https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
182
IPAKCHILIKNI XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI.
Marg’ilon 1-son politexnikumi
Dilbar MovlanovaUmardjonovna
Ishlab chiqarish ta’lim ustasi
Marg’ilon 1-son politexnikumi
Jarayeva Muxtasar Saidumarovna
Ishlab chiqarish ta’lim ustasi
Marg’ilon 1-son politexnikumi
Nilufar Yaxyonova Avazjon qizi
Maxsus fan o’qituvchisi
ANNOTATSIYA: Mazkur maqola o’quv amaliyoti kasb- hunar maktabining
o’quvchilariga mo’ljallangan. uslubiy ishlanmasi TTS-tarmoq ta’lim standarti
talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.kadrlar tayyorlash barcha bosqichlarida
uning samaradorligini oshirish o’quv amaliyotiga oid bilimlarining salmog’iga
bog’liq.Shu sababli o’quvchilarning ushbu amaliyotdan egallashi lozim bo’lgan
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.
Bo’lajak ishlab-chiqarish ta’limi ustalari uchun o’quv amaliyoti mavzusi bo’yicha
muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnik shartlar texnologik talablar va yo’l -yo’riqli
xarita yoritilgan.
bugungi kun talablari uchun bo’yicha zaruriy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
183
Pillachilik qishloq xo’jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, to’qimachilik
sanoatini hom-ashyo bilan ta’minlaydi. Respublikamiz halq xo’jaligi rivojlangan va
aholining turmush darajasi yaxshilangan sari uni tabiiy ipakdan to’qilgan turli
kiyimlarga bo’lgan ehtiyoji ham ortib bormoqda. Tabiiy ipakdan qimmatli, pishiq
gazlamalar to’qilib, undan aviatsiya, kosmonavtika sanoatida, tabobatda, radiotexnika
va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.
Ipak qurtidan olinadigan tola turli tarmoqlarida foydalaniladi. Ipak pishiqligi,
cho’ziluvchanligi, issiqqa chidamliligi, chirimasligi, ko’rkamligi, yengilligi, nafis va
havo o’tkazuvchanligi, mayinligi va gigiena qoidalariga mosligi (ozodaligi) jihatidan
ko’pgina gazlamalardan ustun turadi. Ipak tolasidan har xil shoyilar atlaslar, ipak
gazlamalar to’qiladi. SHoyi gigiena qoidalariga mos bo’ladi, g’ijimlanmaydi, o’ziga xos
ravishda yaltirab chiroyli jilo berib turadi. Tabiiy ipak tolalari bilan sintetik tolalar
qo’shilib to’qilgan gazlamalarning tannarxi sof ipak tolasidan to’qilgan gazlamalarga
nisbatan 20-25% arzonga tushadi. Ipakdan to’qilgan gazlamalar ko’p yillar davomida
rangini o’zgartirmasligi va nafisligi uchun xaridorgir bo’ladi. Pillaning g’umbagi esa
mo’ynali xayvonlar uchun juda to’yimli oziq hisoblanadi, Bir kilogramm g’umbak
mo’ynali hayvonlar va parrandalar uchun 2,5 kilogramm go’sht o’rnini bosishi mumkin.
Ipak qurtini boqish davrida ular ajratgan eksprimentlar (bir quti qurt 285-290 kilogramm
tezak ajratadi) yerni tabiiy - mineral o’g’itlar bilan boyitish uchun keng qo’llaniladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
184
Ipakchilikni xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Respublikada ipakchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari: Respublikamizda
pillachilik tarmog’ini yanada rivojlantirish uchun O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 17 yanvar PQ-4567- sonli, farmonlari chiqarilib, ozuqa ba’zasini
mustaxkamlash uchun yangi tutzorlar barpo etish va tutning yangi, sermaxsul navlarini
yaratish, qurt boqishning yangi texnologiyasini qo’llash, tayyorlanayotgan pilla
salmog’ini ko’paytirish va sifatini yaxshilash, ipak qurtining yangi zot va duragaylarini
ishlab chiqarishga tadbiq etish vazifalari ko’rsatib o’tilgan.
