https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
244
iSpring Suite
DASTURI TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL
METODLARNI QO‘LLASHDA AMALIY JIHATLARI.
Xasanov Muxiddin Kamildjanovich,
Mardayev Nurmurod Gulmurodovich
IIV Surxondaryo akademik litsey o‘qituvchilari
Annotatsiya: iSpring Suite dasturi ta’lim jarayonida interaktiv
metodlarni joriy qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi va
raqamli ta’lim resurslarini yaratish jarayonini soddalashtiradi. Quyida
ushbu dasturdan ta’lim jarayonida qanday samarali foydalanish mumkinligi,
u orqali yaratilgan interaktiv metodlarning dolzarbligi va ularning ta’lim
samaradorligini oshirishga qo‘shgan hissasi haqida batafsil tushuntirib
beriladi.
Kalit so‘zlar: integrativ, kompyuter
planshet, telefon, iSpring Suite,
PowerPoint, intellektual tizim.
iSpring Suite – bu PowerPoint asosidagi, oson va qulay ishlatiladigan dastur
bo‘lib, uni ta’lim jarayonida interaktiv taqdimotlar, testlar, viktorinalar va boshqa
interfaol kontent yaratish uchun ishlatiladi. Raqamli o‘quv resurslari yaratishda
o‘quv materiallarini o‘qitish va o‘rganish usullarini zamonaviy talablar asosida
tashkil etishga yordam beradi. Masofaviy ta’lim jarayonida aynan iSpring Suite
ta’lim mazmunini qiziqarli va samarali taqdim etishda muhim vositalardan biridir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
245
Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish – bu faqat bilim berish
emas, balki bilimlarni amalda qo‘llash, mustahkamlash va nazorat qilish imkonini
beradi. Interfaol metodlar o‘quvchilarni faol o‘qitishga jalb qiladi hamda
o‘rganayotgan mavzulariga qiziqish uyg’otadi va jarayonni samarali qiladi.
Yuqoridagi ma’lumotlarga binoan an’anaviy o‘qitish metodlari hamda
iSpring Suite yordamida interfaol metodlar o‘quv jarayonida foydalanish nuqtayi
nazaridan sezilarli farq qiladi. Quyida ularning har birining solishtirish asosida
xususiyatlari hamda ta’lim jarayoniga qo‘shadigan qiymatlari haqida batafsil
ma’lumot berish mumkin.
An’anaviy metodlar:
iSpring Suite
Ta’lim mazmunini yetkazish usuli
1
Clark, R. C., & Mayer, R. E. (2016). E-learning and the Science of Instruction: Proven
Guidelines for Consumers and Designers of Multimedia Learning. Wiley.
2
Khan, B. H. (2005). Managing e-Learning Strategies: Design, Delivery, Implementation and
Evaluation. Idea Group Inc (IGI).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
246
•
O‘qituvchi asosiy ma’lumot manbai
bo‘lib, darsni og’zaki bayon qiladi
yoki
yozma
taqdimotdan
foydalanadi.
•
O‘quvchilar
darsliklardan
yoki
yozilgan materiallardan foydalanib
bilim
oladilar,
lekin
aksariyat
hollarda bir tomonlama o‘qitish
usuliga asoslangan bo‘ladi.
•
O‘quvchi dars jarayoniga kamroq
jalb qilingan bo‘lib, passiv rol
o‘ynaydi, ya’ni asosiy vazifasi
ma’lumotni eshitish va qayta
ishlashdir.
•
iSpring Suite o‘qituvchilarga video,
audio, va grafikalar bilan boyitilgan
taqdimotlar
yaratish
imkonini
beradi. Bu o‘quvchilarni ta’lim
jarayoniga faolroq jalb qiladi.
•
Ta’lim mazmuni interaktiv slaydlar,
simulyatsiyalar,
testlar
va
viktorinalar yordamida yetkaziladi,
bu esa o‘quvchilarga mustaqil
o‘rganish
va
bilimlarini
mustahkamlash imkonini beradi.
•
O‘quvchilar qiziqarli va dinamik
kontent bilan mashg’ul bo‘lib,
mavzuni chuqurroq o‘zlashtiradilar.
