https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
219
JIGAR SIRROZI
Kokand universiteti Andijon filiali talabasi
Gʻulomjonova Zuhra
+998770074267
Annotatsiya: Ushbu maqolada jigar sirrozining kelib chiqish sabablari, klinik
belgilari, asoratlari hamda zamonaviy davolash usullari haqida ma’lumotlar ni
yoritishga harakat qilingan. Shuningdek, ushbu kasallikning oldini olish bo‘yicha
tavsiyalar ham berilgan.
Kalit so‘zlar: Jigar sirrozi, antiviral terapiya, gepatit, askit, jigar
ensefalopatiyasi Kasallik, Rivojlanish, Bosqich, Organizm
Kirish
Inson organizmida jigar muhim a’zolardan biri bo‘lib, u moddalar
almashinuvida, toksinlarni zararsizlantirishda, qon ishlab chiqarishda va boshqa
ko‘plab hayotiy funksiyalarni bajaradi. Ammo ayrim hollarda bu muhim organ o‘z
vazifasini to‘liq bajara olmay qoladi. Shunday hollardan biri — jigar sirrozi
hisoblanadi. Bu surunkali kasallik bo‘lib, jigar to‘qimalari asta-sekin o‘lik
hujayralar bilan almashadi va jigar faoliyati izdan chiqadi. Jigar sirrozi inson
hayotiga tahdid soluvchi jiddiy tibbiy holat bo‘lib, erta aniqlansa va to‘g‘ri
davolansa, uni nazorat ostiga olish mumkin.
Asosiy qism
Jigar sirrozining asosiy sabablari bir necha guruhga bo‘linadi. Eng keng
tarqalgan sabablardan biri bu uzoq muddatli spirtli ichimliklar iste’mol qilishdir.
Alkogol jigar hujayralarini shikastlaydi va ularning yallig‘lanishiga olib keladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
220
Jigar faqat umurtqali hayvonlarda joylashgan asosiy metabolik organ boʻlib,
u organizmni detoksifikatsiya qilish, hazm qilish va oʻsish uchun zarur boʻlgan
oqsillar va biokimyoviy moddalarni sintez qilish kabi koʻplab muhim biologik
funksiyalarni bajaradi. Odamlarda u qorinning oʻng yuqori kvadrantida, diafragma
ostida joylashgan va asosan pastki oʻng qovurogʻa bilan himoyalangan. Uning
boshqa metabolik rollariga uglevod almashinuvi, gormonlar ishlab chiqarish,
glyukoza va glikogen kabi ozuqa moddalarini aylantirish va saqlash va qizil qon
hujayralarining parchalanishi kiradi. Jigar odam va hayvonlarda ovqatning hazm
boʻlishi va soʻrilishida qatnashadi, yogʻ va uglevodlarni zaxiraga yigʻadi. Xordali
hayvonlar va odamda jigar — murakkab, hayot uchun muhim aʼzo. Baliq va
amfibiyalarda jigar sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilardagiga
nisbatan kattaroq; yirtqich hayvonlarda oʻtxoʻr hayvonlarnikiga nisbatan katta.
Jigar shakli hayvonning gavda tuzilishiga bogʻliq.
Odamda jigar — organizmdagi eng katta bez (vazni 1200–2200 g). Qorin
boʻshligʻida, diafragmaning tagida, oʻng qovurgʻalar va qisman chap qovurgʻalar
ostida yotadi. Rangi qizgʻish-qoʻngʻir, kattaroq oʻng boʻlagi bilan kichikroq chap
boʻlagi bor. Oʻrta qismining pastki yuzasidagi koʻndalang chuqurcha jigar
darvozasi yoki qopqasi deb ataladi. Shu joydan jigarga arteriya, darvoza venasi,
nervlar kiradi va jigarning oʻt yoʻli, jigar venasi chiqadi. Bu oʻt yoʻli oʻt pufagidan
chiqqan yoʻlga qoʻshilib, oʻn ikki barmoqli ichakka quyiladigan umumiy oʻt yoʻlini
hosil qiladi.
Jigar sirrozi - jigarning surunkali rivojlanib boradigan kasalligi; bunda jigar
toʻqimasi yalligʻlanib, uning bir qismi biriktiruvchi toʻqima bilan almashinadi.
