Авторы

  • G.Abdurasulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88254

Ключевые слова:

Kalit so'zlar: Zamonaviy o'zbek she'riyati Usmon Azim lirik qahramon nido tashbex tashxis tazod tasvir moddiyat uslub xarakter.

Аннотация

  Annottatsiya: Ushbu maqola sòz orqali kishiga badiiy ta'sir qiluvchi,sof tuyģular va sara satrlar bilan xalq qalbiga kirib borgan yetuk ijodkor Usmon Azimning "Azizim"she'ri tahlil ostiga olingan .


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

321

USMON AZIMNING "AZIZIM "SHE'RINING BADIIY TAHLILI

G.Abdurasulova

Annottatsiya: Ushbu maqola sòz orqali kishiga badiiy ta'sir qiluvchi,sof

tuyģular va sara satrlar bilan xalq qalbiga kirib borgan yetuk ijodkor Usmon

Azimning "Azizim"she'ri tahlil ostiga olingan .

Kalit so'zlar: Zamonaviy o'zbek she'riyati,Usmon Azim,lirik qahramon ,nido

,tashbex,tashxis,tazod,tasvir, moddiyat,uslub,xarakter.

Usmon Azim she'riyatga o'zining o'tli nafasi ,o'tkir qalami,tizginsiz

tuyg'ulari ila kirib kelgan ijodkordir.Uning fikrlari teran ,tuyg'ulari xalqchil "Inson

qalbining quvonch-u qayg'usini ,ezgulik va hayot mazmunini Usmon Azimdek

teran ifoda etgan shoir adabiyot bo'stonida kamdan -kam topiladi".

Toshlarnida cil -chil etguvchi otashin xis -tuyg'ular ijodkorni qalam

tutmaslikka ,qalbida isyon qilgan tuyg'ularini oq qog'ozga muhrlamaslikka

qo'ymaydi.Shu tuyg'ular isyoni o'laroq shoir elda aziz, she'riyat gulshanida sayroqi

bulbul.Usmon Azim she'riyatda muhabbat mavzusida ko'p va xo'p yozgan

qalamkash .Uning nafaqat muhabbat haqidagi balki barcha mavzuda yozilgan

asarlari takrorlanmas ifodalarga ega .Buning sababini esa u ishqni ,muhabbatni

qalbiga singdirib ,uqtirib olganligida deyish mumkin.Bu xususda adabiyotshunos

olim Ibrohim G'ofurov shunday fikrlarni beradi: "She'r yozadiganlar ko'p,ammo

sevishga qodir ,ko'nglini ishq ishg'ol qilgan shoirlar juda kam".U.Azim mana

shunday ijodkorlardan .U.Azim she'riyatiga ko'p munosobat bildirilgan

bo'lsada,alohida monografik yo'nalishda ustozimiz F.Sultonqulova ilk bora

o'rganmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

322

SHe'rni yaratadiga dard shoir qalbida ko'pdan beri yetilib kelayotgan

bo'ladi.Kechinma ana shunday yaratilishining mevasidur.Kechinmaning salmog'i

va darajasi shoir nazdida ulg'ayib boradi"(Jumagul Suvonova).

Azizim devorda chiqqillar soat,

Kun-u tunni bo'ldik yigirma to'rtga,

Soat buyrug'iga qilib itoat,

O'zimni tashlayman tafti yo'q o'tga .

Sahar odamlardan yugurib,o'zib,

Ishxonaga qadar qo'yaman poyga.

Kunduz o'tiraman o'ylarim to'zib,

O'zim stolda-yu ,xayolim oyda.

Kunduz latifalar aytaman yig'lab ,

Qalam qitirdatib suraman xayol.

O'ylayman kimdandir safsata tinglab,

Meni unutmoqda men sevgan ayol.

Oqshom.Xiyobonda she'r kezadi mast,

Oqshom.Meni ko'rib silkitasan qo'l.

- Do'stginam, muzladim eritgin bir past,

Do'stginam,o'lguncha yonginamda bo'l.

Besabir panjalar bir -birin izlar,

Ko'zlaring vafodan o'qiydi doston.

