Авторы

  • Qayumova Dilnozaxon

Биография автора

  • Qayumova Dilnozaxon

    Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99139

Ключевые слова:

Kalit so'zlar: pubertat davr atrezia hymeni laktatsiya anomaliya fiziologik patologik bachadon atreziyasi.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada amenoreya sabablari va belgilari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

10

AMENOREYA SABABLARI VA BELGILARI

Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

o'qituvchisi

Qayumova Dilnozaxon

Annotatsiya: Ushbu maqolada amenoreya sabablari va belgilari haqida aytib

o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: pubertat davr, atrezia hymeni, laktatsiya, anomaliya, fiziologik,

patologik, bachadon atreziyasi.

Amenoreya

– 6 oydan ko‘proq muddatgacha hayz ko‘rmaslik.

Amenoreya -

bu tug‘ruq yoshida (16-45 yosh) olti oydan ortiq davom etadigan hayz ko‘rishning

yo‘qligi. Amenoreya homiladorlik natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, u

organizmda turli xil buzilishlardan dalolat berishi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

11

Fiziologik amenoreya

– qiz bola balog‘atga yetguncha, prepubertat davrda,

klimakterik (menopauza) davrda, homiladorlik davrida, bir necha vaqtgacha bola

emizish (laktatsiya) davrida hayz ko‘rmasligi fiziologik amenoreya hisoblanadi.

Patologik amenoreya – azaldan hayz funksiyasi bo‘lmay kelayotgan bo‘lsa birlamchi

amenoreya, qandaydir kasallik munosabati bilan davom etib kelayotgan hayz to‘xtalib

qolsa, ikkilamchi amenoreya deyiladi.

Soxta amenoreya

– qizlik pardasi teshigi bo‘lmasligi (atrezia hymeni), qinning

bo‘lmasligi (atrezia vagini), bachadon bo‘yni kanalining bitib qolishi kabi anomaliya

holatlarida siklik o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bachadon shilliq qavatidagi funksional

qatlam ko‘chib, hayz qoni tashqariga chiqmasdan qolish hollari soxta amenoreya

hisoblanadi. Soxta amenoreyalar hamshiralik amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Aksariyat hollarda qishloq joylarida yashaydigan qiz bolalarda balog‘atga yetsa ham

hayz ko‘rmasligi, bir necha sikldan keyin qorinda hayz ko‘rik kunlari kelganda qattiq

og‘riq bo‘lishi, qorin pastki qismida shish paydo bo‘lishi ko‘pincha qiz bolalar

appenditsit yoki o‘tkir qorin diagnozi bilan operatsiya bo‘lishiga, qorin bo‘shlig‘ida

o‘sma bor degan taxmin qilinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatolar amaliyotda ko‘p

uchraydi. Shuning uchun birinchi marta qizlar bilan hamshira duch keladi, buni yaxshi

bilishi zarur.

Chin amenoreya

– qiz bolaning jinsiy yetilish davridan boshlab umuman hayz

ko‘rmaslik holati. Aksariyat hollarda bachadon atreziyasi (bachadon bo‘lmasligi),

tuxumdonlar gipoplaziyasi natijasida organizmning esterogen gormonlari bilan

ta’minlanmasdan qolishi, gipofiz – gipotalamus sistemasidagi keskin o‘zgarishlar sabab

bo‘lishi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

12

Amenoreya belgilari

Amenoreyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

Bepushtlik

Ichki organlar ishining buzilishi

Semirib ketish

Hayz ko‘rishning to‘xtashi

Shuningdek:

Maskulinizatsiya (ayollarda erkaklik belgilarining namoyon bo‘lishi);

Girsutizm (erkaklar tipi bo‘yicha sochlarning ortiqcha o‘sishi);


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

13

Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz,

darhol

shifokorga murojaat qiling

. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra

oldini olish osonroq

Diagnostika

Ginekologik diagnostika

Agar ayolda ko‘rinadigan fiziologik sabablarsiz hayz

ko‘rmasa, organlar va tizimlarning holatini baholash uchun organizmni to‘liq

tekshirish talab qilinadi. Diagnostika har qanday zamonaviy ginekologik klinikada

o‘tkazilishi mumkin.

