Авторы

  • Marfuza Davronova A'zamjonovna

Биография автора

  • Marfuza Davronova A'zamjonovna

    Farg’ona viloyati Oltiariq tumani 2-son kasb-hunar maktabi Biologiya fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99124

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Irsiyat qonuniyatlari funksional izchillik belgilarning ajralish qonuni belgilarning mustaqil irsiylanishi diduragay chatishtirish. Keywords: Laws of heredity functional consistency law of separation of signs independent heredity of signs diduragay interbreeding.

Аннотация

Annotatsiya: Irsiyat — organizmning oʻz belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga oʻtkazish, yaʼni organizmlarning oʻziga oʻxshash nasllarni bunyod etish xossasi. Irsiyat tufayli avlodlararo moddiy va funksional izchillik taʼmin etiladi. Irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saqlanib qolishini ham taʼminlaydi. Ushbu maqolada genetikaga bog’liq bo’lgan irstiyat qonuniyatlari haqida keng yoritilgan.

Annotation: Heredity is the property of an organism to transfer its signs and characteristics to future generations, that is, to build offspring similar to organisms themselves. Due to heredity, intergenerational material and functional consistency is ensured. Heredity also ensures that differences in signs and characteristics of organisms belonging to different species are maintained over generations. This article provides extensive coverage of the laws of heredity that depend on genetics.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

98

IRSIYAT QONUNIYATLARINING TASNIFI

Farg’ona viloyati Oltiariq tumani 2-son kasb-hunar maktabi Biologiya fani

o’qituvchisi

Marfuza Davronova A'zamjonovna

Annotatsiya:

Irsiyat

organizmning oʻz belgilari va xususiyatlarini kelgusi

avlodlarga oʻtkazish, yaʼni organizmlarning oʻziga oʻxshash nasllarni bunyod etish

xossasi. Irsiyat tufayli avlodlararo moddiy va funksional izchillik taʼmin etiladi. Irsiyat

har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarning avlodlar

osha saqlanib qolishini ham taʼminlaydi. Ushbu maqolada genetikaga bog’liq bo’lgan

irstiyat qonuniyatlari haqida keng yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Irsiyat qonuniyatlari, funksional izchillik, belgilarning ajralish

qonuni, belgilarning mustaqil irsiylanishi, diduragay chatishtirish.

CLASSIFICATION OF HEREDITARY LAWS

Annotation: Heredity is the property of an organism to transfer its signs and

characteristics to future generations, that is, to build offspring similar to organisms

themselves. Due to heredity, intergenerational material and functional consistency is

ensured. Heredity also ensures that differences in signs and characteristics of organisms

belonging to different species are maintained over generations. This article provides

extensive coverage of the laws of heredity that depend on genetics.

Keywords: Laws of heredity, functional consistency, law of separation of signs,

independent heredity of signs, diduragay interbreeding.

Belgilarning ajralish qonuni

(Yangi oynada ochiladi) bir gen bilan bogʻliq

belgining qanday qilib irsiylanishi ehtimolligini aniqlash imkonini beradi. Lekin baʼzi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

99

holatlarda ikki xil genga bogʻlangan ikki xil belgining qanday qilib irsiylanishiga

qiziqishimiz ham mumkin. Xoʻsh, buni qanday bilishimiz mumkin?

Belgilarning ajralish qonuni

ga koʻra, har bir gameta (sperma yoki tuxum

hujayra) ota-ona organizmda mavjud boʻlgan juft gen nusxalarining faqat bittasiga

tasodifiy ravishda ega boʻladi va bu gen nusxalari tasodifiy tarzda gametalarga koʻchadi.

Masalan, agar organizm

Aa

genotipga ega boʻlsa, gametalarning yarmi

A

allelga, qolgan

yarmi esa

a

allelga ega boʻladi.

Belgilarning ajralish qonuni haqida batafsil oʻrganish uchun maqola boshida

berilgan havoladan foydalanishingiz mumkin. Aniq natijalarni hosil qilish uchun oldin

biz bu genlar mustaqil irsiylanadimi yoki yoʻqmi shu savolga javob topishimiz kerak.

Buning uchun bu genlar gametalarga “alohida” yoki “birikkan” holda bir butun boʻlib

tarqalishini aniqlashtiramiz.

