https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
409
MAVZU:
MAKTABDA BASKETBOL DARSLARIDA O’YIN
TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYATI
Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruvi va Texnologiyalar Universiteti 1-
bosqich Magistranti
MURODOV DJAMSHID ISOXONOVICH
Annotatsiya: Sport o‘yinlariga xos harakat ko‘nikmalarini shakllantirish
muddati va samaradorligi jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik
mahorati, uni o‘rgatish jarayoniga ilmiy-ijodiy yondashuvi va qo‘llaniladigan
mashqlarning mazmunan mutanosibligi bilan belgilanadi, ma’lumki, sport
o‘yinlariga xos texnik-taktik harakatlar aksariyat keskin o‘zgaruvchan
yo‘nalishlarda yuzaga keladigan, oldindan ma’lum bo‘lmagan vaziyatlar
talablariga muvofiq ijro etilishi shu harakatlar samaradorligini ta’minlaydi.
Bir harakat ko‘nikmasi vaziyat talabiga qarab, turli usulga va turli tezlikga
ijro etilishi mumkin. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sport o‘yinlariga xos
texnik-taktik ko‘nikmalarga o‘rganishda avval shu ko‘nikmalar texnikasini
yordamchi, yondashtiruvchi va taqlidiy maqshlar asosida shakllantirish.
Kalit so‘zlar:Sport oyinlari,yugurish,sakrash, texnika-taktika,har xil oyin
metodlar.
Abstract: The duration and effectiveness of the formation of movement skills
specific to sports games are determined by the professional and pedagogical skills
of the physical education teacher, his scientific and creative approach to the
teaching process and the content proportionality of the exercises used, as is known,
the effectiveness of these movements is ensured by the fact that the technical and
tactical movements specific to sports games are often performed in accordance
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
410
with the requirements of rapidly changing situations, which are not known in
advance.
One movement skill can be performed in different ways and at different
speeds, depending on the requirements of the situation. According to some experts,
when learning technical and tactical skills specific to sports games, it is necessary
to first form the technique of these skills on the basis of auxiliary, approach and
imitation exercises.
Keywords: Sports games, running, jumping, technique and tactics, various
game methods.
11-12 yoshli bolalarga keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab to‘psiz va
to‘pni urib yugurish tezligi
Ma’lumki, so‘nggi yillarda sport ko‘nikmalariga o‘rgatish masalalariga
boshqacha uslubiy yondashuv asosida qaralmoqda. Jumladan, agar musobaqa
jarayonida muayyan harakat ko‘nikimasi qanday tezlikda, qanday koordinatsion
xususiyatlar asosida tabiatan ijro etilsa, demak bu ko‘nikma texnikasi, tezligi va
aniqligiga shunday sharoitda o‘rgatish afzal ekan.
Yosh bolalarda keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab to‘psiz va to‘pni
urib yugurish tezligini o‘rganish natijalari ularni basketbol to‘garaklariga asosli
tanlash imkoniyatini yaratadi. Ilmiy uslubiy manbalardan ma’lumki, tezkorlik
sifati, shu jumladan ma’lum darajadagi chaqqonlik qobilyatini ifodalovchi keskin
o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezligi, nasliy qobilyatlarga asoslangan
bo‘lib, bolaning hayoti, turmush tarzi va ta’lim-tarbiyasi davomida shakllanib
boradi. Binobarin bolalarni sport maktablariga tanlash va ularni sport
mashg‘ulotlariga jalb qilishda ushbu sifatlarni rivojlanganlik ko‘rsatkichlardan
foydalanish iqtidorli sportchilar tayyorlash bolalar faoliyatini kuchaytirishga
yordam beradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
411
Biz ana shu muhim ahamyatga ega fikr mulohazalarga asoslangan holda 11-
12 yoshli maktab o‘kuvchilariga 2x14 m.ga to‘psiz va to‘pni urib moksimon
yo‘nalishda yugurish tezligini o‘rgandik. Bunday tezkorlik va ma’lum darajada
chaqqonlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan masalan keskin
o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab to‘psiz va to‘pni urib yugurish tezligi o‘rtasidagi
farqni aniqlashga qaratildi. Ushbu farq ko‘rsatkichlari esa o‘z navbatida bolalarga
to‘pni urib harakatlanish texnikasi qanchalik shakllanganligini baholash imkonini
beradi. Chunki, agar farq katta bo‘lsa, demak to‘pni urib yugurish texnikasi zaif
ekanligidan darak beradi. Zaif texnika esa, o‘z navbatida yugurish tezligini
susaytiradi. Olingan tatqiqot natijalari jadvalda keltirilgan.