Jigarning oʻtkir yalligʻlanishi — gepatitda, uning B, C, D shakllarida, oʻtkir gepatit
surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm, brutsellyoz kabi yuqumli
kasalliklarda, oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining surunkali yalligʻlanishida, turli
kimyoviy moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
221
boshqa sabablarga koʻra paydo boʻladi. Jigar sirrozi — sekin rivojlanadigan
surunkali kasallik. Jigar sirrozi turlicha namoyon boʻladi va u xastalikning qaysi
shaklida kechishi hamda davriga bogʻliq; tekshirganda jigarning qattiqlashgani va
funksiyasining buzilganligiga qaramay, kishi uzoq vaqt hech qanday xastalik
alomatini sezmay yurishi mumkin
. Kasallik zoʻrayganda bemor darmonsizlanadi,
ozib ketadi, ishtahadan qoladi, kekiradi, koʻngli ayniydi, baʼzan qusadi, ichi ketadi
yoki qotadi, qorni dam boʻladi, tana xarorati koʻtariladi, qorin boʻshligʻida suyuqlik
toʻplanishi natijasida u koʻtariladi (istisqo), burni qonaydi, badani qichishadi,
baʼzan sargʻayadi; kamqonlik avjiga chiqadi; jigari va ayniqsa talogʻi kattalashadi
va qattiqlashadi
Davoni vrach tayinlaydi. Jigar sirrozi uzoq vaqt davolanadi, kasallik
zoʻrayganda bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak. Parhezga qatʼiy rioya
qilishning ahamiyati katta. Bemorga, asosan, yengil hazm boʻladigan, qand, oqsil
va vitaminlar (ayniqsa, C vitamin va B gruppa)ga boy sutli va oʻsimlik ovqatlar
beriladi. Tvorog (oson hazm boʻladigan oqsillarga ega), yogʻsiz goʻsht, baliq,
shuningdek, ozgina sariyogʻ bilan qaymoq yoki smetana isteʼmol qilish mumkin;
spirtli ichimliklar ichish qatiy taqiqlanadi. Jigar sirrozining avj olishiga yoʻl
qoʻymaydigan dorilar buyuriladi. Jigar sirrozini davolashda avvalo unga sabab
boʻladigan omillarni bartaraf etish muhim. Jigar sirroziga olib kelgan infeksiya
aniqlansa, uni tugatish choralari koʻriladi. Jigar sirrozining oldini olish uchun
mehnat va turmush sharoitini sogʻlomlashtirish, alkogolizmga qarshi kurash olib
borish kerak.
Jigar sirrozi simptomlari
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jigar_sirrozi
2
Karimov A.A., To‘raqulov B.K. Ichki kasalliklar propedevtikasi. —
Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2019.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
222
Ba’zi-ba’zida o’ng qovurg’alar ostida paydo bo’ladigan og’riq. Og’riq
ko’pincha jismoniy zo’riqishdan yoki qovurilgan, yog’li taomlar va alkagol
iste’molidan keyin kuchayadi.
Og’izda achchiq ta’m va quruqlik hissi paydo bo’lishi, ayniqsa tong vaqtida.
Odamni surunkali ich ketishi va kuchli qorin dam bo’lishi (meteorizm)
bezovta qiladi
Bemor birmuncha vazn yo’qotadi, tajang va tez charchaydigan bo’lib qoladi.
Kasallikning ba’zi formalari, masalan postnekrotik sirroz dastalabki
bosqichni o’zidayoq yaqqol alomat teri sariqligini chaqiradi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda jigar sirrozi 35-60 yosh
oralig’ida bo’lgan bemorlar o’limining 6 asosiy sabablaridan biri bo’lib, har 100
ming aholi soniga 14-30 ta kasallanish holati to’g’ri keladi. Har yili dunyoda
gepatit B virusini tashish fonida rivojlangan virusli jigar sirrozi va gepatosellyulyar
karsinoma tuyfali 40 million kishi vafot etadi. MDH mamlakatlarida jigar sirrozi
aholining 1 foizida uchraydi.
Kasallik ko’pincha erkaklarda kuzatiladi: xasta erkaklar va ayollar nisbati
o’rtacha 3:1 ga teng. Kasallik har qanday yosh guruhlarida rivojlanishi mumkin,
lekin ko’pincha 40 yoshdan keyin.
