Авторы

  • Tojiboyeva Mahzuna Ravshanovna

Биография автора

  • Tojiboyeva Mahzuna Ravshanovna

    Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili fakulteti 1-kurs 761-24-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88337

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: gender jins tarix imkoniyatlar erkak va ayol huquqlari yangi O’zbekiston ayol. Ключевые слова: гендер пол история возможности права мужчины и женщины новый Узбекистан женщина. Key words: gender sex history opportunities male and female rights new Uzbekistan woman.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada gender tengligi tushunchasi va uning mohiyati, tarixda o’rni qay darajada bo’lganligi. Shuningdek, gender tenglikni ta’minlash orqali qo’lga kiritiladigan bir nechta imkoniyatlar va masalalar tahlil qilinadi.

Аннотация: В данной статье рассматривается понятие гендерного равенства и его сущность, в какой степени оно имеет место в истории.  Также анализируются некоторые возможности и проблемы, которые можно получить путем обеспечения гендерного равенства.

Abstract: In this article, the concept of gender equality and its essence, to what extent it has a place in history.  Also, several opportunities and issues to be gained by ensuring gender equality are analyzed.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

128

YANGILANAYOTGAN O’ZBEKISTONDA GENDER

TENGLIKNING HUQUQIY ASOSLARI

Tojiboyeva Mahzuna Ravshanovna

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili

fakulteti 1-kurs 761-24-guruh talabasi

tojiboyevamuhsina2701@gmail.com

Tel: +998 93 247 27 01

Annotatsiya: Mazkur maqolada gender tengligi tushunchasi va uning

mohiyati, tarixda o’rni qay darajada bo’lganligi. Shuningdek, gender tenglikni

ta’minlash orqali qo’lga kiritiladigan bir nechta imkoniyatlar va masalalar tahlil

qilinadi.

Kalit so’zlar: gender, jins, tarix, imkoniyatlar, erkak va ayol huquqlari, yangi

O’zbekiston, ayol.

Аннотация: В данной статье рассматривается понятие гендерного

равенства и его сущность, в какой степени оно имеет место в истории.

Также анализируются некоторые возможности и проблемы, которые

можно получить путем обеспечения гендерного равенства.

Ключевые слова: гендер, пол, история, возможности, права мужчины

и женщины, новый Узбекистан, женщина.

Abstract: In this article, the concept of gender equality and its essence, to

what extent it has a place in history. Also, several opportunities and issues to be

gained by ensuring gender equality are analyzed.

Key words: gender, sex, history, opportunities, male and female rights, new

Uzbekistan, woman.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

129

Kirish

Hozirgi kunda davlatlar rivojlanishida alohida e’tiborga olingan masalalar

sirasiga jamiyat, davlat, ta’lim, oila tuzilmalarida gender tenglik masalasiga

alohida e’tibor qaratilomqda. Ushbu tushuncha tadqiqotlar maydoniga o’tgan

asrning 70-yillarida kirib kelgan. Gender tenglik tushunchasiga olimlar turli xil

nazariyalarni aytib o’tishgan. Masalan, bular qatoriga V.Fon.Gumbold,

A.A.Potebnya, D.Lakoff, L.Push kabilar taniqli olimlarni keltirishimiz mumkin.

Gender tenglik masalasi yuzasidan turlicha tadqiq qilishgan o’zbek olimlaridan;

Sh. Raxmatullayev, A.E.Mamatov, P/U/Bakirov, M.K.Xoliqova, K.D.To’xtayeva

va boshqalar. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, gender tengligi – bu patriaxal

tizimidan keying ijtimoi-jinsiy munosabatlarning keying bosqichi. Ba’zilarning

fikricha esa, gender tenglik bu erkak va ayollarning teng huquqligi.

Gender tenglik

(lotincha parties-tenglik) – muvozanatli, ya’ni, hayotnning barcha sohalarida

(siyosiy, iqtisodiy va ijtimoi) hokimiyat va qarorlar qabul qilishda erkaklar va

ayollarning bir xil, teng ishtiroki, jinslar o’rtasidagi tengligi hisoblanadi.

