Авторы

  • Norqulova Husnora Nodirovna

Биография автора

  • Norqulova Husnora Nodirovna

    Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili fakulteti 1-kurs 761-guruh  talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88338

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Huquq Huquqiy madaniyat Huquqiy ong Fuqarolar Jamiyat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oliy Majlis Qaror Farmon. Keywords: Law Legal culture Legal awareness citizens Society Constitution of the Republic of Uzbekistan Oliy Majlis Decision Decree. Ключевые слова: Закон Правовая культура Правосознание Граждане Общество Конституция Республики Узбекистан Олий Мажлис Постановление Указ .

Аннотация

Anontatsiya: Ushbu maqola yurtimizda fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirish bo’yicha chora - tadbirlar to’g’risida yozilgan. Hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” orqali aholining huquqiy madaniyatini o’zgartirish ,qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish va amalga tatbiq etish kabi vazifalarni qamrab olgan.

      Annotation: This article is about citizens our country measures  to increase legal awareness and culture are written. And through the Constitution of the Republic of Uzbekistan and the “National Program for improving legal culture in society” adopted by the Oliy Majlis, it coveres tasks such as changing the legal culture of the population, forming and implementing the sipirit of respect for laws

    Аннотация:  В данной статье написано о мерах по повышению правового сознания и культуры граждан в нашей стране. А через Конституцию Республики Узбекистан и принятую Олий Мажлисом “ Национальную программу повышения правовой культуры в обществе “ освещаются такие задачи, как изменение правовой культуры населения, формирование и реализация духа уважения к законам.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

123

JAMIYATDA HUQUQIY ONG VA MADANIYATNI

YUKSALTIRISH.

Norqulova Husnora Nodirovna

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili

fakulteti 1-kurs 761-guruh talabasi

noranorkulova06@gmail.com

.

Tel: +998 99 158 39 06

Anontatsiya: Ushbu maqola yurtimizda fuqarolarning huquqiy ong va

madaniyatini oshirish bo’yicha chora - tadbirlar to’g’risida yozilgan. Hamda

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan

“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” orqali aholining

huquqiy madaniyatini o’zgartirish ,qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish va

amalga tatbiq etish kabi vazifalarni qamrab olgan.

Kalit so’zlar: Huquq , Huquqiy madaniyat , Huquqiy ong Fuqarolar ,

Jamiyat , O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oliy Majlis , Qaror , Farmon.

PROMOTING LEGAL AWARENESS AND CULTURE IN

SOCIETY.

Annotation: This article is about citizens our country measures to

increase legal awareness and culture are written. And through the Constitution of

the Republic of Uzbekistan and the “National Program for improving legal

culture in society” adopted by the Oliy Majlis, it coveres tasks such as changing

the legal culture of the population, forming and implementing the sipirit of respect

for laws

Keywords: Law, Legal culture, Legal awareness citizens, Society,

Constitution of the Republic of Uzbekistan, Oliy Majlis, Decision, Decree.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

124

ПОВЫШЕНИЕ ПРАВОВОГО СОЗНАНИЯ И КУЛЬТУРЫ В

ОБЩЕСТВЕ.

Аннотация: В данной статье написано о мерах по повышению

правового сознания и культуры граждан в нашей стране. А через

Конституцию Республики Узбекистан и принятую Олий Мажлисом “

Национальную программу повышения правовой культуры в обществе “

освещаются такие задачи, как изменение правовой культуры населения,

формирование и реализация духа уважения к законам.

Ключевые слова: Закон, Правовая культура , Правосознание

Граждане Общество, Конституция Республики Узбекистан, Олий Мажлис

, Постановление , Указ .

Huquqiy ong – bu ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo’lib, kishilarda

huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga

nisbatan bo’lgan g’oyalar, his-tuyg’ular, tasavvurlar yig’indisidir. Huquqiy

madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga

asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga nisbatan yuksak

hurmat va e’tirof, sabr-toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg’ularini ongimizga

singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini,

dunyoqarashini mustaqilligimiz yo’lida fidokorona mehnat qilishga yo’naltirilgan

huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va

qonuniylikni ta’minlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Avvalo, huquqiy madaniyat tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak, Huquqiy

madaniyat- umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida

shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilmlarga ega bo’lgan va ularni

amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi

mumkin. U.Tajixanov va A.Saidovlar esa o’zlarining “ Huquqiy madaniyat

nazariyasi” nomli kitobida huquqiy madaniyatga shunday ta’rif berishadi: “


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

125

Huquqiy madaniyat jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasi, xalqning

bu huquq tizmidan xabardorligi, fuqarolarning qonunga bo’lgan hurmati, huquq

normalarning ijro etilishi va qonunga itoatkorlik darajasi

1

.

