https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
78
O’QUVCHILAR MUVAFFAQIYATIDA OTA-ONALARNING
ISHTIROKI.
Burxanova Sarvinoz Bobur qizi
Samarqand Davlat chet tillar institute Ingliz tili fakulteti Xorijiy til va adabiyot
(Ingliz tili) 2-kurs, 2305-guruh
+998931627113
savinozburxanova2005@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada o’quvchilar muvaffaqiyatga erishishda ota-
onalarning ro’li qanchalik muhimligi, ota-onaning farzandga qay darajada ta’siri
qilishi haqida ma’lumotlar keng yoritiladi. Maqolada ota-onalarning bolalar ta’limida
faol ishtiroki, ularning qo‘llab-quvvatlashi va tarbiyaviy yondashuvlariga qanday hissa
qo‘shishi yoritiladi. Shuningdek, ota-onalarning farzandlari bilan muloqoti va ularga
nisbatan ko‘rsatgan e’tiborining ahamiyati ta’kidlangan.
Annotation: This article extensively highlights the importance of parental
involvement in children's success and the extent of their influence on their child's
development. It discusses the active participation of parents in their children's
education, their support, and how their upbringing approaches contribute to this
process. Additionally, the article emphasizes the significance of parent-child
communication and the attention parents provide to their children.
Аннотация: В данной статье подробно рассматривается, насколько важна
роль родителей в достижении успеха учащихся и в какой степени влияние
родителей сказывается на развитии ребенка. В статье обсуждается активное
участие родителей в образовании детей, их поддержка и вклад в процесс
воспитательного подхода. Кроме того, подчеркивается значение общения
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
79
между родителями и детьми, а также внимание, которое родители уделяют
своим детям.
Kalit so’zlar: farzandning qo’llab-quvvatlanilishi, muvaffaqiyatga erishish, ota-
onaning roli, oldinga harakat qilish, qiyin vaziyatlar, ota-ona bilan farzand o’rtasidagi
muloqot.
Keywords: the support of the child, achieving success, the role of the parents,
moving forward, difficul situations, communication between parents and child.
Ключевые слова: поддержка ребенка, достижение успеха, роль родителей,
движение вперед, трудные ситуации, общение между родителями и ребенком.
Kirish.
Farzand uchun birinchi ustoz ota-onasi hisoblanadi. Tug’ilgan onidan boshlab
unga yurishni, gapirishni hattoki ularni oldinga intilishlari uchun doim qo’llab-
quvvatlagan ota-onasi bo’ladi va farzand har doim ularning ko’magiga va biror ishni
boshlashdan oldin ular doim yonida tirgak bo’lib turishlariga muhtoj bo’ladi. Ota-ona
tomonidan farzandning ta’lim olishi, yaxshi tarbiyalanishi va qo’llab-quvvatlanishi
ta’minlanilishi lozim. Farzandning yoshi ulg’aygan sari birma-bir muhim qadamlar
qo’yishni boshlaydi. Birinchi navbatda maktabga borib, hayotidagi yangi bosqichga
o’tadi. Bu vaqtda o’qituvchilar bilan bir vaqtda ota-onaning bolaga munosabati ya’ni
uni maktabga moslashtirishi va ta’lim olishda ularga ko’makchi bo’lishi eng muhim
bosqich hisoblanadi. O’quvchining ota-ona tomonidan doim nazoratda bo’lishi, uni
yaxshi ta’lim egallashiga yordam beradi. Shuningdek, ota-onaning ishtiroki nafaqat
bolalarining ta'limini qo'llab-quvvatlash, balki maktab bilan yaqin aloqada bo'lishni ham
o'z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ota-onaning maktabdagi faol ishtiroki,
masalan, o'qituvchilar bilan muloqot qilish va uyda o'quv ishlariga yordam berish,
bolaning o'qish motivatsiyasini oshiradi va yaxshi natijalarga olib keladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
80
Bazida o’quvchi ya’ni farzand muvaffaqiyatsizlika uchrashi mumkin. Shunday
vaziyatda ota-ona o’quvchiga yaxshi mativatir bo’lishi va o’quvchini o’z maqsadi
yo’lida davom etishiga yordamchi bo’lishi lozim. Agarda farzand o’ziga bo’lgan
ishonchni va atrofidagi odamlarning unga bo’lgan ishonchini va har qanday vaziyatda
qo’llab-quvvatlanilishini his qilsa, u ta’lim jarayonida va boshqa har qanday vaziyatdan
chiqa oladi.
Ota-onalar bilan o'quvchining o'rtasidagi muloqot muvaffaqiyatga katta ta'sir
ko'rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ota-onalar bilan muntazam muloqot nafaqat
bolalar o'qishiga yordam beradi, balki ularning umumiy rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir
qiladi. Masalan, ota-onalar o'z farzandlari bilan muntazam suhbatlar o'tkazib, ularning
o'qishdagi muvaffaqiyatlarini yaxshilashda yordam beradi, chunki bu o'zaro aloqalar
bolalar uchun kuchli ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tarmog'ini yaratadi. Bu esa o'z
navbatida o'quvchining o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi va ularning o'qishga bo'lgan
motivatsiyasini kuchaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Texas A&M University-Commerce (tamuc).
https://faculty.tamuc.edu/justice/classes/documents/RoleofParent
2.
Universal Journal of Educational Research va ERIC (Education
Resources Information Center)