O‘quvchini jalb qilish va qiziqish o‘yg’otish
•
Faoliyatlar kam bo‘lib, o‘quvchilar
ko‘pincha passiv ravishda darsni
tinglaydilar va kam ishtirok etadilar.
•
O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi
aloqalar
cheklangan
va
dars
jarayoniga faol qatnashuv kam
kuzatiladi.
•
O‘quvchilar
interaktiv
mashg’ulotlarga, savollarga javob
berish yoki muammolarni yechish
jarayoniga jalb qilinadi.
•
Video, animatsiya va interaktiv
tugmalar orqali o‘quvchilar mavzuni
chuqurroq
o‘rganishga
rag’batlantiriladi.
Bilimlarni mustahkamlash va baholash
•
O‘quvchilar bilan teskari aloqa
asosan o‘qituvchi tomonidan olib
boriladi
va
o‘quvchilar
o‘z
•
Testlardan keyingi darhol javoblarni
ko‘rsatish va xatolarni tushuntirish
orqali bilimlar mustahkamlanadi va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
247
bilimlarini
qay
darajada
o‘zlashtirganliklarini tezda ko‘ra
olmaydilar.
•
Baholash ko‘pincha sinfda yozma
shaklda amalga oshiriladi, bu esa
baholash jarayonini uzoqroq vaqt
talab qiladigan qiladi.
o‘quvchilar
o‘z
xatolarini
o‘z
vaqtida tuzatadilar.
•
O‘qituvchilar uchun ham baholash
jarayoni tezlashadi va natijalarni
real vaqtda olish imkoniyati mavjud
bo‘ladi,
bu
esa
individual
yondashuvni ta’minlashga yordam
beradi.
Interfaollik va raqamli texnologiyalardan foydalanish
•
An’anaviy
usullar
kamroq
texnologik imkoniyatlarga ega va
asosiy manbalar kitob, daftar va
yozuvlardan iborat bo‘ladi.
•
Interfaollik
cheklangan
bo‘lib,
ta’lim jarayoni ko‘pincha og’zaki
tushuntirish va yozma ishlarga
asoslangan.
•
iSpring
Suite
yordamida
o‘quvchilarni
simulyatsiyalar,
videolar va animatsiyalar orqali
interaktiv o‘quv jarayoniga jalb
qilish mumkin.
•
Darslarni turli xil qurilmalarda
(kompyuter,
planshet,
telefon)
o‘rganish imkoniyati mavjud.
•
iSpring Suite yordamida interaktiv
metodlardan
foydalanish
o‘quvchilarning darsga nisbatan
qiziqishini oshiradi va zamonaviy
texnologiyalardan
foydalanishga
yordam beradi.
Yuqoridagi tahlilni o’rgangan holda an’anaviy hamda interfaol metodlar
ta’lim jarayonining ajralmas qismlari bo‘lib, har ikkalasining ham o‘ziga xos
afzalliklari mavjud. iSpring Suite yordamida interfaol metodlardan foydalanish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
248
o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb qilish, bilimlarni mustahkamlash va darhol
baholash imkoniyatini yaratadi.
Shu bilan birga, iSpring Suite o‘qituvchilar uchun
dars tayyorlash va baholash jarayonini yengillashtiradi, o‘quvchilarga esa mustaqil
o‘rganish imkonini beradi.
iSpring Suite dasturi o‘quv jarayoniga kiritilgan interaktiv ta’lim metodlari
o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun samarali hamkorlik muhitini shakllantirish
bilan birga yangi texnologiyalar yordamida sifatli ta’lim olish imkoniyatini taqdim
etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Clark, R. C., & Mayer, R. E. (2016). E-learning and the Science of
Instruction: Proven Guidelines for Consumers and Designers of Multimedia
Learning. Wiley.
2.
Horton, W. (2011). E-Learning by Design. John Wiley & Sons.
3.
iSpring Solutions, Inc. (2022). iSpring Suite User Guide. iSpring Solutions.
3
iSpring Solutions, Inc. (2022). iSpring Suite User Guide. iSpring Solutions.