Ko’pincha jigar sirrozi uzoq muddat alkogol bilan intoksikatsiyalanish (turli
ma’lumotlarga ko’ra, 40-50% dan 70-80% gacha), parazitar infektsiya va virusli B,
C va D gepatitlari (30-40%) fonida rivojlanadi.
Sirroz rivojlanishining kamroq kuzatiladigan sabablari — o’t yo’llari
kasalliklari (jigar ichi va tashqarisida), dimlanishli yurak yetishmovchiligi, turli
kimyoviy moddalar (gepatotoksinlar) va dorilar bilan zaharlanish (intoksikatsiya).
Sirroz shuningdek modda almashinuvining genetik buzilishlari (gemoxromatoz,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
223
gepatolentikulyar degeneratsiya, α1-antitripsin yetishmovchiligi) va darvoza
venasi tizimidagi okklyuzion jarayonlar (fleboportal sirroz) mavjudligida ham
rivojlanishi mumkin.
Infektsion omillar orasida: surunkali virusli gepatitlar, ayniqsa, B va gepatit
C, parazitar infektsiyalar, ayniqsa, zamburug’li va trematodozli (shistosomoz,
opistorxoz, kandidoz, aspergillyoz). Jigarning birlamchi biliar sirrozi asosan hech
qanday sababsiz yuzaga keladi. Taxminan 10-35% bemorlarda etiologiya
noaniqligicha qolmoqda.
Jigar sirrozi rivojlanishi sabablari
Ko’p oy va yillar davomida gepatotsitlarning genomi o’zgaradi va patologik
o’zgargan hujayralarning kloni yaratiladi. Natijada immun-yallig’lanish jarayoni
rivojlanadi.
Sirroz patogenezining quyidagi bosqichlari ajratiladi:
Etiologik omillar ta’siri: viruslarning sitopatogen ta’siri, immun mexanizmlar,
gepatotoksik sitokinlar, xemokinlar, prooksidantlar, eykozonoidlar, atsetaldegid,
temir, lipidlarning perekisli oksidlanishi mahsulotlari ta’siri;
Ito hujayralari funktsiyasining faollashishi, bu perisinusoidal fazoda ortiqcha
biriktiruvchi to’qima o’sishi va jigarning perisellyulyar fibroziga olib keladi;
Sinusoidlar kapillyarizatsiyasi va gepatositlarning ishemik nekrozi
rivojlanishi bilan tomir bo’shlig’ining torayishi natijasida jigar parenximasining
qon bilan ta’minlanishi buzilishi;
Gepatotsitlarning sitolizi immun mexanizmlarining faollashishi.
Gepatositlarning ko’priksimon nekrozida shikastlanish hududiga T-
limfositlari jalb qilinadi, ular esa fibroblastsimon xususiyatlarga ega bo’ladigan Ito
hujayralarini faollashtiradi: u hujayralar I tipdagi kollagen sintez qiladi va bu o’z
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
224
navbatida oxir-oqibat fibrozga olib keladi. Bundan tashqari, jigar parenximasida
mikroskopik darajada markaziy venasi bo’lmagan soxta segmentlar hosil bo’ladi.
Jigarning alkogolli sirrozi. Bosqichlari: o’tkir alkogolli gepatit hamda fibrozli
va mezenximal reaktsiyali jigar distrofiyasi. Eng muhim omil — alkogolning
to’g’ridan-to’g’ri toksik ta’siri, shuningdek, autoimmun jarayonlar oqibatida
gepatotsitlarning nekrozi.
Jigarning virusli sirrozi. Muhim omil organizmning o’z to’qimalariga
immunositlarning sensibilizatsiyasi hisoblanadi. Autoimmun reaktsiyaning asosiy
nishoni jigar lipoproteidi hisoblanadi.
Kongestiv (dimlanishli) sirroz. Gepatosit nekrozi gipoksiya va venoz
dimlanish bilan bog’liq.
Portal gipertenziya — jigar ichki yoki tashqi portal tomirlarining
obstruktsiyasi bilan chaqirilgan jigarning portal vena tizimida bosimning ortishi
rivojlanadi. Bu qonning portokaval shuntirlanishi, splenomegaliya va astsit
(sirrozda qorin bo’shlig’ida suyuqlik (suv) to’planishi) shakllanishiga olib keladi.
