https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
335
HARBIY XIZMATCHILAR FAOLIYATIDA KASBIY
DEFORMATSIYANING PSIXOLOGIK OMILLARI
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xafvsizligi universiteti magistratura tinglovchisi
Ikramov Kamronbek Dilshodbek о‘g‘li, kapitan
Annotatsiya: Ushbu maqolada harbiy xizmatchilar kasbiy deformatsiyasining
psixologik xususiyatlari batafsil o'rganilgan. Harbiy xizmat sharoitida yuzaga
keladigan stress va emosional bosimlarning xizmatchilarning ruhiy holatiga ta'siri
ko'rib chiqiladi. Maqola kasbiy deformatsiyaning sabablari, uning psixologik
belgilari va oldini olish choralariga e'tibor qaratadi.
Kalit so'zlar: Harbiy xizmatchilar, kasbiy deformatsiya, psixologik
xususiyatlar, stress, ruhiy holat, kasbiy barqarorlik, travma, psixologik yordam.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar doirasida
aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga
itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek,
«Biz
islohotlarimizning ilk kunlaridanoq inson qadrini ulug‘lashni eng oliy qadriyat
sifatida e’tirof etdik. Yangilangan Konstitusiyamizda ham О‘zbekiston huquqiy
davlat ekanligini muhrlab qо‘ydik. Yagona maqsadimiz – adolat va qonun
ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizni rozi qilish» .
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
336
Respublikamizda
yuz
berayotgan
demokratik
huquqiy
davlatni
rivojlantirishga yо‘naltirilgan global islohotlar sharoitida harbiy xizmatchilar
faoliyatida qator talablar ortib bormoqda. Ularda yuksak axloqiy barqarorlik va
professionalizm, kasbiy fidoyilik hamda murakkab va favqulodda sharoitlarda
harakat qilishga ruhan tayyorlikning muhimligi ta’kidlanmoqda.
Harbiy xizmatchilarga qо‘yiladigan mazkur talablar kelgusida harbiy
xizmatchilarda delinkvent xulq muammosining namoyon bо‘lishini oldini olishga
qaratilganidan dalolat beradi. «Delinkvent» atamasi lotin tilidan olingan bо‘lib,
qonunga xilof, jinoiy degan ma’nolarni anglatadi. Delinkvent xulq – qonundan
og‘uvchi, g‘ayriqonuniy, jinoiy xatti-harakat turi. Bu xizmatdoshlari va yaqinlariga
nisbatan janjalli, tajovuzkor xatti-harakatlarda; spirtli ichimliklar, narkotik
vositalar, kuchli ta’sir etuvchi tibbiy vositalarni suiiste’mol qilish, kashandalikda;
tavakkalli xatti-harakat uslubi: transport vositalarini haydash, ayniqsa mast holda
boshqarishda; g‘ayriijtimoiy xulq, huquqbuzarlik, hattoki jinoiy qilmishlar sodir
etishda; о‘zini о‘ldirishga urinishlarda namoyon bо‘lishi mumkin.
Adabiyotlarda ba’zan delinkvent xulq destruktiv hamda deviant xulq sifatida
ta’riflanadi. Deviant xulq – ushbu muhitda qabul qilingan qoidalardan og‘uvchi
xulq. Insonning deviant xulqini jamiyatda qabul qilingan qoidalarga zid keluvchi
hamda muvozanatlashmagan ruhiy jarayonlar, noadaptivlik (moslasha olmaslik),
о‘zini faollashtirish jarayonining buzilishi yoki о‘z xulqini axloqiy va estetik
nazorat qilishdan og‘ish kо‘rinishidagi xatti-harakatlar tizimi yoki alohida harakat
sifatida ta’riflash mumkin. Biz bu ta’riflarni qо‘llanilayotgan atamalarning
ma’nosini tushunish uchun keltirdik va idrok etish qulay bо‘lishi uchun bunday
xatti-harakatni deviant xulq deb ataymiz.