Mamlakatimizda so’nggi yillarda gender tenglik tamoyilini jamiyatga singdish

bilan bog’liq ko’pgina islohotlar va qonunlar joriy qilinmoqda. Masalan,

O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-sentabr kun

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambelyasining 75-yubley sessiyasida

o’zbek tilida so’zlgan nutqida O’zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy

modernatzsiya qilishning ustuvor yo’nalislarini ko’rsatib, gender tenglik

masalasiga alohida to’xtalganlar. Nutqlarida; “Biz uchun gender tenglik siyosati

ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o’rni tobora

kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga

ko’paydi

1

deb e’tirof etadilar. O’zbekiston respublikasi joriy Konstitutsiyasining

58-moddasida ham gender tenglik masalasiga to’xtalib o’tilgan. Unga ko’ra;

1

O’zbekiston Respublikasi Gazeta.uz sayti


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

130

Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.Davlat xotin-qizlar va erkaklarga

jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat

hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi

2

. Bundan

tashqari gender so’zining o’ziga ham ta’rifa bersak;

“gender” so’zi inglizcha “gender:, lotincha “gnus” so’zlaridan olingan bo’lib,

“zot, jins, kelib chiqish” ma’nosini anglatadi.

gender — xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat

hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq,

mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan

ijtimoiy jihati

3

. Agarda biologik jins insonlarni ayol va erkaklarga ajratadigan

bo’lsa, gender esa ayol va erkaklarning jamiyatdagi o’rnini ajratishga qaratilgan.

Jamiyatda har bir ayol va erkakning o’z o’rnini topishi, shuningdek, davlat

boshqarishda va siyosat ishlarida ayollarning ham o’rni, huquqlari ta’minlanishi

gender tenglikning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.Shu o’rinda O’zbekiston

respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.M 2019-yil iyun oyida Oliy Majlis

Senatida; “Meni kishilarimizning ongida paydo bo’layotgan stereopit ko’p

o’ylantiradi. Odatda biz ayolni, avvalamobor, ona, oila qo’rg’oning qo’riqchisi

sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to’g’ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy

kuzatuvchi emas, balki mamalkatda amalga oshirilayotgan demokratik

o’zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo’lishi kerak!”

4

- deb

dav’at qilgan nutqini eslamog’imiz lozim.

Ayol-jamiyatning ko’zgusidir. O’tgan davrlarda, faqat erkaklar har

tomonlama ustun hisoblanishgan, biroq hozirgi kunga kelib ayollar ham erkaklar

bilan teng mavqeydadir. Ayollarni kamsitishga, ularning huquqlaridan mahrum

2

O’zbekison Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023 https://lex.uz/docs/

-6445145

3

O’zbekiston Respublikasi xotin

-

qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risidagi

qonun 03.09.2019 https://lex.uz/docs/-4494849

4

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 21-iyun oyida Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

131

qilishga hech kimning haqqi yo’qdir va bu qonun nazorati ostidadir. Bilamizki,

ayollar oldin siyosiy huquqlarga ega bo’lishmagan ular davlat ishlarini bevosita

boshqarishga o’z hissalarini qo’sha olishmagan. Ammo, hozir unday emas.

Ayollarning siyosiy huquqlarini ta’minlash maqsadida. 28.12.1997 yilda

Ayollarning siyosiy huquqlari to’g’risida konvensiya joriy qilingan. Ushbu

konvensiyaning 2-moddasiga e’tibor qarataylik;

Ayollar erkaklar bilan teng sharoitlarda, hech qanday kamsitishlarsiz, milliy

qonunchilikda belgilangan tartibda barcha davlat va jamoat xizmati lavozimlarini

egallash va ularni amalga oshirish huquqiga ega.

5

Demak, har bir ayol erkaklar

ishlayotgan davlat va jamoat xizmati lavozimlarini egallash huquqiga ega ekanlar.

