Авторы

  • Gulpari Muhsinova Husan qizi

Биография автора

  • Gulpari Muhsinova Husan qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim

    yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99291

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Ta’limfunksiyasi baholashfunksiyasi predmetlar Sistema variant metod interfaol reyting test texnologiya obyektiv Reyting tizimi Ключевые слова: образовательная функция оценочная функция предметы система вариант метод интерактивный рейтинговый тестовый технологический объективный рейтинговая система Keywords: educational function evaluation function objects System option method interactive rating technology objective rating system

Аннотация

 Annotatsiya: O‘quvchilar bilimini tekshirish bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimni sifatini aniqlash, ularni o‘quv dasturida belgilangan materiallarni izchil va puxta o‘zlashtirib olishga da’vat etish vositasidir. O‘qituvchi bilimlarni tekshirish orqali o‘quvchining o‘quv materialini qanday idrok etib tushunganligini, qanday fikr yuritayotganligini, dasturda belgilangan o‘quv materiallarni qay darajada o‘zlashtirib olganligini aniqlaydi hamda keyingi o‘quv materiallarni o‘rganish, ta’lim sifatini yaxshilash yo‘llarini belgilaydi.. 

      Аннотация: проверка знаний учащихся является средством определения качества усвоенных детьми знаний, побуждения их к последовательному и тщательному усвоению материала, изложенного в учебной программе. Учитель, проверяя знания, определяет, как ученик воспринимает и понимает учебный материал, как он мыслит, в какой степени он усвоил учебный материал, определенный в программе, и определяет пути дальнейшего изучения учебного материала, повышения качества обучения..

     Annotation: Examination of students ' knowledge is a means of determining the quality of knowledge acquired by children, encouraging them to consistently and thoroughly master the materials prescribed in the curriculum. By checking knowledge, the teacher determines how the student perceives and understands the educational material, how he thinks, to what extent he has mastered the educational materials prescribed in the program, and determines ways to study further educational materials, improve the quality of Education..


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

136

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING BILIM, KO'NIKMA VA

MALAKALARINI TEKSHIRISH UCHUN MATERIALLAR TAYYORLASH

Gulpari Muhsinova Husan qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim

yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya: O‘quvchilar bilimini tekshirish bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan

bilimni sifatini aniqlash, ularni o‘quv dasturida belgilangan materiallarni izchil va

puxta o‘zlashtirib olishga da’vat etish vositasidir. O‘qituvchi bilimlarni tekshirish

orqali o‘quvchining o‘quv materialini qanday

idrok etib tushunganligini

, qanday fikr

yuritayotganligini, dasturda belgilangan o‘quv materiallarni qay darajada o‘zlashtirib

olganligini aniqlaydi hamda keyingi o‘quv materiallarni o‘rganish, ta’lim sifatini

yaxshilash yo‘llarini belgilaydi..

Kalit

so’zlar:

Ta’limfunksiyasi,

baholashfunksiyasi,

predmetlar,

Sistema,variant, metod,interfaol,reyting,test, texnologiya, obyektiv,Reyting tizimi

Аннотация: проверка знаний учащихся является средством определения

качества усвоенных детьми знаний, побуждения их к последовательному и

тщательному усвоению материала, изложенного в учебной программе. Учитель,

проверяя знания, определяет, как ученик воспринимает и понимает учебный

материал, как он мыслит, в какой степени он усвоил учебный материал,

определенный в программе, и определяет пути дальнейшего изучения учебного

материала, повышения качества обучения..

Ключевые слова: образовательная функция, оценочная функция,

предметы, система,вариант, метод,интерактивный,рейтинговый,тестовый,

технологический, объективный,рейтинговая система


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

137

Annotation: Examination of students ' knowledge is a means of determining the

quality of knowledge acquired by children, encouraging them to consistently and

thoroughly master the materials prescribed in the curriculum. By checking knowledge,

the teacher determines how the student perceives and understands the educational

material, how he thinks, to what extent he has mastered the educational materials

prescribed in the program, and determines ways to study further educational materials,

improve the quality of Education..

Keywords: educational function, evaluation function, objects,System,

option,method,interactive,rating, test, technology,objective, rating system

O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazishva

baholashmezonlari.

Ta’lim

tizimida o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishini baholashjarayoni.

Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish masalalarida yangicha yondashish davr talabi bo’lib

kelmoqda. Zero Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “Ilg’or

pedagogik texnologiyalar

,

ta’limning yangi shakl va uslublari, o‘quv shu jumladan, tabaqalashgan dasturlar

amaliyoti joriy etiladi”

1

, deb ta’kidlanadi.

Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy

maqsad – yosh avlodda yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faollik, erkin

fikr yuritish kabi qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat. Bunda avvalo, tahsil

oluvchilarning faolligini oshirish talab qilinadi. Shuning uchun ham o’quvchilarning

mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlarini o‘stirishda ta’limning interfaol usullaridan keng

hamda o’rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga o‘quvchilarda mehnat

ta’limiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda dars va darsdan tashqari

mashg’ulotlarni tashkil etishda tizimlilik, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, o’qitish

ishlarining natijalarini nazorat qilish hamda baholashga yangicha usularni joriy etish

kabilar yetarlicha o‘z aksini topmay qolmoqda. Shuning uchun umumta’lim


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

138

maktablarida o‘quv uslubiy ishlarni takomillashtirishda ta’lim va tarbiyaning faol

usullaridan foydalanish, o‘qitishning hamda sinov-nazorat ishlarini o‘tkazishni maqbul

shakllaridan oqilona foydanish yo‘llarini izlab topish dolzarb masalaga

aylanibbormoqda.

Ma’lumki, o‘qitish usullari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga

erishish yo’lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo‘lib, kimga nimani qanday o‘rgatish

zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun

o‘quvchilarni bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari

uchun qo‘llaniladigan shakl va usullarini mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar

tayyorlashda o‘z samarasini beradi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalarida o‘quv tarbiyaviy jarayon unumli

mehnatni amalga oshirish uchun o‘quvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib,

malakali, unumli mehnat o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olish jarayonida shakllangan

bilim, malaka va ko‘nikmalariga asoslangandir.

O‘quv tarbiyaviy jarayon – boshqariladigan va rostlanadigan jarayon bo‘lib,

o‘qituvchi, ustoz va o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni son va sifat

jihatdan haqqoniy baholash o‘quv-tarbiyaviy jarayonda olingan natijalarga qarab

o‘zgartirishlar kiritib borish bilan birga o‘zining faoliyatiga ham tavsif beradi.

O‘quvchilarning

bilim, malaka, ko‘nikmalarni va qobiliyatlariga baho

berishdan

oldin yana bir bor bilim

, malaka, ko‘nikmalarni va qobiliyatlarini

qarabchiqaylik. Bilim – nazariy va amaliyot faoliyat natijasida o‘rgangan, esda saqlab

qolingan, fikrlashtirilgan hodisa va predmetlar haqidagi tushunchalar tizimidir.

Bilimlar o‘z navbatida tizimli va tizimsiz, nazariy va amaliy, keng va tor, chuqur-yuzaki,

moslashuvchan, andozali, mustahkam va mustahkam bo‘lmagan turlariga bo‘linadi.

Bularning ichida kasbiy ta’lim natijasida hosilbo‘ladigan nazariy va amaliy bilimlarni

oshirish mumkin. Chunki nazariy bilimlar narsalarning (predmetlar) yetarli darajadagi

xususiyatlarni, texnika va texnologiyalar hodisasini va ularning obyektiv munosabatini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

139

bildiradi. Amaliy bilim esa texnika va texnologiya sohasidagi jarayonlarning aloqasini,

hodisasi va boshqalarning to‘g’ridan-to‘g’ri amaliy faoliyatiga kiritilganligini bildiradi.

Malaka - bu o‘quvchilarning avtomatik ravishda amalga oshirilgan holda birorta ishni

bajarish qobiliyatidir.

Ko‘nikmani shakllantirish bu kasbiy ta’limning majburiy oxirgi maqsadi bo‘lib,

bu ko‘nikma, o‘qish, amaliyot jarayonida bosqichma-bosqich shakllanib boradi.

Kasbiy qobiliyat – kasbiy faoliyat sharoitida ishni mufavvaqiyatli bajarish uchun zarur

bo‘lgan shaxsning shaxsiy-psixologik sifat belgisidir.

Qobiliyat tug’ma bo‘lmasdan uning ko‘zga tashlanishi yoki ajralib turishi

muhitga, o‘rganishga, tarbiyaga bog’liqdir. Qobiliyatning tug’ma ko‘rinishi uning

qabul qila olishi,

fikrlashi

, xotirasi, faraz qilishi va boshqalar bo‘lgani uhun bular

rivojlantirilsa, to‘g’ri yo‘lga solinsa, qobiliyat yuqori cho‘qqiga chiqadi.

Bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyat o‘zaro bog’liq bo‘lib, ularni alohida-alohida

baholash juda murakkab. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash

ustozning, o‘qituvchining uslubiy faoliyatini tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham

o‘qituvchi o‘quv sharoitida har harbir o‘quvchini diqqat bilan ko‘zatib o‘rganib borish

va faoliyatni baholashzarur.

Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash, o‘quv jarayoning eng

muhim va zaruriy qismlaridan bo‘lib, u 3 asosiy vazifani bajaradi:

bolalar tomonidan o‘zlashtirayotgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni

nazoratqilish; bilimlarni sifatinianiqlash; o‘quv dasturida belgilangan materiallarni

ongli, izchil va mustahkam o‘zlashtirib olishga undash.

Bu masalalar ta’limiy ahamiyatga molikdir. Bilim, ko‘nikma va malakalarni

tekshirish va baholash jarayonida o‘quvchilar o‘qishga ongli munosabatda bo‘lishga,

izchil ishlashga, ongli intizomga, qiyinchiliklarni yengish, o‘zida irodaviy sifatlarni

o‘stirishga, o‘ziga hamda boshqalarga nisbatan talabchan bo’lishga o‘rgatib boradi. Bu

masalalar esa katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

140

O‘quvchilar bilimini tekshirish bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimni sifatini

aniqlash, ularni o‘quv dasturida belgilangan materiallarni izchil va puxta o‘zlashtirib

olishga da’vat etish vositasidir. O‘qituvchi bilimlarni tekshirish orqali o‘quvchining

o‘quv materialini qanday

idrok etib tushunganligini

, qanday fikr yuritayotganligini,

dasturda belgilangan o‘quv materiallarni qay darajada o‘zlashtirib olganligini aniqlaydi

hamda keyingi o‘quv materiallarni o‘rganish, ta’lim sifatini yaxshilash yo‘llarini

belgilaydi. Shu bilan birga o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini o‘rganish va

tekshirish ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatini, tirishqoqligini, o‘ziga

talabchanligini, bilimga, fanga bo’lgan qiziqishini bilishga imkon beradi. Shuningdek,

bolalarning xotirasi, bililish qobiliyatlarining qaydarajada usganligi, ularning mustaqil

ishlashga ko‘nikma va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi. Tekshirish

vaqtida o‘quv materiallari esga olinadi va o‘quvchilarni sezish, idrok qilish, fikrlash

qobiliyatlari ham usib boradi.Bu jarayonda o‘quvchilar keng fikr yuritishga, o‘quv

materiallarni asoslashga, mulohaza yuritish, isbotlashga o‘rganadilar.

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning

yana bir

muhim tomoni shundaki

, ana shu jarayonda o‘quvchilarning bilimlari va bajargan

ishlaridagikamchiliklarsezilibqoladivanihoyatmazkurkamchiliklarnibartarafetish

choralaribelgilanadi. Bilimlarni tekshirish va baholash darsning barcha qismlariga

singib ketadi. Shunday ekan, u o‘quvchi bilimidagi kamchiliklarni to‘ldirishga,

o‘rganilayotgan masalaning asl mohiyatini anglashga yorda beradi va o‘rganilayotgan

materialni tushunishga keng imkoniyat yaratadi.

O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholash

jarayonida o‘qituvchi ayrim o‘quvchilarga va butun sinf jamoasiga izchil ta’sir tadi,

individual ishni sinf jamoasi ishi bilan qo‘shib olib boradi.. tajribali o‘qituvchilar

o‘quvchi bilimini baholash jarayonida sinf jamoasi fikriga suyanadilar va o‘quvchilarga

tarbiyaviy ta’sir etadilar. Bunda o‘qituvchi sinf o‘quvchilari diqqatini faollashtiradi,

o‘rtoqlarining javobiga mas’uliyat bilan qarashga o‘rgatadi. Shuningdek, o‘z bilimlarini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

141

mustahkamlashga, o‘z bilimiga tanqidiy qarashga odatlantiradi. Bu esa o‘quvchini o‘z

vaqtida vijdonli, rostguy bo‘lishga o‘rgatadi.

