https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
171
AUTIZM KASALLIGINI KELIB CHIQISH SABABLARI VA DAVOLASH
CHORALARI.
Farg'ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
Pediatriya kafedrasi o’qituvchisi
Marasulova Muharramxon
Annotatsiya: Ushbu maqolada autizm kasalligini kelib chiqish sabablari va
davolash choralari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar
berilgan.
Kalit so'zlar: Stress, shizofreniya, anemiya, Retta sindromi, Aspergera sindromi,
lagoped, medikamentoz davo
Autizm (grekcha «autos» – «o‘zim» degan so‘z) – bu ruhiyatning o‘ziga xos holati
bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni
yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. Autizm tashxisli
bola o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-
harakatlari real voqelik bilan bog‘liq emas. Bemorlarning harakatlarida hissiy
kechinmalar asosiy o‘rin tutadi. Bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga
nisbatan ko‘p uchraydi. Simptomlarning har xilligi va kasallik o‘zgaruvchanligi ushbu
kasallikni qiyinligidan dalolat beradi: sezilarsiz autistik xususiyatlardan to doimiy
parvarish talab etilishigacha.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
172
Autizm kasalligini kelib chiqish sabablari
Olimlarning fikricha, autizm kasaligini kelib chiqish sabablaridan biri bu –
homilani ona qornidalik davrida ma'lum bir turdagi oqsillarning yetishmovchiligi.
Ikkinchi sababi, organizmda ikki xil og‘ir metalning, qo‘rg‘oshin va simobni, ko‘payib
ketishi. Uchinchi sabab atrof muhitni ekologik buzilishi va homiladorlik paytida kuchli
stress holatlarini kechirish. Anemiya hamda qon bosimning oshishi, buyrakda bosim
oshishi – bularning hammasi autizimni kelib chiqish sabablari hisoblanadi. Bundan
tashqari autizm kasalligi belgilarining kengayishini, ya'ni rivojlanishdan ortda qolish
belgilari Retta sindromi, Aspergera sindromi va autizmning klassik simptom
komplekslarining ko‘p uchrashi. Shuningdek, kasallik haqida ma'lumot ko‘paymoqda.
Ilgari tortinchoq, uyatchan, introvert va shizofreniyaga moyil bolalarni «g‘ayritabiiy
bolalar» deyishgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bunday bolalarni autistik bolalar (autizm)
deyishmoqda.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
173
Autizm kasalligi yoshga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Erta bolalik autizmi – 2 yoshgacha;
Bolalik autizmi – 2-11 yoshgacha;
O‘smirlik autizmi 11-18 yoshlargacha.
Autizm belgilari
• Ijtimoiy qoloqlik;
• Muloqotda o‘z-o‘zi bilan gaplashish, har xil qo‘l harakatlari qilish;
• Umumiy belgilarning erta boshlanishi.
• Bolaning onasiga bee'tiborliligi (kulish, jismoniy harakatlar, ovoz chiqarishlar);
• Bolaning «tayyorgarlik» holati yo‘qligi ya'ni uni ko‘tarishga uringanda qo‘llarini
cho‘zmasligi, tizzalarida turishga harakat qilmasligi, emishdan butunlay to‘xtashi;
• Jamoa bilan o‘ynashni istamaslik, ota-ona va boshqalar bilan o‘ynaganda injiqlik
qilish, yolg‘iz holda o‘ynashni xohlash;
• Ovoz, yorug‘likka bo‘lgan sezuvchanlikning oshib ketishi, bundan tashqari
qo‘rqitish, baqiriq, arg‘imchoq uchish kabi o‘yinlar paytida injiqliklar qilish;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
174
• Gapirish qobiliyatining susayishi, hatto mutizm holatigacha. Exolaliyalar, ya'ni
so‘zlarni takrorlash, ota-onadan eshitgan iboralarni qayta-qayta aytib yurish yoki
multfilmda eshitgan so‘zlarni doimo aytib yurish, bu Asperger sindromi deyiladi;
• Ovqatni tanlab yeyish, ishtaha sustligi, uyquning yomonlashuvi;
• Buyruqlarni bajarmaslik, buyumlarni ko‘rsatsa qaramaslik, o‘zining ismiga
e'tibor bermaslik;
• Belgilangan tartibga qat'iy rioya qilishi, ya'ni bir vaqtda uyg‘onishi, buyumlarni
bir joyda saqlash, jismlar shakliga qarab saralash va shu kabilar;
• So‘zlashish qobiliyatining yaqqol buzilishi kattalar kabi iboralar ishlatib gapirish,
bir xil so‘zlarni takrorlab yurish, dialogga kirishmaslik;
• Xavflardan qo‘rqmaslik: balandlik, avtotrassa, hayvonlardan qo‘rqmaslik, lekin
oddiy buyumlardan qo‘rqish, masalan qaynab turgan choynak, elektr yoqgich va shu
kabilar;
• Harakatlardagi takrorlar aylanib turish, tebranib turish, imo-ishoralarning
takrorlanishi;
• Jahldorlik, kulgi, vahimaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi;
• Ba'zi bir g‘ayritabiiy holatlarga e'tibor qaratish, masalan eslab qolish qiyin
bo‘lgan sonlarni eslab qolish, qo‘shiqlar so‘zlarini esda saqlash, o‘qib bo‘lmaydigan
yozuvlar yozish;
O‘smirlik autizmida belgilarga autistning gormonal o‘zgarishlari ham qo‘shiladi.
Diagnozni faqatgina belgilarga asoslanib, psixiatr shifokor qo‘yadi. Ko‘pchilik autist
bolalar adabiyotlarda keltirilgan autizm belgilariga mos kelmasligi mumkin. Ba'zi
hollarda autist bolalar insonlar bilan muloqotga ham kirishishlari mumkin, bu esa
diagnoz qo‘yishda qiyinchiliklar tug‘diradi.
Autizmni davolash
Davolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korrektsiya qilish uchun barcha
turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi chora tadbirlar qo‘llash mumkin:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
175
• Gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg‘ulotlar olib
borish;
• So‘zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet,
kompyuterda so‘zlarni yozib o‘rgatish;
• Bola bilan har xil o‘yinlar o‘ynash, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan;
• Medikamentoz davo faqatgina qo‘shimcha sifatida bolada kuchli agressiya
bo‘lsagina buyuriladi.
Autizmga chalingan bemor bolalarni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish kerak.
Kattalar buni o‘z vaqtida aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Autizm kasalligi
homila ona qornidalik davridayoq uning bosh miyasi rivojlanishida ba'zi oqsillarning
yetishmasligi sababli paydo bo‘lishi mumkin, degan taxminlar mavjud. Bu xastalikning
irsiyat bilan bog‘liqligi hali to‘liq o‘rganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar
guruhi bosh miya rivojlanishining ilk bosqichlarida hid sezishda ishtirok etadigan o‘zak
hujayralarni o‘rganish zarur, degan xulosaga kelishdi. Chunki, burundan osonlik bilan
olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni o‘rganishda bebaho usul hisoblanadi.
Shu vaqtgacha autizm kasalligini genetik kasallik deb hisoblashgan. Lekin so‘nggi
ma'lumotlarga ko‘ra, autizm kasalligi atrof-muhitdagi zararli-kimyoviy moddalarning
ko‘payishidan kelib chiqmoqda. Kasallikni erta aniqlab muhitni o‘zgartirish ijobiy
samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Pediatriyada hamshiralik ishi . Qodir Inomov, Manzura G’aniyeva
2. Bolalar kasalliklari DAMINOV T.A., XALMATOVA B.T.
BOBOYEVA U.R.
3. Internet saydlari: