Авторы

  • Sobirova Nasibaxon Jamoliddin qizi

Биография автора

  • Sobirova Nasibaxon Jamoliddin qizi

    Toshkent  Pediatriya  Tibbiyot  Instituti.

    2-pediatriya  va  Fundamental  Tibbiyot  Fakulteti  talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.92423

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: milliy ong falsafa ijtimoiy haqiqat madaniy qadriyatlar ma’naviyat

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur  maqolada  Berdaqning  adabiyot  va  ma’naviyat  rivojidagi  o’rni  hamda  uning  ijodiy  merosining  falsafiy,  axloqiy  va  madaniy  jihatlari  chuqur  tahlil  qilinadi.  Berdaqning  asarlari  milliy  ongni  shakllantirish,  ijtimoiy  haqiqatni  yoritish  va  ma’naviy  qadriyatlarni  rivojlantirishda  muhim  omil  bo’lganligi  yoritiladi.  Shuningdek,  uning  she’riyati  xalq  hayoti,  dardlari  va  orzu – umidlarini ifodalashdagi  o’ziga  xosligi  va  zamonaviy  yoshlar  uchun  ibrat  bo’lish  imkoniyatlari  keng  ko’rib  chiqiladi.  Uning  ijodi  o’z  davri  va  hozirgi  zamon  uchun  ma’naviy – axloqiy  boylik  manbai  bo’lib  xizmat  qilayotgani  tahliliy  yondashuv  asosida  ochib  beriladi  va  ushbu  maqolada  Berdaqning  ijodiy  faoliyati,  uning  asarlarining  badiiy  va  falsafiy  ahamiyati  keng  yoritiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

283

“BERDAQ IJODIY MEROSI:ADABIYOT VA MA’NAVIYAT MANBAI”.

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti.

2-pediatriya va Fundamental Tibbiyot Fakulteti talabasi

Sobirova Nasibaxon Jamoliddin qizi.

Annotatsiya: Mazkur maqolada Berdaqning adabiyot va ma’naviyat rivojidagi

o’rni hamda uning ijodiy merosining falsafiy, axloqiy va madaniy jihatlari chuqur

tahlil qilinadi. Berdaqning asarlari milliy ongni shakllantirish, ijtimoiy haqiqatni

yoritish va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishda muhim omil bo’lganligi

yoritiladi. Shuningdek, uning she’riyati xalq hayoti, dardlari va orzu – umidlarini

ifodalashdagi o’ziga xosligi va zamonaviy yoshlar uchun ibrat bo’lish imkoniyatlari

keng ko’rib chiqiladi. Uning ijodi o’z davri va hozirgi zamon uchun ma’naviy –

axloqiy boylik manbai bo’lib xizmat qilayotgani tahliliy yondashuv asosida ochib

beriladi va ushbu maqolada Berdaqning ijodiy faoliyati, uning asarlarining badiiy

va falsafiy ahamiyati keng yoritiladi.

Kalit so’zlar: milliy ong, falsafa, ijtimoiy haqiqat, madaniy qadriyatlar,

ma’naviyat,

Berdaq – qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri, ma’rifatparvar va xalqparvar

mutafakkiri. Uning ijodi qoraqalpoq adabiyotining oltin fondiga kirib, o’zbek va

boshqa turkiy xalqlar uchun ham ma’naviy boylik manbai hisoblanadi. Shoirning

she’rlari milliy o’zlikni anglash, xalq hayotining turli jihatlarini yoritish va axloqiy

qadriyatlarni targ’ib qilish borasida muhim ahamiyatga ega.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

284

Berdaqning hayoti va ijodiy faoliyati XIX – asrda shakillangan bo’lib,

uning asl ismi Berdimurod Qarg’aboy o’g’li bo’lib 1827 – yilda Qoraqalpoq

Respublikasining Mo’ynoq tumanida dunyoga kelgan. U o’z davrining ijtimoiy –

siyosiy va madaniy muammolarini o’z asarlarida aks ettirgan. Shoirning ijodi

qoraqalpoq xalqining og’ir hayoti, ular boshidan kechirgan ijtimoiy muammolarni

yoritishga bag’ishlangan. U o’z asarlari orqali xalqni ma’rifatga chaqirgan, adolat

va axloqiy poklikka undagan. Berdaqning she’rlarida tarixiy voqealar, xalqning

og’riqlari va umidlari badiiy ifoda topgan. Misol uchun “Xalq uchun” she’ridagi

quyidagi misralarga to’xtalib o’tsak.

Berdimurod o’ylab aytgil so’zingni,

Ko’tarma lof urib faqat o’zingni

Qizartmagay birov sening yuzingni,

Qo’ldan kelsa xizmat ayla xalq uchun.

Zolimlar tinglamas mo’minning zorin,

Ular o’ylar o’z ishining barorin.

