https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
114
VIRTUAL MAKONDA FUQAROVIY HUQUQIY MUNOSABATLARNI
TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti
Mubin Nasullaev
Annotatsiya:
Maqolada
virtual
makonda
fuqaroviy
huquqiy
munosabatlarni tartibga solishning ilmiy jihatdan tushunchasi yoritib berilgan.
Shaxsan bu haqida mahalliy va xorijiy mualliflarning ilmiy asarlarida bayon
qilingan fikr-mulohazalari ko‘rsatilib, ular huquqiy jihatdan tahlil qilingan.
Mavzuga bag‘ishlangan huquqshunos olimlarning ilmiy asarlaridan foydalanilgan
holda, muallifning shaxsiy o‘z fikrlarini ifodalanib, hozirgi davrda virtual
dunyodagi fuqaroviy munosabatlarni tartibga solinishiga global yondashuv
bo‘lishligini ta’kidlangan. Maqolada muallif mavzu yuzasidan amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan va kelajakda qilinishi kutilayotgan ish faoliyatlarni amalga
oshirishga oid ilmiy va amaliy taklif va xulosalarni ko‘rsatgan.
Kalit so‘zlari: raqamli davr, virtual makon, elektron to‘lovlar, onlayn
xizmatlar, kibermakon, kiberhuquq, blokcheyn, sun’iy intellekt, kibersudlar,
kriptografiya, kiberxavfsizlik, robototexnika, kiberjinoyat, global xavf, raqamli
xavfsizlik.
Zamonaviy
raqamli
davrda
virtual
makon
fuqaroviy
huquqiy
munosabatlarning yangi shakllarini vujudga keltirdi. Bugungi kunda raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi, onlayn xizmatlar, elektron to‘lovlar va blokcheyn
texnologiyalari fuqaroviy huquqiy munosabatlarning yangi ko‘rinishlarini yuzaga
keltirmoqda. Bu esa huquqshunos olimlar tomonidan ushbu sohadagi huquqiy
munosabatlarni chuqur o‘rganishni talab etmoqda. Virtual makondagi fuqaroviy
huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha taniqli huquqshunos olimlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
115
bunga munosabat bildirib, o‘z fikr-mulohazalari va qarashlari bilan bu masalalarni
tahlil qilmoqdalar.
Jumladan,
K.A.Ivanova,
Madi
Miltikbaev
va
D.D.Shtodinalar
kibermakonni xalqaro huquq nuqtai nazaridan tahlil qilib, uning asosiy
xususiyatlarini belgilashga harakat qildilar. Ularning fikricha, kibermakondagi
huquqiy bo‘shliqlar global xavflarga olib kelishi mumkin va bu sohada universal
tushuncha hamda xalqaro huquqiy normalarni ishlab chiqish zarur
hisoblaydilar.
Bunday tahlilga qaraganda, mazkur masala xalqaro tashkilotlar tomonidan
markazlashtirilgan yondashuv asosida hal qilinishi lozimligi ko‘rinadi. Chunki,
davlatlar o‘z milliy qonunlariga tayanib, kibermakonni tartibga solishga harakat
qilsa ham, bugungi globallashgan dunyoda bu yetarli emas. Barqaror va samarali
xalqaro kiberhuquqiy tizim yaratilishi lozim deb hisoblanadi.
Bu yo‘nalishda virtual makonda fuqaroviy huquqiy munosabatlarni tartibga
solish xalqaro darajada integratsiyalashgan, barqaror va samarali huquqiy tizimni
talab etadi. Bunday tizimni shakllantirishda x
alqaro kiberhuquqiy normalarni
ishlab
chiqish
maqsadga
muvofiq
bo‘ladi.
Barqaror kiberhuquqiy tizim yaratish uchun davlatlar o‘rtasida huquqiy hamkorlik
va yagona me’yoriy baza shakllantirilishi lozim. Bunda BMT, Yevropa Ittifoqi,
ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida kibermakonda huquqiy
munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro konvensiyalar ishlab chiqilishi talab
etiladi.
Shuningdek,
milliy qonunchilikni xalqaro me’yorlarga moslashtirib,
davlatlar o‘z milliy kiberhuquqiy qonunchiligini xalqaro standartlar va tamoyillar
1
Иванова К.А., Милтикбаев М., Штодина Д.Д. "Киберҳуқуқнинг халқаро ҳуқуқий
асослари" – Москва: Юрайт, 2022.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
116
asosida takomillashtirishi lozim. Bu raqamli iqtisodiyot va fuqarolarning
kiberhuquqlarini himoya qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu ishda kiberxavfsizlikni ham kuchaytirish dolzarb masalalardan
biridir. Chunki,
virtual makondagi huquqbuzarliklarga qarshi samarali choralar
ko‘rish uchun davlatlar va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish zarur
bo‘ladi. Bu kiberhujumlar, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasizligi va onlayn
firibgarlikka qarshi huquqiy choralar ishlab chiqishga yordam beradi.
