Авторы

  • Xolmirzayeva Gulbahor

Биография автора

  • Xolmirzayeva Gulbahor

    Farg’ona viloyati Oltiariq tumani  2-son kasb-hunar maktabi  “Matematika” fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.92402

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Tarixdagi birinchi matematik ayol raqamlar to‘g‘risidagi qiziq faktlar Relo uchburchagi. Keywords: The first mathematical woman in history curious facts about numbers relo triangle.

Аннотация

Annotatsiya: Matematika — kichik yoshimizdan tanishishni boshlaydigan keng ilm. Shu sabab uning birinchi sinfdan dars sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Axir umumiy matematik bilimlarsiz zamonaviy dunyoda judayam nochor bo‘lib qolardik. Xuddi ilmlar qirolichasisiz kimyo, fizika, tibbiyot va boshqa ko‘plab fanlar mavjud bo‘lmagani kabi. Keling, matematika to‘g‘risidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishamiz.

Annotation: Mathematics is a broad science that begins to be introduced from an early age. For this reason, it is not for nothing that it is taught as a lesson from the first grade. After all, without general mathematical knowledge, we would be very helpless in the modern world. Just as chemistry, physics, medicine and many other sciences do not exist without the Queen of Sciences. Let's get acquainted with interesting facts about mathematics.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

106

MQM:MATEMATIKANING QIZIQARLI MA’LUMOTLARI

Farg’ona viloyati Oltiariq tumani 2-son kasb-hunar maktabi “Matematika” fani

o’qituvchisi

Xolmirzayeva Gulbahor

Annotatsiya: Matematika — kichik yoshimizdan tanishishni boshlaydigan keng

ilm. Shu sabab uning birinchi sinfdan dars sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Axir umumiy

matematik bilimlarsiz zamonaviy dunyoda judayam nochor bo‘lib qolardik. Xuddi

ilmlar qirolichasisiz kimyo, fizika, tibbiyot va boshqa ko‘plab fanlar mavjud bo‘lmagani

kabi. Keling, matematika to‘g‘risidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishamiz.

Kalit so’zlar: Tarixdagi birinchi matematik ayol, raqamlar to‘g‘risidagi qiziq

faktlar, Relo uchburchagi.

MQM: INTERESTING FACTS OF MATHEMATICS

Annotation: Mathematics is a broad science that begins to be introduced from an

early age. For this reason, it is not for nothing that it is taught as a lesson from the first

grade. After all, without general mathematical knowledge, we would be very helpless in

the modern world. Just as chemistry, physics, medicine and many other sciences do not

exist without the Queen of Sciences. Let's get acquainted with interesting facts about

mathematics.

Keywords: The first mathematical woman in history, curious facts about

numbers, relo triangle.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

107

Tarixdagi birinchi matematik ayol aleksandriyalik Gipatiya bo‘lgan. «Teng»

belgisi XVI asrda, manfiy sonlar esa faqat XIX asrga kelib ilk marta qo‘llanilgan. Birdan

yuzgacha bo‘lgan jami sonlar yig‘indisi 5050 ga teng.

Lahza nima? Bu bor-yo‘g‘i ibora emas, 0,01 soniyaga teng bo‘lgan vaqt

o‘lchov birligi ekan. Tayvan orolida to‘rt sonidan juda qo‘rqishadi, chunki u mahalliy

aholi uchun o‘limni anglatadi. Bu holat shu darajaga yetganki, ba'zi uylarda to‘rtinchi

qavat va mana shunday raqamli xonadonlar yo‘q.

Raqamlar to‘g‘risidagi qiziq faktlar.

Matematika fanlari yetuk professori

Stiven Xoking shu darajada iste'dodli ediki, barcha materiallarni o‘zi mustaqil

o‘rgangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, matematika fanini maktabdagina o‘rgatishgan.

Rossiya imperiyasida davlat tomonidan qo‘yilgan taqiq sabab ayollar ilmiy

faoliyat bilan shug‘ullana olishmagan.

Shunisi qiziqki, Rim imperiyasida nol raqami mavjudligi haqida bilishmagan.

Bu raqamsiz matematika ma'nosiz ekani hisobga olinib, rivojlangan sivilizatsiyalardan

biri bo‘lishlariga qaramay, hisobni bir raqamisiz bir amallab yuritishgan.

Bir kuni Jorj Dantsing universitet talabasi bo‘lgan vaqtida darsga kech qoldi va

doskada tushunarsiz tenglamalarni ko‘rdi. U vazifani uy ishi sifatida qabul qildi,

qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, ularni yechdi. Kelasi kuni u dunyodagi hech bir professor

yechimini topa olmagan g‘aroyib masalalar ekani ma'lum bo‘ldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

108

XX asrning boshiga qadar matematika bo‘yicha barcha bilim va hisoblar 80 ta

katta bo‘lmagan nashrlarga sig‘ar edi. O‘sha paytdan beri soha shu qadar kengaydiki,

matematika asoslarini 800 ta kitobga joylashtirish imkonsiz bo‘lardi.

1. Angliyalik matematik Abraxam de Muavr, keksalik davrida, uyqisining vaqti

kuniga 15 minutdan ko'payib borayotganini aniqladi. Arifmetik progressiyani tuzib,

uyqining umumiy vaqti 24 soatga teng bo'lgan kunini hisobladi – bu kun 1754 yil 29

aprelga to'g'ri keldi. Aynan shu kuni, u olamdan ko'z yumdi.

2. Dindor jugutlar, xristianliklarning simvollariga, va umuman, salb belgisiga

o'xshash belgilarga duch kelmaslikka harakat qiladilar. Masalan, ba'zi Isroil maktab

o'quvchilari, “plyus” belgisining o'rniga teskari “t” belgisini qo'yadilar.

3. Yevro kupyurasining haqiqiyligini, undagi harfning seriya raqami va 11

sonidan tekshirish mumkin. Harfni, ingliz alifbosidagi tartib raqami bilan almashtirib,

bu sonni boshqa sonlar bilan qo'shib, undan so'ng, birgina son hosil bo'lgunga qadar,

natijada chiqqan sonlarni qo'shish kerak. Agar bu son – 8 bo'lsa, kupyura haqiqiy

hisoblanadi. Tekshirishning yana bir usuli, huddi shunday uslubda, faqat harfning

ishtirokisiz bo'lgan qo'shishdan iborat. Bitta harf va bitta sondan tashkil topgan natija,

ma'lum bir mamlakatga mos kelishi kerak, chunki yevro turli xil davlatlarda chop etiladi.

Masalan, Germaniya uchun bu X2.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

109

4. Alfred Nobel, o'z mukofoti ro'yhatiga matematika fanini qo'shmaganining

sababi, uning rafiqasi, matematik bilan hiyonat qilgan, degan fikr bor. Aslida esa, Nobel,

hech qachon uylanmagan. Nobel tomonidan matematika fanining nazarga ilmaganining

haqiqiy sababi noma'lum, ammo bu to'g'risida, bir nechta fikrlar bor. Masalan, shu

paytga kelib, matematika fanidan Shvesiya qirolining mukofoti bor edi. Ikkinchisi –

matematika inson uchun hech qanday muhim kashfiyotlar qilmaydi, chunki fan

faqatgina teoritik xarakterga ega, xolos.

5. Relo uchburchagi – a radiusidagi uchta bir xil aylanalarning a tomonli teng

tomonli uchburchakning baliklarining markazi bilan kesishuvidan hosil bo'lgan shakl.

Relo uchburchagi asosida qilingan sverlo, (noaniqligi 2% bo'lgan) kvadrat shaklidagi

teshiklarni o'yishga yordam beradi.

6. Rus matematik adabiyotida, nol natural son hisoblanmaydi, g'arbiy

adabiyotlrida esa, aksincha, ko'pgina natural raqamlar qatoriga kiradi.

7. Universitet aspiranti bo'lmish, amerikalik matemitik Djordj Dansig, kunlardan

bir kuni darsga kechka qolib, doskada yozilgan barcha tenglamalarni uy vazifasi sifatida

oldi. Ular oddiy tenglamalarga nisbatan murakkabroq tuyuldi, lekin bir necha kundan

so'ng, u axiri, ularni yechishga muvaffaq bo'ldi. Aniqlanishicha, u ko'pgina olimlar

yechishga uringan, statistikadagi ikki “yechilmas” muammolarni 29 aprelda yecha oldi.

8. Kazino ruletkasidagi barcha sonlar yig'indisi, shayton raqami – 666 ga teng.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

110

9. Sofya Kovalyovskaya, bolaligida, xonasiga oboy yetmaganida va oboy

o'rniga Ostrogradning differensial va integral hisoblashlari to'g'risidagi leksiyalari

qog'ozlari yopishtirilganda, matematika bilan tanishdi.

10. 1897 yilda, Indiana shtatida, 3,2 ga teng bo'lgan Pi sonining qonuniy

qiymatini belgilovchi bill chiqarildi. Ushbu bill, universitet professorining aralashuvi

tufayli qonunga aylanmadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Rik Pimentell, Tell Uorri. Cambridge IGCSE core mathematics(4th edition).

Hachette UK — 275-bet. ISBN 978-1-5104-2058-8.

2.

Otto Neugebauer. Qadimgi matematik astronomiya tarixi. Springer-Verlag —

744-bet. ISBN 978-3-540-06995-9.

3.

Thurston. Gipparxning akkordlar jadvali.

4.

G. Tumer. Ptolomeyning "Almagest" asari. Princeton University

Press. ISBN 978-0-691-00260-6.

5.

Karl Benjamin Boyer. p. 215.

6.

J.L.Berggren. Islom matematikasi.

7.

Nosiriddin at-Tusiy. MacTutor matematika tarixi arxivi.