https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
169
NASOS STANSIYALARIDAGI OQIZIQLARNI TUTIB QOLISH
QURILMALARINING ASOSIY O‘LCHAMLARI VA
KO‘RSATKICHLARI.
Shahobova Nazokat Ilhomovna
o‘qituvchi Qarshi davlat texnika universiteti.
Yuldosheva Farangiz Mirali qizi
magistrant Qarshi davlat texnika universiteti.
Mamadaliyeva Dilnoza Jasur qizi
magistrant Qarshi davlat texnika universiteti.
Annotatsiya: Nasos stansiyalaridan foydalanishning ko‘p yillik
tajribalari shuni ko‘rsatadiki nasos qurilmalari asosan cho‘kindi va suv
yuzasida suzuvchi qalquvchi moddalar, oqiziqlarning suv bilan birga ularning
ichiga kirib salbiy ta’siri natijasida ishdan chiqishi kuzatilgan. Oqiziqlarni
nasos stansiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tib ketish natijasida suv uzatish tizimidagi
qurilmalar ayniqsa, suvni ko‘tarib beruvchi nasos ishchi parraklari va uning g‘ilofi
orasiga oqiziqlarning (g‘o‘la va to‘nkalar) kirib qolishi sodir bo‘lib ularning
ishdan chiqishiga olib keladi.
Kalit so‘zlar: Nasos, harorat, muhit tarkibi, namlik, changlik, vibratsiya,
elektr xususiyatlar, nazorat va o‘lchov sharoitlari.
Abstract: Many years of experience in operating pumping stations shows
that pumping devices fail mainly due to the negative impact of sediments and
floating substances floating on the surface of the water, and liquids entering them
along with water. As a result of the direct passage of liquid to the pumping station,
liquid (balls and cones) penetrates into the devices of the water transmission
system, especially between the working blades of the water-lifting pump and its
div, causing them to get stuck. failure.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
170
Key words: Pump, temperature, ambient composition, humidity, dust,
vibration, electrical properties, control and measurement conditions.
Аннотация:
Многолетний опыт эксплуатации насосных станций
показывает, что насосные устройства выходят из строя в основном из-за
негативного воздействия отложений и плавающих веществ, плавающих на
поверхности воды, и жидкостей, попадающих в них вместе с водой. В
результате непосредственного прохождения жидкости к насосной станции
в устройства водопередающей системы, особенно между рабочими
лопатками водоподъемного насоса и его корпусом, происходит
проникновение жидкости (шариков и конусов), вызывающее их застревание.
неудача.
Ключевые слова: Насос, температура, состав окружающей среды,
влажность, пыль, вибрация, электрические характеристики, условия
контроля и измерений.
Respublikamizda sug‘orib qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtiriladigan
asosiy maydonlarning 60% suvni yuqoriga ko‘tarib beruvchi nasoslar yordamida
sug‘orilishini e’tiborga olsak, nasoslarning ishonchli ishlashi dolzarb muammo
bo‘lib hisoblanadi. Nasos agregatlarining beto‘xtov ishlashi, ularni tashkil
qiluvchi xar bir qismi va elementining ishonchli va buzilmasdan ishlashiga
bog‘liqdir. Ma’lumki nasos qurilmalari suvni yuqoriga uzatish vaqtida suv
tarkibidagi oqiziqlarning ta’siri natijasida ishdan chiqish holatlari yuzaga keladi.
Suv tarkibidagi oqiziqlarni hosil bo‘lishi sabablari o‘rganilganda gidrotexnik
inshoatlardan suv oqish jarayonida o‘zan va qirg‘oqlarni yuvilishi natijasida,
yer ustidagi xilma-xil moddalarni bir joydan ikkinchi joyga yuvib ko‘chirib
yurishi va suvning o‘ta harakatchanligi tufayli sodir bo‘lishi kuzatilgan. Suv
o‘zatish tizimining bir maromda ishlash qobiliyatini buzuvchi nasoslarga tushib
qoladigan xar qanday oqiziqlar va suzib yuruvchi jismlardan saqlash uchun,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
171
suv qabul qiladigan inshootlarning suv xarakatlanadigan yo‘lida har hil oqiziqlar
ushlab qoluvchi qurilmalar o‘rnatiladi. Nasos stansiyalariga suv keluvchi
kanallarida katta o‘lchamdagi oqiziqlarni ushlab qolish uchun metall
sterjenlardan tayyorlangan panjaralar, kichik o‘lchamdagi oqiziqlarni ushlab
qolish uchun esa turlar eng kup qullaniladi.