Shu bilan birga, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishni ham
unutmaslik kerak.
Barqaror kiberhuquqiy tizimni amalga oshirishda jamiyatning
huquqiy savodxonligi muhim ahamiyatga ega. Fuqarolar o‘z raqamli huquqlarini
bilishi va himoya qilishi uchun ta’lim tizimi orqali huquqiy bilimlarni oshirishlari
lozim.
Asosiy masalalardan biri bo‘lgan
innovatsion texnologiyalar orqali
huquqiy nazoratni kuchaytirish ham muhim rol o‘ynaydi. Bunda
blokcheyn, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi innovatsion texnologiyalar
yordamida huquqiy munosabatlarni raqamli tartibga solish samarali amalga
oshirilishi mumkin. Davlatlar ushbu texnologiyalarni qonunchilikka moslashtirgan
holda joriy qilishi lozim.
Xalqaro kibersudlarni tashkil qilish e’tibordan chetda qolmasligi
sababli,
kiberhuquq sohasidagi nizolarni hal qilish uchun xalqaro kibersudlar va
arbitraj mexanizmlari yaratilishi lozim. Bu transmilliy huquqbuzarliklarni samarali
tartibga solishga yordam beradi.
Huquqnunos olimlar kiberhuquq va fuqarolik huquqi o‘rtasidagi
munosabatlarni chuqur tahlil qilib, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatmoqdalar.
Abdurahmonning fikricha, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va elektron
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
117
dalillarni qonunchilikka kiritish hali to‘liq amalga oshmaganligi sababli,
fuqarolarning raqamli huquqlari aniq tartibga solinishi kerak
Bu fikrlarga munosabat bildirmoqchi bo‘lsak, bugungi kunda aksariyat
davlatlarda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlari mavjud, biroq
ularning amalda qo‘llanilishida ko‘plab muammolar mavjud. Shuning uchun
huquqiy himoya tizimini takomillashtirish uchun davlat va xususiy sektor o‘rtasida
hamkorlikni kuchaytirish lozim. Bu yo‘nalishda qanday ishlarni amalga oshirish
kerak?
Birinchidan, huquqiy himoya tizimini takomillashtirish va kiberhuquqiy
munosabatlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun davlat va xususiy sektor o‘rtasida
q
onunchilik va texnologiyani moslashtirish,
davlat organlari va xususiy IT-
kompaniyalar hamkorlikda kiberhuquqga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab
chiqishlari va ularni texnologik o‘zgarishlarga moslashtirib borishlari zarur.
Ikkinchidan, kiberxavfsizlikni mustahkamlash
kiberhujumlarga qarshi
davlat va xususiy sektor hamkorlikda kiberxavfsizlik standartlarini joriy qilishi,
axborot almashish tizimini takomillashtirishi va kiberhujumlarga javob berish
mexanizmlarini ishlab chiqishi lozim.
Uchinchidan, huquqbuzarliklarga qarshi tezkor choralar ko‘rilishi,
davlat va
xususiy kompaniyalar o‘rtasida onlayn firibgarlik, kiberhujumlar va shaxsiy
ma’lumotlar himoyasini ta’minlash borasida operativ hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi
kerak.
To‘rtinchidan, yuqorida qayd etilganidek, ta’lim va huquqiy savodxonlikni
oshirish,
bunda davlat va xususiy sektor hamkorligi orqali kiberxavfsizlikka oid
2
Абдураҳмон. "Рақамли ҳуқуқлар ва кибермакон" – Тошкент: Академнашр, 2023
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
118
huquqiy ta’lim dasturlarini joriy qilish, fuqarolar va biznes vakillari uchun
treninglar tashkil etishlik nazarda tutiladi.
Beshinchidan esa, innovatsion loyihalarni moliyalashtirilishi,
davlat va xususiy
sektor hamkorligida kiberhuquq va raqamli xavfsizlik bo‘yicha innovatsion
texnologiyalarni
ishlab
chiqish
va
moliyalashtirish
mexanizmini
takomillashtirilishi zaruriyatdir.
