Авторы

  • Latipov.B.U

Биография автора

  • Latipov.B.U

    G`ijduvon tuman Fayzulla Xo`jayev

    mahalla yoshlar yetakchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99277

Ключевые слова:

Kalit so`zlar: Istedodli bola ijtimoiy faollik mahalla yoshlar yetakchisi Yoshlar parlamenti iqtidorli yosh Yoshlar daftari yoshlar balansi yoshlar siyosati

Аннотация

Annotatsiya: - iste`dodli va iqtidorli yoshlar bilan ishlash va ulani aniqlashning me’yoriy-huquqiy asoslarini tahlil etish;

- yoshlarni iqtidori va iste`dodini oshirish zamonaviy usullarini o`rganish va tadbiq qilish;

- mahalladagi yoshlar bilan ishlashdagi muammolarni o’rganish va amaliy takliflar ishlab chiqish;

- iqtidorli va iste’dodli yoshlar bilan psixologik ishlar olib borish hamda ularni motivatsiyalsh usullarini sinab ko’rish.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

222

YOSHLARNI IQTIDORI VA ISTE`DODINI OSHIRISHNING

ZAMONAVIY USULLARI

Latipov.B.U

G`ijduvon tuman Fayzulla Xo`jayev

mahalla yoshlar yetakchisi

Annotatsiya: - iste`dodli va iqtidorli yoshlar bilan ishlash va ulani aniqlashning

me’yoriy-huquqiy asoslarini tahlil etish;

- yoshlarni iqtidori va iste`dodini oshirish zamonaviy usullarini o`rganish va

tadbiq qilish;

- mahalladagi yoshlar bilan ishlashdagi muammolarni o’rganish va amaliy

takliflar ishlab chiqish;

- iqtidorli va iste’dodli yoshlar bilan psixologik ishlar olib borish hamda ularni

motivatsiyalsh usullarini sinab ko’rish.

Kalit so`zlar: Istedodli bola, ijtimoiy faollik, mahalla, yoshlar yetakchisi, Yoshlar

parlamenti, iqtidorli yosh, Yoshlar daftari, yoshlar balansi, yoshlar siyosati,

Iste’dodning o’z vaqtida namoyon bo’lishi, tarbiyaga va qo’llab-quvvatlashga

bog’liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli shaxslar zarur. Shu nuqtai nazardan

iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitish respublikaning bo’lajak aql-

zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tayyorlashning yagona manbaidir.

Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amlga oshirish uchun o’quvchilar iste’dodini

aniq taxlil etish, bolalarning o’ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga

olish zarur. Turli yoshdagi iste’dodli o’quvchilarni namoyon etishda xozirgi kunda,

avvalo maktab pedagogika jamoasi ruhiy-diagnostika tajribalardan unumli

foydalanishlari zarur.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

223

Yoshlar iste’dodining namoyon bo’lishiga qobiliyaьlarni aniq tahlil etish, bolaning

o’ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish

uchun zarur. Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jaraja va bosqichlari yangicha

munosabatlar bilan bog’liq bo’ladi. Qobiliyatning ma’lum bir darajadaistalgan

o’quvchida shakllangan bo’lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o’quv

jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.

O’quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste’dod va iqtidorni ongli

rag’batlatirish, mukammallik uchun sharoit yaratish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-

barangligini oshirish, turli ko’rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar,

tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim. Iste’dodli bolalarning taniqli olimlar

laboratoriyalarida shug’ullanishi, shoir, yozuvchi, rassom kabi san’at namoyondalari

bilan hamkorlik qilishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bolalar ijodiy

qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhitning ahamiyati yuksak. Ayniqsa

respublikaning qishloq joylarida iqtidorli bolalarni izlash, topi shva ularning ta’lim va

tarbiyasini muntazam ravishda to’g’ri yo’lga qo’yish muhimdir

. Iste’dodli bolalarni joylarning hududiy xususiyatlarini hisobga olib, ijodiy kamol

toptirishda diagnostik uslubiyatlar, o’quv rejalari va o’quv uslubiy, tarbiya va ta’lim

dasturlari bilan ta’minlash lozim.

Shuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, toppish va tarbiyalash uchun zamonaviy

moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to’liq ta’minot zarur.

