https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
189
YOSHLAR TA’LIM MIGRATSIYASINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARNI O‘RGANISH BOSQICHLARI
Beknazarova Madinaxon Abdumalik qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti magistri
Beknazarovamadina4484@gmail.com
+998881264484
Annotatsiya: Bu maqolada biz yoshlar ta’lim migratsiyaning ijtimoiy-
psixologik xususiyatlarini o‘rganamiz va bosqichlarini sanab o‘tamiz hamda
O‘zbekiston Respublikasidagi yoshlar ma’naviyatiga ta’siri Yangi O‘zbekistonda
migratsiya sohasidagi islohatlarning mohiyati, migratsiyaning jamiyatimizda
qaror topgan milliy ma’naviy qadriyatlar haqida ham ma’lumotlar beriladi.
Kalit so‘zlar:Tarbiya,muassasa, ta’lim muassasalari, professional ta’lim,
migratsiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, liberallashtirish, o‘quv kurslari, oliy
ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari, hududlardagi yoshlar
va professional ta’lim muuassasalari o‘quvchilarning kasb egallashga hamda
chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida turli xil
say-harakatlar olib borilmoqda.
Aholi migratsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi yoshlar ma’naviyatiga
ta’siri, Yangi O‘zbekistonda migratsiya sohasidagi islohatlarning mohiyati,
migratsiyaning jamiyatimizda qaror topgan milliy ma’naviy qadriyatlar
tizimining transformatsiyasiga sabab bo‘layotganligi, ushbu sohada mavjud
muommolar va ularni yechish uchun lozim bo‘lgan vazifalar, istiqbolda
yurtimizda ma’naviy muhit va aholi migratsiyasining o‘zaro ta’sirlashuvini tadqiq
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
190
etish bilan bog‘liq muommolar haqida so‘z yuritilgan. Xususan, so‘nggi yillarda
yurtimizda migratsion siyosatda amalga oshirilayotgan islohatlar, xorijdagi o‘zbek
diasporalari
bilan
ikki
tomonlama
foydali
hamkorlik
aloqalarining
o‘rnatilayotganligi, mehnat muhojirlarining migratsiyagacha stajirovkalar
o‘tashini tashkil etish kabi chora-tadbirlar olib borilayotgani va bu masalalar
qonunchilik xujjatlari bilan belgilab qo‘yilgani,O‘zbekistonda yoshlar ta’lim
migratsiyasiga katta e’tibor berilayotganining dalilidir. Bu masalalar bilan alohida
markaz ham shug‘ullanadi. Markaz o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan
bevosita Agentlik rahbarligida amalga oshiradi.O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “ Oila “
ilmiy-amaliy markazining O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi
qoshidagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi negizida
ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar uchun
muloqot maydoniga aylanadigan, tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ish
olib boruvchi “ Oila “ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi qoshida Yoshlarga
ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish Respublika markazi etib qayta tashkil
etish to‘g‘risidagi takliflari qullab –quvvatlandi.Xulosa qilib shuni aytish joizki,
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari, hududlardagi yoshlar va
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarning kasb egallashga hamda chet
tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida turli xil say-
harakatlar olib borilmoqda. Bu esa yoshlar o‘rtasida ta’lim migratsiyasining
xususiyatlarini oshiradi. Maxsus tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimi tashkil
etilganligi, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi kontseptsiyasining
yaratilganligi tahlil etilgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish Chora-
tadbirlari to‘g‘risida “ 2022-yil 19-yanvardagi PQ 92-sonli qarori, shuningdek,
2022-yil yanvardagi PQ-96-son qaroriga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
191
ishsiz bo‘lgan yoshlarni “ Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini
yanada takomillashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek,
oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida intellektual sog‘lom raqobatni
shakllantirish, yoshlarning bilim va salohiyatini yanada hamda ularni
rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi.Bugungi kunda XTM
ning hisob-kitoblariga ko‘ra, xalqaromuhojirlar soni dunyo bo‘ylab 272 mln.
kishiga yetgan va ularning uchdan ikki qismi mehnat megrantlari hisoblanadi. Bu
dunyo aholisining 3,5 foizi hisoblanadi.Tashqi mehnat migratsiyasi sohani
liberallashtirish O‘zbekiston mehnat migrantlariga xalqaro mehnat bozorining
to‘laqonli ishtirokchilariga aylanishiga imkon berdi. Xususan, qabul qilingan
o‘ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlardan tashqari, xavfsiz, tartibli va
qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish sohasida ikki tomonlama
hukumatlararo bitimlar tuzildi. Xalqaro standartlar asosida yangi qonunlar
chiqilmoqda va mavjudlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Axloqiy muammo – “intelektual kapitalning oqib ketishi”, ya’ni ziyolilarning
xorijgachiqibketishidir. Migratsiya yoki migrantlar haqida gap ketganda, albatta,
iqtisodiy muammolar birlamchisabab sifatida oldingi o‘ringa qo‘yiladi. Ammo
aynan ziyoli qatlamning mehnat va kasb migratsiyasigaqo‘shilishiga iqtisodiy
omillardan tashqari, ma’naviy va axloqiy omilar ham sabab sifatida
ko‘rsatilishimumkin. Zero, ziyoli insonlar (doktorlar, professorlar, olimlar,
yozuvchilar va hokazo) jamiyatningrivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi omillar
(korrupsiya, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va boshqalar)gadavlat kelajagini
o‘ylagan fuqaro pozitsiyasida turgan holda qarshi kurashadi. Ziyoli
qatlamjamiyatrivojiga to‘sqinlik qiluvchi muammolar hal etilmagach,
migratsiyaga ketishga qaror qiladi. Oqibatdajamiyatdagi faollar va ziyolilar
kuchsizlashadi, ijtimoiy axloqiy muammolar esa ko‘payadi vao‘z-o‘zidan jamiyat
kelajagi
uchun
salbiy
ta’sir
ko‘rsatadi.
Bugungi
kunda
yoshlarningrivojlangandavlatlarga ta’lim maqsadida migratsiya qilishi ko‘paygani
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
192
quvonarli holat, lekin ularningboshqadavlatda ta’lim olishdan ko‘zlagan niyati
o‘qishni tugatgach, o‘sha mamlakatda ishlab qolishhisoblanadi.Bu ham bizning
davlat kelajagi uchun katta yo‘qotishdir. Biroq boshqa tomondan esa yoshlar
milliyqadriyatlar va axloqiy qarashlarimizni o‘zgartirishi mumkinligi ham
muammoli vaziyat hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish joizki, umumiy o‘rta
ta’lim muassasalari bitiruvchilari, hududlardagi yoshlar va professional ta’lim
muassasalari o‘quvchilarning kasb egallashga hamda chet tillarini o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida turli xil say-harakatlar olib
borilmoqda. Bu esa yoshlar o‘rtasida ta’lim migratsiyasining xususiyatlarini
oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”
NMIU, 2019.
2.
https://api.
stat.uz/api/v1.0/data/doimiy-aholi-soni-jami?
lang=uz&format=pdf 3. Alimov S. Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit
transformatsiyasi omili sifatida. –Toshkent,
3.Alimov Sardor “Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit
transformasiyasi.
4.G‘oziyev.E.Psixologiya ( Yosh davrlar psixologiyasi ) o‘quv qo‘llanma -
Toshkent. “O‘qituvchi” 1994.3.“ Mehnat migratsiyasi jarayonlarini
takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga
oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida * 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son4.https// parlament.gov.uz/uz events/
comminttee/346