Virtual makonda ma’lumotlar maxfiyligi va xavfsizligi bilan bog‘liq
muammolarga
e’tibor qaratmoqchi bo‘lsak, bu o‘rinda Li Adik
Aleksandrovichning mavjud huquqiy tizimlarning raqamli texnologiyalar
rivojlanishiga javob berolmayotganligini ta’kidlaganligi, yangi strategiyalar va
huquqiy normalarni ishlab chiqish kerak
ligi to‘g‘risida fikrlar bildirgan.
Uning qayd etilgan fikri yuzasidan aytish joizki, bugungi raqamli davrda
ma’lumotlarning maxfiyligiga e’tibor qaratish juda muhim. Davlatlar va xususiy
kompaniyalar ma’lumotlardan qanday foydalanishi haqida ochiqlikni ta’minlashi
va fuqarolarning raqamli huquqlarini himoya qilishda innovatsion yondashuvlar
joriy qilinishi zarurdir.
M
a’lumotlardan foydalanishda shaffoflikni ta’minlashi va
fuqarolarning raqamli huquqlarini himoya qilish uchun m
a’lumotlardan
foydalanishda ochiqlik tamoyillarini joriy qilishda davlat
va xususiy
kompaniyalar ma’lumotlar yig‘ish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarini ochiq
tarzda yuritishi kerak. Buning uchun ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik
kengashlari va mustaqil auditorlar orqali nazoratni kuchaytirish yo‘li bilan amalga
oshirilishi mumkin.
3
Александрович Л.А. "Киберхавфсизлик ва шахсий маълумотлар ҳимояси" – Санкт-
Петербург: Наука, 2023.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
119
Shu bilan birga fuqarolarga ma’lumotlari ustida nazorat qilish
imkonini ya’ni,
barcha raqamli platformalar foydalanuvchilarga shaxsiy
ma’lumotlarini ko‘rish, tahrirlash va o‘chirish imkonini berishi kerak.
Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berilishi yuzasidan
foydalanuvchining roziligi olinishi, har bir raqamli xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya
ma’lumotlar siyosati bo‘yicha ochiq va tushunarli qoidalarni ishlab chiqishi,
foydalanuvchilarga ularning huquqlari va xavflar haqida ma’lumot berishi
maqsadga muvofiqdir.
Innovatsion texnologiyalar orqali huquqlarni himoya qilishda
davlatlar va xususiy sektor blokcheyn, kriptografiya va sun’iy intellekt kabi
texnologiyalardan foydalanib, shaxsiy ma’lumotlar himoyasini kuchaytirishi zarur.
Masalan, blokcheyn orqali ma’lumotlarni saqlash tizimini shaffof va xavfsiz qilib
yo‘lga qo‘yish mumkin.
Fuqarolarni
xavfsizlik
borasida
xabardor
qilish
maqsadida
davlatlar va xususiy sektor kiberxavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya
qilishlikni ta’minlash uchun jamoatchilikni xabardor qilishga oid dasturlar joriy
qilinishi zarur bo‘ladi.
Bulardan tashqari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish,
davlatlar va xususiy kompaniyalar xalqaro kiberhuquqiy tashkilotlar bilan
hamkorlik qilib, global standartlar asosida ma’lumotlardan foydalanish va himoya
qilish tizimini yaratishi lozim.
Olimlardan Shmitt N.Maykl va Vixul Liyslar kibermakonda suverenitet
masalasi va davlatlarning kiberhududiy huquqlarini o‘rganishdi. Ular xalqaro
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
120
huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va davlatlar o‘rtasida qo‘shma siyosat yuritish
zarur
ligini ta’kidlaydilar.
Bunda, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik bu borada eng muhim omillardan biri.
Kibermakonning tabiati shundayki, uning chegaralari yo‘q, shu sababli, milliy
qonunlar asosida cheklangan yondashuvlar muammoni to‘liq hal qila olmaydi.
Milliy qonunlar asosida cheklangan yondashuvlar raqamli huquqiy munosabatlarni
to‘liq tartibga solishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun
x
alqaro hamkorlikni kengaytirish,
milliy qonunlar cheklangan imkoniyatlarga
ega bo‘lgani sababli, davlatlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirib, transmilliy huquqiy
mexanizmlarni shakllantirishi kerak.
Shuningdek, yagona global huquqiy me’yorlar yaratishda
kiberhuquq
sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, global huquqiy standartlar
ishlab chiqilishi zarur.
huquqiy tizimlarning o‘zaro integratsiyasida esa,
milliy
va xalqaro huquqiy tizimlar o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda ishlashi kerak. Bu
esa, davlatlar va xususiy sektor o‘rtasida huquqiy muammolarning hal etilishini
osonlashtiradi.
