https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
62
KICHIK BIZNES UCHUN BUXGALTERIYA HISOBI STANDARTLARINI
SODDALASHTIRISH MUAMMOLARI
Ergashev Olloyor Furqat og’li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali assistenti
eolloyor@mail.ru
Bahronova Farangiz Nafas qizi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali talabasi
baxronovafarangiz374@gmail.com
Annotatsiya: ushbu maqolada kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi
standarlarini soddalashtirish muammolarini atroflicha ko’rib chiqamiz va bu
muammolarni oldini olish yo’llari bo’yicha qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Kalit so’zlar: kichik biznes, soddalashtirilgan hisob-kitob, hisob-kitobda
avtomatlashtirish, soliq majburiyatlari
O'zbekistonda kichik biznes uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar bir necha yildan beri joriy qilib kelinmoqda. Ushbu
yo'nalishdagi ijobiy natijalarga erishilib o’z samarasini ko’rsatmoqda. O'zbekistondagi
bu ijobiy o'zgarishlar kichik biznesning rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga, ularning
yuridik va buxgalteriya masalalarida yanada samarali faoliyat yuritishiga imkon
yaratmoqda. Hozirda, kichik biznes sub'ektlari uchun soddalashtirilgan tizimlar nafaqat
soliqlarni to'lashda, balki umumiy ish yuritishda ham ko'plab qulayliklar yaratmoqda.
Misol tariqasida quydagi malumotni keltirib o’tishimiz mumkin: Soddalashtirilgan
hisobot tizimi-2020 yilda O’zbekistonda kichik biznes va mikro korxonalar uchun
soddalashtirolgan buxgalteriya hisob tizimi joriy etildi. Bu esa komponiyalar murakkab
buxgalteriya hisobi me’yorlaridan qochib,o’z ish o’rinlarini osonroq yurita olishga
imokon yaratib berdi. Bundan tashqari elektron hisobot tizimlari, O’zbekiston
Respublikasi davlat soliq qo’mitasi tomonidan qo’llab-quvvatlashlar, o’zgarishlar va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
63
yangiliklar haqida muntazam xabarnomalarning tadbiq etilishi o’z ta’sirini
ko’rsatmoqda.
O'zbekistonda kichik va o'rta biznes sektorini rivojlantirish uchun buxgalteriya
tizimini soddalashtirilgandan so’ng yanda ijobiy natijalar va foydalar keltirishi mumkin
bular: Soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi kichik bizneslar uchun moliyaviy
boshqaruvni osonlashtiradi va shu orqali ularga o'z faoliyatlarini kengaytirishga imkon
yaratadi. Soddalashtirilgan standartlar kichik biznes egalariga kompleks buxgalteriya
tizimlarini o'rnatish o'rniga, aniq va tushunarli sodda hisob-kitoblarni yuritishga yordam
beradi. Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirish O'zbekistonda ko'plab
yangiliklarga olib kelsa-da, bu jarayon bir nechta muammolarni ham yuzaga
keltirayotganini amaliyotda ko’rishimiz mumkin.
-Normativ-huquqiy baza yetarli emasligi. Kichik biznes uchun buxgalteriya
hisobini soddalashtirishga qaratilgan normativ hujjatlar va me'yoriy asoslar to'liq va aniq
bo'lmasligi mumkin. Ba'zan, yangi qoidalarning ko'pligi va murakkabligi kichik
tadbirkorlarga tushunarsiz bo'lib qoladi, bu esa amaliyotda qiyinchiliklar keltirib
chiqaradi va kutilgan natijaga erishila olmaydi.
Buxgalteriya tizimining murakkabligi va tushunarsizligi. Buxgalteriya hisobini
soddalashtirishga qaratilgan yangiliklar ko'pincha murakkab hisoblash tizimlarini joriy
etishga olib keladi. Masalan, soliq hisobotlarini oddiylashtirish uchun yangi formatlar,
stavkalar va metodologiyalar uslublar joriy qilinsa, kichik biznesning ba'zi vakillari
ularni to'liq tushunmasligi yoki ulardan samarali foydalanmasligi mumkin.