Zolimlar hech qachon qo’lida borin,

Sarflamaslar bor bo’lsa – da xalq uchun.

Tug’ulibmanki yo’q manzil – makonim,

Zahar – zaqqum bo’ldi ichgan – yeganim.

Agar bo’lmasa – da mening deganim,

Tasalli topaman ulug’ xalq uchun.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

285

Berdaq o’z ijodida xalq og’zaki ijodiga katta e’tibor qaratgan. Uning

she’rlarida xalq qo’shiqlari, doston va afsonalarining ruhiyati sezilib turdi.

Shoirning badiiy uslubi soda va ta’sirchan bo’lib, unda xalqona ruh va

zamonaviylik uyg’unlashgan. U har bir asarida insoniylik va adolat kabi muhim

qadryatlarni ilgari suradi. Ayniqsa, uning falsafiy lirikasi inson tabiatini, hayotning

mazmun – mohiyatini chuqur anglashga undaydi. Berdaq ijodining falsafiy jihatlari

uning asarlaridagi hayot va inson mohiyatini chuqur mushohada qilganida namoyon

bo’ladi. Shoirning ko’plab she’rlari hayotning o’tkinchiligi, dunyo go’zalligini

qadirlash va insonning o’zligini anglash mavzusiga bag’ishlangan. U milliy

ongnishakillantirishda katta ro’l o’ynab, o’z asarlarida xalqning milliy o’zligini

himoya qilish va saqlashni targ’ib qilgan. Bugungi kunda Berdaq ijodi nafaqat

qoraqalpoq, balki butun turkiy xalqlar uchun ma’naviy boylik manbai hisoblanadi.

Uning asarlari yoshlarni tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlarni hurmat qilishga

o’rgatishga katta e’tibor qaratadi. Ayniqsa, sho’ro davrida unutilgan qadriyatlar va

tarixiy haqiqatni qayta tiklashda Berdaq ijodi katta yordam beradi. Zamonaviy

yoshlar uning ijodidan hayotiy saboqlar olishlari mumkin.

Berdaq ijodiy merosi qoraqalpoq va o’zbek adabiyotida o’ziga xos

o’rin tutadi. Uning asarlari milliy va ma’naviy qadriyatlarni shakillantirish, axloqiy

poklikni targ’ib qilish va adabiy merosni boyitishda bebaho ahamiyat kasb etadi.

Shoirning ijodini o’rganish nafaqat ilmiy, balki ma’naviy jihatdan ham muhimdir.

Inson va uning hayotidagi muammolar haqida Berdaqning asarlaridagi

qahramonlarida ko’rishimiz mumkin. Chunki uning asaridagi qahramonlarni

hayotlarini, har kungi bo’ladigan muammolari hal qilish bilan yashaganliklarini

ifoda etgan. Ular o’z dushmanlari bilan har kuni, har daqiqa, har soniya

kurashdilar. Chunki ilarning baxtlari ular tomonidan qisib qo’yilgan edi. Ular

mehnatkashlarni har yili qiynalib, ter to’kib qilgan mehnatlarini qadriga

yetmasdilar balki, ularni hosillarini tortib olib boshlariga og’ir kunlarni solardilar.

Ular bu hosilga erishish uchun inson qo’lidan kelmaydigan, inson zoti hayoliga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

286

sig’dirmaydigan tubanliklarni, razilliklarni qildilar. Ular xudoga yaqin bo’lish

uchun, balki baxt – saodatga erishish uchun, adolatga erishish uchun bu zolimlarga

qarshi kurashadilar. Shoirning asarlaridagi qahramonlarni xalq judaa sevardi. Lekin

shoir boshqa muhabbatni nazarda tutgan ya’ni, so’fiy muhabbatini emas, oddiy

xalq muhabbatini edi. Shoir ham oddiy xalq orasidan chiqqanligi va bu toifa

insonlarni orasida yashagani, ular ichki kechinmalarini his eta olgani bunga sabab

bo’lgan. Shoir o’zining “Ber endi” degan she’rlarida esa oddiy xalqni o’z timsolida

yoritib bergan.

Chiqar bo’ldi jonim tanadan,

So’rasangiz xalqim Mandan.

Yaratgan tilagim sandan,

Rahim qilgil zinhor endi.

Bunda shoirni tanidan joni chiqayotgani, umrini oxiriga qadar ham xalqni

dardi bilan yashayotgani haqida ko’rishimiz mumkin. Shunda ham oddiy xalqni

yodga olib ollohdan ularga baxt – saodat tilayotganini bildiradi. Shu davrdagi

qiyinchiliklarni ollohga murojat qilib o’tmoqda.

Cho’ntagimda yo’q qora pul,

Qavmu qarindoshim bo’ldi qul.