Virtual makonda texnologik o‘zgarishlarga mos qonunchilik yaratish davr
talabi bo‘lib, bunda
milliy qonunchilik doimiy ravishda texnologik
rivojlanishlarga mos ravishda takomillashtirilishi, k
iberhuquq bo‘yicha ta’limni
kengaytirilishi,
huquqshunoslar va davlat idoralari xodimlari uchun kiberhuquq
bo‘yicha maxsus ta’lim dasturlari joriy qilinishi lozim.
Qayd etilganlar bilan birga qator huquqshunos olimlar virtual makonda
bo‘layotgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish borasida fikr-mulohazalar
4
Schmitt M.N., Vihul L. "Cyber Sovereignty and International Law" – Cambridge University
Press, 2017.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
121
bildirib, o‘zlarining huquqiy qarashlari bilan bunga munosabat bildirganlar.
Jumladan, S.Yusupov
robototexnika sohasidagi huquqiy tartibga solish
masalalarini o‘rganib, bu borada yangi yondashuvlarni taklif qiladi.
Robotlar va sun’iy intellekt faoliyatini tartibga solish jarayonida nafaqat
yuridik, balki axloqiy normalar ham inobatga olinishi lozim. Chunki texnologiyalar
inson hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Texnologiyalar inson hayotiga chuqur
ta’sir ko‘rsatishini bir nechta jihatdan tushuntirish mumkin. Ular hayotimizning
turli sohalariga, ishlash tarzimizni, ko‘nikmalarimizni va kundalik hayotimizni
butunlay o‘zgartirdi.
Bandler Jon esa, kiberhuquq va kiberxavfsizlikning o‘zaro bog‘liqligini
tahlil qiladi. U kiberjinoyatlar va raqamli huquqbuzarliklarga qarshi huquqiy
choralarni kuchaytirish zarur
ligini qayd etadi.
Bugungi kunda kiberxavfsizlikni ta’minlash nafaqat davlat, balki jismoniy
va yuridik shaxslar uchun ham ustuvor masaladir. Fuqarolar va kompaniyalar o‘z
kiberxavfsizlik darajasini oshirish uchun huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi lozim.
Bleklous Kristina
ham raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning
huquqiy sohadagi ahamiyatini o‘rganadi. raqamli huquqiy mexanizmlarni joriy
etishda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy savodxonligi ham muhim o‘rin
tutadi. Bunda huquqshunoslar, mutaxassislar va davlat idoralari hamkorlikda ish
olib borishi lozim.
5
Юсупов С. "Робототехника ва сунъий интеллект: ҳуқуқий муаммолар" – Тошкент: Фан,
2023.
6
Bandler J. "Cyber Law and Security" – Oxford University Press, 2024.
7
Blacklaws C. "Digital Law and AI Regulation" – London: Routledge, 2025.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
122
Xulosa qilib olganda, yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, virtual
makonga oid huquqiy normalarni takomillashtirish talab etiladi. Bu jarayonda
xalqaro hamkorlik, innovatsion yondashuv va huquqiy savodxonlik muhim
ahamiyatga ega. Raqamli huquqiy mexanizmlarni samarali joriy etish,
fuqarolarning raqamli huquqlarini himoya qilish va kiberxavfsizlikni
mustahkamlash uchun har tomonlama kompleks yondashish lozim. Bu jarayonda
fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikni zamonaviylashtirish,
innovatsion texnologiyalarni ishlatish va davlat-xususiy sektor o‘rtasidagi
hamkorlikning samarali mexanizmini shakllantirish muhimdir. Bu yo‘ldagi barcha
tashabbuslar fuqarolarning raqamli huquqlarini to‘liq himoya qilishga, va ularning
raqamli muhitda xavfsiz va ishonchli faoliyat yuritishlariga xizmat qiladi
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ivanova K.A., Miltikbaev M., Shtodina D.D. "Kiberhuquqning
xalqaro huquqiy asoslari" – Moskva: Yurayt, 2022.
2.
Abdurahmon. "Raqamli huquqlar va kibermakon" – Toshkent:
Akademnashr, 2023
3.
Aleksandrovich L.A. "Kiberxavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlar
himoyasi" – Sankt-Peterburg: Nauka, 2023
4.
Schmitt M.N., Vihul L. "Cyber Sovereignty and International Law" –
Cambridge University Press, 2017.
5.
Yusupov S. "Robototexnika va sun’iy intellekt: huquqiy
muammolar" – Toshkent: Fan, 2023.
6.
Bandler J. "Cyber Law and Security" – Oxford University Press,
2024.
7.
Blacklaws C. "Digital Law and AI Regulation" – London: Routledge,
2025.