Авторы

  • Toshqulova Shaxzoda Berdiyor qizi

Биография автора

  • Toshqulova Shaxzoda Berdiyor qizi

    SamDAQU “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88346

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar. Inflatsiya iqtisodiyot narx pul mahsulot xarajatlar bozor ishlab chiqarish talab taklif davlat byudjet muvozanat. Key words. Inflation economy price money product costs market production demand supply state budget balance. Ключевые слова. Инфляция экономика цена деньги продукт затраты рынок производство спрос предложение государство бюджет баланс.

Аннотация

Annotatsiya . Mazkur maqolada inflatsiyaning kelib chiqish sabablari va uning iqtisodiyotga ta‘siri tahlil qilinadi. Inflatsiya asosan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi, pul massasi ortishi kabi omillar natijasida yuzaga kelishi tushuntirilgan. Shuningdek, inflatsiyaning turli shakllari, jumladan, talab inflatsiyasi va taklif inflatsiyasi turlari haqida ma‘lumot berilgan. Maqolada inflatsiyani oldini olish va uni boshqarish usullari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqola iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash va inflatsiya jarayonlarini chuqur tushunish istagida bo‘lgan mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalar uchun foydalidir.

Annotation. This article analyzes the causes of inflation and its impact on the economy. Inflation arises mainly due to imbalances between supply and demand, increased production costs, and the growth of the money supply. Various types of inflation, including demand- pull inflation and cost- push inflation, are also discussed. The article examines methods to prevent and control inflation. It will be useful for specialists, researchers, and students interested ensuring economic stability and gaining I deeper understanding of inflationary processes.

Annotation. This article analyzes the causes of inflation and its impact on the economy. Inflation arises mainly due to imbalances between supply and demand, increased production costs, and the growth of the money supply. Various types of inflation, including demand- pull inflation and cost- push inflation, are also discussed. The article examines methods to prevent and control inflation. It will be useful for specialists, researchers, and students interested ensuring economic stability and gaining I deeper understanding of inflationary processes.

Аннотация. В данной статье анализируются причины возникновения инфляции и ее влияние на экономику. Инфляция обьясняется как результат дисбаланса между спросом и предложением увеличения затрат на производство роста денежной массы и других факторов. Также приведена информация о различных формах инфляции, в том числе инфляции спроса и инфляции предложения. В статье рассмотрены методы предотвращения и регулирования инфляции. Данный материал будет полезен специалистам, исследователям и студентам, стремящимся глубже понять процессы инфляции и пути обеспечения экономической стабильности.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

76

INFLATSIYANING KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING OLDINI

OLISH USULLARI

Toshqulova Shaxzoda Berdiyor qizi

SamDAQU “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi

Annotatsiya . Mazkur maqolada inflatsiyaning kelib chiqish sabablari va

uning iqtisodiyotga ta‘siri tahlil qilinadi. Inflatsiya asosan talab va taklif

o‘rtasidagi nomutanosiblik, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi, pul massasi

ortishi kabi omillar natijasida yuzaga kelishi tushuntirilgan. Shuningdek,

inflatsiyaning turli shakllari, jumladan, talab inflatsiyasi va taklif inflatsiyasi

turlari haqida ma‘lumot berilgan. Maqolada inflatsiyani oldini olish va uni

boshqarish usullari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqola iqtisodiy barqarorlikni

ta‘minlash va inflatsiya jarayonlarini chuqur tushunish istagida bo‘lgan

mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalar uchun foydalidir.

Kalit so‘zlar. Inflatsiya, iqtisodiyot, narx, pul, mahsulot, xarajatlar, bozor,

ishlab chiqarish, talab, taklif, davlat, byudjet, muvozanat.

Annotation. This article analyzes the causes of inflation and its impact on

the economy. Inflation arises mainly due to imbalances between supply and

demand, increased production costs, and the growth of the money supply. Various

types of inflation, including demand- pull inflation and cost- push inflation, are

also discussed. The article examines methods to prevent and control inflation. It

will be useful for specialists, researchers, and students interested ensuring

economic stability and gaining I deeper understanding of inflationary processes.

Key words. Inflation, economy, price, money, product, costs, market,

production, demand, supply, state, budget, balance.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

77

Аннотация. В данной статье анализируются причины возникновения

инфляции и ее влияние на экономику. Инфляция обьясняется как результат

дисбаланса между спросом и предложением увеличения затрат на

производство роста денежной массы и других факторов. Также приведена

информация о различных формах инфляции, в том числе инфляции спроса и

инфляции предложения. В статье рассмотрены методы предотвращения и

регулирования инфляции. Данный материал будет полезен специалистам,

исследователям и студентам, стремящимся глубже понять процессы

инфляции и пути обеспечения экономической стабильности.

Ключевые слова. Инфляция, экономика, цена, деньги, продукт,

затраты, рынок, производство, спрос, предложение, государство, бюджет,

баланс.

Kirish.

Iqtisodiyotda inflatsiya va deflatsiya ikki qarama-qarshi hodisa

sifatida uchraydi. Inflatsiya pul qiymatining pasayishi natijasida narxlarning

oshishini anglatadi, deflatsiya esa buning aksiga, narxlarning pasayishi bilan

pulning qadrining oshishini bildiradi. Ammo bu jarayonlar doimiy yoki mavsumiy

bo‘lishi shart emas, balki uzoq muddatli iqtisodiy tendensiyalar asosida yuz beradi.

Masalan, meva va sabzvotlar narxi hosil mavsumida arzonlashadi, bunday holatni

deflatsiya deb atash noto‘g‘ri bo‘ladi. Deflatsiya yoki inflatsiya haqida to‘g‘ri

xulosa chiqarish uchun narxlardagi o‘zgarishlarni uzoq vaqt davomida kuzatish

lozim. Aslida, inflatsiya va deflatsiya jarayonlari asosiy mahsulotlar savati

bo‘yicha hisoblanadi, bu savatda odatda 300 dan ortiq tovarlar kiritiladi.

Zamonaviy iqtisodiyotda narxlarning barqaror oshishi kuzatiladi, chunki mutloq

narxlar pasayadigan iqtisodiy tizim mavjud emas.

Asosiy qism.

Inflatsiya, deganda narxlarning doimiy o‘sishi sababli pul

qiymatining pasayishi tushuniladi. Inflatsiya sodir bo‘lganda aksariyat mahsulot va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

78

xizmatlarning umumiy darajasi oshadi. Natijada, pul qadrsizlanadi, ya‘ni xaridor

avvalgidan ko‘ra ko‘proq pul sarflashga majbur bo‘ladi. Inflatsiya sharoitida

iqtisodiyotdagi pul massasi ortadi, lekin unga mos ravishda tovar va xizmatlar

hajmi oshmasa, muvozanat buziladi. “Inflatsiya” termini dastlab 1861- 1865 –

yillarda Shimoliy Amerikada, so‘ngra Fransiya va Germaniyada ham qo‘llangan.

Inflatsiya jarayoni narxlarning o‘sishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi,

makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. Inflatsiya, asosan, mahsulot va xizmatlar

sifatining oshmasdan narxlarining ortishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Shuningdek, oltin va xorijiy valyutalarning milliy pul birligiga nisbatan

qimmatlashishi ham inflatsiyaning belgilari hisoblanadi. Ishlab chiqarish

hajmining talab darajasidan past bo‘lishi, bozorda ehtiyojni qondira olmaydigan

mahsulotlarning ko‘payishi, byudjet tanqisligini qoplash maqsadida qo‘shimcha

pul chiqarilishi, investitsiyalarni emmisiya yo‘li bilan moliyalashtirish, monopol

narxlarning mavjudligi, narxlarning ortib ketish sababli odamlarning keragidan

ortiq mahsulot xarid qilishi, xorijdan qiymati tushib ketgan valyutalarning

mamlakatga ko‘plab kirib kelishi va boshqa iqtisodiy omillar inflatsiyani keltirib

chiqaradi.

Inflatsiyaning oshishi iqtisodiyotga turli ta‘sirlar ko’rsatadi. Agar uning

darajasi me‘yordan oshsa, iqtisodiy jarayonlar izdan chiqadi. Ayniqsa,

giperinflyatsiya holatida narxlar sezilarli darajada ko‘tarilib, iqtisodiyotni beqaror

holatga keltiradi. Inflatsiyaning ochiq va yashirin turlari mavjud. Ochiq inflatsiya

bozor iqtisodiyoti sharoitida kuzatilib, narxlarning erkin o‘sishi iqtisodiy

muvozanatga ta‘sir qiladi. Garchi bu jarayon bozor mexanizmini izdan chiqarsa

ham, iqtisodiyot o‘z-o‘zini moslashtirishga harakat qiladi. Yashirin inflatsiya esa

boshqa shaklda namoyon bo‘ladi. Davlat narxlarning keskin oshishiga qarshi chora

ko‘rib, ularni ma‘lum darajada tartibga solishga harakat qiladi. Biroq bu holat

bozordagi tabiiy muvozanatni buzib, iqtisodiy mexanizmlarning samaradorligini

pasaytirsh mumkin. Narxlarning sun‘iy muzlatilishi esa ishlab chiqarish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