Amenoreyani davolash

Amenoreyani davolash uning sabablariga bog‘liq:

Haqiqiy amenoreyada uni keltirib chiqargan kasalliklarni bartaraf etish zarur.

Soxta amenoreyada jinsiy yo‘llar o‘tkazuvchanligini tiklash va qon ketishi uchun

to‘siqlarni bartaraf etish talab qilinadi.

Birlamchi amenoreyada ham, ikkilamchi amenoreyada ham kompleks terapiya

talab qilinadi. Agar qaytmas o‘zgarishlar yuz bermasa, davolash odatda samarali

bo‘ladi. O‘z-o‘zini diagnostika qilish va o‘z-o‘zini davolashdan qochish va har qanday

xavotirli alomatlar bilan ginekolog shifokorga murojaat qilish muhimdir.

Xavf

Agar amenoreya davolanmasa, u bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Xavf guruhi

Xavf guruhiga quyidagilar kiradi:

Irsiy, asab-ruhiy yoki orttirilgan somatik kasalliklarga chalingan shaxslar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

14

Og‘ir tug‘ruqni boshdan kechirgan yoki homiladorlikni kech muddatlarda

to‘xtatgan ayollar.

Oldini olish

Amenoreyaning oldini olish uchun quyidagilar muhimdir:

Abortdan qochish kerak, chunki abort yoki og‘ir tug‘ruqdan keyin ikkilamchi

amenoreya tez-tez uchrashi mumkin.

Ayollar jinsiy sohasining ham, boshqa a’zolarning ham surunkali kasalliklarini

o‘z vaqtida davolash.

Bugungi kunda ko‘plab zamonaviy ginekologiya va akusherlik klinikalari mavjud

bo‘lib, ularda ayollar salomatligining ko‘plab muammolarini samarali hal qilishga

qodir yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Asosiysi - davolanishni

kechiktirmaslik.

Bachadondan asiklik,

ya’ni siklga aloqasiz holda qon kelib turish hollari

(metroragiyalar) odatda hayz funksiyasining buzilishiga bevosita aloqador bo‘lmaydi

va ayollar jinsiy a’zolarida o‘smalar paydo bo‘lganda kuzatiladi. Asosan submukoz

fibramiomalar, bachadon bo‘yni va tanasi raki rivojlangan hollarda. Bachadondan

disfunksional, yuvenil qon ketish, anovulyator (bir fazali) qon ketish hollari,

gipotalamusgipofiz-tuxumdonlar-bachadon

sistemasidagi

neyroendokrin

regulyatsiyaning patologik tarzda o‘zgarishi munosabati bilan boshlanadi. Ayni vaqtda

bir yoki bir necha follikula funksiyasi buzilib, uzoq cho‘zilib, ovulyatsiya sodir

bo‘lmaydi, sariq tana hosil bo‘lmaydi. Bunday patologik jarayonlarda tuxumdonlarda

siklik ravishda jinsiy gormonlar ishlanib chiqishi buziladi va odatda ayol organizmiga

estrogenlar uzoq ta’sir etib turadi.

Klinikasi: uzoq qon ketish, ko‘p qon ketish, kamquvvatlik, ikkilamchi anemiya.

Diagnostika: bachadon tanasining shilliq pardasidan diagnostika maqsadida qirma olib,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-3_ Январь-2025

15

tekshirib ko‘rilganda endometriyning giperplaziyaga uchragani ma’lum bo‘ladi. Bazal

haroratni o‘lchash, qin epiteliyasining sitologiyasini aniqlash muhim diagnostik

ahamiyatga ega.

Davolash. Gormonal gemostaz deganda 3-5 kun davomida (ketayotgan qon

to‘xtaguncha) esterogen gormonlari (sinestrol, diyetilstelbistrol va boshqalar),

progesteron gormonidan ineksiya qilinib, organizmni gormonlar konsentratsiyasini

oshirib qonni to‘xtatish mexanizmi tushuniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Onalikda hamshiralik parvarishi

Ya.N. ALLAYOROV,

B.A.JUMANOV, F.Q.ASQAROVA

2. Bolalar kasalliklari DAMINOV T.A., XALMATOVA B.T.

BOBOYEVA U.R.

3. Internet saydlari:

https://uz.wikipedia.org/wiki/

https://fayllar.org/