Pillachilik tarmog’ining eng dolzarb muammosi yuqori navli raqobatbardosh pilla
hamda ipak tolasi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishdir. Sohadagi ushbu muammoni
bartaraf etish maqsadida Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 3-yanvardagi 01-03-26- 1
sonli qarorida fermer xo’jaliklarida 3 gektar va undan ortiq tutzorlar tashkil etib,
ularning yonida 15 qutiga mo’ljallangan qurtxonalar qurish to’g’risida, hamda 2012 yil
12 noyabrdagi “O’zpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi paxta punktlarida pilla
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
185
yetishtirish va aholiga xizmat ko’rsatish shaxobchalarini tashkil etish chora- tadbirlari
to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlarga asosan
“Uzpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi paxta zavodlari va ularning 196 ta paxta
qabul qilish maskanlarida 50-70 qutidan ipak qurti boqib pilla yetishtirish yo’lga qo’yish
va qurtxonalar yonida intensiv texnologiyali tutzorlar tashkil qilish uchun 5 gektardan
yer maydoni ajratish bo’yicha tegishli idoralarga topshiriqlar beriladi. Hozirgi kunda
yuqoridagi topshiriqlar asosida 196 ta paxta qabul qilish maskanlari ichida yoki yonida
72 x 12 sxemada 70 quti ipak qurti boqish uchun qurtxonalar qurilib, tutzorlar tashkil
qilish uchun Xitoydan tut ko’chatlari keltirilib ekildi.
Ipakchilik tarixi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
186
Hozirgi zamon ipakchiligining vatani janubi-sharqiy Osiyodir. Xitoyda eramizdan
qariyib 3000 yil ilgariroq tabiiy ipak tayyorlash bilan shug’ullanilgan.
Pillachilikning vatani Xitoy davlati hisoblanadi. Eramizdan III ming yil oldin Xitoy
davlatining SHan-tung (Hozirgi kunda SHangdun deb ataladi) provintsiyasida
(viloyatida) ipak qurtlari boqilgan. SHan-tung viloyati Xitoyning chetki
provintsiyadaridan biri bo’lib, sariq dengizi va CHjili ko’rfazining
o’rtasidagi yarim orolda joylashgan. Undagi ob-havo ya’ni harorat va havo namligi
ipak qurtining yaxshi rivojlanishi uchun qulay bo’lganligi va oziqa beruvchi
daraxtzorlarning ko’pligi shu joyda ipak qurtlarining rivojlanishiga qulay
bo’lganligidadir. Pilla va ipak so’zlari ham Xitoy xalqi tomonidan birinchi marotaba
nom berib atalgan. Yevropaliklar Xitoy davlati bilan savdo-sotiq qilib,
Xitoyliklarni serklar deb vatanini esa serk davlati deb atashgan. nom berishgan.
SHundan kelib chiqib ipakning lotnncha nomi ham serik deb ataladi.
Umuman tarixda Xitoyliklarni yer yuzidagi birinchi xalq deb ham atashadi.