O‘qituvchi bilimga baho qo‘yish vaqtida o‘quvchining materialni o‘zlashtirish

saviyasi, bola tafakkurining o‘sish darjasi, zenining rivolanishi kabi xususiyatlarini

hisobga oladi: o‘quvchilarning ishlash sur’ati, qobiliyati, o‘qishga ishtiyoqi, nutqning

o‘sish darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, ayrim o‘quvchilarda uchraydigan qurqoqlik,

uyatchanlik, tortinchoqlik, o‘z

kuchiga ortiqcha baho berish

, ishonmaslik,

shoshqaloqlik, kamgaplik xususiyatlari bartaraf etiladi.. buning natijasida ta’lim

jarayonida

o‘qituvchi

va

o‘quvchi

faoliyatining

uyg‘unligita’minlanadi.

Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati

shundaki, bunda o‘quvchilarda o‘qishga, o‘z yutuqlari va muvaffaqiyqtsizliklariga

nisbatan munosabat shakllanadi, qiyinchiliklarni yengishistagi tug’iladi. Baho unda

hamisha o‘quvchi sifatida, shaxs sifatida o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatni hosil

qiladi. O‘quvchining o‘ziga nisbatan bu munosabatni, bu tuyg’ularni o‘qituvchi uning

hatti-harakatlaridagi irodalilik, jamoatchilik, o‘zaro bir-biriga yordam berish kabi

sifatlarni shakllantirish borasida ustalik bilan ishlatadi

Umuman olganda ta’lim – tarbiya jarayonida bilim, ko’nikma va malakalar

shakllanganligini nazorat qilish muhim o’rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi

funksiyalarga ega:

Nazoratning diagnostik funksiyasi.

Nazorat natijasi orqali bilim

, ko’nikma va

malakalarning shakllanganlik darajasianiqlanadi.

Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini o’stirish

funksiyasi.

Nazorat jarayonida ta’lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng

asosiysi rivojlantiriladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

142

Ta’limfunksiyasi.

Nazoratning tarbiyaviyfunksiyasi.

Nazoratning baholashfunksiyasi.

Nazoratning ta’lim oluvchilardagi bilimga qiziqishni o’yg’otish, jonli fikrlashga

o’rgatuvchilikfunksiyasi.

Ma’lumki, nazorat asosan uch turga bo’linadi. Ular: joriy nazorat, oraliq nazorat va

yakuniy nazoratlardir. Bulardan tashqari so’nggi nazorat turi ham bor.

Nazorat turi testlar, yozma ishlar va og’zaki savol – javoblar orqali amalga oshiriladi.

Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonalievlarning ma’lumotlariga qaraganda testlar

orqali quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

ta’lim oluvchilar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini ob’ektiv sharoitda

aniqlash imkoniniberadi;

bir vaqtning o’zida bir guruh yoki ko’p sonli ta’lim oluvchilar bilimini nazorat

qilish mumkin;

hamma ta’lim oluvchilarda bir xil qiyinchilikdagi savollar berilib, hammasiga bir

xil sharoityaratiladi;

test natijalarini ta’lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshirishmumkin;

turli guruhdagi ta’lim oluvchilar bilimini solishtirish, qo’llanilayotgan metodning

samaradorligini aniqlashmumkin;

ta’lim

jarayonida

uchraydigan

kamchiliklarda

aniqlash

mumkin.

Boshqa o’quv predmetlari qatori mehnat ta’limi darslarida ham o‘quvchilar ma’lum

hajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalrni egallashlari kerak. O‘qitishdagi muhim

ishlardan biri dars va amaliy mashg’ulot jarayonida o‘quvchilarning bilim darajasini

aniqlash, uni to’g’ri baholash hisoblanadi. O‘z bilimining boshqalar tomonidan to‘g‘ri

haqqoniy baholanishiga ishonch hosil qilgan o‘quvchida o‘quv

faoliyatiga nisbatan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

143

qiziqish

, o‘ziga nisbatan esa ishonch ortadi. Aksincha o‘quvchining bilimini baholashda

nohaqlikka yo’l qo’yilsa, asta-sekin uning o’qishdan ko‘ngli soviy boshlaydi, o‘qishga

nisbatan befarqlik alomatlari yuzaga keladi.

Ma’lumki turli o‘quv predmetlarni o‘qitishda o‘quv dasturlaridan va fanning o‘ziga

xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilar bilimiga turlicha talab qo‘yiladi. Hozirgi

kunda o‘quvchilar bilim darajasini yangidan-yangi usullari qo‘llanilmoqda.