2025 yil fevral
11-12 yoshli bolalarda to‘pli va to‘psiz yugurish tezkorligi
Tajriba guruhi
№ F.I.O
2x14 m
to‘psiz
yugurish
(soniya)
2x14 m
to‘pni
urib
yugurish
(soniya)
2x14m.
to‘pni urib
keglilararo
yugurish
(soniya)
1
Abduazimov
O
5.8
10.2
15.4
2
Abdukamolov
A
7.0
11.4
14.6
3
Abdurahimov
A
7.0
9.8
13.8
4
Amirjonov I
7.2
12.6
15.4
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
412
5
Hamidullaev
D
7.4
12.2
15.2
6
Hamidullaev I 6.8
12.2
14.0
7
Jo‘raev D
6.4
11.6
14.2
8
Komilov A
8.0
11.4
16.0
9
Mahmudjonov
A
7.0
11.8
16.2
10
Nig‘matullaev
S
8.2
10.8
15.4
11 Qodirov J
7.0
12.6
154
12 Rixsiev A
7.0
12.8
14.6
5.8 – 8.2
9.8
–
12.8
13.8
–
16.2
X=7.3
X= 11.6 X=15.2
Jadvaldan shu narsa kuzatiladiki, tadqiqotda ishtirok etgan 11 12 yoshli
o‘quvchi bolalarda to‘psiz va to‘pni urib yugurish tezligi bo‘yicha qayd etilgan
individual ko‘rsatkichlar, birinchidan, shu bolalarning jismoniy tayyorgarligi
nisbatan bir darajada rivojlanganligidan dalolat bersa, ikkinchidan, 2x14 m. ga
to‘psiz yugurish tezkorligi juda sust bo‘lib, 6,4-8,8 sek.ni tashkil etdi. Taqqoslash
uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin. Basketbol to‘garagiga qabul
qilinayotgan 11-12 yoshli bolalarda 60 m.ga to‘psiz yugurish o‘rtacha 9,5 sek.ni,
shu yoshdagi qiz bolalarda esa 10,5 sek.ni tashkil etar ekan (R.V.Sonina 2007).
Ushbu tanlovdan ko‘rish mumkinki 2x14 m. ya’ni 28 m.ga yugurish tezligining
o‘rta kichik ko‘rsatkichi 6,4 soniya; eng katta ko‘rsatkichi 8,8 ga teng bo‘layotgan
bo‘lsa basketbol to‘garagiga qabul qilinayotgan 11- 12 yoshli bolalarda 60 m.ga
yugurish tezligi 9,5 soniya bilan ifodalanmoqda, demak bizning tadqiqotimiz
bo‘yicha 8 m.ga yugurish tezligini 2 barobar masofaga (56 m.) ko‘paytirilsa, xatto
eng kichik ko‘rsatkich (6,4 soniya) 12,8 soniyaga ortar ekan. Boshqacha qilib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
413
aytganda 60 m.ga yugurish tezligi 9,5 soniya 56 m.ga yugurish tezligi esa 12,8
soniya’ni tashkil etayapti. 2x14 m.ga yugurish sharti murakkablashtirilgan sari –
ya’ni to‘pni urib to‘g‘ri yo‘nalishda va keglilararo yugurish tezligining eng kichik
(min.) va eng katta (max.) ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 10,4 – 13,0 va 13,6 –
16,4 sek.ni tashkil etmoqda.
Bunday holat, fikrimizcha tekshiriluvchi bolalarda hali to‘pni urib yugurish
texnikasi yaxshi shakllanmaganligi tufayli muvofiq masofaga to‘pni urib to‘g‘ri va
keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab yugurish vaqti juda kattalashib ketgan deb
hisoblash mumkin. Mazkur testlar 4 oydan so‘ng qayta qabul qilinganda ham qayd
etilgan yugurish ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga katta farq bilan ifodalanmadi.
Demak, taxmin qilish mumkinki, 4 oy davomida yugurish tezligi ham, to‘pni urib
yugurish tezligi ham juda sust shakllangan.
Basketbol bo‘yicha ko‘plab professional jamoalarini tayyorlagan amerikalik
mashhur trener Nik Sortel (2005) bugungi basketbolga to‘pni urib keskin
o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda yugurish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini
ta’kidlash bilan bir qatorda, bunday ko‘nikmani tanani ko‘proq bo‘lib tezkor
yugurish texnikasiga amal qilish zarurligiga e’tibor qaratadi.