Deviant xulqni amalga oshirishga xizmat faoliyatining о‘ziga xos sharoitlari
bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik omillar ham katta ta’sir kо‘rsatadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
337
Deviant xulq haqida sо‘z yuritganda, yuqorida aytganimizdek, avvalo
ichkilikbozlik, giyohvandik va qimorbozlik kabilarni tushunamiz. Psixologiyaga
oid adabiyotlarda bunday murakkab hodisalar haqida sо‘z yuritganda inson ruhiy
noqulaylik holatini yengishda foydalanadigan stimulyatorni bildiruvchi
«addiksiya» atamasidan foydalaniladi. Addiktiv xulq yoki tobelik – zamonaviy
jamiyatining eng dolzarb muammolaridan bо‘lib, ijtimoiy, biologik va psixologik
sabablarga ega bо‘lishi mumkin. Psixoterpevtlarning bu sohadagi tajribasi
kо‘pincha tobe xulq manbaini shaxsdagi murakkab buzilishlar tashkil etishini
kо‘rsatmoqda. Hal qilinmagan ichki muammo qanoatlantirilmagan ehtiyojlarning
«о‘rinbosarlari»dan foydalanishga olib kelishi mumkin. Ana shuning uchun ham
tobelikning turli shakllari – ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik, qimorbozlik
kabilarda umumiy hosil bо‘lish mexanizmi mavjud. Shu bois bunday tobelik
kompensator xulq yoki shaxsning noadekvat himoya shakli deb ham ataladi.
Addiktiv xulq
deganda о‘z ruhiy holatini о‘zgartirish orqali real voqelikdan
qochish tushuniladi. Bunday о‘zgartirishga ayrim moddalarni qabul qilish yoki
diqqatni muayyan narsalar yoki faoliyat turlarga doimiy ravishda qaratish orqali
erishiladi. Bu esa intensiv (jadal) his-tuyg‘ularning rivojlanishi bilan kechadi.
Ruhiy holatni о‘zgartiruvchi moddani iste’mol qilish jarayoni, narsaga bog‘liq
bо‘lib qolish yoki faollikda ishtirok etish shunchalar katta miqyosga ega bо‘ladiki,
insonning hayotini boshqara boshlaydi, uni ojiz qilib qо‘yadi, addiksiyaga qarshi
kurash istagi (irodasi)dan mahrum etadi. Deyarli barcha tobeliklar asosida
shaxsning ichki ziddiyatlari yoki shaxs voqelikdan qochmay turib boshqara
olmaydigan ziddiyatlar yotadi. Shu bois tobelik shaxsdagi buzilishdir.
Tobelik ruhiy va jismoniy turlarga bо‘linadi.
Ruhiy tobelikka psixofaol (psixikaga kuchli ta’sir etuvchi) moddalarni
iste’mol qilish istagi yoki yengib bо‘lmas xumor egallab olishi, kutilayotgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
338
samaraga erishish uchun uning dozasini oshirib borish xos bо‘lib, bunday moddani
qabul qilmaslik ruhiy noqulaylik va vahima hislarini keltirib chiqaradi.
Jismoniy tobelik iste’mol qilinayotgan modda organizm normal faol
kо‘rsatishi uchun doimiy ravishda zarur bо‘lib qoladigan va hayotini ta’minlash
sxemasiga kirib qoladigan holat sifatida namoyon bо‘ladi. Bu moddadan mahrum
etish olib qо‘yish sindromini (abstinent sindrom)ni yuzaga keltiradi. U somatik,
nevrologik va ruhiy buzilishlarda namoyon bо‘ladi. Bu axborot faqat psixologik
yordam bilan natijaga erishib bо‘lmasligi va eng kamida bu ishga turli
mutaxassislar qо‘shilishi kerakligi haqida xulosa chiqarishimizga imkon beradi.
Addiktiv xulq bilan bir qatorda xodimlarning
tajovuzkor xulqi
ham juda
murakkab buzg‘unchi kо‘rinishdir. Tajovuzkorlik jismoniy va ruhiy noqulaylikka
javob, stresslar va frustratsiyalarga javob shakli bо‘lishi mumkin.
Adabiyotlarda tajovuzkor xulqni tavsiflashda uning quyidagi turlarini ajratish
qabul
qilingan:
obyektga
qaratilganligi
bо‘yicha:
geterotajovuzkorlik
(boshqalarga) va autotajovuzkorlik (о‘ziga qaratilganlik: о‘zini yо‘q qilish va hatto
о‘ldirish, о‘zini buzuvchi xulq, psixosomatik kasalliklar); ifodalanish sabablari
bо‘yicha: reaktiv (nizo vaziyatiga javob reaksiyasi sifatida) hamda spontan (aniq
bir sababsiz, ichki impulslar ta’sirida); ochiq namoyon bо‘lishi bо‘yicha: bevosita
(tajovuzkor reaksiya keltirib chiqargan obyektga bevosita) hamda bilvosita
(masalan, yaqinlarga); namoyon bо‘lish shakli bо‘yicha: verbal (sо‘zlarda),
ekspressiv (noverbal: imo-ishoralar, intonatsiya va boshqalar) hamda jismoniy.
Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga kо‘ra, о‘zini
о‘ldirish о‘lim sabablari orasida yurak-tomir, onkologik kasalliklar va
shikastlanish (travmatizm)dan keyingi tо‘rtinchi о‘rinni egallaydi.
M. I. Marina, V. Y. Ribnikova va boshqalarning fikricha, suitsidal xulq о‘zini
hayotdan mahrum qilish haqidagi tasavvurlar (xayollar) bilan belgilanadigan va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
339
yо‘naltiriladigan har qanday ichki yoki tashqi ruhiy harakatlar shakli sifatida
ta’riflanadi.
Suitsidal xulq ikkita asosiy shaklda, ya’ni tashqi va ichki shakllarda namoyon
bо‘ladi. Ichki shakllariga suitsidal fikrlar (tasavvurlar, kechinmalar); suitsidal
tamoyillar (niyatlar, maqsadlar) kiradi. Tashqi shakllariga – suitsidal kо‘rinishlar:
suitsidal suiqasdlar (urinishlar) kiradi. «Suitsidal tavakkalchilik» (xavf) – yana bir
tushuncha bо‘lib, shaxsning о‘zini о‘ldirishga imkoniyatda tayyorligi sifatida
namoyon bо‘ladi hamda shaxsdagi suitsidal va aksilsuitsidal omillar nisbati sifatida
baholanishi mumkin.
Deviant xulqning oldini olishga qaratilgan psixologik ish turlaridan biri –
yakka tartibda psixologik maslahat berish.
Bunday maslahatlashuv jarayonida
psixolog qiyinchiliklarning tabiatini anglashda, shaxsiy xususiyatlar va kasbiy
faoliyat bilan bog‘liq psixologik muammolarni tahlil qilish va hal etishda aniq
yordam berishi mumkin.
Bundan tashqari, deviant xulqning oldini olishda о‘zini boshqarish usullari va
yо‘llarini о‘rgatish ishlari ham muhimdir. Psixologik profilaktikaning samarali
usullaridan bir
psixokorreksion trening
bо‘lib, bunda о‘z muammolarining
tabiati va shaxs xulqini tuzatish haqidagi muayyan psixologik bilimlarni egallashga
qaratilgan guruhiy ish usullari qо‘llaniladi. Bundan tashqari, bu ishda shaxslararo
hamkorlik va refleksiv kо‘nikmalar (masalan, о‘z xulqini tahlil qilish qobiliyati)
shakllanadi, vaziyatga tezda moslashish va turli sharoitlarda tezkorlik rivojlanadi.
Tajovuzkorlik va tajovuzkor harakatlarni tiyib turish ustidan о‘z nazoratini
shakllantirishda esa empatiya, identifikatsiya va detsentralizatsiya kabi psixologik
jarayonlarning rivojalanishi katta rol о‘ynaydi. Boshqa shaxs haqida noyob
qadriyat sifatidagi tasavvurning shakllanishiga boshqa odamlarni tushunish va ular
bilan hamdard bо‘lish qobiliyati asos bо‘ladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
340
Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, psixoprofilaktika, psixokonsultatsiya va
psixokorreksiya tadbirlari natijasida Deviant xulq shakllarini namoyon bо‘lishini
oldini olishimiz mumkin bо‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Smith, J. (2020). Psychological Stress in Military Personnel. New York:
Academic Press.
2. Brown, L. & Jones, A. (2019). Understanding Occupational Deformation:
A Military Perspective. London: Military Psychology Review.
3. Aliyev, R. (2021). Harbiy xizmatchilar va ruhiy salomatlik. Tashkent:
Uzbekistan Psychological Association.
4. Johnson, T. (2022). Coping Mechanisms for Military Personnel. Chicago:
Military Mental Health Journal.
5. Karimov, A. (2023). Kasbiy deformatsiya va uning oldini olish
strategiyalari. Tashkent: Psychological Research Center.