Kuzatishlarda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, aksariyat o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilim

darajasini baholashda kopgina qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ko‘p hollarda

o‘quvchilarning o‘tilgan mavzu bo‘yicha egallagan bilim hamda mehnat ko‘nikmalarini

aniqlash va baholash eskicha usullarda, ya’ni oddiygina savol-javob tarzida olib

borilishi ulardagi fanga bo’lgan qiziqishni susaytirib qo’ymoqda. Darsni strukturaviy

tuzilishiga ko‘ra, o‘qituvchi hamma bosqichlarni o‘z vaqti, me’yyorida o‘tib ulgurishi

kerak. Bu esa sinfdagi barcha o‘quvchilar bilimini baholashga bo’lgan imkoniyatni

cheklaydi. Darsning asosiy qismi – “Yangi mavzu bayoni”ga 30-35 daqiqa ajratiladi,

natijada mustahkamlash va o‘quvchilar bilim darajasini baholashga uncha ko‘p vaqt

qolmaydi. Bu esa o‘quvchilarga berilgan saboq natijalarini aniqlashning yangi, kam vaqt

talab qiladigan usullarni qo‘llashni taqazo etadi. Shuning uchun biz mashg‘ulotlar

jarayonida o‘quvchilar bilimini baholashning qo‘yidagi usulini taklif qilmoqchimiz.

Buning uchun o‘quvchilar orasida ”Siz necha ballga loyiqsiz?” mavzusidagi didaktik

o‘yin tashkil etiladi. O‘yin shartiga ko‘ra, o‘qituvchi o‘quvchilarga“Hurmatli

o‘quvchilar, hozir har biringiz o‘tilgan mavzular bo‘yicha ikkitadan savlolni o’ng

tomoningizda o‘tirgan o‘rtog’ingizga berasiz. Savollarni to’g’ri, lo‘nda va o’rinli

bo‘lishiga e’tibor bering. O‘yinimiz qoidasiga ko‘ra, savol bergan kishi o‘rtog’ini

yozgan ishini, ya’ni javobini tekshirib boradi. Sizlar ikki imkoniyat: savollarga to‘g‘ri

javob yozish va tekshirishda uchtadan ortiq asosli (izohlangan) hatto kamchiliklarni

aniqlash orqali baholanasiz”

1

, - deb tushuntiradi. (Izoh oxirgi o’ng qatorda o’tirgan

o‘quvchilar keyingi darsda o‘rinlarini almashtirib oladilar yoki ularga o‘qituvchi boshqa

vazifa berishi ham mumkin).


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

144

Savollar berilgach, ularga javob topish paytida sinfxonada osoyishtalik

ta’minlanadi. O‘yin shartiga ko’ra, o‘quvchilar bir-birlarini bezovta qilmasliklari uchun

yordam bergan o‘quvchining balidan chegirilishi haqida ogohlantiriladi. Shu tariqa o‘ng

tomondagi o‘quvchining javobi savol bergan o‘quvchi tomonidan tekshirib baholanadi.

O‘z navbatida, o’yin shartiga ko‘ra, o‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyatini ikki ishda:

berilgan javobning to‘g‘riligi va uni tekshirish natijalariga ko‘ra baholaydi.

Shuningdek, o‘quvchilar bilim, ko‘nikmalarini baholashning usullaridan biri testdir.

Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga ikki xil variantda test materiallarini tarqatadi. Bu usulda

test materiallari variantlar bo‘yicha sinf o‘quvchilariga teng yetadigan darajada bo‘lishi

kerak. Bir xil variantdagi o‘quvchilarning joylashuvi va munosabatlari dars davomida

e’tiborga olinadi. Testlarni yechishda o‘quvchilarni nazorat qilishni ikkita a’lochi

o‘quvchiga bolalar sonini teng ikkiga bo’lib topshiriladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish

natijasida test savollarini yechishga kirishiladi. Yakunlangan tastlarni tekshirish

yig‘ishtirib olinib, almashtirilib tarqatiladi. Javoblar ikkita o‘qituvchi tomonidan

beriladi. Sinfdoshlari esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsning o‘z-o‘zini boshqarishi

va natijalarini baholashga 10-15 daqiqa vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlar darsning boshqa

bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda 100 foiz o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini

tekshirib, baholashga erishiladi.

