urg‘u nutq egasining umumiy holati, hayajon va

kayfiyatni ifodalashga xizmat qiladi.Demak, fonetik vositalar ham, o‘z navbatida,

so‘z ma’nosini kuchaytiruvchi vosita sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, turli

fonetik variantlarda ifodalanadi hamda har bir tilning o‘ziga xos uslubiy

xususiyatlarini aks ettiradi.

Fonetik uslub tilshunoslikda muhim o‘rin tutadi, chunki u tovushlar tizimi va

stilistik vositalar orqali nutqning emotsional va estetik jihatlarini kuchaytiradi.

Fonetik vositalar, masalan, alliteratsiya va assonans, she’riyatda muhim rol

o‘ynaydi va badiiy ifodaning kuchayishiga xizmat qiladi. Og‘zaki nutqda esa

fonetik uslub orqali auditoriya bilan samarali muloqot o‘rnatiladi, bu esa nutqning

ta’sirini oshiradi.

6

Tojiboyeva Z. (2023). Nutq madaniyati va fonetik vositalar. Namangan: Pedagogika nashriyoti.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

360

Zamonaviy nutq jarayonlarida fonetik uslubdan foydalanish til va nutqni

boyitadi, muallif yoki so‘zlovchining hissiy holatini, fikrini yanada aniq va ta’sirli

ifodalash imkonini yaratadi. Shuningdek, fonetik uslub adabiyotshunoslik, teatr,

jurnalistika kabi sohalarda ham qo‘llanilib, tilni yanada chuqurroq tahlil qilish

imkonini beradi.

Demak, fonetik uslub tilshunoslikda va amaliy nutqda muhim vosita bo‘lib,

nutqning estetik va emotsional jihatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xusanboyeva Q. (2021). Stilistik vositalar va ularning nutqdagi funksiyasi.

Toshkent: Fan.

2. Maxmatqulova M. (2024). Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent: Ilm Ziyo.

3. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. (2022). “Fonetik vositalarning stilistik

yuklamasi”. // O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, №1.

4. Saidova G. (2024). She’riy nutq va fonetik ifoda. Buxoro: Adabiyot

nashriyoti.

5. Ro‘zmetova M. (2023). “Fonetik ifodaning badiiy uslubdagi o‘rni”. //

Filologiya masalalari,

6. Tojiboyeva Z. (2023). Nutq madaniyati va fonetik vositalar. Namangan:

Pedagogika nashriyoti.

7. Xusanboyeva Q. (2023). Og‘zaki nutq stilistikasi. Toshkent: Ma’rifat.

8. Usmonov F.F. (2020). Til va uslub: nazariy va amaliy masalalar. Toshkent:

Universitet.