-Texnologik yondashuvga moslashuv muammolari. Elektron tizimlarga o‘tish
kichik biznes uchun qo’shimcha texnologik va moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishi
mumkin. Buxgalteriya hisobi uchun yangi elektron platformalarni o‘rganish va ulardan
foydalanish kichik tadbirkorlarga, ayniqsa texnologik salohiyatni rivojlantirishda
qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ba'zi kichik biznes vakillari texnologiya bilan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
64
bog'liq muammolarga (masalan, internet aloqasi yoki dasturiy ta'minotning mosligi)
duch kelishlari mumkin.
-Soliq va boshqa majburiyatlarning o‘zgarishi.Kichik biznesning buxgalteriya
hisobini soddalashtirish jarayonida soliq va boshqa moliyaviy majburiyatlarning tez-tez
o'zgarishi, buxgalterlar va tadbirkorlar uchun qiyinchiliklar yaratadi. Soliq
qonunchiligidagi o'zgarishlar va yangilanishlarni tezda amalga oshirish zarurati
ko'pincha xatoliklar yoki kechikishlarga olib kelishi mumkin. Bu esa korxona uchun
moliyaviy barqarorlikni taminlay olmasligiga olib keladi.
-Soddalashtirilgan
tizimlar
va
amaliyotlar
o'rtasidagi
nomuvofiqlik.
Soddalashtirilgan buxgalteriya tizimlari kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan
bo'lsa-da, ba'zi hollarda ular o‘rtacha yoki katta bizneslar uchun moslashgan tizimlar
bilan muammoli bo‘lishi mumkin. Kichik korxonalar uchun yaratilgan soddalashtirilgan
hisobotlar va soliq to‘lovlari tizimlari ba'zan shaffoflikni ta'minlashda yoki yirik va o‘rta
bizneslar bilan raqobatlashishda qiyinchiliklar yaratadi.
Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirishda bir qator ijobiy
o'zgarishlar mavjud bo'lsa-da, yuqorida qayd etilgan muammolar hali ham o'z yechimini
kutmoqda. Bizning fikrimizcha O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash va
ularning buxgalteriya tizimini soddalashtirishni davom ettirish uchun yanada kengroq
normativ-huquqiy va amaliy asoslarni ishlab chiqarsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Buxgalteriya tizimini soddalashtirish va optimallashtirish: Buxgalteriya tizimining
murakkabligi bilan kurashish uchun kichik biznesga moslashtirilgan soddalashtirilgan
hisob-kitob metoddologiyalarini joriy etish lozim. Masalan yagona soliq stavkalari yoki
yagona hisoblash tizimi bo’yicha me’yorlar ishlab chiqilishi mumkin. Bu hisoblarni
soddalashtirish orqali biznesning operatsion xarajatlari kamayishga yordam beradi.
Texnalogik yondoshuvlar uchun: Kichik biznes vakillariga texnalogiyalardan samarali
foydalannish uchun zarur texnik yordam va o’quv dasturlarini taqdim etish. Yangi
buxgalteriya platformalari va tizimlar bilan ishlash uchun o’uv materiallari va amalliy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-4_ Январь-2025
65
kurslarni tashkil etish lozim. Soliq majburiyatlari bo’yicha kichik biznes subyektlari
uchun kansalting xizmatlarini davomliy tartibda yo’lga qo’yish. Bu o‘z navbatida,
kichik biznesning yanada samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi degan fikirdamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
"Kichik biznesni rivojlantirish va soddalashtirish" (Abdurashidov Sh. 2019)
Nashr:O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazi
"O‘zbekistonda kichik biznes va soliq tizimini soddalashtirish"(Qodirov T.va
Yusupov R. 2020) Nashr:Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
"Buxgalteriya
hisobi
va
kichik
biznesda
soliq
tizimini
soddalashtirish"(Toshpo’latov A. 2021) Nashr: O’zbekiston Milliy Universiteti
"Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va soddalashtirish: muammolar va
yechimlar"
(O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy tadqiqotlar markazi. 2020)
"Kichik biznes va uning buxgalteriya hisobini soddalashtirish"(Yunusova G. 2018)
Nashr:Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
O‘zbekiston
Respublikasi
Iqtisodiy
Tadqiqotlar
Markazi
O‘zbekiston
Respublikasi
Soliq
qo‘mitasi
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
hujjatlari
va
qonunchilik
portal
Sayt: