https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
176
YO’TALNI UY SHAROITIDA TABIIY USULLAR BILAN DAVOLASH
Sharipova Muhayyoxon
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
Hamshiralik ishi kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada yo'tal va xavf omillari, yo’talni uy sharoitida
tabiiy yo’l bilan davolash yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif
tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan.
Kalit so’zlar:Infeksiya, balg’am, kompress, nam qatlam, Izolyatsion qatlam.
REATING COUGH AT HOME WITH NATURAL METHODS
Annotation:This article discusses cough and risk factors, natural home remedies
for cough, and presents scientific proposals and practical recommendations formulated
by the author on this issue.
Keywords: Infection, sputum, compress, wet layer, Isolation layer.
Yo’tal bilan har bir inson yaxshi tanish — bu sindrom o’tkir respirator virusli
infektsiya yoki umumiy shamollashning birinchi alomatidir. Terapevtik kurs aynan
yo’talni davolash bilan boshlanadi, chunki uning xurujlari normal hayotga ko’plab
qiyinchilik va noqulayliklar olib kiradi. Quyida yo’talni uy sharoitida davolash usullari
haqiga gap boradi.
YO’TALNI DAVOLASHNING ASOSIY USULLARI
Shifokorlar balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi ta’sirga ega bo’lgan ko’plab
dori-darmonlarni taklif qilishlari mumkin va odatda ulardan foydalanish 3-4 kun ichida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
177
ijobiy natijalar beradi. Ammo xalqona tibbiyot ham o’z «arsenal»ida har qanday turdagi
yo’taldan xalos bo’lishga yordam beradigan ko’plab mashhur vositalar va retseptlar
saqlaydi. Agar ushbu sindrom o’z vaqtida davolana boshlansa, xalqona vositalar hatto
1-2 kun ichidayoq muammolarni bartaraf etishga yordam berishi mumkin. Albatta,
ularni qo’llashdan oldin shifokorning tavsiyasini olish kerak.
SUT BILAN UY SHAROITIDA YO’TALNI DAVOLASH YO’LLARI
Sut
— yo’talishni davolash uchun eng samarali mahsulot deb hisoblanadi. Uning
tarkibida tomoqdagi qichishish va mos ravishda yo’tal xurujlarini qisqartirishga yordam
beradigan maxsus moddalar mavjud. Yo’talning dastlabki belgilari kuzatilishida iliq
sutdan foydalanish mumkin — bu holatda ham sigir, ham echki suti foydali bo’ladi.
Ammo yo’tal barqaror, xurujsimon shaklga o’tsa, unda davolash uchun sutga asoslangan
xalqona retseptlardan foydalanish yaxshiroq:
Sut va asal.
Bu yo’talga qarshi tabiiy vositalar orasida eng mashhuri hisoblanadi,
ayniqsa, qo’llashning birinchi kunidayoq tunggi yo’tal xurujlaridan xalos etadi. Vositani
tayyorlash uchun bir stakan issiq sutga bir choy qoshiq asal qo’shish kerak — kuchli
shifobaxsh xususiyatlarga ega ushbu «kokteyl» tayyor. Ammo tabiblar sutga nafaqat
asal, balki bir chimdim oddiy iste’mol sodasi yoki ¼ choy qoshiqdan vanillin/dolchin, 1
ta dafna yaprog’i va 2 dona yanchilmagan murch qo’shishni ham tavsiya etishadi. Agar
sutga yuqoridagi qo’shimcha komponentlar qo’shilsa, sutni avval qaynagunigacha
qizdirish, shundan so’ng sovutib ichish kerak bo’ladi. Sut va asal aralashmasidan
tayyorlangan har qanday boshqa tarkibli vosita uchun tavsiya etiladigan doza — kuniga
2 stakan, issiq shaklda kichik ho’plamlar bilan ichish.
E’tibor bering: asal va boshqa komponentlar qo’shilgan issiq sut qabul qilinganda,
bemor juda kuchli terlaydi va yo’talish paytida yetarlicha ko’p darajada balg’am
ajraladi.
Sut va sarimsoq.
Ushbu vositaga afzallik berishdan oldin, bir narsani bilish kerak
— bu vositaning ta’mi juda yoqimsiz bo’ladi, ammo ta’siri yaxshi va tezkordir. Vositani
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
178
tayyorlash juda oson — 1 bosh sarimsoqqa (sarimsoqni boshchalarga ajratib, ularni
mayda qilib kesish kerak) 1 litr sut, ularni idishga solib, sarimsoq yumshagunicha past
olovda qaynatish kerak. Keyin vosita olovdan olinadi, suzib olinadi va har 60 daqiqada
2 osh qoshiqdan ichiladi (agar bolalarda yo’tani davolash uchun ishlatiladigan bo’lsa,
doza har 60 daqiqada 1 osh qoshiq bo’ladi). Vosita ta’mini yaxshilash uchun unga biroz
asal qo’shish mumkin.
Sut va mineral suv.
Ushbu vositani quruq yo’talni davolash uchun qo’llash
ayniqsa foydalidir — sut va mineral suv balg’amning yopishqoqligini kamaytirishga va
uni tezroq chiqib ketishiga yordam beradi. Mazkur vositani tayyorlash uchun teng
miqdorda sut va ishqorli mineral suv olish kerak, bunda sutni oldindan isitib olgan
ma’qul.
Sut va banan.
Biroz noodatiy retsept, ammo yo’talning birinchi belgilari
kuzatilganda juda samarali — birinchi belgilari kuzatilishidayoq yo’talni qoldirish
uchun ushbu mazali doridan foydalanish kerak. Uni tayyorlash uchun 300 ml sut, 1 ta
banan, 2 osh qoshiq tez eruvchan kakao va 1 choy qoshiq asal olish kerak.
Masalliqlarning barchasi yaxshilab aralashtiriladi (bananni oldindan blenderda
maydalab olish lozim) va issiqligida kichik ho’plamlar bilan ichiladi. Ushbu kokteylni
kechqurun ichgan afzal, ertalab esa yo’talning ancha yengillashganini sezish mumkin.
Sariyog’ bilan sut.
Issiq sutga biroz sariyog’ qo’shish quruq yo’talni yumshatishga
yordam beradi, bemorni tomoq qirilishi va tomoq og’rig’idan xalos etadi. Miqdoriy
nisbatda 1 stakan sut uchun 50 gramm sariyog’ kerak bo’ladi.
Eslatma: Ba’zi manbalarda sut va kakao yog’idan tayyorlanadigan yo’talga qarshi
vosita retsepti ko’rsatiladi. Bu retsept uchun kakao yog’i faqat mukammal sifatga ega
bo’lishi kerak — aynan shu holda u tiklovchi, qo’llab-quvvatlovchi (immunitetni) va
profilaktik (masalan pnevmoniya yoki bronxial astma rivojlanishini oldini olish) ta’sirga
ega bo’ladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
179
Sut va zanjabil.
Zanjabil xususiyatlari va foydaliligiga ko’ra sarimsoq va piyozga
yaqin, shuning uchun ham u xalq tabobatida keng qo’llaniladi. Mutaxassislar sut va
zanjabildan tayyorlangan ichimlikni yotishdan oldin ichishni tavsiya etishadi. U
quyidagicha tayyorlanishi mumkin: yarim stakan sut, 2 choy qoshiq ko’k choy va
kichikroq zanjabil ildizini idishga solib, 3 marta qaynatish kerak, har bir qaynatish
oralig’ida damlamani tindirish uchun 5 daqiqadan kutish talab etiladi.
Propolis bilan sut.
Asalarichilik mahsulotlari odatda yo’talni uy sharoitida
davolashda juda keng qo’llaniladi, ammo sut va propolisning kombinatsiyasi eng
samarali hisoblanadi. Terapevtik preparatni tayyorlash uchun 1/3 stakan sutga
propolisning suvli tindirmasidan 2 tomchi qo’shish kifoya. Aralashmani uxlashdan oldin
ichish kerak. Qoida tariqasida, yo’tal rivojlanishning dastlabki bosqichida «tutib
olingan» bo’lsa, erta tongda bemor yo’talish xurujlarining amalda yo’qligini qayd etadi.
Anjir va sut.
Bu vosita ilgari bolalarda shamollash va ko’kyotalni davolash uchun
ko’p qo’llanilgan. Uni tayyorlash juda oson — 2-4 ta anjirni yaxshilab yuvib, sutga solib
bir daqiqa qaynatish kifoya. Tayyor mikstura kuniga 3-4 marta yarim stakandan ichiladi.
XALQONA TABOBATDA YO’TALGA QARSHI ENG
MASHHUR VOSITALAR
Sutdan tashqari, xalqona tibbiyotda boshqa o’simliklar va mahsulotlar ham
ishlatiladi — ular ham progressiv yo’talda samarali ta’sirga ega. Quyida quruq va nam
yo’taldan tezda xalos bo’lishga yordam beradigan bir necha retseptlar keltiriladi:
Arpa damlamasi.
20 gramm arpa donlarini olib, ularni maydalash (masalan, qahva
maydalagichda) va ustidan 300 ml suv quyish kerak. Olingan aralashma kamida 5 soat
davomida tindiriladi va 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Arpa damlamasini 1 osh
qoshiqdan kuniga 5-6 marta ichish kerak. Ushbu vosita tomoqni yumshatadi va qobiq
bilan o’raydi, yo’talish xurujlari sonini kamaytiradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
180
Glitserin va limon.