Gregor Mendel

bu savolga qiziqqanida, u turli xil genlar

belgilarning mustaqil

irsiylanishi

qonuniga muvofiq, bir-biridan mustaqil holda irsiylanishini aniqladi.

Quyidagi maqolada biz belgilarning mustaqil irsiylanishi qonuni va bu qonun

ehtimolliklarni aniqlash jarayonlarida qanday qoʻllanishi haqida bilib olamiz.

Shuningdek, qonun qachon va nega toʻgʻri yoki toʻgʻri emasligini ham koʻrib chiqamiz.

Eslatma: agar siz individual genlar qanday irsiylanishi haqida hali maʼlumotga

ega boʻlmasangiz, bu maqolani oʻqishdan oldin

belgilarning ajralish qonuni

maqolasi

yoki

irsiyatga kirish

videodarsini koʻrib chiqishingiz mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

100

Belgilarning mustaqil irsiylanish qonuni nima?

Mendelning

belgilarning

mustaqil irsiylanishi

qonuniga koʻra, ikki yoki undan ortiq turli gen allellari

gametalarga bir-biridan mustaqil holda taqsimlanadi. Boshqacha qilib aytganda, allel

genlar boshqa gametalardagi genlarga taʼsir qilmagan holda tarqaladi.

Misol: noʻxat donining rangi va shaklini belgilovchi genlar.

Belgilarning

mustaqil irsiylanishi qonuniga aniq misol boʻladigan vaziyatni koʻrib chiqsak. Tasavvur

qiling, biz toza liniyali ikkita noʻxat oʻsimligini chatishtiramiz: biri sariq, silliq donli

(

YYRR

) va boshqasi yashil, burushgan donli (

yyrr

) boʻlsin. Ikkala ota-ona ham

gomozigota boʻlgani uchun belgilarning ajralish qonuniga koʻra, doni yashil, burushgan

oʻsimlikdan

ry

gameta va doni sariq, silliq oʻsimlikdan esa

RY

gameta hosil boʻladi.

Natijada \[\text F_1\] avloddagi farzandlarning hammasi

RrYy

genotipga ega boʻladi.

Bosh va kichik harflardan bilishimiz mumkinki, donning sariq rangini belgilovchi

allel yashil rangini belgilovchi allelga nisbatan, donning silliq shaklini belgilovchi allel

burushgan shaklini belgilovchi allelga nisbatan dominant hisoblanadi. Yaʼni \[\text

F_1\] dagi oʻsimliklarning hammasi sariq va silliq donli boʻladi. Chunki ular ikkita geni

boʻyicha geterozigota boʻlib, \[\text F_1\] dagi oʻsimliklar

diduragaylar

deb ataladi

(“

di-

” – ikki, “

duragay

” – geterozigota).

Ikkita diduragay oʻsimlikni chatishtirish

diduragay chatishtirish

deb ataladi.

Mendel chatishtirishdan soʻng keyingi avlodda noʻxat donining toʻrt xil koʻrinishini

aniqladi: sariq va silliq, sariq va burushgan, yashil va silliq, shuningdek, yashil va

burushgan. Bu

fenotip

koʻrinishlar \[9:3:3:1\] nisbatda hosil boʻldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

101

Bu nisbat Mendel belgilarning mustaqil irsiyalanishi qonunini yaratishiga muhim

asos boʻldi. \[\text F1\] dagi oʻsimlik ehtimoli teng toʻrt xil gameta (sperma va

tuxum):

YR

,

Yr

,

yR

va

yr

larni hosil qiladi va natijada biz kutgan \[9:3:3:1\] nisbat hosil

boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir gameta

Y

yoki

y

allelni va alohida

ravishda

R

yoki

r

allelni tasodifiy qabul qiladi (va bundan ehtimoli teng toʻrtta

kombinatsiya hosil boʻladi).

Biz toʻrt xil gameta turi va \[9:3:3:1\] nisbat oʻrtasidagi bogʻlanishni Pennet

katakchasida osongina aniqlashimiz mumkin. Katakni hosil qilish uchun dastlab hosil

boʻlish ehtimoli teng 4 xil gametani har bir vertikal va gorizontal oʻqlar boʻylab yozib

chiqamiz. Keyin har bir urugʻlanish hodisasini oʻqlardagi gametalarni birlashtirish

orqali jadvaldagi katakchalarga yozib chiqamiz. Gametalar oʻrtasida sodir boʻlish

ehtimoli teng jami \[16\] ta urugʻlanish hodisasi \[16\] ta katakchada koʻrsatiladi.

