Авторы

  • Abdurasulova Gulshan Erkinjon qizi
  • Parda Alimov

Биографии авторов

  • Abdurasulova Gulshan Erkinjon qizi

       Termiz davlat pedagogika institute I bosqich magistranti

  • Parda Alimov

    Ilmiy rahbar : O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi, Filologiya fanlari nomzodi,datsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88253

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Zulfiya va Gulandon Tog’ayeva she’riyati hijron konsepti hijron motivi ayol qalbi muhabbat va ayriliq she’riyatda dard va sog’inch. Key words : Zulfiya and Gulandon Togayeva’s poetry emigration concept emigration motive female spirit love and separation pain and longing in poetry. Ключевые слова:поэзия Зулфии и Гуландон Тогаевых концепция емиграции мотив емиграции женский дух любовь и тоска в поэзии.

Аннотация

  Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek she’riyatida o’z o’rniga ega bo’lgan,  ayollarning o’y-hayollari,ichki dunyosini o’lmas satrlar orqali yoritib bera olgan ijodkorlarimiz Gulandon Tog’ayeva va Zulfiya ijodidagi hijron motivlari aks ettirilgan.Ularning  she’rlarida hijron mavzusining badiiy talqini ,ayol qalbining kechinmalari va hijronning poetik ifodasi tahlil etiladi.Shoiralar she’rlaridagi ruhiy holat ,sog’inch,sadoqat va ayriliq motivlari adabiy-nazariy yondashuv asosida yoritiladi.

  Аннотация: В данной статье отражены мотивы эмиграции  в творчестве  Гуландон Тогаевой и Зулфьфии ,которые имеют свое место в узбекской поэзии и способны через бессмертные строки осветить женские мысли и внутренний мир.В их стихах анализируются художественная интерпретация темы емиграции,переживания женской души и поэтическое выражение емирации.На основе литературно- теоретического подхода выделены мотивы душевного состояния,тоски,верности и разлуки  в стихах поетов.

Abstract: This article reflects the motifs of migration in the works of our artists Gulandon Togayeva and Zulfiya, who have a place in Uzbek poetry and are able to illuminate the thoughts, dreams, and inner world of women through immortal lines. The artistic interpretation of the theme of migration, the experiences of the female heart, and the poetic ideal of migration are analyzed in their poems. The motives of mental state, longing, loyalty, and separation in the poetess' poems are highlighted based on a literary-theoretical approach.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

327

HOZIRGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA HIJRON MOTIVI

Termiz davlat pedagogika institute I bosqich magistranti

Abdurasulova Gulshan Erkinjon qizi

Ilmiy rahbar : O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi, Filologiya

fanlari nomzodi,datsent

Parda Alimov

Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek she’riyatida o’z o’rniga ega bo’lgan,

ayollarning o’y-hayollari,ichki dunyosini o’lmas satrlar orqali yoritib bera olgan

ijodkorlarimiz Gulandon Tog’ayeva va Zulfiya ijodidagi hijron motivlari aks

ettirilgan.Ularning she’rlarida hijron mavzusining badiiy talqini ,ayol qalbining

kechinmalari va hijronning poetik ifodasi tahlil etiladi.Shoiralar she’rlaridagi

ruhiy holat ,sog’inch,sadoqat va ayriliq motivlari adabiy-nazariy yondashuv

asosida yoritiladi.

Аннотация: В данной статье отражены мотивы эмиграции в

творчестве Гуландон Тогаевой и Зулфьфии ,которые имеют свое место в

узбекской поэзии и способны через бессмертные строки осветить женские

мысли и внутренний мир.В их стихах анализируются художественная

интерпретация темы емиграции,переживания женской души и поэтическое

выражение емирации.На основе литературно- теоретического подхода

выделены мотивы душевного состояния,тоски,верности и разлуки в стихах

поетов.

Abstract: This article reflects the motifs of migration in the works of our

artists Gulandon Togayeva and Zulfiya, who have a place in Uzbek poetry and are

able to illuminate the thoughts, dreams, and inner world of women through

immortal lines. The artistic interpretation of the theme of migration, the


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

328

experiences of the female heart, and the poetic ideal of migration are analyzed in

their poems. The motives of mental state, longing, loyalty, and separation in the

poetess' poems are highlighted based on a literary-theoretical approach.

Kalit so’zlar: Zulfiya va Gulandon Tog’ayeva she’riyati,hijron

konsepti,hijron motivi,ayol qalbi,muhabbat va ayriliq,she’riyatda dard va

sog’inch.

Key words : Zulfiya and Gulandon Togayeva’s poetry,emigration

concept,emigration motive,female spirit,love and separation ,pain and longing in

poetry.

Ключевые слова:поэзия Зулфии и Гуландон Тогаевых ,концепция

емиграции,мотив емиграции ,женский дух,любовь и тоска в поэзии.

Hozirgi she’riyatimizda shoirlar hijronni sevgi iztiroblari,vatandan

uzoqlik va inson ruhiyatining murakkab kechinmalari bilan bog’lab

tasvirlaydilar.Ayniqsa,Zulfiya va Gulandon Tog’ayeva ijodida hijron konsepti

o’ziga xos badiiy talqinlarda namoyon bo’ladi.

Hozirgi

o’zbek

adabiyotining

yorqin

nomoyondalaridan

biri

Zulfiyadir.Uning she’riyati qalbning eng nozik tuyg’ularini aks ettiradi.Zulfiya

ijodining lirik qahramoni ko’pincha sevgi va ayriliq iztiroblariga duch

keladi.Zulfiya bu tuyg’ularni yurakdan kechiradi,xis qiladi.Uning she’rlari inson

qismati bilan bog’liq holda tasvirlanadi.Uning “Ko’rganmiding ko’zlarimda

yosh”,”Sensiz”,”Sen qaydasan yuragim” kabi she’rlarida “hijron”motivi bilan

qurilgan.Masalan,”Korganmiding ko’zlarimda yosh” she’rida yor iztirobi,yorisiz

o’tayotgan kunlarni tasvirlaydi.

Sog’inganda izlab bir nishon’


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

329

Qabring tomon olar edim yo’l .

Keltirarding menga bir zamon ,

Endi har chog’ men eltaman gul.

Biz yig’ladik tepangda shu kun ,

Keldingmi deb ko’tarmading bosh .

Aytchi senla baxtiyor ular,

Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh.[1: ]

Adabiyotshunos olima Maqsuda Qosimovani “Hijron mavzusi o’zbek

she’riyatida ayol qalbining chuqur iztiroblarini ifodalashda markaziy mavzulardan

biridir.Ayniqsa,Zulfiya she’riyatida bu mavzu sadoqat va yod etishning badiiy

timsoliga aylanadi”[ 2: ] degan fikrlari mavjud.

Zulfiya o’zining lirikasida sevgi va ayriliqni yurakdan kechiradi.Uning

hijron motivi inson qalbining qismati bilan bog’liq holda tasvirlanadi.Shoira

hijronni sevgi fojiasi,yor sog’inchi va qalb iztiroblari orqali ko’rsatadi.

Sen ketding qolmadi endi madadkor,

Qalbimda hijrondan yonddi bir gulxan.

Tunlarim zulmatga to’ldi ey yor,

Sensiz bu hayotim bir qorong’u zindon.

Ushbu satrlarda hijron yor sog’inchi bilan bog’lanib,inson qalbini

qamragan iztirob va yolg’izlikni aks ettiradi.Hijronning gulxan sifatida talqin

etilishi

qalbdagi

og’riqni

kuchaytiradi

va

sevgining

abadiyligini

ta’kidlaydi.Naznimda hijron bu shunchaki ayriliq emas,balki inson qalbining eng

teran holatidir .She’rida hijronni tasvirlashi orqali ijodkor ,nafaqat ijodkor balki


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

330

kitobxon ham undan ta’sirlanadi,qalb torlari chertiladi,ma’lum ma’noda yurakda

qanaqadir jizzillashni xis qiladi.Ana shunda ijodkor maqsadiga yetadi.

Yana bir buyuk xilqat,ovozi tog’lardagi aks-sado misol jaranglab chiqqan

o’zbek ijodkori Gulandon Tog’ayeva she’riyatga shaxtam qadamlari bilan kirib

keldi.Shoira she’rlarining mavzusi muhabbat,yor,vatan,ona kabi mavzulardan o’rin

olgan.Gulandon Tog’ayeva hijronni inson ruhiyati va o’zlikni anglash jarayoni

sifatida tasvirlaydi.Uning she’rlarida insonning ichki iztiroblari hayotiy izlanishlari

va falsafiy mulohazalari hijron orqali ochib beriladi.

Yozuvchi Abdulla Qahhor aytganidek: “Hijron -bu yurakdagi mudom

chaqnab turadigan chaqmoq .Yaxshi yozuvchi bu chaqmoqni so’z bilan tutib

oladi”,- deya ta’riflagan .[2;]

Shoiraning “Sevganlar yig’lasin “ she’riga nazar tashlasak,shoiraning

ko’nglidagi quyilgan satrlarni yozadi:

Men muhtojman kimgadir bugun,

Sevilmaga yuragim og’ir.

Taqdir xatin ko’tarolmasdan,

Yelkalarim dol bo’lib og’rir.[3;ziyo.uz]

Bilamizki, mumtoz she’riyatimizda qomatga nisbatan dol,alif deb yuritish

an’anaga aylangan.Ijodkor ham taqdir bergan yuklarni ko’tarolmay yelkalari dol

misol bukilganini,u yuklarni ko’tarish uchun unda na sevilgan yurak,na bosh

qo’yish uchun bir yelka borligidan yuragi og’rishi haqida yozadi.

Ijodkor “Meni shuncha yashatdi ,balkim – boy berilgan firoqning dardi” ,-

deya hijronga limmo-lim hayotini tasvirlaydi.Shoira nazarida hijron hayotni ma’no

bilan to’ldiradi,insonni yurakdan gapiradigan darajagacha olib chiqadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

331

Hozirgi

o’zbek she’riyatida hijron konsepti inson ruhiyatining

murakkabligini aks ettiruvchi muhim mavzu hisoblanadi.Zulfiya va Gulandon

Tog’ayeva ijodida hijron o’ziga xos badiiy qirralarda namoyon bo’ladi.Zulfiya

sevgi va vatan sog’inchi bilan hijronni yoritgan bo’lsa,Gulandon Tog’ayeva uni

falsafiy izlanish va ijtimoiy begonalashuv bilan bog’laydi.Ikkala shoiraning hijron

talqinlari zamonaviy she’riyatimizning boyligi va turfa qirralarini ko’rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

1. Zulfiya. "She’rlar". – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot

va san’at nashriyoti, 1980.

2.

To‘g‘ayeva G. "Ko‘nglimda bir ovoz". – Toshkent yozuvchi

3. Karimov M. O‘zbek lirik she’riyati: XX asr va XXI asr boshlari. –

Toshkent: Fan,

4. Qo‘chqorova M. Zulfiya ijodida ayol qalbi va ma’naviyat // O‘zbek

adabiyoti va san’ati jurnali. – 2021,

5. G‘ulomov A. O‘zbek she’riyati: an’ana va yangilanishlar. – Toshkent:

O‘qituvchi