Iste’dodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ularni ruhiy zarbalardan

asrash yo’llarini aniqlash, ruhan yordam ko’rsatish, ruhiy xayajonlanish holatlarini

o’rganish – ularning ijodiy qobiliyatlarini rivoji uchun sharoit yaratish bo’yicha

tavsiyalar ishlab chiqish darkor.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta

maxsus ta’lim vazirliklari xodimlari, yetakchi olimlar va mutaxasislar, ijodkorlar,

amaliyotchi o’qituvchilar, to’garak rahbarlaridan iborat Respublika metodik kengashi

tuzulishi lozim. Turli yoshdagi guruhlar iste’dodlarni qidirishning umumiy dasturi zarur.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

224

Ommaviy o’quv yurtlarida bo’lganidek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham

bu borada o’quv dasturi rejalarini ishlab chiqish kerak bo’ladi.

Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlash quyidagi

omillargabog’liq:

- ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyatini, respublikaning zakovati, ijodkorligi, kuch-

qudratini

tayyorlashning

istiqboli

bilan

bog’liqligini

tushunishga;

- ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo’lgani holda turli yoshdagi

guruhlarda

aniqlashning

umumiy

dasturlari

yaratilishiga;

- iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar va ilmiy asoslangan uslubiyat

va hokazo bo’yicha) bilan ishlash uchun ixtisoslashgan muassasalarning yagona

tarmog’ini targ’ib etishga;

-ommaviy o’quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash uchun zarur o’quv-

dasturiyqo’llanmalarini ishlabchiqishga;

- joylarda mahsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq ta’limi, davlat va jamoat

muassasalari, ijodiy uyushmalar tomonidan tasdiqlangan dasturlarga (bu dasturlarda

iste’dodli bolalar bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o’z xududida bunday

faoliyat va ko’pgina boshqa tadbirlar uchun mablag’ ajratish ularni ta’minlashga);

-qo’yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilishga, respublika

metodik kengashining tuzilishiga (bu kengash tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta

maxsus ta’lim vazirliklari, xalq ta’lim boshqaruv organlari xodimlari, yetakchi olimlari

va mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi o’kituvchi, maktabdan tashqari ta’lim

muassasalari

to’garak

raxbarlari

kiradilar);

- ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy xujjatlar, sinf ishlanmalari majmuiga,

iste’dodli o’kuvchilar haqida ma’lumotlar manbaini yaratishga, ularni o’qitish va

tarbiyalashning (tabaqalashtirish, individuallashtrish, insonparvarlashtirish) yagona

uslubiy asosini yaratishga bog’liq. Iste’dodli va iqtidorli bolalarning o’kituvchi hamda

tarbiyachilari alohida iste’dodlar uchun turlicha o’kuv reja va dasturlariga ega bo’lishlari

maqsadga muvofiq. Iqtidorli bolalar va istedodli yoshlarni aniqlash va o’qitish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

225

uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish. maxsus o’kuv

dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi

pedagog va olimlarni faol ishtirokini ta’minlash. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni

chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan sobit

qadam faoliyatni amalga oshirish.

Akademik litseylarning o’quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak

iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha

o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni

ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish. Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday

ishlash kerak? Bu — ko‘pchilik o‘qituvchilar oldida muammo bo‘lib kelayotgan savol.

Har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. U qanday bola? Iqtidorli bola ziyrak, qiziqqon,

xotirasi kuchli, e’tiborli, mantiqiy fikrlaydigan, ko‘p savol berib, bilishga intilayotgan,

turli masalalarni tez va oson yecha oladigan o‘quvchidir. Aqliy sog‘lom bolalarni oddiy,

iqtidorli va o‘ta iqtidorli guruhlarga ajratish mumkin. Kadrlar tayyorlash milliy

dasturida «Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati,

psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid

ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi.

Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish

uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning

faol ishtiroki siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari

qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Iqtidorli bolalar va

iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga

qaratilgan sobit qadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning

o‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning

tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tabiiy qobiliyatlarini namoyon

etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng

imkoniyatlar yaratiladi», deyilgan. Bu vazifalarni bajarish har birimizdan tin imsiz

mahorat va ijodiy izlanishni talab etadi. Hozirgi kunda ta’limda iqtidorli o‘quvchi-


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

226

yoshlarga alohida e’tibor berilayapti. Ularga chuqur bilim berish, qobiliyatini

rivojlantirish, iqtidorini o‘stirish ishlari tobora rivojlanmoqda Ijtimoiy faollik

yoshlarning o'ziga xos hususiyati sifatida tahlil etilish

i

jamiyat bilan doimiy

munosabatni ushlab turuvchi, o'z-o'zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi

shaxsga xos bo'lgan eng muhim va umumiy hususiyat - bu uning faolligidir. Faollik

(lotincha "astus" - harakat, "astivus" - faol so'zlaridan kelib chiqqan tushuncha)

shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi

kategoriyadir.