Hozirgi vaqtda nasos stansiyalarida foydalanilayotgan oqiziqlarni ushlab
qoluvchi qurilmalardan foydalanish sharoiti quyidagilarni xisobga olishni taqqozo
etadi: suv manbasida suv satxiga nisbatan panjara va turlarning joylashishi,
suv qabul qiluvchi inshoot tarkibida ularning joylashgan urni, suv qabul qiluvchi
teshigiga kirishda oqim xarakati yo‘nalishiga nisbatan xolati, panjara yoki
turdan o‘tish oqim tezligi, oqiziqlarni tiqilib qolish darajasi va suvni muzlash
extimolligi, u yoki bu samarali tozalash vositalarining qullanilishi. Oqiziqlarni
ushlab qoluvchi qurilmalar ularni tayyorlashda iqtisodiy maqsadga muvofik
ravishda xarajatlanganda foydalanish jarayonida nasoslarni va texnologik
jixozlarni ishonchli ximoyalash bilan birga oqiziqlar va suzuvchi jismlarni ushlab
qolishda eng kam energiya yo‘qotilishi inobatga olinishi kerak.
Suv qabul qilgichlardagi suv satxi ostidan bosimli suv qabul qilgich
teshigining nisbatan sezilarsiz chuqurlashganida maxsus uyiqlarda joylashgan
yassi sterjenli panjaralar o‘rnatiladi. Ko‘p xollarda panjaralar yechiladigan qilib
tayyorlanadi. Panjaralarni joyiga o‘rnatishva yechib olish uchun maxsus yuk
ko‘tarish-tashish jihozidan foydalaniladi. Shuningdek ularga xizmat ko‘rsatish
qulay bo‘lishi inobatga olinadi. Berkitiladigan teshiklarning katta o‘lchamlarida
panjarani o‘rnatish va kuchirish qulaylik uchun panjaralar alohida seksiyalardan
tayyorlanadi.
Har qaysi seksiya tayanch konstruksiyalardan tashkil topgan bo‘lib, bir
biridan ma’lum masofada joylashgan metall sterjenlar bilan maxkamlanadi.
Panjaralarni tayyorlash vaqtida sterjenlar o‘rtasidagi oraliqni shunday tanlash
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
172
tavsiya etiladiki, bunda panjara orqali o‘tib ketgan oqiziqlarni nasosning oqimli
qismlari elementlarida tiqilib qolmasligi kerak. Nasoslarning turlari va
o‘lchamlariga bog‘lik holda panjara sterjenlari o‘rtasidagi oraliq kattaligi odatda
o‘qli nasoslar uchun 5sm dan 15 sm gacha va markazdan qochma nasoslar
uchun 3 sm dan 10 smgacha qabul qilinadi. Oqiziqlarni ushlab qoluvchi panjaralarni
chuqur joylashtirish ularni qarov, tozalash va ta’mirlashni qiyinlashtiradi.
Shuning uchun nasos stansiyalarining chuqur suv qabul qilgichlarida
yechilmaydigan yassi va yoyiq turg‘un ostki tayanch konstruksiyasiga oqiziqlarni
ushlab qoluvchi panjaralar qullaniladi. Ushbu konstruksiyalar odatda bir biri
bilan temir beton yoki metall ustunlar bilan bog‘langan tizimdan va oqim
xarakati yo‘nalishi bo‘ylab o‘rnatiladigan oqib ketuvchi shakldagi rigellardan
tashkil topgan. Jixozning zarur qismi bo‘lgan holda panjaralar bir vaqtning o‘zida
bir qator qiyinchiliklar paydo bo‘lishiga sabab buladi, ayniqsa bu qurilgan
daryolarning keskin urmonlik joyi va buz yer bilan kesishganda kuzatiladi.