Hozirgi kunda fuqarolarimizning huquqiy ong va madaniyati quvonarli

emas albatta. Oddiygina kundalik turmushimizda bo’ladigan huquqlardan to’g’ri

va samarali foydalana olmaymiz. Huquq va qonunni faqatgina huquqshunoslar

o’rganishi kerak degan qoida hech qayerda yozilmagan. Yurtimizda istiqomat

qilayotgan har bir fuqaro o’zining huquq va majburiyatlarini o’rganib olishi lozim.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham bu huquq va

majburiyatlar berilgan. Yurtimizda sodir bo’layotgan huquqbuzarliklarning asosiy

sababi ham aynan fuqarolarimizning huquqiy ongi va madaniyatining pastligida.

Misol uchun ko’chada ketayotgan har qanday bir fuqaroni to’xtatib, undan

so’rasak o’zining qanday konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlari borligini

bilmaydi. Buning yechimini ham topsa bo’ladi. Agar maktab darsliklarida 5-

sinfdan boshlab konstitutsiya darsliklari o’tilsa , shundagina fuqarolarimizda

mas’uliyat va qonunga itoatkorlik hissi paydo bo’ladi.

Huquqiy ong va madaniyatni oshirish borasida mamlakatimizda ham bir

qancha chora- tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, mustaqilligimizga

erishganimizdan so’ng, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga katta

e’tibor berildi. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi tomonidan “ Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”

qabul qilingan edi

2

. Unda aholi huquqiy madaniyat darajasining oshirilishi qonun

chiqaruvchi, ijro etuvchi, va sud hokimyati xodimlarining bilimdonligiga ko’p

jihatdan bog’liqligi, huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni

rag’batlantirish, ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish va boshqa masalalar

1

.U.Tajixanov, A.Saidov.Huquqiy madaniyat nazariyasi 1-tom. Toshkent.1998,11-b

2

https://lex.uz/ru/docs/-249352


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

126

o’z aksini topgan. Bundan tashqari , 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi

to’g’risida”gi Prezident farmoni, 2017-yil 7-sentabrda qabul qilingan “ Huquqiy

axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi qonun

3

,

2018-yil 13-apreldagi “ Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya

organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari

to’g’risida”gi Prezident farmoni, 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong

va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizmini tubdan takomillashtirish

to’g’risida”gi Prezident farmoni va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul

qilinganini ko’rishimiz mumkin.

Aholining qonunlarga huquqiy jarayonlarga ishtirokini va ularning

xabardorlik darajasini aniqlash uchun alohida jamoatchilik fikri so’rovlari ham

o’tkazilib turiladi. Misol tariqasida 2017-yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini

o’rganish markazi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-

yilligi” mavzusida jamoatchilik fikri so’rovi o’tkazilgan edi. Bundan tashqari,

2023-yil 30-avgust yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi munosabati

bilan ham keng jamoatchilik fikri o’tkazildi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, qabul qilinayotgan

qonunlar, har qanday normativ-huquqiy hujjatlar, huquq sohasida bo’ladigan

o’zgarishlardan to’liq tarzda xabardor bo’lib, o’rganib chiqilishi natijasida

huquqiy ong va huquqiy madaniyat yuksak darajada shakllanadi.

Xulosa qilib aytganda “ Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish-

demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!”. Shunday ekan, qonunlarning

samarali ishlashi uchun fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini,

huquqiy mafkurasini yuksaltirish juda muhim. Aholining barcha tabaqalari,

ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim saviyasini yuqori darajaga ko’tarish bilan

biz qonun buzilishlari, adolatsizliklar, jinoyatlarning oldini olgan bo’lamiz. Zero,

3

https://lex.uz/acts/-3329163


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

127

har bir fuqaro iqtisodiy va siyosiy islohatlar jadal o’tkazilayotgan hozirgi davrda

qayerda ishlamasin, xizmat qilmasin, o’qimasin, har qadamda huquqiy bilimga

ehtiyoj sezishi tayin. Shunday ekan biz yoshlar jamiyatda huquqiy madaniyatni

rivojlantirish uchun o’z hissamizni qo’shamiz, eng birinchi navbatda huquqiy

qonun va normalarga o’zimiz amal qilib o’rnak bo’lishimiz darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Islomov.Z.M.Davlat va huquq nazariyasi.-T.: Adolat, 2007.-537-b

2.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 29.08.1997-yil 466-I son qarori

bilan tasdiqlangan .Norma.uz.

3.“ Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi” mavzusida jamoatchilik

fikri so’rovi.Kun.uz.24.11.2017

4.Odilqoriyev X.T Davlat va huquq nazariyasi(darslik).-T.:”

Adolat”,2018,287-b

5.U.Tajixanov, A.Saidov.Huquqiy madaniyat nazariyasi 1-tom.

Toshkent.1998,11-b

6.Lex.uz