"Bu - o'sha oddiy qo'limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog'liq

elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg'onish paytlarimizda amalga oshiradigan

mavhum fikrlashimizgacha bo'lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni

tushuntirib beradi" 2 . Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o'z-o'zini

anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni

uddalashiga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.

Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi -

muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat

tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo'ladi. Masalan,

fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o'ylanayotgan odamni ziyraklik bilan

kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo'lgani bilan uning peshonalari, ko'zlari,

hattoki, tana va qo'l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr hususida bir to'xtamga

kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan

darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun,

uzum ko'chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan bog'bon harakatlari ham aqliy

komponentlardan holi emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligini anglab,

bilib turib olib tashlaydi. 2 Akramova F.A. Ijtimoiy psixologiya. T.: TDPU, 2004, 89 b

7 fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik - bu tashqaridan

va o'z ichki istak-xoxishlarimiz ta'sirida bevosita ko'rish, qayd qilish mumkin bo'lgan

harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo'ladigan faollik. B.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

227

Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik

jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o'zgarishlari)

hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya'ni aslida ko'rinmaydigan, lekin

faoliyat kechishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni o'z ichiga oladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda ""ijtimoiy faollik"- shaxsning har

sohadan xabardorlik, komillik darajasini ko'rsatuvchi mezon, deyish mumkin.

Ijtimoiy

faolikka intilib yashashning o'zi g'oya hisoblanadi. Uning mazmunini esa jamiyat

ma'naviy yuksalishini ta'minlaydigan bilim, odob axloq, iste'dod, qobiliyat, ijobiy

ko'nikma va malakalar, bular asosida shakllangan dunyoqarashlar majmui tashkil etadi.

Yoki aniqroq aytsak, ijtimoiy faollik shaxs ma'naviyatini Kamolot sari etaklovchi,

barcha ijobiy mazmunga ega sifatlarni o'zida mujassam etgan, ijtimoiy taraqqiyotni

ta'minlashga xizmat qiladigan g'oyalar majmuidan iborat" 3 . Bo'lajak o'qituvchi

talabaning ijtimoiy faolligi shaxs sifati bo'lib, jamiyat ravnaqi yo'lidagi g'oyaviy,

siyosiy, kasbiy-madaniy va fuqarolik mas'uliyatining qonuniy ifodasidir. har bir bo'lajak

o'qituvchi o'z faniga oid ilmiy bilimlarni egallash bilan bir qatorda jamiyatimizda

amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini, mamlakatda yuz berayotgan o'zgarishlarni

anglab, g'oyaviy jihatdan qurollangan bo'lishi ham talab etilad.

Talaba-yoshlarni O'zbekiston birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlarida bayon

qilingan ijtimoiy faol va raqobatbardosh, kadrlar tayyorlashga oid nazariy g'oyalar,

Sharq mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasiga oid qarashlari, shuningdek, "ta'lim

to'g'risida"gi qonun 1. 3 Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. - Toshkent, -

1994.- 96 b. 8 "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida ma'naviy jihatdan

shakllantirish ularga kasbiy bilimlar berish o'qituvchi kasbiga tegishli malaka va

ko'nikmalarni hosil qilish jarayoni bilan uzviylikda olib boriladi. Bu uzviylik

pedagogika fanlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mazmunidagi o'zaro

aloqador hususiyatlarga bog'liq. Demak, talabayoshlarni tarbiyalashda pedagogika oliy

o'quv yurtlari oldida turgan muhim vazifa hozirgi davr talabiga javob bera oladigan,

erkin fikrlaydigan, o'z fanini chuqur biladigan, kasbiy mahorati kuchli, tashabbuskor,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

228

dunyoqarashi keng, ijtimoiy faol, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni

tayyorlashdan iborat.

Ijtimoiy faollik sifatlarining asosiy elementlarini o'ziga singdirib olgan har bir

talaba yosh, bo'lajak mutaxassis sifatida xayot qonuniga mas'uliyat bilan yondashib,

ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni aniq idrok etishga, o'zi va kasbdoshlarining sha'ni va qadr-

qimmatini himoya qilishga, ezgu maqsad yo'lidagi to'siqlarning hech biridan cho'chimay

engib o'tishga tayyor bo'ladi. Ya'ni, demokratik huquqiy davlatning shakllangan ijtimoiy

faol fuqarosiga aylanadi, to'la bilimlarga tomon harakat kilish sifatida sodir bo'ladi.

"Bilish tevarak-atrofdagi odamning narsa va xodisalarni hissiy idrok kilishdan

boshlanadi. Tashqi olamning sezgi, idrok va tasavvurning xosil bo'lishiga olib keladi,

bular Real borlikdagi narsalarni inson ongida aks ettiradi" 4 . Tevarak-atrofdagi olamga

muvaffaqiyatli ta'sir etish uchun bu olam rivojlanishining ob'ektiv qonuniyatlarini bilish

kerak.

Faqat hissiy bilish yordamidagina bu qonunlarning mohiyatini tushunish mumkin

emas. Abstrakt tafakkur tabiat va jamiyat hayoti rivojlanishining ob'ektiv qonunlarini

bilishga xizmat kiladi. Abstrakt tafakkur xissiy bilish axborotlarini umumlashtirib, narsa

va xodisalardagi hamma muxim bo'lmagan tasodifiy tomonlardan uzoqlashadi hamda

narsa va xodisalarning mohiyatiga kirib borib, ularning rivojlanishidagi umumiy

qonuniyatlarni ochib beradi. Yoshlarning bilimlarni o'zlashtirish jarayoni o'ziga xos

hususiyatlarga ham egadir. Avvalo bu o'zlashtirish, bu o'zlashtirib olish o'qituvchi

raxbarligida bo'ladi va shuning uchun to'g'ri yo'l bilan amalga oshiriladi.

Bu o'zlashtirish insonning borliqni bilib olish jarayonida uchraydigan egri-bugri

yo'llar va yanglishuvlarni chetlab o'tib, ancha qisqa yo'l va muddatda ro'y beradi.

Ko'nikma–kishining ma'lum bir harakatlarni ongli ravishda bajarish qobiliyatidir, bu

qobiliyat bilimlar va eng oddiy tajriba asosida hosil qilinadi. Bilimlar bajarilayotgan

harakatning nazariy asosi hisoblanadi. Bilimlar tufayli harakatlarning ayrim bosqichlari

va ularning ketmaketligi tushunarli bo'ladi. Ko'nikmalar – bu amaldagi bilimlardir. .

Ko'nikmalarning turlari juda xilma-xildir. Malaka – mashq qilish yo'li bilan hosil


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

229

bo'ladigan ish-xarakatdir. Mashq qilish natijasida yurish, o'qish, yozish, og'zaki

hisoblash, xilma-xil mehnat operasiyalarini bajarish malakalari hosil qilinadi. Yosh

xarakatni bajarishning muayyan usullarini egallab oladi va bu ishni go'yo ongning

nazoratisiz, avtomatik tarzda bajaradi. Masalan, mexanizmni yig'ish uchun operasiyalar

ketma-ketligini tasavvur qilish, kerakli asbobni tanlash lozim.

"Agar harakat odatdagi bir xarakatga aylansa, u ongning zoxiriy ishtirokisiz

bajariladi. Masalan, detalni qisqichga qisish yuzasidan qilinadigan xarakatlarni ko'p

marta takrorlash ishchini har doim bu xarakatning ketma-ketligini o'ylab ko'rishdan

ozod qiladi. Ishning mazmuni, shakli o'zgarganda odatdagi sharoitlari o'zgargandagina

ishchining ongi ishga kirishadi" 5.5 Maxmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi: o'quv

qo'llanma G'amas'ul muharrir: 10 individda jamiyat tomonidan o'sha predmetlardan

foydalanish yuzasidan qabul qilingan usullarning psixik mexanizmlari shakllantirilgan

bulmog'i lozim. Agar o'quv faoliyati ma'naviy madaniyat mazmunini egallab olishga

qaratilgan bo'lsa, unday xollarda individning shaxs ongida tegishli mazmunni qayta

tiklash uchun zarur bo'lgan mukammal harakat va operasiyalarni egallab olmog'i

muhimdir. Chunki, tadkikotlarning ko'rsatishicha, tevarak atorfdagi voq'elikning in'ikosi

inson bilan uning faoliyati jarayonida ob'ektiv reallik obrazini kishi ongida faol

shakllantirishdan iborat bo'ladi. O'quv faoliyati o'z navbatida bir qancha

komponentdlardan tashkil topadi.