Ular hali azob nuqul,

Yordam ber endi, ber endi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

287

Bu yerda esa Berdaq uning puli yo’qligidan, shu sababli uning qavm –

u qarindoshi zolimlar qo’lida qul bo’lganidan azoblanganligini aytib o’tmoqda. Bu

holat shu davrda nafaqat Berdaqning oilasida, balki butun xalqni boshida shu

kabi muammolar borligini, oddiy xalq naqadar azobdaligini aytib o’tmoqda. Endi

bularni holi, butun umri azobda qolishini, ularga ollohdan yordam so’rab murojaat

qilgan ya’ni, ularga o’zining yordam ber bo’lmasa bu zolimlarni rahmi kelmaydi

demoqda.

Berdaq xalqni boylarning yomon munosabatlaridan qutqarish haqida

chuqur o’ylagan, uning hohish – istagi, boylarni mehnatkash xalqqa ya’ni, oddiy

xalqqa bir xil munosabatda bo’lishlarini istagan. Ularga haqiqiy inson baxtini,

adolatli munosabatda bo’lishlarini va ular muhtoj bo’lgan narsalarga erishishlarini

hohlagan. Xalqning obyektiv va subyektiv muammolari ya’ni, bu zamonning

muammolari shoir uchun ko’pgina qiyinchiliklar yaratgan. Shu sababli shoir uzoq

vaqt davomida mehnatkash xalqning mustaqilligi haqida fikrlagan. Obyektiv

qonunlar, qiyinchilik bilan bog’langan munosabatlar, avlodlarning aloqalari, diniy

ishontirishlar, bular hammasi boylarning ustidagi bir niqob bo’lgan. U niqob ostida

hamma haqiqatlar yashiringan edi. Shuning uchun o’zining ko’p asarlarida masalan:

“Bo’lgan emas”, “Yoz kelurmi” va boshqalarida shoir xalqni hohishi hech qachon

amalga oshirilmaganini, kambag’allar uchun hech qachon yoz kelgaganligi haqida

yozgan. Boylar, feodallar kambag’al xalqqa hech qachon tinch yashashga imkoniyat

bermaganlar. Bu zamonda osmon qora bulutlar bilan qoplangan edi. Oddiy

mehnatkash xalq har doim hayotiy muammolarga duchor bo’lardi va bu qorong’u

dunyodan chiqishga eshik topolmasdilar deydi shoir.

O’z xalqining sodiq farzandi Berdaq, podshohni, xonlarni,

umuman barcha oddiy xalqni ezuvchilarni yomon ko’radi, ularga la’nat o’qiydi,

ularni xalqning ashaddiy yovlari, xalqni chaqadigan zaharli ilon – chayonlar deb


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

288

biladi. U “Ko’rindi” degan she’rida shoir, xonlar va otaliqlardan qattiq nafratlanish

bilan bunday deydi:

Odamga shafqatsiz jallod – beomon,

Elni ko’p yig’latgan otaliq va xon.

Boshlariga ko’p qayg’u soldi bu zamon,

Menga bari ilon, chayon ko’rindi.

Beklar Berdimurodni qancha quvg’inga olsalar ham, uni to’g’ri yo’ldan,

mehnatkash xalqning og’ir turmushini kuylashdan, ko’pchilikni ozodlik uchun

kurashga chaqiruvdan to’xtatolmadi va yo’qotib yuborolmadi. Berdaq bundaylarga

javoban:

Men o’ylayman so’zim yurar doimo.

Urug’I ko’p odam yovdan qo’rqarmi?

deb, o’zining va o’z asarlarining o’lmasligini aytadi.

Berdaq asarlarining yana bir xarakterli tomoni uning xalqparvarlik,

demokratik, optimistic g’oyalaridir. U qancha og’ir va uqubatli turmushda yashasa

ham, quvg’inga uchrasa ham, xalqning ishidan bosh tortmadi, kelajakdan umid

uzmadi. Berdaq o’zining butun umrini, bor kuch – quvvatini, xalq xizmatiga

bag’ishladi. Berdaqning armoni ezilgan xalqqa ozodlik, yorug’ kun berishdan iborat

bo’ldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

289

Xullas, odamlarning bir – biriga yaxshi munosabatda bo’lishi, donishmand

bo’lishi, hunarmandchilikni rivojlantirishi, xalqning yurti uchun g’amxo’rligi xalq

uchun katta yutuq bo’ldi degan Berdaq.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

“O’zbek adabiyoti tarixi” T.: Fan – 1978.

2.

Бердах. Избранное. Ташкент. 1980.стр. 30.

3.

Falsafa qomusiy lug’at, Toshkent. Sharq – 2003.

4.

O’zbekiston milliy enstiklopediyasi, Toshkent, O’zbekiston – 2002y.

5.

http://www.proteus2001.narod.ru/use

.

a