Eng ko‘p qiyinchilik bahorgi va kuzgi toshqinlarda daryo turli oqiziqlar
(yog‘ochlar, cho‘kindi yog‘ochlar, ildizlar) olib kelganda uchrab, u panjara
orasidagi bo‘shliqni tusib quyadi. Daryolarda panjaralarning ifloslanishi uzluksiz
davom etishi, suvning nasos stansiyasiga oqib kelishida sezilarli suv satxining
pasayishini keltirib chiqaradi. Shuni nazarda tutib maxsus oqiziq ushlab
qoluvchi inshoatning yaratish iqtisodiy maqsadga muvofiq deb qabul qilingan.
Bu quyidagi ekspluatatsion imkoniyatlarni ta’minladi: agregatning ish
tartibiga bog‘lik bulmagan holda panjaralarni tozalash, ta’mirlash va tekshirish
(taftish qilish) imkoniyatiga erishildi panjaralarni tozalashni vaqt bo‘yicha
cheklanishi va uni utkazish vaqtida agregatni tuxtatib quyish zaruriyati bekor
qilindi: panjara orqali kirishda suv oqimining tezligi sezilarli darajada kamaydi,
bu esa ifloslanish jadalligini kamaytirdi, panjarani tozalash sharoitini
osonlashtirdi va undagi suv utishini oshiradi. Shuningdek, setkaning old tarafiga
yig‘ilgan iflosliklar, oqiziqlarni tozalab tashlash uchun qo‘shimcha qo‘l mehnati
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
173
sarflanadi. Bu sohada hozirgi vaqtgacha bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarini tahlili
shuni ko‘rsatadiki, to‘plangan oqiziqlarni tozalash uchun katta miqdorda og‘ir
qo‘l mehnati sarf qilinadi.
Xulosa
Nasos stansiyalari panjaralar oldida to’planib qolgan oqiziqlarni
tozalashning mavjud usullari va qurilmalari tahlili asosida panjaralar oldida tutib
qolingan oqiziqlarni tozalash qurilmasining asosiy ko’rsatkichlari aniqlandi. Yirik
oqiziqlarni tutib qoluvchi panjaralardan o’tib ketgan mayda oqiziqlar uchun kichik
hajmdagi tutqichlar (oqiziqlarni yig’uvchi) o’rnatish tavsiya etiladi. Oqiziqlar
miqdorining oshishi hisobiga ularni avtomatik tozalash tizimi uchun texnik
vositalarni tanlash talab etiladi va bu texnik vositalar. Datchiklarni tanlashda
ularning sezgirligi va inersionligi hisobga olinadi. Tez o’tuvchan jarayonlarda
kichik inersiyaga ega bo‘lgan datchiklar, rostlash aniqligi yuqori bo‘lgan tizimlarda
ish datchiklar tanlab olish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Металловедение и термическая обработка стали. /Под общ. ред.
М.Л.Берштейна и А.Г.Рахштада. Справочник, 3-изд, Т-2. –М.:Металлургия,
1983 –368 с.
2.Качалов Л.М. Основы теории пластичности. -М.:Наука, 1969 -420 с.
3.Коваленко М.С. Теоретические основы горячей обработки пористых
материалов давлением. Киев, Наукова дума, 1980 -239 с.
4.Полухин П.Н. Физические основы пластической деформации металлов.
М.:Металлургия, 1982. -584 с.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
174
5.Нурбеков Ж. “Сув олиш иншоотида оқизиқларни тутиб қолувчи
комбинациялашган қурилма” Қишлоқ ва сув хўжалиги замонавий
муаммолари мавзусидаги XII илмий амалий анжуман Тошкент-2013 й
6. Эргашев Р.Р., Жовлиев Ў.Т.,Нурбеков Ж. Сувдаги оқизиқларни тутиб
қолишни таъминлаш.