Trombotsitopeniya (taloqda trombotsitlarning kuchli depolanishi), leykopeniya,
shuningdek ertitrositlarning yuqori gemolizi tufayli anemiya, splenomegaliya bilan
bog’liq bo’ladi. Astsit diafragma harakatchanligining cheklanishi, peptik eroziya
bilan gastroezofageal reflyuks, qizilo’ngach venalarining varikoz kengayishidan
yaralar va qon ketishlar, qorinparda churrasi, bakterial peritonit, gepatorenal
sindromga olib keladi. Jigar sirrozi bo’lgan bemorlarda ko’pincha gepatogen
ensefalopatiyalar kuzatiladi.
Jigarning birlamchi biliar sirrozi. Asosiy o’rin immunoregulyatsiyaning
genetik buzilishlariga tegishli. Dastavval biliar epiteliyning buzilishi va undan
keyin kanalchalar segmenti nekrozi sodir bo’ladi, keyinchalik esa ularning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
225
proliferatsiyasi: bu o’t suyuqligi ekskretsiyasi buzilishlari bilan kechadi.
Jarayonning bosqichlari quyidagilar:
Surunkali yiringsiz destruktiv xolangit;
Safro kanalchalari destruktsiyasi bilan duktulyar proliferatsiya;
Safro kanalchalarining chandiqlanishi va kichrayishi;
Xolestaz bilan yirik tugunli sirroz.
Birlamchi biliar sirrozning patalogoanatomik tasviri epiteliyning limfotsitlar,
plazmatik hujayralar, makrofaglar bilan infiltratsiyasini o’z ichiga oladi.
Laboratoriya tadqiqotlari bilan antimitoxondrial antitanalar (AMA)
aniqlanadi, eng xoslari — piruvatdegidrogenazaning E2 subbirligiga qarshi
yo’naltirilgan M2-AMA, IgM zardobning ortishi. Bundan tashqari, immunitet
tomonidan bilvosita chaqirilgan jigardan tashqari namoyon bo’lishlar —
Xashimoto tireoiditi, Shegren sindromi, fibrozlovchi alveolit, tubulointerstitsial
nefrit, seliakiya, shuningdek, revmatik doira kasalliklari bilan birlashib — tizimli
sklerodermiya, revmatoid artrit, tizimli qizil volchanka (yuguruk) ham ajratiladi.
Jigardan tashqari bo’lgan ko’plab alomatlar darvoza venasi tizimida
bosimning ortishiga olib keladigan sinusoidlarda bosimning ko’tarilishi bilan
bog’liq. Shuningdek xarakterli alomati «Meduza boshi» — oldingi qorin devori
venalarining qon bilan to’lib ketishidir.
Sirroz uchun umumiy alomatlar xarakterli: zaiflik, mehnat qobiliyatining
pasayishi, qorinda yoqimsiz tuyg’ular, dispepsik buzilishlar, tana haroratining
ko’tarilishi, bo’g’imlardagi og’riq, shuningdek meteorizm, qorinning yuqori
yarmida og’riq va og’irlik hissi, ozib ketish, asteniya. Tekshiruvda jigarning
kattalashganligi, uning yuzasi zichlashganligi va deformatsiyasi, chetlarining
xuruji aniqlanadi. Dastavval jigarning har ikki bo’lagining bir tekis, mo’tadil
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
226
kattalashishi qayd qilinadi, keyinchalik esa, qoida tariqasida, chap bo’lagining
kattalashishi ustunroq bo’ladi. Portal gipertenziya taloqning biroz kattalashishi
bilan namoyon bo’ladi.
Yoyiq klinik tasvir jigar-hujayraviy yetishmovchilik va portal gipertenziya
sindromlari bilan namoyon bo’ladi. Qorin damlanishi, yog’li ovqatni va alkogolni
ko’tara olmaslik, ko’ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, og’irlik hissi va qorin
og’rig’i (asosan o’ng qovurg’a ostida) ham kuzatiladi. 70% hollarda
gepatomegaliya aniqlanadi, jigar zichlashgan, chetlari o’tkir bo’ladi. Bemorlarning
30% da palpatsiyada jigar yuzasi tugunli ekanligi qayd qilinadi., 50% da esa
splenomegaliya.
Subfebril isitma, jigar orqali u zararsizlantira olmaydigan ichak bakterial
pirogenlari o’tishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Isitma antibiotiklarga chidamli
bo’lib, faqat jigar funktsiyasi yaxshilanganida o’tib ketadi.
