https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
232
JIGARNI YOG‘ BOSISHI SABALARI, BELGILARI VA OLDINI OLISH
CHORALARI
Farg‘ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
o‘qituvchisi
Abdurahmonova Yorqinoy
Annotatsiya-
ushbu maqolada
jigarning yog‘ bosishi
yoritilgan bo’lib, mazkur
masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar
o’z ifodasini topgan.
Kalit so’zlar-xolesterin,
yog‘ distrofiyasi, qandli diabet, jigar sirrozi.
CAUSES, SYMPTOMS AND PREVENTION OF FATTY LIVER
Annotation: this article discusses fatty liver, and the scientific proposals and
practical recommendations formulated by the author on this issue are reflected.
Keywords: cholesterol, fatty dystrophy, diabetes mellitus, liver cirrhosis.
Jigarning yog‘ bosishi
— hujayralarda ortiqcha miqdordagi yog‘ to‘planib, butun
organ hajmining 10 foizgacha bo‘lgan joyini egallaydi va surunkali jigar kasalliklari
rivojlanishiga olib keladi. Jigarda ortiqcha yog‘ to‘planishining eng keng tarqalgan
sababi spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdir. Ammo so‘nggi o‘n yillikda umuman spirtli
ichimlik iste’mol qilmagan insonlar ham jigarda yog‘ to‘planish holatlariga duch
kelmoqda. Jigar sirrozi yoki saratonini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan ushbu kasallik
alomatsiz bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i a’zolari muntazam ravishda tekshirilib, tahlil
natijalaridan keyingina aniqlanishi mumkin. Jigarda yog‘ to‘planishi xavfini jiddiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
233
ravishda oshiradigan ayrim omillar va alomatlar bilan quyida tanishish mumkin.
Ishtahaning ortishi
Rivojlanayotgan kasallikni aniqlash mumkin bo‘lgan dastlabki alomat — bu
doimiy ochlik hisi. Shuningdek, shirinlik va yog‘li taomlarga bo‘lgan ehtiyojning
ortishi. Agar ushbu alomatlarga vaqtida e’tibor qaratilmasa yoki ularni iste’mol qilish
darajasi ortsa, jigarda yog‘ to‘planishi holati kuzatiladi va kasallik rivojlanadi.
Qorin sohasida yog‘ yig‘ilishi
Ichki a’zolar atrofida hosil bo‘ladigan yog‘ nafaqat bir qancha qiyinchiliklar
tug‘diradi, balki xavfli ham hisoblanadi. Qorin va belning kattaligi 85 santimetrdan
oshgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari, diabetning ikkinchi turi va jigarni yog‘
bosishi xavfi yuqori bo‘ladi. Agar ushbu holat kuzatilgan bo‘lsa, yiliga kamida bir marta
ichki a’zolarni tekshirtirib ko‘rish kerak. Shuningdek, ortiqcha vaznni yo‘qotish usullari
haqida ham mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.
Yuqori xolesterin miqdori
Qonda triglitserid yoki xolesterin miqdorining ortishi jigarda yog‘ to‘planishining
belgilari bo‘lishi mumkin. Xolesterin ishlab chiqaradigan va uni qonga tarqatadigan
jigar hisoblanadi. Shuning uchun ratsiondan to‘yingan yog‘larni o‘z ichiga oluvchi juda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
234
ko‘p miqdorda oziq-ovqat o‘rin olgan bo‘lsa, jigar yana ham ko‘proq xolesterin ishlab
chiqaradi. Ushbu ko‘rsatkich miqdori ortib borsa, nafaqat yurak va qon tomirlar, balki
jigarga ham alohida e’tibor talab etiladi.
Qandli diabetning ikkinchi toifasi
Agar bemorda qandli diabet kasalligi aniqlansa, doimiy jigar tekshiruvlari va tibbiy
kuzatuvlar olib borilishi kerak. 2016-yilda Kaliforniya universiteti olimlari olib borgan
tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qandli diabetning ikkinchi toifasi bilan kasallangan
bemorlarning 65 foizida jigarning yog‘ bosishi holatlari mavjud.
Yuqori qon bosimi
Jigarning yog‘ bosishi bilan kasallangan bemorlarda gipertoniya ushbu kasallikka
chalinmaganlarga qaraganda uch marta ko‘proq uchraydi. Agar yuqori qon bosimi
kuzatilsa, jigarni tekshirtirish muhim. Shuningdek, jigarning yog‘ bosishi tashxisi
qo‘yilsa, qon bosimi va yurak salomatligini diqqat bilan kuzatish kerak.
Irsiyat
Oila a’zolarining birortasida jigarda yog‘ to‘planishi kuzatilgan bo‘lsa, bunda
boshqa vakillarda ham ushbu kasallik xavfi 13 baravar yuqori. Jigarning yog‘ bosishi,
afsuski, irsiy kasallik ham hisoblanadi.
Doimiy charchoq hissi
Jigarning yog‘ bosishini qon tekshiruvi yoki biopsiyasiz aniqlashga yordam
beradigan jismoniy alomatlar yo‘q. Ammo doimiy charchoq va zaiflik hisi eng yaqqol
belgi bo‘lib, bundan so‘ng, albatta, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Qorin bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida og‘riq
Ushbu alomat o‘zini juda kech namoyon qilib, odatda kasallikning allaqachon
rivojlanib borayotgan asoratlari haqida belgi beradi. Qorinning o‘ng tomonidagi
og‘riqlar vaqti-vaqti bilan va tartibsiz ravishda paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat
qilish kerak.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
235
Jigarning yog'lanishiga nima sabab bo'ladi?
