Авторы

  • Oxunova Feruzaxon G’anijon qizi

Биография автора

  • Oxunova Feruzaxon G’anijon qizi

      Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

    Hamshiralik ishi kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.92411

Ключевые слова:

Kalit so'zlar: Gidroterapiya ignasimon dush silkulyar dush yelpig’chsimon dush.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada odam organizmiga suvning ta'siri, suv muolajasining organizmiga yuborish usullari haqida aytib o'tilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

51

GIDROTERAPIYA- SUV BILAN DAVOLASH

-3030-3680

Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Hamshiralik ishi kafedrasi o’qituvchisi

Oxunova Feruzaxon G’anijon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada odam organizmiga suvning ta'siri, suv

muolajasining organizmiga yuborish usullari haqida aytib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Gidroterapiya, ignasimon dush, silkulyar dush, yelpig’chsimon

dush.

Hozirgi kunda , hamma kaslliklarni tabiiylik bilan davolash

qo’llanilyapti. Dori darmonlar o’rniga esa giyohlardan tashkil topgan damlamalar

ichilyapti. Shunday ekan tabiiy bo’lgan suvimiz xam biz uchun davo

hisoblanadi.Tibbiyotda suv bilan davolash-gidroterapiya deb nomlanadi.

Suv bilan davolash – gidroterapiya

Suv bilan davolash - «gidroterapiya» fizioterapevtik davo turlaridan biri

bo‘lib, u kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi. Suv bilan

davolashning asosiy vazifalaridan biri organizm uchun qulay reaksiyaga erishishdir.

Suv muolajalari ta’sir turiga qarab turlicha bo‘ladi. Chegaralangan ta’sir turiga ega suv

muolajalari:

-

yuvish, artish (qo‘l yoki cho‘tka yordamida);


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

52

-

qo‘l yoki oyoq vannasi, sekin-asta haroratni ko‘tarish bilan;

-

qo‘l va oyoqqa kontrast vanna qo‘llash;

-

turgan holda sovuq suvni qo‘lga, tizzaga, yuzga, ensaga qo‘llash;

-

ko‘krak qafasiga kompresslar qo‘yish.

O‘rtacha ta’sir kuchiga ega suv muolajalari:

-

oyoq, belga vannalar (belga o‘tirgan yoki yotgan holda), sekin- asta haroratni

ko‘tarish bilan;

-

o‘tirgan holda ishqalash bilan vanna qabul qilish;

-

mineral vannalar;

-

turli xil tarkibli iliq vannalar;

-

sovuq ishqalovchi vannalar;

-

o‘tirgan holda o‘zgaruvchan haroratli vannalar;

-

badanning 3/4 qismiga kompress qo‘llash yoki nam sochiq o‘rash;

-

o‘tirgan holda bug‘li vanna qabul qilish;

-

sauna.

Kuchli ta’sir etuvchi suv muolajalari:

-

qizdiruvchi vanna;

-

hammom;

-

sovuq yoki issiq suvni tezlik bilan tanaga quyish.

Suv bilan davolashda tanada umumiy va mahalliy o‘zgarishlar paydo bo‘lib, ular

ma’lum miqdorda suv harorati bilan bog‘liqdir. Suv muolajalari haroratiga qarab -

sovuq (20°C), salqin (20-30°C), indifferent (34 - 36°C), iliq (37 - 39°C), issiq (40°C

dan yuqori) bo‘lishi mumkin.

Gidroterapiya markaziy asab tizimiga o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatadi.

Indifferent haroratdagi suvni qo‘llash natijasida tanada bo‘shashish, tinchlanish,

uyquchanlik hosil bo‘ladi. Sovuq va issiq suv ta’sirida qo‘zg‘aluvchanlik kuchliroq

bo‘ladi. Suv bilan davolaganda yurak tomir faoliyatida o‘zgarishlar yuzaga keladi.

Sovuq suv ta’sirida teri tomirlari torayadi, yurakning qisqarish faoliyati sekinlashadi,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

53

arterial bosim ortadi. Past haroratdagi suv ta’sirida skelet mushaklarining tarangligi

oshadi. Issiq suvning ta’siri unga qarama-qarshi bo‘ladi. Issiq va sovuq suv muolajalari

moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtirib, organizm taranglashuvini oshiradi.

Gidroterapiyada, haroratdan tashqari mexanik omil muolajaning umumiy ta’sirini

kuchaytiradi. Suv muolajalari, ayniqsa, yurak tomir, asab faoliyati, xafaqonlik kasalligi

va organizmda moddalar almashinuvi buzilgan bemorlarga tavsiya etiladi. Monelik

hollari: suv muolajalari og‘ir ateroskleroz, qon bosimining yuqori darajaga ko‘tarilishi,

miya va toj tomirlar qon aylanishining buzilishida hamda sil kasalligining faol turida

qo‘llanilmaydi. Suv muolajalari har bir shaxsga alohida buyuriladi.Davo muddati 15-

20 ta muolajadan iborat bo‘lib, boshlanishida qisqa muddatli, so‘ng bemorning ahvoliga

qarab sekin-asta oshiriladi.