Tashqi belgilar ham bo’lishi mumkin — palmar (kaft) yoki plantar eritema,
tomirli yulduzchalar, qo’ltiq va qov sohasida tuklar miqdorining kamligi,
tirnoqlarning oqligi, erkaklarda giperestrogenemiya oqibatida ginekomastiya
rivojlanishi. Ba’zi hollarda barmoqlar «baraban tayoqchalari»ga o’xshaydi.
Kasallikning terminal bosqichida 25% hollarda jigar hajmining kichrayishi
qayd qilinadi. Shuningdek, sariq kasallik, astsit, gipergidratatsiya tufayli periferik
shishlar (avvalo oyoq shishishi), tashqi venoz kollaterallar (qizilo’ngach,
oshqozon, ichak venalarining varikoz kengayishi) ham sodir bo’ladi. Venalardan
qon ketishi ko’pincha o’limga olib keladi. Ba’zan gemorroidal qon ketishlar
kuzatiladi, lekin ular kamroq intensiv bo’ladi.
Entsefalopatiya ham jigar-hujayraviy, ham portal-jigar yetishmovchilik
natijasi bo’lishi mumkin.
Asoratlari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
227
Jigar komasi;
Qizilo’ngachning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi;
Darvoza venasi tizimida tromboz;
Gepatorenal sindrom;
Jigar saratoni shakllanishi — gepatosellyular karsinoma;
Infektsion asoratlar — pnevmoniya, astsitda «spontan» peritonit, sepsis.
Tashxis
Kasallik uchun ishqorli fosfataza, ALT, AST faolligining ortishi, leykotsitoz
xarakterlidir. Bu qonni biokimyoviy tahlil qilishda aniqlanadi. Gepatolienal
sindromda leykopeniya, trombotsitopeniya, anemiya va suyak iligida hujayraviy
elementlarning ortishi bilan namoyon bo’ladigan gipersplenizm rivojlanishi
mumkin.
Kengaygan va shoxlangan venoz kollaterallar angiografiya, kompyuterli
tomografiya, ultrarovushli tekshiruv yoki jarrohlik aralashuvi davomida ko’rinadi.
Kerak bo’lgnda jigar MRT va jigar tomirlari dopplerometriyasi o’tkazilishi
mumkin.
Saps mezonlari tizimi
So’nggi yillarda, oshqozon-ichak qon ketishi, koma, sepsis va boshqa
asoratlar rivojlanish vaqtida bemorlarda prognozni aniqlash uchun asosiy
fiziologik parametrlarni o’z ichiga oluvchi SAPS (Simplified Acute Physiology
Score) mezonlar tizimi ishlatilmoqda. Tabaqalanishda bemorning yoshi, yurak
qisqarishlari soni (YQS), nafas olish tezligi, sistolik arterial bosim, tana harorati,
diurez, gematokrit, qonda leykotsitlar, mochevina, kaliy, natriy va plazma
bikarbonatlari miqdori, shuningdek jigar komasi bosqichi qiymatga ega.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
228
Jigar sirrozini davolash
Jigar sirrozini davolash dorilar qabul qilish va qat’iy parhezga amal qilish
hisoblanadi, biroq, rivojlanib bo’lganda ortga qaytmaydigan holat hisoblanadi:
bunday holatda jigarni davolab bo’lmaydi, bemor hayotini saqlab qolishning
yagona yo’li — jigar ko’chirib o’tkazishdir. Kuchli astsitda qorindan suyuqlikni
chiqarib olish amalga oshirilishi mumkin.
Profilaktik choralar
O’tkir virusli gepatit bilan kasallanishni oldini olish;
Spirtli ichimliklardan voz kechish;
Gepatotoksik preparatlardan himoyalanish.
Parhez
Jigar sirrozida parhez to’laqoni bo’lishi, o’zida 70-100 g oqsil (1 kg tana
massasiga 1-1,5 g), 80-90 g yog’lar (ulardan 50 foizi o’simlik asosli), 400-500 g
uglevodlar saqlashi kerak. Bemorning odatlarini, oziq-ovqatlarni ko’tara olishi va
ovqat hazm qilish tizimining boshqa kasalliklari mavjudligini hisobga olish kerak.
Taomnomadan kimyoviy qo’shimchalar, konservantlar va toksik masalliqlar
chiqarib tashlanadi. Parhez portal gipertoniya asoratlari mavjud bo’lganda
o’zgaradi.