Jigar hujayralarida yog' to'planishiga olib kelishi mumkin bo'lgan bir nechta
omillar mavjud. Bular quyidagilar:
•
Qayta ishlangan uglevodlarni meyordan ortiqcha iste'mol qilish,
•
Shakar va yog' miqdori ortiqcha bo'lgan dietalarni qo’llash,
•
Proteinni kam iste'mol qilish,
•
A vitaminini meyordan ortiqcha iste’mol qilish
•
Chekish va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish,
•
Insulin qarshiligi,
•
Ortiqcha vazn va semirish,
•
Shok dietalar natijasida bir vaqtning o'zida juda ko'p vazn yo'qotish,
•
Gipertoniya,
•
Jismoniy harakatsizlik.
Agar sizda jigarning yog‘lanishi kabi muammo borligiga shubhangiz bo‘lsa, avvalo
shifokorga murojaat qilib, kerakli tahlillarni o‘tkazib, uning ko’rsatmalari asosida
davolash jarayonini boshlashingiz kerak.
Jigar yog’lanishini oldini olishda ishlatiladigan tabiiy mahsulotlar
quyidagilar;
•
Limon
Bir stakan suvga yarim limonni siqing, bu ichimlikni bir necha hafta davomida
kuniga 2-3 marta iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu jigarning yog‘lanishini oldini olishga
yordam beradi.
Olma sirkasi
Bir stakan iliq suvga bir osh qoshiq tabiiy olma sirkasi qo'shib, kuniga ikki marta,
ovqatlanishdan oldin ichish samaralidir. Agar xohlasangiz, bir choy qoshiq asal qo'shib,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
236
uni shirin ta’mga ega qilishingiz mumkin. Ushbu usul o’z samarasini berishi uchun 1-2
oy davom ettirish tavsiya etiladi.
Kurkuma
1 choy qoshiq kurkuma kukunini bir stakan suvda qaynatib, bir necha hafta
davomida kuniga ikki marta ichishingiz mumkin.
•
Boychechak
Bir stakan issiq suvga quritilgan boychechak kukunidan bir choy qoshiq ilova
qiling va 5-10 daqiqa damlang. Ushbu damlamani bir necha hafta davomida kuniga
iste’mol qilishingiz tavsiya etiladi. Biroq, homilador va diabet kasdalligiga chalingan
bemorlarga tavsiya qilinmaydi.
•
Ko’k choy
Har kuni 2-3 piyola ko’k choy iste’mol qilish jigar yog’lanishini oldini oladi.
Shuningdek, jigardagi yog’larni tozalashga yordam beradi.
•
Romashka choyi
Romashka choyini har kuni 2 marotaba iste’mol qilib tursangiz, jigar
yog’lanishini to’xtatadi. Romashka choyini doimiy iste’mol qilsangiz, jigarni tozalaydi
va yog’lanishni oldini oladi.
•
Kundalik odatlarni o’zgartirish
Foydali oziq-ovqatlarni iste'mol qilish va jismoniy harakatlar jigar kasalliklarini
oldini olishda samali natija beradi. Inson vaznining kamida 5%'ini ozaytirish, jigar
yog'lanishini oldini oladi. Lekin, og'ir vazndaki insonlar yoki semizlik kasaliga
chalinganlar o'z vaznining kamida 10%iga ozishni maqsad qilishlari kerak.
Sport
Jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish, tanadagi oshiqcha vaznni bartaraf qilishga va
jigarning yog'lanishini olishga yordam beradi. Doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
237
shug'ullangan holda, jigar kasalligi shikoyatlaridan qisqa muddat ichida qutilishingiz
mumkin.
•
Jismoniy harakat qilish
Jismoniy harakat qilish jigardagi yog' miqdorini ozaytirgani sababli, bemorlar
uchun har hafta o’rtacha 300 daqiqagacha o'rta darajada jismoniy harakat qilish tavsiya
etiladi.
•
Qo’shimcha tabiiy vositalar
Jigar yog'lanishining da'vosi uchun ko'p iste'mol qilinadigan sabzavotlar orasida
qushqo'nmas, enginar ya’ni artishok va kurkuma o'rin oladi. Enginarli taomlar doimiy
ravishda iste'mol qilinganida jigardagi yog'larni ozaytiradi.
Sarimsoq
Tadqiqotlarga ko'ra, sarimsoq ham jigardagi yog'larni ozaytiradi. Lekin, meyordan
ko'p iste'mol qilinadigan bo'lsa xavfli natijalarga (qonash tahlikasi kabi) sabab bo'lishini
unutmaslik kerak.
Omega-3 yog' kislotlalari
Diyeta asnosida somon balig’i va yong'oq kabi omega-3 vitaminlariga boy
mahsulotlar bilan oziqlanish ham jigardagi yog'larning keskin ozayishiga yordam
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Y.I.Arslnov, T.A.Nazarov , A.A. Bobomurodov Ichki kasalliklar
SH.M.Rahimov, F.K.Gaffarova , G.A. Ataxodjayeva Ichki kasalliklar Qosimov
E. Y. va b., Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 1996.
http://navoidsenm.uz/yangiliklar