https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
167
QANDLI DIABET KASALLIGIDA BEMORLARNI OYOQLARINI
PARVARISH QILISH.
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Maxsus fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Abdulhamidova Xumora
Annotatsiya: Ushbu maqolada “
Qandli diabet kasalligida bemorlarni
oyoqlarini parvarish qilish”
haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim
tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Glyukoza, glyukometr, gangrena, rezistentlik, retseptorlar,
antiseptik.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
168
Qandli diabet kasalligida qonda glyukoza miqdorining oshishi mayda qon tomirlarini va
asab tolalari retseptorlarini shikastlaydi, bu to‘qimalarni oziqlanishi va qon bilan
ta’minlanishning buzilishiga olib keladi. Natijada oyoqlarda jiddiy asoratlar rivojlanishi
uchun zamin yaraladi.
Qandli diabet kasalligida oyoqlarda yara rivojlanishining asosiy omillari
•
Oyoq kiyimining har qanday nuqsonlari – terining ezilishiga yoki ishqalanishiga,
mikroishemiyaga olib keladi, natijada yara paydo bo‘ladi.
•
Tana vaznining ortishi oyoqning har bir bo‘g‘imiga, ayniqsa, kafti yuzasiga yuk
tushishini ko‘paytiradi.
•
Teri yuzasining qalinlashishi – qandli diabet kasalligi fonida terida metabolik
jarayon buzilishi tufayli yuzaga keladi.
•
Terining mayda jarohatlari.
Oyoqlarni parvarish qilish qoidalari
1.
Teri qurib qolmasin. Har kuni oyoqlarni oddiy bolalar sovuni bilan yaxshilab
yuvish lozim, suv harorati yuqori bo‘lmasligi kerak. Yuvish jarayonida barmoqlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
169
orasidagi teriga alohida ahamiyat beriladi. Oyoqlar yumshoq sochiq bilan
yaxshilab artiladi va namlantiruvchi kremlardan foydalaniladi. Terining
elastikligini saqlash zarur, chunki qon tomirlarining uzoq vaqt shikastlangan
holda bo‘lishi terini juda qurib qolishiga va osonlik bilan yorilishiga sabab
bo‘ladi. Yaxshi yoritilgan joyda oyoqlar va kaft ko‘zdan kechiriladi. Barmoqlar
orasidagi teriga, teri qatlamidagi yoriqlar, tirnalgan, qavariq joylar, yaralar, teri
rangining o‘zgarishiga, harorat va ta’sirni sezish qobiliyatiga e’tibor beriladi.
2.
Tirnoqlarni juda qisqa qilib va burchaklarini aylana tarzda olish mumkin emas.
3.
Poyabzal qulay bo‘lsin. Poyabzalni sinchiklab tanlash lozim, u tegishli o‘lchamda
va qulay bo‘lishi kerak. Orqa tarafi mustahkam, usti yumshoq, tumshug‘i keng
yoki to‘rtburchak shaklda, amortizatsiyasi yaxshi sport poyabzali yoki krossovka
kiygan ma’qul. Bu kabi poyabzallarning pataklari olinadi va ularni vaziyatga
qarab almashtirish mumkin, masalan oyoq shishganda.
4.
Oyoqlaringiz tagini asrash kerak. Ko‘chada ham, uyda ham oyoqyalang yurish
tavsiya etilmaydi. Tabiiy matolar – jun, paxtadan tayyorlangan oq tusli paypoq
kiygan ma’qul. Paypoq rezinasi oyoqni siqmasligi kerak, aks holda oyoqlarda qon
aylanishi buzilishi mumkin. Paypoqlarni iloji boricha har kuni almashtirish lozim.
Oyoqdagi yaralarni davolashda e’tiborli bo‘lish lozim
Qandli diabet kasalligida oyoq kaftlari ozgina shikastlansa ham uzoq vaqt bitmaydi va
faol davolashni talab etadi. Bunday paytda yaralangan joyga antiseptik
surtiladi – masalan, 70 foizli etil spirti 3 foizli perekis vodorod eritmasi bilan
aralashtiriladi. Zelyonka yoki yod kabi antiseptiklardan foydalanish mumkin emas,
chunki dorining rangi shifokorga yallig‘lanish darajasini va infeksiya bor, yo‘qligini
aniqlash imkonini bermaydi. Аgar yara 2-3 kun davomida bitmasa, shifokorga murojaat
qilish zarur. O‘z-o‘zini davolashda kasallik chuqurlashib ketmasligining oldini olish
kerak.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
170
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Y.I.Arslnov, T.A.Nazarov , A.A. Bobomurodov Ichki kasalliklar
2.SH.M.Rahimov, F.K.Gaffarova , G.A. Ataxodjayeva Ichki kasalliklar
3.Qosimov E. Y. va b., Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 1996.
4.Internet saytlari:
http://navoidsenm.uz/yangiliklar