Ularni shartli ravishda qo'zg'ovchi, programma-maqsadli, harakat-operasion

hamda nazorat qiluvchimuvofiqlashtiruvchi komponent deb atalishi mumkin bo'lgan

tizimli komponentlarga ajratish mumkin. Qo'zg'ovchi komponent bilishga bo'lgan

ehtiyojlarni ana shu boisda shakllantirilgan o'quv motivlarini o'z ichiga oladi. Yangi

bilimlar olish ehtiyoji motiv sifatida qiziqish ko'rinishida bo'lishi mumkin. Har qanday

faoliyatning, shu jumladan, o'quv faoliyatining asosida ham ko'zg'atuvchi komponent

yotadiki, u barcha komponentlarga, ularning kechish dinamikasi va hosil qilinadigan

pirovard natijaga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat

bo'lib, bu davrning o'ziga xos hususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

230

kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mehnat

faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir.

Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh

davrlaridan farqlanadi: 1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-

sharoitiga va mehnat jamoasi aozolarining hususiyatiga moslashish - mehnat

faoliyatining dastlabki yillari yoki jamoada o'z o'rnini topish va qadrqimmatga erishish;

2) mutaxassis sifatida o'zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish

yoki kasbkorlik mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus

ko'rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish

yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli

mahsulot yaratish namunasini ko'rsatish. Yuqoridagi bosqichlar barcha kasb-kor

egalariga xos bo'lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar

o'rtasida yosh jihatdan tafovut mavjud bo'ladi. Masalan, hunar-texnika bilim yurtini

tamomlagan yigit-qizlar o'z mehnat faoliyatini oliy ma'lumotli yoshlardan oldin

boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o'tishlari shart.

“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun amalda Oʻzbekistonda yoshlar

huquq-manfaatlarining huquqiy kafolatlari yana-da kuchayayotganligini anglatish

barobarida ertangi kunda mamlakatimiz yoshlarining yangi-yangi marralarni zabt

etishiga, ularning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishiga zamin yaratmoqda.

“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatimizda yoshlarning

huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini

roʻyobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar masʼuliyatini

kuchaytirishga, ushbu sohada sogʻlom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan

chora-tadbirlar samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi. Har bir ota-ona, har

bir xonadon, har bir mahalla,bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy

vazifa sifatida bilib, yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan

salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

231

koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir. Zero, inson

hayoti odob-axloq, taʼlim-tarbiya bilan bevosita bogʻliq.

Yurtboshimizning yoshlarimiz, farzandlarimizning yonib turgan ko‘zlari, g‘ayrat-

shijoati, bilimga intilishi, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmayman, degan harakatini

yorug‘ kelajagimizning, ezgu maqsadlarimizga erishishning asosiy omili va garovi

sifatida ko‘ramiz, degan so‘zlari barcha tengdoshlarim qatori menga ham alohida

mas’uliyat yuklaydi, – deydi Navro‘za. – Shu bois imkoniyatlardan unumli foydalanib,

kelgusida yanada ulkan yutuqlarga erishishga va bildirilgan ishonchni oqlashga harakat

qilaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

I. Asosiy adabiyotlar:

12. Pavlovskiy V.V. Yuventologiya: proekt integrativnoy nauki o molodeji.

M., 2001.

13. Sosiologiya molodeji: Uchebnik/ Pod. Red. prof. V.T. Lisovskogo.

SPb: Izd-vo S-P.u-ta, 1996.

14. Oripov. Sh. Yoshlar siyosati — barqaror taraqqiyot kafolati. – T.: O‘zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2012.

II.

Internet manbaalari

16.

http://yoshlar.gov.uz/uz/

-

Yoshlar ishlari agentligi rasmiy sayti

17.

https://yoshlarportali.uz/uz/-

Yoshlar partali elktron platformasi sayti

18.

https://yoshlardaftari.uz/

- Yoshlar daftari electron platformasi sayti