1 ta limonni butunligicha 10 daqiqa davomida sekin olovda
qaynatish kerak. Keyin limonni kesib, hosil bo’lgan yarimlaridan sharbatini siqib olish,
unga 2 choy qoshiq tibbiy glitserin qo’shish va barchasi stakanga solish kerak. So’ng
dorivor vositaga stakan to’lgunicha asal qo’shiladi. Kuniga uch marta 1 choy qoshiqdan
qabul qilinadi, lekin bemor uzoq vaqtdan buyon yo’talayotgan bo’lsa, dozani 2 choy
qoshiqqacha oshirish mumkin.
Zaytun
yog’i va asal.
Bu yo’talni tezda bartaraf qilishning eng oson yo’li, samarasi
ham yuqori. Ushbu vosita quruq yo’talda ham, nam yo’talda ham «ish beradi». Buning
uchun shunchaki teng miqdorda zaytun yog’i va asal aralashtiriladi va kuniga 5-6 marta
1 choy qoshiqdan qabul qilinadi.
Shakar yoki asal bilan turp.
Yo’talni davolash uchun juda yaxshi ma’lum bo’lgan
usul — oldindan archilgan qora turpni ingichka plastinalar qilib kesib, ustidan xohishga
bionan miqdorda shakar sepish kerak. 4-6 soatdan keyin turp o’zidan ko’p miqdorda
sharbat chiqaradi, o’sha sharbatni kuniga 4-5 marta 1 choy qoshiqan iste’mol qilish
kerak. Agar xuddi shunga o’xshash dorini asal bilan tayyorlashni istasangiz, unda qora
turpni ichini kosacha qilib biroz o’yib olish va unga asal solish kerak. Bir necha soatdan
keyin chuqurchada sharbat paydo bo’ladi — uni har 2-3 soatda 1 choy qoshiqdan ichish
kerak. Odatda kuchli, uzoq muddatli yo’taldan qutulish uchun qora turpdan 3 kun
foydalanish kifoya bo’ladi.
Iigir ildizi tindirmasi.
Igir ildizi dorixonada sotiladi, shuning uchun biron maxsus
narsa tayyorlashga hojat yo’q. Yo’tal xurujlari sonini kamaytirish va balg’amni nafas
olish yo’llaridan tezroq chiqarish uchun 1 osh qoshiq maydalangan igir ildizdan olib,
ustidan 200 ml qaynoq suv quyib, 20 daqiqa davomida tindirish kerak. Tindirmani
kuniga uch marta 2/3 stakandan ichish kerak, uning tamini yaxshilash uchun 1 choy
qoshiq asal qo’shish mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
181
YO’TALNI DAVOLASH UCHUN KOMPRESSLAR
Yo’talishni davolash uchun kompresslar qo’llash uzoq vaqtdan buyon samarali
ekanligi ma’lum, ammo ular faqatgina kasallikning o’tkir davri o’tganidan keyin
ko’rsatiladi.
E’tibor bering: kompresslarni qo’llash isitma bo’lganida, O’RVI`ning o’tkir
bosqichida, yurak kasalliklarida, yuqori arterial qon bosimida va boshqa kasalliklarda
qarshi ko’rsatiladi. Agar yo’talni kompreslar bilan davolashning maqbulligi haqida
shubha tug’ilsa, mutaxassislardan maslahat olish oqilona yo’l bo’ladi. Har qanday
kompress uchta qatlamdan iborat:
Nam qatlam — bu dori vositasi bilan namlangan paxta yoki doka bo’lishi mumkin;
Izolyatsion qatlam — dori ichki qatlamdan sizib chiqishiga yo’l qo’ymaslik uchun
polietilen paket yoki mum qog’oz;
Issiq qilib o’rash uchun qatlam — bu qalin sochiq, issiq sharf yoki bint bo’lishi
mumkin.
Kompress ko’krak qafasining yuqori qismiga qo’yiladi, yurakning anatomik
joylashuvi qismi har doim ochiq bo’ladi. Kompresslarning ishlash tamoyili — ular
tomonidan hosil qilinadigan issiqlik tomirlarga kirib, ularni kengaytiradi va shu sohada
qon aylanishini yaxshilaydi. Bu esa, o’z navbatida, balg’amning tezroq ko’chishiga va
uning yopishqoqligini kamaytirishga yordam beradi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarga
kompress qo’yish taqiqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bemorlarni uyda va shifoxonada davolash M.Nazirov
2.
Internet saydlari:
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/
4.
https://fayllar.org/
5.
https://daryo.uz/