https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
134
TELEFON O’YNASH BOLALARNING JISMONIY VA RUHIY
DUNYOSIGA SALBIY TA’SIR KO’RSATADIMI?
Po’latova Saxovat Akbar qizi
Shaxrisabz davlat pedagogika institute IV kurs talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar,
xususan, mobil telefonlar bolalar hayotida o’zining sezilarli ta’sirini
o’tkazayotganligi, telefon o’yinlariga berilish, ijtimoiy tarmoqlardan uzluksiz
foydalanish bolalarning jismoniy salomatligiga, ruxiy holatiga, ijtimoiy
munosabatlariga va o’quv faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi, shu sababli
ota-onalar, pedagoglar va psixologlardan bolalarga telefondan to’g’ri va
me’yorida foydalanishni o’rgatish talab etilishi haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so’zlar: mobil telefon, ijtimoiy tarmoq, nomofobiya, elektromagnit,
gadjetlar, psixologik, smartfon.
Mobil telefon asosan ovozli aloqa vositasi b’lib, hozirgi vaqtda radioaloqa
o’rnatishdagi eng keng tarqalgan vosita turidir. Mobil telefonlar 1983-yildan
boshlab chiqarilmoqda. Olimlar uzoq vaqt olib borilgan tadqiqotlari orqali mobil
telefonlarning elektromagnit nurlanishi bizga ayniqsa bolalarga qanday ta’sir
qilishini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Tadqiqot natijalari telefon nurlanishi
butun tanamizga ta’sir qilishini ayniqsa, elektromagnit nurlanish ba’zi sabablarga
ko’ra, immuniteti zaif bo’lgan odamlarga va bolalarga zararli ekanligini
ko’rsatmoqda.
Bugungi globallashuv jarayonida mobil telefonlardan keng miqyosda
foydalanuvchilarning asosiy qismini yoshlar va bolalar tashkil qiladi. Aslida, mobil
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
135
telefonlar bolalarimiz hayotida nechog’lik ahamiyat kasb etmoqda? Kun davomida
undan qancha vaqt foydalanish kerak? Mutaxassislarning fikricha, uyali telefondan
foydalanish me’yori bir martalik suhbat uchun uch daqiqa atrofida bo’lishi, o’n olti
yoshga kirmaganlarning bir martalik suhbati ikki daqiqadan oshmasligi zarur.
Suhbatlar orasidagi oraliq vaqt 20-25 daqiqa bo’lganda uyali telefonning salbiy
ta’siri kamayadi. Ayniqsa bolalar bir sutkada 30 daqiqadan ortiq gaplashmasligi
lozim. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bolalarning smartfon va planshetlardan
foydalanishi ularda ruhiy hamda psixologik muammolarni keltirib chiqaradi.
AQSHlik olimlarning ta’kidlashicha, mamlakatdagi 4 yoshgacha bo’lgan
bolalarning 97 foizi, oilaviy daromadidan qat’i nazar, mobil telefonlardan
foydalanadi. Uyqusizlik, semizlik, yakkalanib qolish, bosh miya shishi, ko’z
saratoni, barmoqlarning shikastlanishi, muloqot qobilyatining pasayishi va
o’rganishning cheklanishi telefon ona suti og’zidan ketmagan ikki yashar bolaga
yetkazadigan zararning bir qismi, xolos.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtda 5-16 yoshdagi bolalar
kuniga 3 soatdan 8 soatgacha vaqtini telefon qarshisida o’tqazishmoqda. Buning
natijasida ularda telefonga qaramlik, undan ayrilib qolishdan qo’rquv hissi paydo
bo’ladi. Respublika ko’z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek
Ikromovning so’zlariga ko’ra, XXI asr epidemiyasi deya ta’riflanuvchi bu kassallik
‘’nomofobiya’’ deyiladi. Mutaxassis SSV matbuot xizmatiga bu xususida batafsil
ma’lumot berdi.
Nomofobiya bolalar orasida eng ko’p tarqalgan psixologik kasalliklardan
biriga aylanishga ulgurdi, - deydi O. Ikromov. – Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,
mobil telefonlarga bo’lgan tobelik darajasi, ayniqsa, u kichik yoshdan shakllanib
kelgan bo’lsa, hatto, narkoqaramlikdan ham kuchliroq bo’lishi mumkin ekan.
Ayrim bolalar va o’smirlar uyqudan oldin, ba’zida esa uxlamasdan qorong’u
xonada telefonga termulib, chiqadi. Bu – mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydigan holat!
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
136
Mobil telefonlarning zarari bilan bir qatorda, ular taqdim qila oladigan
imkoniyatlar bolalarga yangi bilim olishga yordam beradi, ularga o’qish jarayonida
as qotadi. Muhimi, ularning salomatligiga putur yetishi va yot g’oyalar ta’siriga
tushib qolishining oldini olish uchun bolalar telefonlardan qancha vaqt va nima
maqsadda foydalanayotganini nazorat qilish zarur, - deydi shifokor Otabek
Ikromov.
Ma’lumki mobil telefonlardan uzluksiz foydalanganda ko’zlar yoshlanib og’rishi,
ko’rish tizimining pasayishi hattoki ko’z qorachig’ining kattarishi kabi jiddiy
muammolarga olib keladi. Telefondan chiqib kelayotgan elektromagnit nurlarni
qabul qilish orqali bolalarda ishtahasizlik, uyqusizlik, charchash hissi yuqori
bo’ladi. Gadjetlardan chiqayotgan nur inson asab tizimi bilan bog’liq bo’lgan turli
xil xastaliklarni keltirib chiqaradi. Kuniga 15 daqiqa mobil telefonda
gaplashishning o’zi miyada saraton o’smasi hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Elektromagnit to’lqinlar ichki to’qimalarning ishlashiga sababchi bo’ladi. Mobil
qurilma orqali miyya, eshitish, ko’rish emotsional barqarorlikni kamaytiradi, xotira
pasayishi va boshqa yomon oqibatlarga olib keladi. Doimiy ravishda ekranga
qarash ko’z shox pardasining qurib qolishiga olib keladi. Umirtqa pog’onasining
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
137
noqulay o’sishi va bolalarning qisqa videolarni uzluksiz ko’rish orqali sabrsiz,
jaxldor bo’lib qolishlarini ham ko’rishimiz mumkin. O’smirlar orasida tunda mobil
telefondan uyqu rejimini buzib foydalanib yotish orqali uyquga to’ymaslik hamda
kun davomida faol bo’maslik, kuchli charchoq hissi bilan yurishlari kuzatiladi.
Telefonga uzluksiz darajada termulib o’tirish tez-tez chalg’itadi, bu esa ish yoki
o’qishga to’liq etibor qaratishni qiyinlashtiradi. Ko’p vaqtni virtual olamda
o’tkazish, real ijtimoiy aloqalarning kamayishi va doimiy solishtirish hissini
depressive holatlarga misol qilib aytishimiz mumkin.
Bolalarning e’tiborini foydali faoliyatlarga jalb qilish maqsadida
bog’chalarda maktabgacha ta’lim tizimiga moslashtirilgan tarzda ingliz tili, rus tili,
matematika, sport fanlarini o’rgatuvchi dasturlar ishlab chiqilishi lozim. Ushbu
dasturlar bolalarning yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos tarzda qiziqarli,
interaktive usullar bilan tashkil etilishi kerak. Bu orqali bolalar bir vaqtning o’zida
o’rganadi, rivojlanadi va smartfonlardan ortiqcha foydalanish ehtiyoji kamayadi.
Eng asosiysi, bu jarayon Xalq ta’limi vazirligi va maktabgacha ta’lim muassasalari
tomonidan tizimli ravishda nazoratga olinib, samaradorlik monitoringi yuritilishi
zarur. Shunda bolalarda erta yoshdan bilimga bo’lgan qiziqish shakllanadi va salbiy
texnilogik ta’sirlarning oldi olinadi.
Ayniqsa bolalarning yoshi va psixologik rivojlanish jarayoni inobatga
olingan holda, ularga xorijiy tillarni, xususan, ingliz tili va rus tillarini o’rgatish
jarayoni o’ziga xos yondashuvni talab etadi. Bu yo’nalishda faoliyat yuritayotgan
pedagoglardan yuqori darajadagi etibor, sabr-toqat va pedagogik mahorat zarur
bo’ladi. Har bir bola o’ziga xos xarakter va qabul qilish tezligiga ega bo’ganligi
sababli, hamda uning erkatoy o’jarlik qilgan jarayonlarida o’qituvchi har bir bolaga
individual yondashishi, o’z fanini qiziqarli va interaktiv shaklda yetkazib ishlay
oladigan, zamonaviy metodikalardan xabardor bo’lishi talab etiladi. Ular bolalar
bilan muloqot mobaynida bolalarning yoshiga mos, iliq, do’stona, mehribon va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
138
rag’batlantiruvchi munosabatda bo’lishlari orqali, bolada til o’rganishga nisbatan
ijobiy munosabat va ishtiyoq uyg’otishlari mumkin. Bunday yondashuv nafaqat
ta’lim sifatini oshiradi, balki bolalarning psixologik sog’liklariga ham ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Xulosa.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, zamonaviy texnologiyalar, xususan,
smartfonlarning bolalar hayotiga kirib kelishi muqarrar bo’lsa-da, ularning
noto’g’ri va nazoratsiz foydalanilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa bog’cha yoshidagi bolalarda bu holat ruhiy rivojlanish, ijtimoiy
ko’nikmalar va o’quvga bo’lgan munosabat shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. Shu
sababli, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning yoshi va psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda, ingliz tili, rus tili, sport va matematika kabi
foydali va qiziqarli mashg’ulotlarni joriy etish muhimdir. Bu jarayonda
pedagoglardan yuksak mas’uliyat, innovatsion yondashuv va mehr bilan ishlash
talab etiladi. Eng asosiysi, bu kabi ta’limiy dasturlar Xalq ta’limi tizimi tomonidan
muntazam nazoratda bo’lishi, metodik jihatdan takomillashtirilib borilishi lozim.
Ana shundagina biz yosh avlodni texnologiyaga qaramlikdan asrab, ularni sog’lom,
bilimli va har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalay olamiz.
Foy
“
dalanilgan
adabiyotlar
.
1.
Glow kids: How Screen Addition Is Hijacking our kids – and How to break
the Trance” Muallif: Nicholas Kardaras.
2.
CDC (AQSH Kasalliklarni nazorat qilish Markazi) ma’lumotlari.
3.
Medline Plus tibbiy ensiklopediyasi
4.
Yale universiteti tadqiqoti.
5.
Ilmiy va tibbiy internet manbalari