Mendel

aniqlaganidek,

kataklardagi

avlod

genotiplari

fenotiplarning \[9:3:3:1\] nisbatiga mos keladi.

Monoduragay chatishtirishning asosiy qoidalariga rioya qilgan holda ikki genli

holat uchun Pennet katakchasini chizishimiz mumkin. Bunda gametalar oʻqlar boʻylab

yoziladi va ularni birlashtirish orqali hosil boʻlgan urugʻlanish hodisalari katakchalarga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

102

yozib chiqiladi. Qancha koʻp gameta turlari boʻlsa, shunga mos tarzda jadvalda

katakchalar sonini ham koʻpaytirish zarur: \[4\] ta ota gametasi x \[4\] ta ona gametasi =

jami \[16\] ta katakcha.

Bir genli Pennet katakchasida esa biz hamma ehtimoliy gametalarni oʻqlar

boʻylab yozib chiqamiz va ularni birlashtirib, qator hamda ustunlar kesishmasida

urugʻlanish hodisalari (farzand yoki zigotalarning hosil boʻlishi)ni ifodalab chiqamiz.

Diduragay chatishtirishda ehtimollik qonuniyatlari haqida oʻrganish

uchun genetikada ehtimolliklar maqolasini koʻrib chiqishingiz mumkin. Monoduragay

chatishtirishning asosiy qoidalariga rioya qilgan holda ikki genli holat uchun Pennet

katakchasini chizishimiz mumkin. Bunda gametalar oʻqlar boʻylab yoziladi va ularni

birlashtirish orqali hosil boʻlgan urugʻlanish hodisalari katakchalarga yozib chiqiladi.

Qancha koʻp gameta turlari boʻlsa, shunga mos tarzda jadvalda katakchalar sonini ham

koʻpaytirish zarur: \[4\] ta ota gametasi x \[4\] ta ona gametasi = jami \[16\] ta katakcha.

Bir genli Pennet katakchasida esa biz hamma ehtimoliy gametalarni oʻqlar

boʻylab yozib chiqamiz va ularni birlashtirib, qator hamda ustunlar kesishmasida

urugʻlanish hodisalari (farzand yoki zigotalarning hosil boʻlishi)ni ifodalab chiqamiz.

Diduragay chatishtirishda ehtimollik qonuniyatlari haqida oʻrganish uchun genetikada

ehtimolliklar maqolasini koʻrib chiqishingiz mumkin.

Mustaqil irsiylanish birikishga qarshi

. Yuqoridagi boʻlimda Mendelning

mustaqil irsiylanish qonunini va bu qonun qanday qilib \[9:3:3:1\] nisbatga sabab

boʻlishi haqida qisqacha tanishib chiqdik. Ammo muqobil ehtimollik qanday edi? Agar

ikkita gen belgilarning mustaqil irsiylanishi qonuniga

boʻysunmaganida,

nima sodir

boʻlgan boʻlar edi?

Ekstremal holatda don shakli va rangini ifodalovchi genlar birikkan holda

irsiylanishi ham mumkin edi. Buning natijasida sariq va silliq don allellari hamda yashil

va burushgan don allellari har doim birga boʻlishi kerak edi.

Bu qanday sodir boʻladi? Tasavvur qiling, rang va shaklni belgilovchi genlar bir-

biriga birikkan boʻlib, quyidagi diagrammada tasvirlangan allellar atrofidagi katakchalar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

103

kabi bir-biridan ajralmaydi. Masalan, ikkita gen xromosomada bir-biriga juda-juda

yaqin joylashgan boʻlsa, birikish sodir boʻladi.

F1 dagi diduragay oʻsimlik rangni va shaklni belgilovchi allellarni gametalarga

alohida-alohida taqsimlagandan koʻra, ularni har bir gametaga oddiygina “birikkan”

holda:

YR

yoki

yr

shaklida taqsimlashni afzal koʻrgan boʻlardi.