2025
yil mart
11-12 yoshli bolalarda to‘pli va to‘psiz yugurish tezkorligi
Nazorat guruhi
№ F.I.O
2x
14
m
to‘psiz
yugurish
(soniya)
2x 14 m to‘pni
urib yugurish
(soniya)
2x 14m. to‘pni
urib
keglilararo
yugurish
(soniya)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
414
1
Abdullaev H
6.4
10.4
15.2
2
Abdumajidov A
7.2
11.2
14.8
3
Akramov Sh
6.8
10.0
13.6
4
Durdiqulov J
7.4
12.6
15.2
5
G‘anixonov M
8.0
12.0
15.0
6
Habibullaev E
7.0
12.4
14.6
7
Hamidullaev A
6.6
11.8
14.4
8
Ibodullaev A
8.2
11.0
16.2
9
Madanov X
7.4
11.6
16.0
10 Muxtorbekov X
8.2
10.8
15.8
11 Soatov Husan
7.5
12.4
15.6
12 Turabekov S
7.2
12.6
14.8
6.4 – 8.2
10 – 12.6
13.6 – 16.2
X=7.5
X=11.8
X=15.3
Shunday ekan, demak bolalar avval to‘psiz tanani pastga tushirib yugurish
tezligi va texnikasini mukammal o‘zlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ana shu
jihatga 2x14 m.ga to‘psiz yugurish texnikasini o‘rganish muhim amaliy ahamiyat
kasb yetadi.
Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2x14 m.ga to‘psiz yugurish
texnikasi ixtisoslashgan asosda shakllanmagan ekan. Chunonchi, 2022 yil oktabr
oyida shu test bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvda qayd etilgan eng kam miqdorga ega
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
415
bo‘lgan yugurish texnikasi 2 ballni, eng ko‘pi (maksimal) 5,5 ballga teng bo‘ldi.
O‘rtacha ko‘rsatkich 3,7 ballarini tashkil etdi.
Xulosa:
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
11-12 yoshli bolalarda keskin
yo‘nalish o‘zgarishlari bilan to‘psiz va to‘pni urib yugurish tezligi
ularning
jismoniy tayyorgarligi, texnik qobiliyatlari va basketbolga mosligini baholashda
muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Quyidagi asosiy xulosalar chiqarish mumkin:
To‘psiz yugurish tezligi (o‘rtacha 7.3-7.5 soniya) to‘pli yugurishdan (11.6-11.8
soniya) ancha yuqori.
Bu farq, bolalarda to‘pni urib harakatlanish texnikasining
hali yetarlicha shakllanmaganligini ko‘rsatadi.
Keglilararo to‘pni urib yugurish (15-16 soniya) eng qiyin mashq bo‘lib, bu
ko‘nikmaning murakkabligi va bolalarning texnik kamchiliklarini fosh qiladi.
4 oylik mashg‘ulotlardan keyin ham sezilarli yaxshilanish bo‘lmadi.
Bu,
mavjud mashg‘ulot metodikasining samaradorligi pastligidan yoki bolalarning
individual qobiliyatlarining cheklanganligidan dalolat beradi.
Basketbolga iqtidorlilarni tanlashda
to‘psiz yugurish tezligi (chaqqonlik,
tezkorlik) asosiy mezon bo‘lishi kerak, chunki to‘p bilan ishlash texnikasi
keyinchalik o‘stirilishi mumkin.
Professional basketbolchilarga xos keskin burilishlar va to‘pni ushlab tez
harakatlanish ko‘nikmalarini
bolalarga o‘rgatish uchun maxsus mashqlar tizimi
ishlab chiqilishi zarur.
Ushbu tadqiqot 11-12 yoshli bolalarning basketbolga mosligini aniqlashda
to‘psiz va to‘pli yugurish tezligi ko‘rsatkichlarining ahamiyatini ko‘rsatdi. Biroq,
texnik kamchiliklarni bartaraf etish va yugurish tezligini oshirish uchun tizimli
mashg‘ulot dasturlari ishlab chiqilishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.Ўзбекистон Республикаси “Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисида”ги
қонуни 2015 й.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
416
2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан
бирга қурамиз.Тошкент “Ўзбекистон” – 2017 й.
3.Sortel, N. (2005).
Modern Basketball Drills: Speed and Agility Training.
– USA:
Human Kinetics.
.
4.G‘afforov, A., & Karimov, S. (2020).
Yosh sportchilarda tezkorlik va
koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish.
– Toshkent: Sport.
.
5.FIBA Youth Basketball Guidelines (2023).
Fundamental Movement Skills in
Basketball.
6.
Hudoshukurovich, S. O. (2025). MAKTAB OʻQUVCHILARNING FUTBОL
BOʻYICHA
TЕХNIK-TАKTIK
TАYYORGАRLIK
TОMОNLАRINI
OʻRGАNISH
MUАMMОLАRI.
JOURNAL
OF
NEW
CENTURY
INNOVATIONS
,
72
(1), 341-346.
7. Radjapov, U., & Abubakir, Y. (2024). O ‘QUVCHILARDA SOGLOM
TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI
MASHQLAR VA ULARNI O'TKAZISH.
Международный журнал теории
новейших научных исследований
,
2
(9), 131-135.
8. Raximovich, R. U., & Farxodjon o’g’li, A. Y. (2024). YENGIL ATLETIKA
SPORT
TURIDA
OZIQ-OVQAT
REJIMI
VA
UNING
ILMIY
TAHLILI.
MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY
OF INNOVATIVE RESEARCH
,
4
(40), 22-25.