Agar hozirni o’tmish bilan solishtirsa yer bilan osmonchalik farqi borligiga amin

bo’lamiz. Oldinlari, ayollarning huquq va erkinliklarini ta’minlash to’g’risida hech

qanday qonunlarimiz bo’lmagan. Ayollar faqat past tabaqada ko’rilgan. Hatto

bilamizki, ayollar ta’lim muassasalarida ilm olish, ishlash kabi huquqlaridan

foydalanishga jur’at topa olishmgan. Aslida, bu huquqlar ya’ni gender tenglik

avvaldan mavjud bo’lgan. Buni Islom ta’limotida ko’rishimiz mumkin. Qur’oni

karimning “Tavba” surasida “Mo’minlar va mo’minalar bir-birlariga do’stdirlar:

(odamlarni) yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar

6

. Bundan

tashqari, Islom shariatida Alloh taoloning kalomida ilm talab qilish

musulmonlarning erkagu ayoliga tegishli ekanligini ko’rishimiz mumkin. To’g’ri

bu yerda aniq gender tenglik mavjud degan jumlanlarni ko’rmadik, biroq shu

mavzuga olib boradigan suralardir. Ya’ni Islomda ayollarga har doim hurmt

ko’rsatilgan va ta’lim olish burchi berilgan. Hindistonda juda xunuk holat hukm

surgan. Agar erkak kishi vafot etsa, xotini tiriklayin eriga qo’shib kuydirilgan.

Qadimgi Xitoyda esa, qiz bolaning tug’ilishi falokat sifatida e’tirof etilgan.

Tarixlardan ko’rishimiz mumkinki, erkaklar tug’ilsa shodlik qizlar tu’ilsa esa

5

Ayollarning siyosiy huquqlari to'g'risida konvensiya 28.12.1997 https://lex.uz/docs/-2690835

6

Qur’oni karim “Tavba surasi” 71

-

oyat. “Hilol nashr”, 2017


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

132

azalik ochilgan. Hatto, qiz farzandni dunyoga keltirgan onani qizi bilan o’ldirib

yuborilgan holatlar ham tariximizda mavjud bo’lgan. Shu o’rinda Antifontning o’z

asarlarida qo’llagan jumlasini yodga olaylik;

“Tabiat barchani: ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib yaratadi,

lekin odamlar insonlarni tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab

chiqishadi.”

Hozirda yangilanayotgan O’zbekistonda davlatimiz tomonidan kelajagimiz

tayanchi bo’lgan yosh avlodni tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lgan onalar va barcha

xotin qizlarni ishlab chiqarish jarayonida himoyalashga qaratilgan ulkan ijtimoiy

dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “ayollarni ijtimoiy

himoyalash”, “nogironlarni mehnatga qyatarish” davlat dasturlarining ro’yobga

chiqarila boshlanishi bilan bir necha minglab ish joylari sog’lomlashuviga, qulay

va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishiga erishildi. Masalan, 2019-yil 7-martda

qabul qilingan “Xotin-qizlarning huquq kafolatlarini yanada kechaytirish va

tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar” to’g’risidagi

qonun. Bundan tashqari ayollarni siyosiy huquqlarini ta’minlash maqsadida

deklaratsiyalar joriy qilingan. Shuningdek, temir daftarchasi, Zulfiya mukofoti

kabi bir qancha imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berilgan. Bizning mamlakatda

gender tenglikni ta’minlash har doim muhim masalalarimizdan bir bo’lib kelgan va

hamon shunday davom etmoqda. Xotin va qizlarimiz borligi sabali biz mavjudmiz,

ular tufayli mamlakatimiz yuksalmoqda va albatta bu cheksiz mukofotlarga

arziydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi

2.

O’zbekiston Respublikasi Gazeta.uz sayti


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

133

3.

O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida gi qonun

4.

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 21-iyun oyida Oliy Majlis Senatining

yigirmanchi yapi majlisidagi nutqi

5.

Ayollarning siyosiy huquqlari to’g’risidagi konvensiya 28.12.1997

6.

Qur’oni karim “Tavba surasi” 71-oyat “Hilol nashriyot”, 2017