O‘quvchilarning bilimi mazkur usullar orqali baholanganda unchalik ko’p vaqt

sarflanmaydi. Aksincha, kam vaqt ichida ko‘proq o‘quvchilarning bilim

darajalarianiqlanadi. O‘quvchi ikki imkoniyatdan manfaatdor bo’lganligi uchun

o‘zidagi fikrlash qobiliyatini namoyon qilishga intiladi, baholashning o‘quvchilarning

ishtirokida odilono o’tkazishga erishiladi. Bu esa o‘quvchilarda

mustaqil fikrlash

,

o‘zgalar faoliyatiga xolisona baho berish, o‘z kamchiliklarini ko‘ra olish hamda tuzatish

kabi sifatlarni shakllantirishga ko’maklashadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

145

O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashdan maqsad o‘quvchilar bilimining

sifatini, rivojlantirish darajasini ta’minlash va ularni rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib,

bilim olishga qiziqishini takomillashtirishdir.

Bilimlarni tekshirish va baholashdagi asosiy kamchiliklar:

Uning vazifalarini to‘g‘ri tushunish;

Ta’lim jarayonida uning rolini asossiz ko‘taribyuborish;

Tekshirish

va

baholashning

darsda

asosiy

maqsadga

aylanibqolishi;

Bilimlarni tekshirish va baholashda bir xil texnologiyadan foydalanish; O‘quvchilar

bilimini tekshirish va baholashda bu jarayon nazorat qiluvchi,ta’lim-

tarbiya

beruvchi

muhim

funksiyani

bajarishni

unutmaslik

kerak.

Bu nazorat uchun asosiy funksiya bo‘lib, ta’lim beruvhi va tarbiyachi yordamchi

funksiyadir. Biroq tekshirish maqsadi va ko‘rinishi turlicha bo‘lganda, bu uch funksiya

turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tekshirishning yakuniy imtihon shaklini

oladigan bo‘lsak (uni o‘tkazish usullari turlicha bo‘lishi mumkin), bunda nazorat qilish

funksiyasi ustunlik qiladi (ta’limga vaqtqolmaydi).

O‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish bo‘yicha joriy tekshirish olib borilsa,

bu holat ta’lim beruvchi funksiyasi ustun bo‘lishi kerak. Tarbiya berish funksiyasi ham

ustun bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘qituvchi, ba’zi o‘quvchilarni sistemali ishlashga

o‘rgatishga intiladi, baho bilan rag‘batlantirib, ularning ruhiy xususiyatlariga (irodasini

rivojlantirish, xotirani mustahkamlash va h.k.) ta’sir etishga harakat qiladi, me’yyoridan

ortiqcha o‘ziga bino qo‘yish holatlarida bahoga qat’iy yondoshib ish ko‘riladi. Umuman

olganda, baho xolis (ob‘ektiv) bo‘lishi bo‘lsa-da, biroq o‘z tabiatiga ko‘ra hamisha

noxolis (subyektiv)dir.

Ushbu funksiyalarga muvofiq o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning

aniq usullari tanlanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

146

O‘quvchining fanga doir egallagan bilimlarini baholashning odatda turli xil shakl

usullari qo‘llaniladi: og’zaki baholash,

yozma baholash

, test usulida va reyting tizimi

orqali baholash shular jumlasiga kiradi.

Og’zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari:

o‘qituvchi o‘quvchi bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotdabo‘ladi;

o‘quvchining bilimini chuqurroq anglash uchun qo‘shimcha savollar berish

imkoniyati tug’iladi;

og’zaki javob o‘quvchini og’zaki nutqini mashq qilish va faol fikrlashga undaydi.

Og’zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan o‘quvchi o‘z bilimdonligi, qo‘shimcha

o‘rganganlarini namoyish eta oladi. Bevosita so‘rash paytida o‘quvchining bilimini

o‘zlashtirish

masalasida

o‘qituvchida

ilgari

tug’ilgan

ayrim

shubhalar

bartarafetiladi.Yozma baholashning yaxshitomonlari:

yozma tarzda berilgan javob o‘quvchi o‘quv materialni o‘zlashtirib olganiga

hujjatli dalilbo‘ladi;

o‘quvchi

o‘z

fikrlarini

qog’ozda

ifodalash

uchunamaliyotdir;

ekspertlar o‘tkazgan yozma nazorat o‘quvchining bilimiga obyektivbaho qo‘yishga

imkoniyatyaraladi.

