https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
138
SUV KELTIRISH KANALLARINING GIDRAVLIK REJIMINI
O‘ZGARISH SABABLARI.
Nazarov Bobur O`razali o`g`li
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti assistent
o`qituvchisi
Normamatov Boymat Bekmatovich
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti assistent
o`qituvchisi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada suv olib kelish kanallarining gidravlik
rejimlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Suv keltirish kanallarining
gidravlik rejimiga ta’sir etuvchi omil sifatida muallaq va o‘zan tubi oqiziqlari
ko‘rilgan. Bunda oqiziqlarning miqdori, yiriklik darajasi va oqimning
tashuvchanlik qobiliyati tahlil qilingan. Oqiziqlarning kanal trassasi bo‘ylab
cho‘kishi natijasida, kanalning gidravlik parametrlari o‘zgarishi kanal gidravlik
rejimiga ta’sir qilishi haqida fikrlar bayon etilgan.
Kirish.
Suv oqimining gidravlik rejimi - bu suv oqimining quvur yoki ochiq
suv yo‘lida qanday harakatlanishini ifodalovchi holatdir [1;9;13]. Bu rejimlar
suvning tezligi, chuqurligi, bosimi va oqim sirtining xatti-harakatiga qarab
belgilanadi. Adabiyotlar tahlili shuni shuni ko‘rsatadiki, ochiq suv yo‘llarida oqim
quyidagi rejimlarda bo‘lishi mumkin:
Yassi (barqaror) oqim -
oqim tezligi, chuqurligi va boshqa parametrlar
o‘zgarishsiz qoladi. Masalan, kanalning bir xil qismida doimiy darajadagi oqim.
Beqaror (noaniq) oqim -
vaqt davomida yoki masofaga qarab tezlik va
chuqurlik o‘zgaradi. Masalan, toshqin vaqtida daryoda suv sathi oshishi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
139
Tinch (subkritik) oqim -
tezlik kichik, chuqurlik katta. Gravitatsiya kuchi
inersiyadan katta. Frud soni Fr< 1.
Tez (superkritik) oqim -
tezlik katta, chuqurlik kichik. Inersiya
gravitatsiyadan katta. Frud soni Fr>1.
Kritik oqim - Frud soni Fr=1. Oqim tinchdan tezga o‘tish holatidadir.
Kanallarda suv oqimi asosan “Tinch” (subkritik) gidravlik rejimda bo‘ladi [1;9].
Ko‘pchilik sun’iy kanallar sekin oqim uchun loyihalashtiriladi. Gravitatsiya kuchi
oqimga turtki beradi, lekin kanalning yotqizilishi juda kichik bo‘ladi. Bu holatda
suv chuqur, lekin tezligi past bo‘ladi ya‘ni, Frud soni Fr<1 bo‘ladi, bu tinch oqim
belgisi. Kanallarda gidravlik rejimning o‘zgarishi tezlik va chuqurlikka
bog‘liqligini 1-jadvalda ko’rishimiz mumkin [1;4;6].
1-jadval.
T.r
Rejim turi
Tezlik
Chuqurlik Frud soni
Qayerda uchraydi
1.
Tinch
(subkritik)
Past
Katta
< 1
Odatdagi kichik nishabli
sun’iy kanallarda
2.
Tez
(superkritik)
Yuqori
Kichik
> 1
Nishabligi yuqori
kanallarda
3.
Kritik
O‘rtacha
O‘rtacha
= 1
O‘tish nuqtalarida
Asosiy qism. Ko‘pgina sug‘orish kanallari daryolardan suvni oladi.
Daryodagi suvning tarkibida tog‘ jinslarining parchalanishi va tuproqning
eroziyasi, organik birikmalarning turli shakllari natijasida hosil bo‘ladigan va suv
oqimi bilan olib kelinadigan qattiq zarralarga cho‘kindilar deyiladi [9;14]. Oqim
bilan cho‘kindilarni olib kelish jarayoni chuqur o‘rganish ko‘p bilim va turli
omillarni hisobga olishni talab qiladi, bunday omillar orasida cho‘kindilarning
xususiyatlari, jumladan ularning diametrlari va gidravlik yirikligi katta ahamiyat
kasb etadi.
Muammoni yechishda eski nazariy yondashuvning nomukammalligi va
qiyinligi va hisoblash amaliyotining kerakligi, daryo va kanallarda cho‘kindilar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
140
sarfi bo‘yicha mavjud dala ma’lumotlarini umumlashtirish asosida empirik usullar
yordamida oqimning tashish qobiliyatini o‘rganish uchun kerakli impulsni yaratib
berdi.
Ushbu yo‘nalishning rivojlanish tarixini taxlil qilib, shuni ta’kidlash
kerakki, eksperimental ma’lumotlarning yig‘ilishi va ularni doimiy chuqur taxlil
qilish, oqimning tashish qobiliyatini xisoblash bo‘yicha empirik bog‘liqliklarni
yanada yaxshilaydi va takomillashtiradi.