79

xarajatlarini oshirib, kapital oqimining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bu esa mahsulot

yetishmovchiligining va narxlarning yanada ko‘tarilishiga olib keladi. Ochiq

inflatsiyaning bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular orasida talab inflatsiyasi, harajat

inflatsiyasi va tuzilma bilan bog‘liq inflatsiya ajralib turadi. Ushbu inflatsiya

shakllari bevosita bozor mexanizmlari natijasida shakllanadi. Bozor sharoitida

inflatsiya tabiiy ravishda vujudga keladi va muvozanat saqlanadi. Bu holatda

narxlarning nisbati o‘zgarmay, harajatlarning oshishi mahsulot narxlarining

ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada, korxonalar o‘z daromadlarini saqlab qolishga

harakat qiladi. Inflatsiya pul qadrsizlanishiga sabab bo‘lib, uning iqtisodiyotdagi

roliga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli davlat inflatsiyaga qarshi chora- tadbirlar

ishlab chiqadi, jumladan, davlat xarajatlarini kamaytirish, soliq stavkalarini

oshirish, pul masassini cheklash, narxlar ustidan nazorat o‘rnatish va ortiqcha

pullarni investitsiya yoki bank tizimi orqali muomaladan chiqarish kabi usullar

qo‘llaniladi. Inflatsiya butun dunyodagi mamlakatlarga xos bo‘lgan iqtisodiy

hodisa hisoblanadi. Inflatsiya darajasi odatda narxlar indeksiga qarab belgilanadi.

Inflatsiyaning oldini olish va nazorat qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:

1.

Pul-kredit siyosati: Markaziy banklar pul massasini nazorat qilish orqali

inflatsiyani boshqaradilar. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki 2017-

yilda inflatsiya o‘sishining oldini olish maqsadida qayta moliyalash

stavkasini 9% dan 14% ga oshirgan edi. (Daryo.uz)

2.

Fiskal siyosat: Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi

muvozanatni ta‘minlash orqali inflatsiyani nazorat qilish mumkin. Masalan,

davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari mutanosib bo‘lishini ta‘minlash,

mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha tushumlar rezervlarini topish va safarbar

qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. (Kun.uz)


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

80

3.

Narxlar va daromadlarni nazorat qilish: Davlat ba‘zi hollarda narxlar va ish

haqlarini nazorat qilish orqali inflatsiyani cheklashga harakat qiladi. Biroq,

bu usul bozordagi tabiiy muvozanatni buzishi mumkin. (Wikipedia)

4.

Taklifni oshirish: Mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishini ko‘paytirish

orqali bozorda taklifni oshirish, bu esa narxlarning barqarorlashishiga olib

keladi. Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to’qimachilik va qurilish

sanoatida ishlab chiqarishning o’sishi ichki iste’mol bozorida taklif

hajmining ortishiga xizmat qiladi. (Norma.uz)

5.

Inflatsion kutilmalarni boshqarish: Aholi va biznes subyektlarining

inflatsiya bo‘yicha kutilmalarini boshqarish orqali narxlarning oshishini

oldini olish mumkin. Bu, asosan, markaziy bank va hukumatning ishonchli

siyosati va kommunikatsiya orqali amalga oshiriladi.

Xulosa .

Inflatsiya iqtisodiyotda narxlarning umumiy darajasi oshishi natijasida yuzaga

kelib, pulning xarid qobiliyatini pasaytiradi. Uning asosiy sabablari orasida pul

massasining haddan tashqari ko‘payishi, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi,

talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik hamda tashqi iqtisodiy omillar mavjud.

Inflatsiya iqtisodiyotning beqarorligiga olib kelishi mumkin, shuning uchun uni

nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Inflatsiyaning oldini olish uchun pul-kredit va fiskal siyosat vositalaridan

foydalanish, davlat byudjeti balansini saqlash, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va

inflyatsion kutilmalarni boshqarish kabi chora-tadbirlar qo‘llaniladi. Markaziy

bankning pul massasini nazorat qilishi va davlat tomonidan iqtisodiy islohotlarning

samarali amalga oshirilishi inflatsiyani barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Shu

sababli, inflatsiyaga qarshi kurashda kompleks yondashuv muhim bo‘lib, bu

iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligini ta‘minlashga yordam beradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

81

Adabiyotlar:

1.

A. O‘lmasov, A. Vahobov “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent 2014

2.

Kun.uz

3.

Daryo.uz

4.

Norma.uz

5.

Wikipedia