CHunki, bu davlat juda qadimdan rivojlangan va tarixiy ma’lumotlarga boy bo’lgan
davlatdir.1
O’rta Osiyoga ipakchilik IV asrda kirib kelgan.Ammo keyingi yillardagi
tekshirishlarga qaraganda Movarounnahrda ipakchilik juda qadimdan (eramizdan oldin)
mavjudligi tasdiqlanmoqda. Ipak qurtining bir necha turlaridan ipak olinadi. Bu
turlardan honakilashtirilgani tut ipak qurti faqat tut bargi bilan oziqlanadi va uzunligi
1000-1500 m dan ortiq ingichka toladan iborat pilla uchraydi.Yuqori sifatli va rang-
barang shoyi matolar dunyoda, ayniqsa SHarqda qadim zamonlardan mashhurdir. SHoyi
Xitoydan Markaziy Osiyo orqali Yevropa mamlakatlariga ham olib borilgan. Natijada
keyinchalik «Buyuk ipak yo’li» deb atalgan savdo va madaniy aloqalar yo’li
madaniyatni birlashtiruvchi yo’l vujudga kelgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
187
Buyuk Amir Temur hokimlik qilgan davrda davlatning butun hududida, ayniqsa
Markaziy Osiyoda «Buyuk ipak yo’li» bo’ylab joylashgan Samarqand, SHahrisabz,
Buxoro, Turkiston shaharlari va Farg’ona vodiysida pillakashlik, ipakchilik va shoyi
matolar to’qish san’atining rivojlanib, kiyim-bosh uchun ipakka zar va kumush iplar
aralashtirib to’qilgan shoyi gazlamalar paydo bo’lgan. Bunday kiyimlar «Buyuk ipak
yo’li» orqali Yevropa mamlakatlariga tarqalgan.
Ipak gazlamalarini ishlab chiqarish uchun turli xomashyo qo'llaniladi. Bularning
jumlasiga tabiiy ipak iplari, sun'iy va sintetik birikkan iplar, sun'iy va sintetik tolalardan
olingan iplar kiradi.
Barcha ipak gazlamalarning umumiy hajmiga nisbatan tabiiy ipakiplaridan
olinuvchi gazlamalarning miqdori faqat 2-3 foizga yetadi. Biroq bu gazlamaning
nafisligi, mayinligi, tashqi ko'rinishi-ning chiroyliligi, yuqori gigiyenik xossalari boshqa
tolali ipak gazlamalari yuqoridir.
Tabiiy ipak gazlamalarning xususiyatlari ko'p vaqt davomida uncha o'zgarmaydi
ham. Bu guruh gazlamalarning katta qismini krepdeshin, krep-jorjet, krep-shifon nomli
gazlamalar tashkil qiladi. Bu gazlamalarni ishlab chiqarishda yuqori eshilishga ega
bo'lgan (krep) iplaridan foydalaniladi. O'z navbatida bu iplar chiziqli zichligi 1,56; 2,33
va 3,23 teks bo'lgan xom ipak iplarini pishitib olinadi. Gazlamalarning o'rilishi polotno
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
188
bo'lsa ham, tarkibida krep iplari ishlatilgani tufayli, ularning sirtida mayda donli naqsh
hosil bo'ladi. Krep gazlamalari oson cho'ziladi, qiyshayib ketadi, iplari to'kiladi. Shu
sababli, ularni to'quvchilikda ishlatish ancha qiyin. Pardozlanish turlari — sidirg'a
rangli, oqartirilgan va gul bosilgan bo'ladi. Krepdeshin — tandasida xom ipak, arqog'ida
esa pishitilgan krep ipak iplaridan olinuvchi gazlama. Arqoq yo'nalishida ham o'ng, ham
chap eshilgan iplar galma-gal kelganidan gazlama sirti o'ziga xos tovlanib turadi. Yuza
zichligi 55 - 75 g/m2, eni 90 va 95 sm bo'ladi. Krep-shifon — yupqa, yengil, tiniq
gazlama. Bu gazlamaning ikkala yo'nalishida krep iplari ishlatiladi.Eni 90, 95valO5sm,
yuza zichligi 25 - 35 g/m2. Krep-jorjet - krep-shifondan biroz qalin va og'ir. Yuza
zichligi 35 - 65 g/m2. Bu gazlamalar, asosan, ayollarning chiroyli ko'ylaklari va
murakkab bichimli bluzkalarini tayyorlashda ishlatiladi.