Cho‘kindilar tashilishini xisoblash bo‘yicha dastlabki bog‘liqliklar avval
yorqin ifodalangan “rejimli” xarakterga ega bo‘lgan va nishablik, chuqurlik, tezlik
kabi tavsiflar orqali oqim bilan tashiladigan loyiqalikning kattaligini aniqlagan.
Ushbu formulalar faqatgina tajriba o‘tkazib natija olingan kanal va daryolardagina
ijobiy natija berdi [11]. Ular orasida V.V.Poslavskiy formulalari nisbatan keng
tarqalgan:
𝜌
𝑇
= 𝛹𝑅
i
(1)
𝜌
T
– oqimning tashish qobiliyati;
R
– gidravlik radius;
i
– nishablik;
ψ
– (17 ... 24) * 10
3
oraliqdagi qiymatga ega koeffitsient.
Cho‘kindilar tashilishini o‘rganishning empirik yo‘nalishi rivojlanishidagi
keyingi bosqich sifatida gidravlik yiriklik kattaligi orqali ifodalanadigan, oqim
bilan tashiladigan loyiqalikning fraksion tarkibini hisobga olish kirib keldi. Ushbu
yo‘nalishdagi birinchi bog‘liqliklardan biri O.G.Xorst tomonidan taklif etilgan va
u quyidagi ko‘rinishga ega:
𝜌
𝑇
= 40
𝑅𝜈𝑖
𝑊
(2)
Bu yerda: V – oqimning tezligi;
W
0
– cho‘kindilar tarkibining o‘rtacha gidravlik yirikligi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
141
Ye.A.Zamarin formulalari oqimning harakatlanish xususiyatiga turli
diapozondagi yiriklikliklarning ta’sirini baxolash imkonini yaratdi [12]. 0,002≤ W
0
≤0,008 m/s uchun Ye.A.Zamarin formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
𝜌 = 0,022(
𝜈
𝑊
)
3
2
√𝑅𝑖
(3)
0,004≤ W
0
≤0,002 m/s gidravlik yiriklik uchun esa quyidagicha bo‘ladi:
Turbulentlik qiymatini cho‘kindi tashish jarayonida asosiy omil sifatida
e’tirof etish cho‘kindi tashish muammosini yechishning empirik yo‘ndashuvga o‘z
ta’sirini ko‘rsatdi. Turbulent suv oqimi bilan cho‘kindining harakatlanish
xususiyatini
hisobga
olish,
tajriba
tadqiqotlarining
natijalarini
umumlashtirishuchun foydalanilgan dastlabki ta’riflarni fizik jixatdan asoslash
imkonini berdi [9;14].
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki oqimning tashuvchanlik qobiliyati
kanal trassasi bo‘ylab loyqalarning cho‘kish jarayonini o‘rganishga yordam beradi.
Ammo kanal trassasining loyqa bilan to‘lishigina gidravlik rejimning buzilishiga
olib kelmaydi va boshqa sabablar ham mavjud bo‘lib ular quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
-
Kanal profili va nishablidagi o‘zgarishlar. Kanalning balandlik bo‘yicha
nishabligi o‘zgarib ketganda oqimning tabiiy harakati buziladi. Masalan, kanalning
tik joylarida oqim tezlashadi va bu oqimning tinchdan tezga o‘tishiga (kritik holat)
olib keladi. Aksincha, gradientning pasayishi oqimni sekinlashtiradi, bu esa
cho‘kindi yig‘ilishga sabab bo‘lishi mumkin [15].
-
Suv dimlovchi inshootlar va to‘siqlar. Kanaldagi sifonlar, ko‘prik taglari,
to‘g‘onlar, regulyatorlar, torayishlar va boshqa gidrotexnika inshootlari oqimning
tabiiy holatini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu joylarda kritik oqim holatlari,
gidravlik sakrash yoki turbulensiya paydo bo‘ladi [4;5].
-
Oqim sarfining o‘zgarishi. Suv manbasidan kelayotgan oqim
miqdorining doimiy bo‘lmasligi, masalan, irrigatsion mavsumdagi notekis suv
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
142
talabi, gidravlik rejimni beqarorlashtiradi [1]. Yuqori suv sarfi oqim tezligini
oshiradi, past sarf esa kanalda suv sathining tushishiga olib keladi [7].
-
O‘simliklar o‘sishi. Kanal tubida yoki yon bag‘irlarida o‘sadigan suv
o‘tlari va boshqa o‘simliklar oqimga qarshilik hosil qiladi. Bu esa oqim tezligini
kamaytirib, bosimning ortishiga, gidravlik rejimning o‘zgarishiga olib keladi [1].
