https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
103
FOTOSINTEZ JARAYONINI O‘SIMLIKLARNING O‘SISH VA
RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Shohimardonova Aziza Boynazar qizi
assistent Qarshi davlat texnika universiteti
Annotatsiya: Fotosintez jarayoni tabiatda eng muhim biologik jarayon
hisoblanadi.
Fotosintez natijasida bir yil davomida atmosferaga tirik organizmlar
nafas olishi uchun zarur boʻlgan 70-120 mlrd. t. ga yaqin erkin kislorod ajraladi.
Bu jarayonda oʻrmonlar, ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Masalan, oʻrmon
daraxtlari bahor va yoz oylarida 1 kishi nafas olishi uchun yetarli miqdorda
kislorod ajratadi bu esa o‘z navbatida fotosintez jarayoni to‘g‘risida fikr mulohaza
yuritishimizga asos bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: Fotosintez, biologik jarayon, kislorod, o‘rmon daraxtlari, suv
o‘tlari, bakteriyalar, tirik organizmlar,
xloroplastlar
, uglevodlar.
Аннотация: Фотосинтез является важнейшим биологическим
процессом в природе. В результате фотосинтеза в течение года в
атмосферу выделяется около 70-120 млрд тонн свободного кислорода,
необходимого для дыхания живых организмов. Особенно большое значение в
этом процессе имеют леса. Например, лесные деревья в весенние и летние
месяцы выделяют достаточное количество кислорода для дыхания одного
человека, что, в свою очередь, дает нам основание для размышлений о
процессе фотосинтеза.
Ключевые слова: Фотосинтез, биологический процесс, кислород,
лесные деревья, водоросли, бактерии, живые организмы, хлоропласты,
углеводы.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
104
Abstract: Photosynthesis is considered the most crucial biological process
in nature. As a result of photosynthesis, approximately 70-120 billion tons of free
oxygen, necessary for the respiration of living organisms, are released into the
atmosphere annually. Forests play a particularly significant role in this process.
For instance, during spring and summer months, forest trees release enough
oxygen to sustain the breathing of one person, which, in turn, provides us with a
basis for contemplating the process of photosynthesis.
Keywords: Photosynthesis, biological process, oxygen, forest trees, aquatic
plants, bacteria, living organisms, chloroplasts, carbohydrates
.
Kirish
Fotosintez
foto
va
sintez
- yuksak o‘simliklar, suvoʻtlar va ayrim
fotosintezlovchi bakteriyalarda xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar
oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi hisobiga oddiy birikmalardan murakkab
moddalar hosil boʻlishi. Fotosintez tabiatda sodir boʻladigan eng, muhim biologik
jarayonlardan biri. Fotosintezda quyosh energiyasi organik birikmalardagi
kimyoviy energiyaga aylanadi. Fotosintezda hosil boʻlgan organik birikmalar
barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi. Fotosintezda
barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga
ajralib chiqadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
105
Fotosintez
jarayonini
o‘simliklarning
o‘sish
va
rivojlanishiga ta’sirini o‘rgangan olimlar.
Fotosintez haqidagi dastlabki
maʼlumotlar ingliz botanigi va kimyogari S. Geyls (1727), rus olimi
M. V. Lomonosov (1753) ishlarida keltiriladi. Ammo Fotosintezni tajribalar orqali
oʻrganish ingliz kimyogari J.Pristli (1771), golland tabiatshunosi J.Senebye (1782),
shveysariyalik olim
T. Sossyur (1804) va boshqalarning ishlari bilan boshlandi. Nemis fiziologi
Yu. Saks (1863) barglardagi xloroplastlarda kraxmal sintezlanishini koʻrsatadi.
Fotosintezda kislorod hosil boʻlishi jarayonini nemis fiziologi T. V. Engelman
(1881) oʻrgangan. Fotosintezda yorugʻlik nurining ahamiyati 19-asrning
oʻrtalaridan oʻrganila boshlandi. Rus olimi K. A. Timiryazev (1875) yorugʻlik
energiyasining oʻsimlikdagi xlorofill orqali fotosintetik oʻzgarishlar jarayonida
ishtirok etishini koʻrsatdi. XIX asrning oʻrtalaridan boshlab fotosintezni
oʻrganishda yangi metodlar gaz analizi, izotop metodi, spektroskopiya, elektron
mikroskopiya usullari va boshqalar qoʻllanila boshlangandan soʻng fotosintezda
xlorofillning qatnashish mexanizmlari ishlab chiqildi.
Rus biokimyogari A. N. Bax (1893) fotosintez da SO2 assimilyatsiyasi suv
vodorodi va gidroksil guruhi ishtirokidagi oksidlanish qaytarilish jarayonidan
iborat ekanligi haqida fikr bildirdi. Gollandiyalik mikrobiolog K. B. Van
Nil bakteriyalar va oʻsimliklar fotosintezini solishtirib, birlamchi fotosintezning
fotokimyoviy jarayoni suvning dissotsialanishidan iboratligini aniqladi.
Fotosintezlovchi bakteriyalar (sianobakteriyalardan tashqari) H2S, N2, SN3 va
boshqa qaytaruvchilarga muhtoj boʻlgani uchun kislorod ajratmaydi.