Tabiiy ipakdan sirti silliq bo'lgan gazlamalar ham olinadi. Bularga chiziqli zichligi
5 teks x 2 - 10 teks x 2 bo'lgan pishitilgan iplardan polotno o'rilishida to'qilgan polotno
gazlamalari va atlas o'rilishida to'qilgan milliy gazlamamiz xonatlas kiradi. Po¬lotno
xom (sarg'ish), oqartirilgan va kam miqdorda gul bosilgan holda pardozlanadi.
Xonatlaslar esa avr usulida turli ranglarga bo'yalgan iplardan to'qiladi.
Tabiiy ipak iplaridan yana yirik gulli bezak gazlamalari va tukli gazlamalar olinadi.
Tukli gazlamalarga baxmal kiradi. U ipak tolasidan yigirib olingan iplardan tandatukli
o'rilishdaishlab chiqariladi. Tuklar balandligi 1-1,5 mm, gazlamaning yuza zichligi 190
g/m2, eni 70, 90, 135 sm bo'ladi. Baxmal tikuv-chilikda eng qiynaydigan gazlama, u
aniq bichishni va ehtiyot bo'lib tikishni talab qiladi. Buyumning barcha qismlarida tuk
yo'nalishi bir xilda bo'lishi kerak.
Tabiiy ipak iplariga boshqa iplarni qo'shib to’qilgan gaz¬lamalarning soni uncha
ko'p emas. Bu guruh jumlasiga krepdeshin ko'rinishda to'qilgan ko'ylaklik gazlamalarni
kiritish mumkin. Bu gazlama arqog'ida tabiiy ipakli krep iplari, tandasida esa kapron
yoki atsetat kompleks iplari ishlatiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
189
Sun'iy iplarga boshqa tolalar qo'shib to'qilgan gazlamalar guruhidagi gazlamalarni
ishlab chiqarishda odatda tandasida viskoza yoki atsetat iplari, arqog'ida esa paxta yoki
sintetik shtapel tolalaridan olingan iplar ishlatiladi. Bu guruhning katta qismini sirtlari
silliq gazlamalar tashkil etadi. Ko'ylaklar uchun mo'ljallangan bu guruhdagi
gazlamalarning tandasida 11,1 teks li atsetat iplari, arqog'ida esa hajmdor atsetat ipi;
shakldor atsetat ipiga yupqa kapron ipini pishitib qo'shilgan ipi; halqasimon atsetat ipi
va hokazolar ishlatiladi. Bunday gazlamalarning yuza zichligi 80-120 g/m2. Bu guruh
gazlamalari jumlasiga tandasi viskoza ipidan, arqog'i paxta tolali ipdan to'qilgan astarlik
sarja gazlamalar ham kiradi. Yirik gulli o'rilishdagi gazlamalar tandasida viskoza yoki
atsetat iplaridan, arqog'ida kompleks sintetikiplar, hajmdor yoki shakldor iplardan
to'qiladi. Zar-simon iplar ham qo'shilichi mumkin. Sirti tukli gazlamalarga asosi paxta
tolali iplardan, tuki viskoza yoki atsetat iplaridan to'qilgan baxmallar kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Yo. Ya. Mirzayeva “Tut ipak qurti biyologiyasi”, Toshkent. 2017 Darslik.
2.
SH.R.Umarov, CH.I.Bekkamov, Yo. Ya. Mirzayeva, N.E.Rahmonova “Tut
ipak qurti biyologiyasi”, Toshkent 2019. O’quv qo’llanma.
3.
N.Ahmedov “Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi”. Toshkent,
“Cho’lpon” nashriyoti. 2015 yil.
4.
Ahmedov N, Navro’zov S. “Ipak qurti urug’chiligi”. Toshkent “Voris”
nashriyoti 2015 yil.
Internet saytlari.
cncycl.accoona.ru www.mavicanet.com/ www.ab.az/ru www.sheki-ipek.com.az
ww.edu.diplomax.ru/