-
Kanal devorlarining yemirilishi va deformatsiyasi. Eroziya, ko‘chki,
yoki boshqa tabiiy hodisalar natijasida kanal shakli o‘zgarib ketishi mumkin. Bu
holat oqim parametrlariga bevosita ta’sir qiladi va rejimning buzilishiga olib keladi
[8].
Xulosa.
Kanallarda gidravlik rejimning barqarorligini saqlash suv xo‘jaligi
tizimlarining samarali ishlashi uchun muhim omildir. Yuqorida sanab o‘tilgan
omillar rejimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularni vaqtida aniqlab, oldini olish -
loyiha, qurilish va ekspluatatsiya jarayonlarining ajralmas qismidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Mirsaidov, M. M., & Abdurahmonov, A. Sh. (2005).
Gidravlika
.
Toshkent: TATU nashriyoti.
2.
Sidiqov, H. (2012).
Sug‘orish va melioratsiya ishlarida gidravlika
asoslari
. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
3.
Chovushev, Sh., & Bozorov, A. (2019).
Kanal va suv yo‘llarining
gidravlik hisoblari
. Toshkent: TIQXMMI.
4.
Chow, V. T. (1959).
Open-channel hydraulics
. New York: McGraw-
Hill.
5.
French, R. H. (1985).
Open-channel hydraulics
. New York: McGraw-
Hill.
6.
Henderson, F. M. (1966).
Open channel flow
. New York: Macmillan
Publishing Co.
7.
Novak, P., Moffat, A. I. B., Nalluri, C., & Narayanan, R. (2001).
Hydraulics of open channel flow
. Oxford: Butterworth-Heinemann.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
143
8.
Pakhomov, V. N. (1980).
Gidravlika i gidravlicheskie mashiny
[Hydraulics and hydraulic machines]. Moskva: Vysshaya shkola.
9.
Khalilov, A. (2020).
Irrigatsiya va melioratsiyada gidravlik jarayonlar
.
Toshkent: TIQXMMI.
10.
O‘zbekiston Qurilish vazirligi. (2021). Ochiq kanallarda gidravlik
inshootlar loyihasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar. (O‘zbekiston Qurilish vazirligi,
2021) Toshkent: Qurilish vazirligi nashriyoti.
11.
Пославский В.В. Краткие сведения об условиях питания
хорезмских систем и их заиления. Ташкент, г.1933.с.38-45.
12.
Замарин Е.А. Транспортирующая способность и допускаемые
скорости течения в каналах. М.-Л.: Госстройиздат, 1951, 82 с.
13.
Rakhimov, S., Seytov, A., Nazarov, B., & Buvabekov, B. (2020, July).
Optimal control of unstable water movement in channels of irrigation systems
under conditions of discontinuity of water delivery to consumers. In IOP
Conference Series: Materials Science and Engineering (Vol. 883, No. 1, p.
012065). IOP Publishing.
14.
Б.Назаров,
&
Б.Нормаматов.
(2022).
ПОВЫШЕНИЕ
ЭФФЕКТИВНОСТИ ЭКСПЛУАТАЦИИ ПОДВОДЯЩИХ КАНАЛОВ
НАСОСНЫХ СТАНЦИИ. Academic research journal, 1(6), 262–270.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7494601
15.
Хидиров С. К. и др. Оценка состояния пропускной способности
подводящих каналов насосных станции //Журнал агро процессинг. – 2022. –
т. 4. – №. 2.
16.
Жураев, С., & Беккамов, М. (2022). КЛАССИФИКАЦИЯ
ВИСЯЧИХ МЕТАЛЛИЧЕСКИХ КОНСТРУКЦИЙ (ТРОСОВЫХ И
МЕМБРАННЫХ)
ПОКРЫТИЙ.
O'ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 997-1002.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025
144
17.
Жураев, С., & Сатторов, К. (2023). Расчет Тросовых Висячих
Покрытий В Пк Лира. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences
and Humanities, 16, 119-123.
18.
Жўраев,
С.
(2023).
АЛИШЕР
НАВОИЙ
ДАВРИ
ИМОРАТЛАРИНИНГ
АРХИТЕКТУРАСИ.
O'ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI,
2(16), 142-146.
19.
Turayev, S., & Sanjar, J. (2023). ZILZILA VAQTIDA BINO VA
ZAMIN GRUNTLARINING O’ZARO TA’SIRI. Finland International Scientific
Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 410-414.
20.
Sanjar, J. (2023). DEVELOPMENT OF CULTURE AND
ENTERTAINMENT PARKS. American Journal of Pedagogical and Educational
Research, 9, 49-52.
21.
Жураев, С., & Тураев, Ш. (2023). ДВУХПОЯСНЫЕ
ПРЕДВАРИТЕЛЬНО
НАПРЯЖЕННЫЕ
СИСТЕМЫ.
IJODKOR
O'QITUVCHI, 3(29), 77-81.