Gidroterapiyaning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan suv quyish va

artinish, ho‘l sochiqqa o‘rab qo‘yish, dush (aylanma, sirkulyar, otilib chiquvchi yuqori

va past bosimli), ichakni yuvish, vannalar va boshqalar qo‘llaniladi. Umumiy vanna

bo‘lsa, bemor tanasining barcha qismi suvga tushiriladi. Mahalliy vannalar: marvaridli

(suv orqali havo pufakchalari bosim bilan chiqariladi), ko‘pikli (ko‘pik hosil qiluvchi

moddalar yordamida), tebranuvchi va aylanma (suvni mexanik ta’sirda kuchaytirish),

hidli, xvoyli shifobaxsh giyohli, mineralli bo‘ladi. Vanna qabul qilish muddati 10-15

daqiqa, muddatni uzaytirish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vannalar qabul

qilish vaqtida bemorning umumiy ahvolini nazorat qilib turish lozim, chunki arterial

bosimning o‘zgarishi puls tezligi va nafas harakatlarining yomonlashuviga sabab

bo‘ladi. Suv muolajalarini artish, suv quyish ko‘rinishida ham qo‘llash mumkin. Bu

davolash usullari kundalik shaxsiy gigiyena bo‘lib, bemorlarni davolash va

parvarishlashiga kiradi. Qisqa muddat ichida sovuq suv bilan badanni artish,

chiniqtirishning bitta vositasidir. Sovuq suvga yuvinish tomirlar faoliyatini oshirib,

yuqori haroratli bemorga yaxshi natija beradi. Tananing ma’lum qismiga kontrast suv

quyish, avvaliga iliq, keyin sovuq suv yordamida amalga oshiriladi. Muolajadan so‘ng

tana sochiq yordamida quritiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

54

Dushlar

Dush bilan suv davolash muolajasi bo’lib,bunda suv oqimi bosim bilan

tushib,organizmga ta’sir etadi. Dushning ta’siri suv haroratiga va suv oqimining

osimiga bog’liq. Suvni dush sifatida berish uchun maxsus moslama-dush kafedrasi

qo’llaniladi. Bu kafedra suvining haroratini va bosimini rostlash imkonini beradi.

Dushli xonada dush kafedrasiga suv beruvchi va ishlatiladigan suvni chiqarib

yuboruvchi trubalar o’rnatiladi.Dush kafedrasi bu trubalarga kerakli harorat va

bosimdagi suvni beradi. Kafedrada sovuq va issiq suvni aralashtirish uchun xizmat

qiladigan ikkita rezervuar joylashgan.Suv harorati va bosimni o’lchab turish uchun

termometr va monometr bo’lib, kerakli xaroratdagi suv maxsus aralashtirgich orqali

garizantal joylashgan naycha tushadi, u yerda pol ostidagi tarmoqlan trubalardan o’tib

dush moslamalariga yo’naladi.

Dushlarning quyidagi turlari farqlanadi : yomg’irsimon, ignasimon, sirkulyar, suvi

yuqoriga otiladigan,yelpig’ichsimon, Sharko va Shotland dushlari. Suvning xaroratiga

ko’ra sovuq (8-18*), salqin(25-30*), iliq(32-35*) va issiq(36-38*) dushlar tafovut

qilinadi.

Ignasimon dush.

Yomg’irsimon dushga o’xshab ketadi. Bu dush setkasining har

bir teshigi toraytirilgan, yani maxsus ignasimon uchligi bo’ladi. Dushdan oqib

tushayotgan suv oqimi bemorda inga sancgandek sezgini xosil qiladi. Yomg’irsimon va

ignasimon dushlar uchun 1-1,5atm bosim qo’llaniladi, suv harorati 25-36*c muolaja

vaqti 2-5 minut bo’ladi kunda yoki kunora o’tkaziladi. Davo kursiga 10-12 ta muolaja

buyuriladi.

Yelpigichsimon dush.

Bu teshiklari bor maxsus setkali moslamadan iborat, bo’lib

bemor tanasiga suv yomg’ir sachgandek bo’lib quyiladi.

Sirkulyar dush.

Maxsus aylanma trubalardan iborat bo’lib,ulardagi mayda

teshiklar orqali bemorga ingichka suv oqim i yuboriladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

55

Yelpig’ichsimon dush.

Buning uchun sharko dushi shlangasini uchligi bosh

barmoq bilan bosib turilib,3-4 metr narida turgan bemorga yelpig’ich shaklida beriladi.

Suv harorati 30-32*Cdan 20*C gacha pasaytiriladi.Muolaja vaqti 1,5-2minut.

Shotland dushi.

Issiq va sovuq suv kantirastidan iborat bo’lib,otilib chiqadigan

2ta suv oqimi bo’lgan dushdir. Kafedradagi ikki xil shlangdan 40*cli issiq va 20*cli

sovuq suv novbatma navbat 10-15 sekunddan 4-5marotaba yuboriladi.Muolaja 3-

4minut davom etadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

56

030-3680

Foydalanilgan adabiyotlar

1.K.E Ulho’jayeva, B.T Xudoyberganova “Fizioterapiya va tibbiy reablitatsiya.

2.Hamshiralik ishi asoslari K.U.Zokirova

3.Bemorlarni uyda vashifoxonada parvarish qilishF.G.Nazirov

4.Umumiy amaliyot hamshiralari uchun amaliy ko’nikmalar to’plami A.Godoev

5.Hamshiralik ishi asoslari Q.S.Inomov

Qo’shimcha adabiyotlar.

1.Axmedov SH.A. «Anatomiya i fiziologiya s patologicheskimi osnovami».

Toshkent, Tasvir nashriyoti, 2009 god.

2.Ziyamutdinova G.X., Axmedov SH.A. «Normal anatomiya va fiziologiya».

Toshkent, O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi nashriyoti, 2009 yil. 3.«Xammabop

tibbiyot qo‘llanmasi». Toshkent, 2006 y.

Internet saydlari:

www

.ziyonet.uz.

www.google.co.uz

www.medical.uz