Ursodezoksixol kislotasi
Biliar yetishmovchilik tomonidan chaqirilgan ichakda o’t kislotasi
yetishmovchiligi o’rnini bosish uchun ursodezoksixol kislotasini (UDXK) qo’llash
maqsadga muvofiqdir. Dozirovka — kuniga 1 marta, kechqurun, bemorning har 1
kg vazni uchun 10-15 mg, bu ovqat hazm qilish jarayonlarini tiklashga yordam
beradi. UDXK ning ta’siri quyidagilarni o’z ichiga oladi:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
229
Ichakka oshqozon osti bezi va o’t suyuqligi tushishi miqdorining ortishi;
Jigar ichi xolestazining yakunlanishi;
O’t pufagi qisqarishining kuchayishi;
Yog’larning saponifikatsiyasi va lipaza faolligining ortishi;
Fermentlarni
ximus
bilan
aralashishini
takomillashtiradigan
ichak
motorikasining yaxshilanishi;
Immun javobning normalizatsiyasi.
Gepatoprotektorlar
Sirrozda Sut tikanak (Silybum marianum) va boshqa safro haydovchi
preparatlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujayraviy terapiya
An’anaviy davolash asosan jigar hujayralarini shikastlanishdan himoyalash,
safro ajralishini rag’batlantirish, modda almashinuvi buzilishlarini tuzatish uchun
farmatsevtik vositalarni qo’llashdan iborat. Shubhasiz, bu bemorning ahvolini
yaxshilaydi, ammo kasallikning rivojlanishini to’xtata olmaydi. Agar yuqorida
ko’rsatilgan muolajalar yordam qilmasa, jigar ko’chirib o’tkazish (transplantatsiya)
amalga oshiriladi.
Klinik belgilar bosqichma-bosqich namoyon bo‘ladi. Dastlabki bosqichda
bemor charchoq, ishtahaning pasayishi, ozish, ko‘ngil aynishi kabi umumiy
simptomlardan shikoyat qiladi. Kasallik rivojlangani sari teri va ko‘z oqining
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
230
sarg‘ayishi, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi (askit), oyoqlarda shish, burun
yoki milkdan qon ketishi, jigar ensefalopatiyasi kabi og‘ir asoratlar paydo bo‘ladi
Sirroz aniqlanganda, to‘liq sog‘ayish imkoniyati past bo‘lishi mumkin, ammo
zamonaviy tibbiyot vositalari yordamida kasallik kechishini sekinlashtirish,
bemorning hayot sifatini yaxshilash mumkin. Davolashda birinchi navbatda
sababchi omilni bartaraf etish muhim hisoblanadi. Masalan, alkogolizmga qarshi
kurash, gepatit viruslariga qarshi antiviral terapiya, yallig‘lanishga qarshi davo,
parhezga amal qilish va jigar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi dorilar tavsiya
etiladi. Ba’zi holatlarda bemorga jigar transplantatsiyasi zarur bo‘lishi mumkin.
Xulosa
Jigar sirrozi — bu ko‘p hollarda yashirin tarzda rivojlanadigan, ammo o‘z
vaqtida aniqlanmasa hayot uchun xavfli asoratlar keltirib chiqaruvchi kasallikdir.
Ushbu dardning oldini olish uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, zararli
odatlardan voz kechish, infeksiyalardan ehtiyot bo‘lish va muntazam tibbiy
ko‘rikdan o‘tish lozim. Men xulosaga keldimki, jigar sirrozining oldini olish har
bir insonning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan mas’uliyatidan boshlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karimov A.A., To‘raqulov B.K. Ichki kasalliklar propedevtikasi. —
Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2019.
2.
Qodirov R.Q. Gastroenterologiya asoslari. — Toshkent: Tibbiyot, 2021.
3.
Gafforova Z.X., Haydarova M.M. Infeksion kasalliklar va ularning oldini
olish. — Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.
3
Gafforova Z.X., Haydarova M.M. Infeksion kasalliklar va ularning oldini olish.
—
Samarqand: SamDU nashriyoti,
2020.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
231
4.
World Health Organization (WHO). Global hepatitis report 2022. – Geneva:
WHO Press, 2022.
5.
European Association for the Study of the Liver (EASL). Clinical Practice
Guidelines for the management of patients with decompensated cirrhosis. – Journal
of Hepatology, 2021; 74(1): 359–392.
6.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Jigar_sirrozi