Og’zaki va yozma baholashga xos jiddiy nuqsonlar:

o‘quvchining bilimiga qo‘yiladigan baholarga subyektivlik alomati ko‘proq. Baho

ko‘pincha boshqa o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladi, bunda baho kamaytirilishi yoki

oshirib qo‘yilishi ham mumkin. Imtihon oluvchilar bitta og’zaki javob yoki bitta yozma

ishga turlicha javob qo‘yishlarimumkin;

imtihonda o‘quvchi biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho esa butun o‘quv

predmeti dasturi mazmunini bilgani uchunqo‘yiladi;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

147

besh balli baho balli shkalasi bilim o‘zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni

aniq belgilashga imkonbermaydi;

og’zaki va yozma imtihon olib baholashlar bilim o‘zlashtirish sifatini obyektiv,

aniq va asosli baholashni ta’minlayolma

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Gulpari

Muhsinova

Husan

qizi.

“O‘ZBEKISTONDA

MAKTAB

O‘QITUVCHILARINING

PSIXOLOGIK

VA

PEDAGOGIKA

KO‘NIKMALARINI

TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YECHIMLARI

.

Gulpari Muhsinova Husan qizi..

O'QITUVCHINING

PROFESSIONAL

RIVOJLANISHI VA MALAKA OSHIRISHGA OID ADABIYOTLAR: R.J. SHIFRIN.

“O'QITUVCHINING KASBIY O'SISHI: PSIXOLOGIK ASOSLAR”.

Moskva, 2012.

Gulpari

Muhsinova

Husan

qizi.”

YANGI

TA'LIM

DASTURLARI

VA

O'QITUVCHILARNI MALAKA OSHIRISH”. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA'LIM

VAZIRLIGI, TOSHKENT, 2020

.

Mansurovna,

Ochilova

Fayyoza.

"BOSHLANG'ICH

SINF

O'QUVCHILARINING

NUTQ

MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISH

METODIKASI."

TADQIQOTLAR. UZ

31.3 (2024): 189-194.

Ochilova,

Fayyoza.

"TURIZM

XIZMATLARINI

RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI."

YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI

1.01

(2024).

Ochilova, Fayyoza Mansurovna. "IMPROVING THE METHODOLOGY OF

SOCIO-EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF

TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES."

Mental Enlightenment

Scientific-Methodological Journal

5.03 (2024): 297-306.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-2_ Январь-2025

148

Rayimova, Dilfuza Abdinabiyevna. "XX ASR O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGI:

MORFEMIKAGA OID QARASHLAR."

RESEARCH AND EDUCATION

2.10 (2023):

276-280.

Raimova, Dilfuza Abdinabiyevna. "TIL-ALOQA VOSITASI."

Educational

Research in Universal Sciences

2.16 (2023): 128-130.

Boyqobilova, Nilufar Uzaqovna. "THE THEORY OF THE

SELF-

ORGANIZATION

OF

PRIMARY

SCHOOL

STUDENTS'EDUCATIONAL

ACTIVITIES IS BASED ON A SYNERGISTIC APPROACH."

Mental Enlightenment

Scientific-Methodological Journal

5.03 (2024): 101-110.

Boyqobilova,

Nilufar.

"SINERGETIK

YONDASHUV

ASOSIDA

TALABALARNI BOSHQARUV JARAYONIGA TAYYORLASH METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH (BOSHLANG ‘ICH TA’LIM)."

GOLDEN BRAIN

1.33

(2023): 85-88.

Po‘latova, Munavvar, and Sevara Fayzullayeva.

"MAMLAKATIMIZDA MILLIY

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY OMILLARI."

YANGI O ‘ZBEKISTONDA

MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI

1.01 (2024

).

Fayzullayeva, Sevara Sayfullayevna. "

CHO ‘LPONNING “KECHA VA KUNDUZ”

ROMANIDA MILLIY XARAKTER."

GOLDEN BRAIN

1.33 (2023): 52-54.

Sayfullayevna, Fayzullayeva Sevara. "

AVAZ O ‘TAR TAXMISLARIDA NAVOIYGA

IZDOSHLIK."

FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI| JOURNAL OF SCIENCE,

EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION

2.6 (2023): 55-58.

Sevara,

Fayzullayeva.

"

AVAZ

O

‘TAR

IJODIDA

ALISHER

NAVOIY

AN’ANALARI."

YOSH NAVOIYSHUNOSLAR

(2021): 17

.