Bu holatda oʻz-oʻzidan urugʻlanish natijalari ehtimolligini aniqlash uchun ham

yuqorida koʻrsatilganidek, Pennet katakchasidan foydalanishimiz mumkin. Agar don

shakli va rangi birgalikda yoki

toʻliq birikkan

holda irsiylansa, diduragay chatishtirish

natijasida ikki xil turdagi sariq/silliq va yashil/burushgan avlod \[3:1\] nisbatda hosil

boʻladi. Mendelning belgilarning mustaqil irsiylanish qonuniga muvofiq olgan natijalari

(yuqorida koʻrilgan \[9:3:3:1\] nisbat) biroz boshqacharoq boʻlib, genlar mustaqil

taqsimlangan edi.

Mustaqil irsiylanish sodir boʻlishining sababi

. Mustaqil irsiylanish nega yuz

berishini bilish uchun biz yarim asr ilgarilashimiz va genlar xromosomada joylashganini

kashf etishimiz kerak. Aniqroq aytganda, organizmdagi genning ikki nusxasi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

104

(

Y

va

y

allellar)

gomologik juft xromosomalar

da bitta nuqtada joylashgan. Gomologik

xromosomalar aynan bir xil emas, ammo oʻxshash boʻlib, har biri ota va onadan

farzandga oʻtadi.

Belgilarning mustaqil irsiylanishi qonunining fizik asoslari gametalar hosil

boʻlishining meyoz I jarayoniga borib taqaladi. Bu jarayonda gomologik xromosomalar

ajralishga tayyorlanish uchun hujayra markazidagi tasodifiy joylarda juftlashadi. Har bir

xromosoma juftining joylashuvi tasodifiy boʻlgani uchun gametalar turli xil “ota” va

“ona” gomolog xromosomalariga ega boʻladi.

Bu nimani anglatishini bilish uchun quyidagi diagrammada berilgan metafaza I

bosqichidagi birinchi xromosoma tartibini (yuqorida) ikkinchi xromosoma tartibi

(quyida) bilan solishtiring. Birinchi holatda qizil – “ona” xromosomalar birgalikda

boʻlsa, ikkinchi holatda ular ajralib, koʻk – “ota” xromosomalar bilan birlashgan. Noʻxat

oʻsimligida boʻlganidek, meyoz koʻp marta sodir boʻlsa, biz yuqoridagi ikkala tartibni

hamda

RY

,

Ry

,

rY

va

ry

gametalar sinfini teng ehtimolda olishimiz mumkin.

Turli xromosomalarda joylashgan genlar (

Y

va

R

genlariga oʻxshab) mustaqil

holatda irsiylanadi. Don shakli va rangini ifodalovchi genlar real hayotda noʻxat

genomidagi 1- va 7-xromosomalarda joylashgan boʻladi\[^1\]. Bir xromosomada boʻlib,

bir-biridan uzoq joylashgan genlar ham krossingover hisobiga mustaqil irsiylanadi yoki

meyozning dastlabki bosqichlarida gomologik xromosoma qismlarining oʻzaro

almashinishi roʻy beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. D.Yormatova, X.Xushvaqtova “Ekologiya va atrofni muhofaza qilish” - Toshkent-

2018-y.

2. A.Xusanov “Hayvonlar ekologiyasi” o‘quv qo‘llanma Andijon-2021- y.

3. Bioekologiya (O‘simliklar ekologiyasi) E. Ruzmatov, Sh. Qo‘ziboyev, M.Tojiboyev

o‘quv qo‘llanma Andijon 2020-y.

5. Yuldashev A.S, Tojiboyev Sh. J, Imirsinova A.A, Tojiboyev M. U. Geobotanika

asoslari. Toshkent 2001.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

105

6. Zokirov Q. Z, Nabiev M.M, Pratov O‘.P, Jamolxonov X.L Ruscha- o‘zbekcha

botanika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati, Toshkent 1963.

7. Nabiev M.M Botanika atlas – lug‘at Toshkent 1963.

8. Xoliqov S, Pratov O‘, O‘simliklar aniqlagichi, Toshkent «O‘qiuvchi» 1970.

9. Hamidov A, Nabiev M.M, Odilov T. O‘zbekiston o‘simliklari. Toshkent

«O‘qituvchi» 1987.

10. Haydarov K.H, Hajmatov Q.H. O‘zbekiston o‘simliklari. Toshkent «O‘qituvchi»

1992.

11. www.wikipedia com.