Oqarar,bo'zarar,lovullar yuzlar,

Falak zamin bo'lar ,yer bo'lar osmon.

Azizim,izladim,qotdim,

Olovdan bermagin befoyda darslar.

Men qalbim olovin mangu yo'qotdim,

Tegramda qullar yo mansabdor shaxslar.

Xayr ,ko'rishguncha,xayr dilbandim,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

323

Yolg'iz so'ylagaysan sevgingni oyga.

Uxlamog'im kerak .Vujudim manim

Tongda ko'chalarda qilguvsi poyga.

Shoirni jamiyatda keng ildiz otib borayotgan mehrsizlik,pulning izidan

quvish va qalblarning muzlab borishi qattiq tashvishlantiradi.Yuqorida keltirilgan

she'rda shoirning lirik qahramoni mehr izlaydi.Lirik qahramon hayot tashvishlari

iskanjasidan otilib chiqib,o'quvchiga nido bilan murojaat qiladi:"Azizim devorda

chiqqilar soat,kun-u tunni bo'ldik yigirma to'rtga".

Vaqt hukmiga bo'ysunib ,24 soat hayot tashvishlari-moddiyat deya boshqa

samimiy ,insoniy tuyg'ularining e'tiborsiz qolayotganidan iztirobda. Go'yo

qahramon uchun o'zining hayoti otashin tuyg'ular :mehr ,oqibat,diydor kabilardan

bebahra qolayotgandek. Shu tuyg'ular yetishmasligi tufayli hayoti o'tli emas ,tafti

yo'q "Soat buyrug'iga qilib itoat,o'zimni tashlayman tafti yo'q o'tga ".

Usmon Azim she'rni jnsonning hayot tasviri bilan boshlaydi. Tasvir esa

badiiylik libosiga o'rab o'quvchiga taqdim etiladi.Albatta ,badiiylik inson tasviri

bor joyda hamisha bo'ladi yoki inson tasviri bor joyda badiiylik yordamga

keladi.Bu borada taniqli adabiyotshunos ,yozuvchi I.Sulton "Inson tasviri yo'q

joyda badiiy adabiyot yo'q" degan go'zal fikrlarni beradi. Usmon Azim lirik

qahramonni she'r ruhiga mos holda tasvirlagan.She'rda lirik qahramon o'z "men"ini

saqlay olgan (garchi menidan kechmoqchi bo'lsada.)She'rda lirik qahramonning

o'rni haqida U.To'ychiyev shunday deydi: "Lirik qahramon subyektivlik saltanati

shohidir". Usmon Azimning lirik qahramoni bir xil hayot tarzidan zerikkan

,sahardan turib ,yugurib ,shoshib ,go'yo poyga qilib ishxonaga boradi :"Sahar -

odamlardan yugurib,o'zib ishxonaga qadar qo'yaman poya".

Ishxonaga borganida esa xayoli parishon ,garchi o'zi stulda o'tirsada,xayoli

oyda .Qahramon o'zining holatiga endi achinadi ham.Latifa insonni aslida kuldirish

uchun,madaniy hordiq berish uchun aytiladi.yaxshi saviyaga ega latifalar insonni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

324

chin dildan yayratib kuldiradi. Lekin lirik qahramon holati shu darajaga birib

yetganki,xatto latifa ham uni kuldira olmaydi,aksincha u yig'laydi:

"Kunduz latifalar aytaman yig'lab ,qalam qitirdatib suraman xayol ".

Qahramon xayol surishni davom etadi: qalamini qitirlagancha xayolga

cho'madi;moddiyat ,ish ,tashvish deya sevgan ayoliga e'tibor bera olmayapdi

u.Sevgan esa suxbat istaydi,kimlardandir safsata tinglab uni unutyapdi.Bu lirik

qahramonda og'ir bir holat paydo qilmoqda:

O'ylayman kimdandir safsata tinglab ,

Meni unutmoqda, men sevgan ayol.

She'4ning keyingi misralari oqshom tasvirlari bilan boshlanadi.

Qahramonning xayolida kechayotgan o'ylari go'yo bir she'rga aylanganu

xiyobonda kezib yuribdi .Ayni damda kirik qahramon do'stiga duch bo'ladi va unga

iltijo qiladi:

Oqshom .Meni ko'rib silkitasan qo'l,

Do'stginam ,muzladim eritgin bir pas.

Do'stginam ,o'lguncha yonginamda bo'l.

Usmon Azim keyingi misralarda go'zal bir o'xshatish qo'llaydi.Albatta,bu

jarayonni shu holda shu holda tasvirlash uchun faaat U. AZIM bo'lishi kerak .

Shoirning so'zga mohirligi shunday o'shatishlarni ixcham tasvirlay olishidadir:

Besabir panjalar bir -birin izlar,

Ko'zlaring vafodan o'qiydi doston.

Shoir uzoq vaqt ko'rishmagan insonlarning bir -birlariga qo'llarini

cho'zgancha talpinishlarini ,ularning mehr-u vafolari ko'zlarida balqishlarini ,shu


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

325

ikki misra orqali go'zal ifodalay olgan.Kirik qahramonning diydordagi holati

ko'zlaridan yuzlariga chiqib boradi .

Oqarar ,bo'zarar ,lovullar yuzlar,

Falak zamin bo'lar ,yer bo'lar osmon.

Keyingi misralarda qahramonning ruhiy holati yanada og'irlashadi.U o'zidan

diydor taftini,mehr iliqligini izladi.Topa olmagach butkul "qotdi".Suxbatlar quruq

gapday tuyuldi unga .Endi u qalbining olovini ,taftini manguga ,buthn umrga

yo'qotdim deb o'ylaydi.Uning uchun bu dunyo qullar yo mansabdor shaxslardan

iborat.Va bu holat uning xarakteriga singib ketgan .Qahramonning ruhiy holati

borib-borib xarakterga aylanib borishi xususida I. Sultonning "Adabiyot

xarakterlar yaratish san'ati" ,degan fikrlarini dalil qilib olishimiz mumkin .

Azizim yarim tun izladim ,qotdim,

Olovdan bermagin befoyda darslar.

Men qalbim olovin mangu yo'qotdim,

Tegramda qullar yo mansabdor shaxslar.

Lirik qahramon endi taqdirga tan beradi va so'ggi qarorga keladi .Dilbandiga

qarab,hech bir tuyg'usiz,hech bir xissiz holda xayrlashuv so'zlarini aytadi .uyda

uni kuta- kuta uxlab qolgan farzandiga uni tinglay olmasligini va bunga vaqti

yo'qilgini ,sevgisinida,mehrinida tushlarida oyga so'ylashini sovuqqonlik bilan

aytadi .

Xayr.Ko'rishguncha.Xayr dilbandim,

Yolg'iz so'ylagaysan sevgingni oyga.

O'zining ruhiy holatidan kelib chiqib ,endi uxlashi kerakligini ,ertaga sahardan

turib uning vujudi yana ko'chalardan" poyga "qilajagini aytib,fikrini yakunlaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

326

Uxlamog'im kerak vujudim manim,

Tongda ko'chalardan qilguvchi poyga

Uskon Azim ushbu she'rda ilgari surgan qismatiga singdira olgan.Va shu

orqali she'rning tasir kuchini yanada oshirishni ta'minlagan.Taniqli o'zbek

yozuvchisi O'tkir Hoshimov "Har qanday muhim g'oya ham inson qismatiga

aylanmasa,quruq gap bo'lib qolaveradi"degan fikri yuqorida keltirilgan fikrlarimiz

tasdig'idir.Ushbu she'rda kun-u tun falak -zamin ,yer-osmon,erish -

muzlash,mansabdor

shaxs

va

qullar

juftliklari

orqali

tazod

san'ati

shakllantirilgan."She'r kezadi mast" birikmasi orqali tashxis san 'atini ,"qalbim

olovi "birikmasi orqali esa tashbex san'atini qo'llagan.Ikki o'rinda "Azizim "so'zi

orqali nidoni kiritgan .

Xulosa

o'rnida shuni aytish mumkinki,Usmon Azim ushbu she'ri orqali

bugungi

jamiyatning

achchiq

haqiqatini

ochib

bergan

desak

,menimcha,adashmagan bo'lamiz .