Fotosintezning bu xili fotoreduksiya deyiladi. Yashil yoki purpur oltingugurt
bakteriyalari uchun fotosintezning umumiy formulasi quyidagicha boʻladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
106
Fotosintezning dastlabki jarayonlari xloroplastlar tilakoidlarida roʻy
beradi;
uglevodlar
esa stromada sintezlanadi. Keyinchalik AQSH olimi
D. I. Arnon xloroplastlar membranasini ajratib olib, uning stromasida NADFN va
ADF ishtirokida CO2 assimilyatsiyasi roʻy berishini kuzatadi: CO2 +ADF + C
uglevod qorongʻulik fotosintezlovchi bakteriyalar molekulyar kislorod ajratmaydi
va qabul qilmaydi; ularning koʻpchiligi anaerob oziqlanadi. Turli xil
organizmlardagi fotosintez jarayonining umumiy sxemasi quyidagicha: Bunda
DN2-donor, A-akseptor, AN2-fotosintez mahsuloti.
Suv – fotosintezda ishtirok etuvchi moddalardan biri, O2 va N2 ning
manbai hisoblanadi. Oʻsimlikning suv bilan doimiy taʼminlanishi barg
ogʻizchalarining faoliyatini belgilaydi. Barcha biokimyoviy va fiziologik
jarayonlarning jadalligi hujayralarning suv bilan taʼminlanishiga bevosita bogʻliq.
Suv yetishmasligi fotosintezda elektronlarning halqali va halqasiz tashilishiga
hamda fosforlanishga salbiy taʼsir etadi.
Ildiz tuprokdan turli xil oziq elementlarini oʻzlashtiradi. Bu elementlar
hujayra va uning tuzilmalari tarkibiga kiradi. Oʻsimlikning havodan va ildizdan
oziqlanishi oʻzaro uzviy bogʻliq. Masalan, azot va fosfor xloroplastlarning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
107
shakllanishida hamda ularda kechadigan jarayonlarda faol ishtirok etadi. Bu
elementlar yetishmasa xloroplastlar tuzilishida va funksiyasida chuqur oʻzgarishlar
sodir boʻladi. Fotosintez aerob sharoitda oʻtishi tufayli ushbu jarayonda kislorod
muxim ahamiyatga ega. Bu esa oʻsimlikning kislorod bilan muqobil
taʼminlanishini talab qiladi. Ammo havoda kislorodning koʻpayib ketishi
fotosintezga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Hosildorlikni koʻpaytirish uchun
oʻsimlikning quyosh nuridan foydalanish koeffitsiyentini oshirish zarur. Bunda har
bir oʻsimlik uchun CO2 suv va tuproqdagi oziq moddalar yetarli miqdorda boʻlishi
zarur.
Fotosintezning jadalligi bargning anatomik tuzilishi, ferment sistemasining
faolligi va boshqa omillarga bogʻliq. Fotosintez jadalligini oshirishda oʻsimliklar
seleksiyasining ham ahamiyati katta. Chunki SO2 ni tez oʻzlashtira oladigan va
hosil boʻlgan organik moddalardan samarali foydalanadigan yangi navlarni
yaratish mumkin.
Fotosintez tabiatda eng muxim biologik jarayonlardan biri. Fotosintez
tufayli har yili quruqlikda 100-172 mlrd. t, dengiz va okeanlarda 60-70 mlrd. t
(quruq ogʻirlikka nisbatan) organik modda hosil boʻladi. Fotosintez tufayli
atmosferadagi CO2 miqdori doimiy (0,03%) saqlanib turadi. Fotosintez natijasida
bir yil davomida atmosferaga tirik organizmlar nafas olishi uchun zarur boʻlgan 70-
120 mlrd. t. ga yakin erkin kislorod ajraladi. Bu jarayonda oʻrmonlar, ayniqsa katta
ahamiyatga ega. Mas, 1 ga oʻrmon daraxtlari bahor va yoz oylarida 1 kishi
nafas olishi uchun yetarli miqdorda kislorod ajratadi. Kislorod atmosferaning
yuqori (25 km) qatlamida ozon (O3) halqani hosil qilib, tirik organizmlarni
ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Fotosintez energetikasi hamda mexanizmini
oʻrganish kelajakda kishilik jamiyatini energiya va oziq-ovqat, ishlab chiqarishni
xom ashyo bilan taʼminlash masalasini hal etishda juda katta ahamiyatga ega.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025
108
Xulosalar
Yangi O‘zbekistonda muhtaram yurtboshimiz ilgari surayotgan
tashabbuslardan biri bu Yashil makon umummilliy loyihasidir har bir inson o‘zi
yashab turgan hududga daraxt ekishi va bo‘g‘ yaratishi ham qarz ham farzdir.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki tabiatda eng muhim jarayonlardan biri bu
fotosintezdir. Ya’ni har bir daraxt chiqaradigan kisloroddan biz insonlar nafas
olamiz jumladan ekologiyamizni yaxshilash o‘z qo‘limizda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ikromov M.I., Normurodov X.N., Yuldashev A.S. Botanika. Toshkent,
“O‘zbekiston” nashrioti, 2002. - 322 b.
2. Matkarimova A.A., Maxkamov T.X., Maxmudova M.M., Azizov X.Ya.,
Vaisova G.B. Botanika. – Toshkent, “Fan va texnologiya” nashrioti, 2019. – 298
b.
3. Maxmudov T.M., Mirzaev S. Biokimyo. Darslik Тoshkent, “Ta’lim”
nashrioti, 2009. -528 b.
4. Sheraliyey A.Sh., Ibelolipov.V. Botanika va O‘simliklar fiziologiyasi.
Darslik. Toshkent, “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” nashrioti
2006. – 264 b.